Madaniyatshunoslik



Yüklə 3,2 Mb.
səhifə45/95
tarix06.06.2022
ölçüsü3,2 Mb.
#88923
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   95
Madaniyatshunoslik

Kino san’ati. Mustaqillik yillarida kino san’ati rivoj topdi. 1996 yilda “O‘zbekfilm” tassarufida 8 ta kinostudiya, 30ga yaqin mustaqil ijodiy studiyalar faoliyat yuritdi. 1996 yilda tashkil etilgan “O‘zbekkino” davlat aksionerlik kompaniyasi, uning davlat tomonidan moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlanishi kino san’atining rivojida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 1991-2002 yillarda 60 ga yaqin badiiy filmlar yaratildi. “Temir xotin”, “Dallol”, “SHarif va Ma’ruf”, “Tilla bola”, “Buyuk Amir Temur”, “YUlduzingni ber, osmon”, “Kenja singal” va boshqa filmlarda milliylik va zamonaviylik uyg‘unligi yaqqol nomioyon bo‘ldi. 1997 yil 22-29 may kunlari XII Xalqaro Toshkent kinofestivali bo‘lib o‘tdi. Unda 32 ta davlat va 8 ta xalqaro tashkilotdan vakillar, kino san’ati ustalari qatnashdi. “Buyuk Amir Temur” filmi ijodkori R.Ibrohimovga festival bosh sovrini – “Neksiya” avtomobili berildi.
Mustaqillik yillarida o‘nlab xujjatli filmlar yaratildi. “O‘zbekis-ton bahorlari”, “Ulkan odim”, “Ular Germaniyada o‘qigan edilar”, “O‘zbekiston qahramonlari”, “Umid qaldirg‘ochi”, “Istiqlol fidoyilari” va shular jumlasidandir.
milliy musiqa va qo‘shiqchilik. Mustaqillik yillarida milliy musiqa va qo‘shiqchilik san’ati rivojlandi. Respublika madaniyat ishlari vazirligi, 1992 yilda tashkil etilgan “Xalq ijodi va madaniy-ma’rifiy ishlar respulika markazi”, uning viloyatlaridagi bo‘limlari musiqa va qo‘shiqchilik san’atini, havaskorlik va folklor jamoalari faoliyatini rivojlantirish, unitilgan xalq ohanglarini tiklash maqsadida turli xil ko‘rik tanlovlar festivallar tashkil etmoqdalar. 1992 yilda Toshkentda “Asirlarga tengdosh navolar” va “Boqiy ovozlar”, Xorazm viloyatida folklor jamoalari, askiya, qiziqchi va masqaravozlarning, Qo‘qonda katta ashula, lapar va yalla ijrochilarining ko‘rik –tanlovlari o‘tkazildi. 1994 yil may oyida Parijda bo‘lib o‘tgan “SHarq musiqasi” festivalida Munojat Yo‘lchieva va SHavkat Mirzaevlar ishtirok etib, o‘zbek milliy qo‘shiqchilik san’atini jahonga namoyish etdilar.1996 yil aprel oyida Turkiston saroyida, “Bahor” majmuasi va boshqa ijodiy konsert tashkilotlari negizida tashkil etilgan “O‘zbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi orqali xalq orasida istedodli qo‘shiqchilarni izlab topish va ko‘rik-tanlovlarga jalb etish, musiqa va qo‘shiqchilik san’ati bo‘yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish kabi tadbirlar amalga oshirildi. Respublika Prezdentining 1996 yil 27 avgustdagi “O‘zbekiston – Vatanim manim” qo‘shiqlar bayrami to‘g‘risida”gi farmoni qo‘shiqchilik san’atini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘satdi. 1996 yilda o‘tkazilgan barcha viloyat, shahar va tumanlarida “O‘zbekiston – Vatanim manim” qo‘shiq tanlovida 54 mingdan ziyod qo‘shiqchilar qatnashdi. Bunday ko‘rik tanlov har yili avgust oyida o‘tkaziladigan bo‘ladi va avgust oyining uchinchi yakshanba kuni “O‘zbekeiston – Vatanim manim” qo‘shiq bayrami kuni deb belgilandi. Bu tanlov jarayonida Vatan, mustaqillikni e’zozlovchi yuzlab yangi qo‘shiqlar yaratildi. “O‘zbekiston – Vatanim manim”, “Men seni sevaman, O‘zbekiston”, “Vatan yagonadir”, “Mustaqillik gullari”, “Ona yurtim”, “O‘zbekiston askarlari” qo‘shiqlari shular jumlasidandir.1997 yil 11 martda qabul qilingan Respublika hukumatining “SHarq taronalari” Xalqaro musiqa festivalini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaror musiqa san’atini noyob namunalarini keng targ‘ib qilish, rivojlantirishda dastur amal bo‘lib xizmat qildi. 1997 yil 25 avgust – 2sentyabr kunlari Samarqanda bo‘lib o‘tgan “SHarq taronalari” birinchi Xalqaro festivalida dunyoning 40 dan ortiq mamlakatdan ijrochilar, san’atshunoslar, jamoat arboblari ishtirok etdi, festivalda yangragan o‘zbek ohanglari, kuy-qo‘shiqlari jahon uzra taraldi. Har iki yilda Samarqandda “SHarq taronalari” Xalqaro festivalini o‘tkazish an’ana tusini oldiO‘zbekistonda musiqa va qo‘shiqchilik san’atini rivojidga har yili 31 avgust va 21 mart kunlari o‘tkazilayotgan Mustaqillik va Navro‘z kunlariga bag‘ishlangshan bayram tantanalari ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.Mustaqillik yillarda O‘zbekistonda yashayotgan 130 ga yaqin turli millat va elat urf-odatlari va an’analari birdek rivojlanib bormoqda. Hozirgi paytda O‘zbekistonda 120 ta milliy madaniyat markazlari faoliyat yuritmoqda. Milliy madaniy markazlar o‘z millatdoshlarining tili, madaniyati, urf-odatlari, rasm-rusmlarini tiklash, tarixiy Vatani bilan aloqani jonlantirish kabi masalalar bilan shug‘ullanib kelmoqdalar. Milliy madaniy markazlar qoshida milliy musiqa, raqs, hunar va boshqa yo‘nalishlardagi to‘garaklar tashkil etilgan.1992 yilda turli milliy madaniy markazlarga ko‘maklashuvchi Respublika Baynalmilal markazi tuzildi. Uning faoliyatida respublika-mizda isteqomat qiluvchi turli millat va e’latlarni jipslashtirish asosiy o‘rin tutmoqda. Har bir millatga mansub rassomlar, yozuvchilar, shoirlar, olimlar, madaniyat va san’at arboblariga bag‘ishlangan yig‘ilishlar, ko‘rgazmalar tashkil etilmoqda. Milliy madaniy markazlar o‘z faoliyatii bilan respublikada madaniyat ravnaqiga muhim hissa qo‘shmoqdalar.O‘zbekiston Prezidentining 1998 yil 12 yanvardagi “Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni va uning bajarilishini ta’minlaga qaratilgan Respublika hukumatining 1998 yil 5 dekabrda qabul qilingan “Muzeylar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalalari to‘g‘risida”gi qarori mamlakatimizda muzey ishini rivojlan-tirish istiqbollarini belgilab berdi. Madaniyat ishlari vazirligi, “Oltin meros” jamg‘armasi, Badiiy Akademiya, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi muzeylar rahbariyati bilan hamkorlikda muzeylarning rivojlanishi va moliyaviy ta’minoti bo‘yicha dastur ishlab chiqildi. Muzeylar davlat muhofazasiga olindi, ularni ta’mirlash, muzey eksponatlarini boyitish davlat byudjeti hisobidan moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlanadi. Muzeylar faoliyatini muvvofiqlashtirish, ilmiy-uslubiy yordam ko‘rsatish, moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1998 yilda “O‘zbekmuzey” Respublika jamg‘armasi tuzildi. Aholining muzeyshunoslik madaniyatini oshirishga ko‘maklashuvchi “Moziydan sado” jurnali ta’sis etildi va u 1999 yildan boshlab o‘zbek, rus va ingiliz tillarida nashr etila boshlandi. Faqat 1999 yilda muzeylarning asosiy fondi 7544 ta tarixiy va madaniy yodgorliklar bilan boyitildi.
O‘zbekistonda umumiy maydoni 137150 kv.m.ni tashkil etadigan 510 ta muzey faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda 1,3 milliondan ortiq ajdodlarimiz tarixi, betakror madaniyatini aks ettiruvchi nrdir buyumlar-eksponatlar saqlanmoqda va aholiga namoyish etilmoqda. Mamlakatimizning me’moriy yodgorliklarga boy 10 ta shahri tarixiy shaharlar ro‘yxatiga kiritilgan. 2005 ta me’moriy obida, 2700 ta arxeologik yodgorlik, 1800 monumental san’at asari davlat muhofazasiga olingan. Buxoro, Samarqand va Xiva shaharlaridagi 3 ta muzey-qo‘riqxonalarida butun dunyoda eng nodir tarixiy yodgorliklar, me’moriy obidalar, monumental san’at asarlari saqlanib qolgan, davlat muhofazasida yangidan chiroy ochayotgan muzeylar sifatida e’tirof etiladi.
O‘zbekiston muzeylari aholi orasida o‘lkamiz tarixi, xalq amaliy san’ati asarlaridan iborat etnografik ko‘rgazmalarni namoyish etib, jamiyatimiz ma’naviy kamolati yo‘lida xizmat qilmoqda. Minglab xorijiy sayyohlar respublikamiz muzey-qo‘riqxonalariga tashrif buyurib, ajdodlari-mizdan qolgan tarixiy yodgorliklar, obidalar, monumental san’at asarlari oldida ta’zim etmoqdalar. Fransiya, Turkiya, Eron, Pokiston, Koreya, Xitoy va boshqa mamlakatlarda O‘zbekiston muzeylarining eksponatlari namoyish etildi.
Sport. Mustaqillik yillarida sport O‘zbekiston milliy madaniyati-ning tarkibiy qismi sifatida rivojlantirildi.
1992 yil 5 fevralda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi qonuni sportni ommaviy rivoj-lantirish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. 46 mingdan ortiq sport inshoatlari – sport sog‘lomlashtirish klublari, bolalar-o‘smirlar sport maktablari, olimpiya o‘rinbosarlari bilim yurtlari, oliy sport mahorat maktablari, o‘yingohlar, sport zallari, maydonlari, hovuzlar barpo etildi va ta’mirlandi. Ularda 7 mln. kishi jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
1992 yil yanvarda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi tuzildi va 1993 yil sentyabrda xalqaro olimpiya qo‘mitasining 101-sessiyada rasmiy e’tirof etildi.
Sportning boks turi jadal o‘sdi. 17 marta jahon chempioni Artur Grigoryan, Sidney olimpiadasi chempini Muhammadqodir Abdullaev kabi bokschilarimiz johonga mashhur. 1999 yil avgust oyida Amerkaning Xyuston shahrida o‘tkazilgan X jahon chempionatida O‘zbekiston boks komandasi 83 mmlakat o‘rtasida AQSH va Kuba komandalaridan keyin faxirli uchinchi o‘rinni egalladiVatanimizda sportning tennis turi rivojlandi. 168 ta tennis korti, eng zamonaviy YUnusobod tennis majmui barpo etildi. YUnusobod tennis saroyida 1994-2002 yillarda O‘zbekiston prezidenti kubogi uchun 9 marta xalqaro tennis musobaqalari o‘tkazildi. 1999 yilning iyul oyida Londonda o‘tgan tennis bo‘yicha yoshlar xalqaro turinirida toshkentlik sportchi Iroda To‘laganova Uimbldon uchrashuvida g‘olib chiqib, kumush kubokni kichrayti-rilgan nusxasini qo‘lga kiritdi.1998 yil may oyida mamlakatimiz alpinistlari Himolay tog‘ining eng baland “Evarest” cho‘qqisiga ko‘tarilib, O‘zbekiston dovrug‘ini dunyoga taratdilarMustaqillik sharofati bilan o‘zbek milliy kurashi tiklandi. 1992 yilda Termiz va SHahrisabz shaharlarida dastlabki milliy kurash bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkazildi. Milliy kurashimizning nazariy jihatlari va qoidalari ishlab chiqildi va xalqaro ekspertlar tomonidan e’tirof etildi, xalqaro sport turlari qatoridan o‘rin oldi. Toshkentda dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlaridan kelgan sportchilar ishtirokida kurash bo‘yicha birinchi jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonlik kurashchilar 3 ta oltin, 3 ta kumush 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdilar. Akobir polvon, Kamol polvon, Toshtemir polvonlar nomi butun jahonga taraldi. Xalqaro kurash assotsiatsiyasi tuzildi, uning faxriy prezidenti etib Islom Karimov saylandi. 2000-2002 yillarda London shahrida 3 marta Islom Karimov nomi bilan ataluvchi xalqaro turinir bo‘lib o‘tdi. 2002 yil oktyabrda Xalqaro kurash asotsiatsiyasi Xalqaro sport federatsiyasi a’zoligiga qabul qilindi. O‘zbek milliy kurashi xalqaro sport turi sifatida dunyonda e’tirof topdi.Mustaqillik yillarida O‘zbekiston sportchilari Olimpiadalar, Osiyo o‘yinlari, Jahon va Osiyo chempionlari va boshqa munosabatlarida qatnashib, 3000 dan ortiq oltin, kumush va bronza medallarni qo‘lga kiritdilar.SHunday qilib, mustaqillik yillarida O‘zbekistonda sport rivoj-landi, yangi ma’no-mazmun bilan boyidi, jahon sportiga qo‘shildi va xalqaro maydonda salmoqli o‘rinni egalladi.

Yüklə 3,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə