Majidov taxir shadmanovich


issiq oqim , past bo‘lsa sovuq oqim



Yüklə 17,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/105
tarix28.11.2023
ölçüsü17,86 Mb.
#137932
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   105
portal.guldu.uz-NOANA’NAVIY VA QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARI

issiq oqim
, past
bo‘lsa
sovuq oqim
deyiladi. 
Oqimlar
suv yuzasida
hamda
suv osti yoki chuqurlikda
hosil bo‘lishi
mumkin. Agar oqim okean yoki dengiz tubida hosil bo‘lsa, bunday oqimlar
tubdagi oqimlar
deyiladi.
Oqimlar har xil belgilariga qarab klassifikatsiyalanadi: ularni hosil qiluvchi
kuchlarga nisbatan; barqarorligiga nisbatan; suv qatlamlari chuqurligida
joylashishiga nisbatan; harakatlanishiga nisbatan; fizik va ximik xossalariga
nisbatan.
Hosil bo‘lishiga nisbatan: 
gradientli
(zichlik, to‘ldiruvchi, barogradientli, 
seyshli, oqimli yoki oqava), 
shamol ta’sirida (dreyf) va suv sathining ko‘tarilib
tushishi
oqimlariga bo‘linadi.
Okean yoki dengizning bir qismida qandaydir sabablarga ko‘ra bo‘shab
qolgan hajmni to‘ldiradigan oqimlarga
to‘ldiruvchi oqimlar,
yoki har xil
zichlikdagi (mas., Golfstrim) oqimlarga
gradientli oqimlar
deyiladi.
Suv yuzasiga shamolning (tangensional) ishqalanishi natijasida
dreyf
oqimlari
hosil bo‘ladi.
Suv sathining ko‘tarilib-tushishi
natijasida hosil
bo‘ladigan oqimlar. Kosmik sistemalar(quyosh-oy-er)ning tortishish kuchlari
natijasida dengiz va okean suvlarining sathi ko‘tarilib-tushish jarayoni. 72-rasmda
okean va dengizlarda hosil bo‘ladigan oqim turlari ko‘rsatilgan.
9.3 Golfstrim oqimi.
Dengiz va okenlardagi oqimlar orasida eng kattasi
Golfstrim oqimi
dir.
Golfstrim (Inglizcha «Golf»-ko‘rfaz, qo‘ltiq; «Strim»-oqim, ya’ni ko‘rfazdagi
oqim ma’nosini bildiradi.)Atlantika okeanining shimoliy qismida hosil bo‘ladigan
issiq oqim. Bu oqim 16 asr boshlarida dengizchilar tomonidan aniqlangan va
Florida oqimi
deb atalgan
[
32
]
.


125

Yüklə 17,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə