Mahsulotlari tovarshunosligi



Yüklə 4,89 Mb.
səhifə30/250
tarix26.10.2023
ölçüsü4,89 Mb.
#131703
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   250
Oziq ovqat mahsulotlari tovarshunosligi

Teshik kulchalar. Teshik kulcha mahsulotlari dumaloq yoki oval shaklida yuzasi yaltiroq tusda bo‘ladi. Ular bir- biridan diametri, massasi va namligi kabi ko‘rsatkichlari bilan farq qiladi. Teshik kulchalar tayyorlash uchun xomashyo bug‘doy uni, qand, yog‘ va aromatik moddalar hisoblanadi. Teshik kulchalar tayyorlash uchun qattiq xamir tayyorlanadi. Xamir sifatli bo‘lishi uchun ishqalash mashinalarida ishlanib, 30—60 daqiqa davomida oshirib qo‘yiladi. Oshib yetilgan xamirdan shakllar yasaladi.
Suxarilar (to‘g‘rab qotirilgan non). Tayyorlash uslubi va retsepturasiga qarab yog‘li va oddiy turlarga bo‘linadi. Oddiy suxarilar tayyorlash uchun bug‘doy, javdar unidan non tayyorlanadi, so‘ngra nonni qalinligi 22 mm bo‘lgan bo‘lakcha holida kesilib, 80—120°C haroratda 7—8 soat davomida quritiladi.


Makaron mahsulotlari


Makaron mahsulotlari bug‘doy unidan tayyorlangan xamirga naychasimon, ipsimon, lentasimon va har xil boshqa shakllar berib quritilgan mahsulot hisoblanadi. Makaron mahsulotlari qattiq bug‘doydan olinadigan maxsus krupchatka unidan tayyorlanadi. Makaron ishlab chiqarish, asosan, quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi: xomashyoni tayyorlash, xamir tayyorlash, shakl berish, quritish, tayyor
mahsulotni sovitish va joylash.
Naychasimon mahsulotlar shakli va uzunligiga qarab uch kichik tipga bo‘linadi: makaronlar, rojki va yupqa parrak holidagi mahsulotlar. Makaronlar — naychasimon, to‘g‘ri kesilgan, uzunlari 30 sm dan ortiq, kaltalari esa 15—30 sm bo‘ladi. Rojki — naychalari bukilgan yoki to‘g‘ri, 1,5—4,0 sm uzunlikda bo‘ladi. Yupqa parrak — naychalari qiyalatib kesilgan, uzunligi 3—10 sm. Bu mahsulotlar diametrining o‘lchamlariga qarab ham turlarga bo‘linishi mumkin. Ular diametrining o‘lchamlari 4 dan 7 mm gacha bo‘ladi.
Tasmasimon mahsulotlar. Bu tipdagi makaron mahsulotlariga ugralar kiradi. Ugra chetlari to‘g‘ri, to‘lqinsimon qirqilgan, o‘zi silliq yoki taram-taram bo‘lishi mumkin. Uzunligiga ko‘ra ugra kalta — kamida 2 sm va uzun — kamida 20 sm bo‘ladi. Ugraning qalinligi 2 mm dan oshmasligi, kengligi esa kamida 3 mm bo‘lishi kerak.

Yüklə 4,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə