Madaniyatshunoslik



Yüklə 3,2 Mb.
səhifə50/95
tarix06.06.2022
ölçüsü3,2 Mb.
#88923
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   95
Madaniyatshunoslik

MAVZUGA DOIR TAQDIMOTLAR



QADIMGI DAVR MADANIYATI” MAVZUSI KLASTERI


Миср маданияти

хунармандчилик

Деҳқончилик


Рассом-чилик

Хайкал-тарошлик


География


Адабиёт


Матема-тика


Мифологиия


Диний қарашлар



Театр



T-Sxema

SHarq madaniyati

G‘arb madaniyati

















































Pinbord” texnikaasi bo‘yicha topshiriq








Misr

Mesopotamiya

Xitoy

Hindiston

Dastlabki bilimlar













Tabobat













Diniy tasavvurlar













Xalq og‘zaki ijodi













Xaykaltaroshlik













Tasviriy san’at













Marosim udumlar













Nazorat uchun savollar
1. Qadimgi Misrning diniy va ma’naviy tamoyillarida ilgari surilgan g‘oyalar qanday bo‘lgan?
2.Misr ehromlari dunyoning etti mo‘‘jizasidan biri sifatida tan olinganligi sabablari nimada?

  1. Qadimgi Old Osiyo madaniyatining yuksalishini ta’minlagan omillarni asoslang?

  2. Qadimgi Bobilda ilm-fanning qaysi sohalariga asos solingan?

  3. Ossuriya madaniyati ravnaqida me’morchilik va tasviriy san’atning o‘rni qanday bo‘lgan?

  4. Budda dini Braxmanizm dinidan qaysi jihatlari bilan farq qiladi?

  5. Ajanta majmuasida san’atning qaysi turlari sintezini ko‘rsa bo‘ladi?



3–mavzu. Qadimgi davr madaniyati


Mashg‘ulotning maqsadi. Qadimgi YUnoniston va Rim madaniyati Evropa sivilizatsiyasining poydevoriga asos solinganligini ochib berish. Qadimgi G‘arb sivilizatsiyalari yutuqlari bilan talabalarni tanishtirish.
Vazifalar.

  1. Antik YUnoniston madaniyati.

  2. Antik Rim madaniyati.

Talaba bilishi lozim.
Ellada – Qadimgi YUnonistonning nomi. Zevs – YUnonlarning eng muqaddas bosh xudosi. Gerodot – (er. avv. 490-430.) YUnon tarixchisi. “Tarix faning otasi” hisoblanadi. Suqrot, Platon, Aristotel – YUnon falsafasining yuksak namoyondalari.(er. avv. V-IV asrlar). Artemida ibodatxonasi – Dunyoning etti mo‘‘jizalaridan biri Efes shahrida qurilgan. Fidiy – YUnon haykaltaroshi. Zevs, Afina, Promaxos haykallarini muallifi. Kolizey amfiteatri – Milodning 1 asrida Rimda qurilgan. Gladiatorlik janglari o‘tkazilgan.
Motivatsiya: “Antik madaniyatning duyon madaniyati tarixida tutgan o‘rnini ko‘rsatib berish.
Fanlararo va fan ichida bog‘liqligi. Madaniyatshunoslik fani O‘zbekiston tarixi, dinshunoslik, sotsiologiya, falsafa, ma’naviyat asoslari fanlari bilan uzviy bog‘liq.
Tayanch so‘z va iboralar
Ellada – Qadimgi YUnoniston shahri. Zevs – YUnonlarning eng muqaddas bosh xudosi. Gerodot – YUnon tarixchisi. “Tarix fanining otasi” hisoblanadi. Suqrot, Platon, Aristotel – YUnon falsafasining yuksak namoyondalari. Fidiy – YUnon haykaltaroshi. Kolizey amfiteatri – Milodning 1 asrida Rimda qurilgan. Gladiatorlar janglari o‘tkazilgan.
Asosiy adabiyotlar
1. Vsemirnaya istoriya. Ellinisticheskiy i rimskiy perioda. Moskva. 1999.
2. Drevnie sivilizatsii. M.: 1999 g. 21-44 str.

  1. Romanov V.N. Istoricheskoe razvitie kulturi. M.: 1991. 9-21 str.

  2. Vinnichuk L. «Lyudi, nrav i obichai drevney Gretsii i Rima». M.: 1999. 10- 42 str.

  3. Gulmetov E., Qobuljonova T., Ernazarov SH., Mavrulov A. Madaniyatshu-noslik ma’ruzalar matni. T.: 2000. 74-80 betlar.

Ma’ruzaning maqsadi
Qadimgi G‘arb sivilizatsiyalari yutuqlari bilan talabalarni tanishtirish.

Antik davr madaniyati – jahon sivilizatsiyasining beshigi bo‘lib, u davrda filosofiya, madaniyat fan sifatida shakllandi. O‘sha davr yunonlarning turmush tarzi, fikrlashi, ma’naviyati hozirgacha ham insonlarni hayajonga solib kelmoqda.Antik Evropa madaniyatining shakllanishiga Mesopotamiya va Misr madaniyatining, ayniqsa, arifmetika, astronomiya, mifologiya, va teologiya sohalarida erishgan dastlabki muhim yutuqlarning ahamiyati katta bo‘ldi,


Qadimgi YUnon madaniyati eramizdan avv. XXVIII asrdan er. avv. II asrgacha davom etdi. YUnonlar o‘zlarining vatanini Ellada deb ataganlar. Qadimgi YUnon madaniyatining eng yuqori darajaga ko‘tarilgan davri er. avv. V-IV asrlarga to‘g‘ri keladi.
Qadimgi YUnon madaniyati jahon madaniyati tarixida favqulodda hodisa sifatida o‘zini namoyon etdi. Ellada hozirgi zamon davlatlarining boshqaruv shakli – Respublika va demokratiyaning vataniga aylandi. Uning namunaviy shakli
Qadimgi YUnon madaniyati 5 ta davrga bo‘linadi:
Egey madaniyati (er. avv. 2800-1100yillar).
Gomer davri (er. avv. XI-IX asr);
Arxaik madaniyat davri (er. avv. VIII-VI asrlar);
Klassik (yuqori darajadagi) davri (er. avv. V-IV asrlar);
Ellinizm davri (er. avv. 323-146 yillar).
YUnon madaniyatisiz hozirgi Evropa madaniyatini tasavvur qilib bo‘lmaydi. SHuningdek SHarq dunyosi ham ellinizm madaniyatisiz boshqacharoq ko‘rinishga ega bo‘lgan bo‘lardi.
Antik Rim madaniyati er.avv. VIII asrdan eramizning 476 yiligacha davom etgan. Qadimgi Rim madaniyatining o‘rni va roli to‘g‘risida mataniyatshunos olimlar to‘g‘risida ikki xil qarash mavjud:
Ma’naviy madaniyat sohasida rimliklar yunon madaniyatining voris-lari hisoblanardilar. Ko‘plab yunon xudolari nomlari o‘zgartirilgan. CHunonchi, Zevs-YUpiterga, Kronos-Saturnga, Poseydon-Neptunga, Afrodita-Venera, Artemida-Dianaga, Afina-Minervaga aylangan.Rimliklarning dam olishi ham asosan bir hil bo‘lgan: hammomlarga borish va u erdagi mashqlar maydonchalarida bo‘lish, falsafiy sohada suhbatlar o‘tkzish, kutubxonalarida shug‘ullanish yoki bosseynlarda hordiq chiqarish ular uchun odatiy hol bo‘lgan.
Milodning I asrida gladiatorlik janglari uchun qurilgan Kollizey amfiteatri o‘zining ulkanligi bilan ajralib turgan. Amfiteatrga bir vaqtning o‘zida 50 ming tomoshabin joylasha olgan. Amfiteatr arenalariga 11 ming yirtqich chiqarilgan, 10 ming gladiator bir-biri bilan jang qilgan va yirtqich hayvonlar bilan olishgan. Omma yaralangan gladiatorning tirik qolishi yoki o‘ldirilishi manzarasini tomosha qilgan.Rimliklar orasida sirk o‘yinlari, ayniqsa to‘rtta yoki oltita ot qo‘shilgan ikki g‘ildirakli aravalar poygasi mashhur bo‘lgan.
Rimliklarda quyidagi ommaviy yirik bayramlar bo‘lgan:
Saturnaliya - har yili dekabr oyida Saturn xudosiga atalib o‘tkaziladigan bayram bo‘lib, u karnaval bilan boshlangan, bayram vaqtida tabaqaviy farqlarga rioya qilingan. Kambag‘allarga sadaqa berilgan, bir-birlariga o‘zaro tuhfalar ulashganlar.YAratilgan yodgorliklar ichida Koliziy yoki Flaviy amfiteatri alohida ajralib turadi. U gladiatorlik jangi va boshqa ommaviy tomoshalar uchun qurilgan bo‘lib, 50 mingdan ortiq kishini sig‘dirar edi. Imperator davrida Vergiliy CHo‘ponlar ashulalarining to‘plami «Bukolikalar» asarini va «Georgiki» nomli poemasini yozib, unda dehqonlarga maslahat beradi va tabiat go‘zalligini kuylaydi. Uning tugallanmagan poemasi «Eneyda» bo‘lib, unda Rimning afsonaviy bosh fuqarosi Eneyaning sarguzashtlari kuylanadi. Ovidiy o‘zining «Ishq san’ati», «Dard-alamlar» va «Pontdan maktublar» nomli asarlarida Avgust davridagi aslzodalar turmushini tanqid ostiga olib, Avgust g‘azabiga uchragan. Boshqa asarlarida esa o‘z qayg‘u-alamini va mehnatkashlarning og‘ir turmushini aks ettirgan. SHu bois Qora dengiz bo‘yidagi Toma shahriga surgun qilingan.Eramizning I asridan boshlab Rimliklar ayniqsa ularning yuqori tabaqalari, zodogonlari hayotida ma’naviy qashshoqlik jarayoni kuchayib bordi. Rim imperatorlari Kaliguala va Neron qahriqattiqlik va ma’naviy buzuqlik ramzlariga aylanadilar. Ma’naviy bo‘shlik va inqiroz Rim jamiyati halokatining bosh sabablarining biriga aylandi. 395 yili Rim imperiyasi ikki qismga, SHarqiy va g‘arbiy qismga ajralib ketadi. 476 yili esa rimliklarning german qabilalarining qo‘shinidan navbatdagi mag‘lubiyati natijasida oxirgi imperator Romul Avgustinni taxtdan tushiriladi. Natijada g‘arbiy Rim imperiyasi barham topadi. Lekin Rim madaniyati o‘zining Rim huquqi, arxitektura, adabiyot fanlari bo‘yicha erishgan yutuqlari jahon madaniyatida o‘z o‘rnini egalladi va hozircha yashab kelmoqda, insonlarni hayratga solmoqda.


Зевс
ҳайкали

Родосдаги улкан ҳайкал

Искандария минораси (Маёқ)



Yüklə 3,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə