Majidov taxir shadmanovich


-BOB. TO‘LQINLAR ENERGIYASI



Yüklə 17,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/105
tarix28.11.2023
ölçüsü17,86 Mb.
#137932
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   105
portal.guldu.uz-NOANA’NAVIY VA QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARI

10-BOB. TO‘LQINLAR ENERGIYASI.
10.1 To‘lqinlar energiyasi. 
Inson necha ming yillardan buyon daryo, dengiz, okeanlar to‘g‘risida tanish
bo‘lgani bilan ularda hosil bo‘ladigan to‘lqinlar energiyasidan foydalanishga oz
harakat qilingan. Dengizlarda hosil bo‘ladigan to‘lqinlar energiyasi to‘g‘ridan –
to‘g‘ri shamol energiyasiga bog‘liq bo‘lgani bilan o‘z navbatida shamol energiyasi
ham quyosh energiyasiga bog‘liqdir. 
Biroq quyosh energiyasiga nisbatan dunyodagi to‘lqinlar energiyasi zaxiralari
juda kam miqdorni tashkil qiladi. Dunyo okeanining energetik zaxiralari (har hil
hisoblarga ko‘ra) 10 mlrd. kVt dan 90 mlrd. kvt gacha hisoblanadi. Biroq bu
energiyaning faqatgina 2,7 mlrd. kVt/soati foydali hisoblanadi, ammo mana shu
miqdor ham dunyodagi barcha elektrostansiyalar quvvatiga taxminan teng va suvning
ko‘tarilib tushishi energiyasidan 1,5 baro- bar ortiqroqdir [33].
To‘lqinlar energiyasini qaytalanuvchi energiya manbasi hisoblanib, uni
mexanik energiyaga aylantirish, injenerlar oldiga qo‘yilgan asosiy masalalardan
hisoblanadi (76-rasm). Mexanik, gidravlik yoki boshqa energiya turlariga
aylantirilgan to‘lqinlar energiyasidan foydalanib, uni elektroenergiyaga aylantirish
mumkin bo‘ladi.
76-rasm. Okean va dengizdagi hamda qirg‘oqqa uriluvchi to‘lqinlar.
To‘lqin energiyasidan foydalanish bo‘yicha birinchi ixtirochiga patent
1799 yili(Parij)da berilgan. Xozirgi vaqtda to‘lqin energiyasidan foyda
-


130
lanish bo‘yicha 1000 dan ortiq har hil ixtiro va takliflar mavjud (AQSH, Buyuk
Britaniya, Fransiya, Rossiya).
10.2 Okean va dengizlardagi to‘lqinlar, ularning o‘lchamlari va
energetik xarakteristikalari. 
Dengiz va okeanlardagi to‘lqinlar asosan shamol yordamida hosil bo‘ladi. 
Ammo quyidagi sabablarga ko‘ra ham to‘lqinlar hosil bo‘lishi mumkin [34]:

suv sathini ko‘tarilib-tushishiga (oy, er va quyoshning suv sathining
o‘zgartiruvchi kuchlariga) nisbatan;

barometrik (atmosfera bosimining keskin o‘zgarishiga nisbatan);

seysmik-sunami (kuchli er qimirlashi yoki vulqonlar otilishiga nisbatan);

kemalar harakati tufayli hosil bo‘ladigan to‘lqinlar.
Har bir to‘lqin quyidagi elementlari bilan xarakterlanadi (77-rasm):

to‘lqinning o‘rkachi-cho‘qqisi (to‘lqing o‘rkachining eng yuqori nuqtasi);

to‘lqinning tagi (to‘lqin tagidagi eng past nuqta);

to‘lqin balandligi – h (to‘lqin o‘rkachi va tagi oralig‘idagi masofa);

to‘lqin uzunligi – L (ikkala o‘rkach orasidagi gorizontal masofa);

to‘lqinning davri – T (to‘lqinni o‘z uzunligi masofasini o‘tishi uchun zarur
bo‘lgan vaqt);

Yüklə 17,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə