Majidov taxir shadmanovich


 Qirg‘oqqa uriluvchi to‘lqinlar hamda ularning energetik



Yüklə 17,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/105
tarix28.11.2023
ölçüsü17,86 Mb.
#137932
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   105
portal.guldu.uz-NOANA’NAVIY VA QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARI

10.3 Qirg‘oqqa uriluvchi to‘lqinlar hamda ularning energetik
xarakteristikalari.
Qirg‘oqqa kelib uriluvchi to‘lqinlarning energiyasi juda katta bo‘lib, u asosan
to‘lqinning kinetik energiyasi hisoblanadi.Masalan, 1 m balandlikda va har
10 sekundda 1 mil (1 dengiz mili = 1853 m) uzunligida hosil bo‘ladigan
to‘lqinlarning quvvati 35 000 ot kuchi(25 800 kVt)ga teng ekan.
Qirg‘oqqa uriluvchi to‘lqinlarning vayron qiluvchi energiyasi to‘g‘risida
quyidagi misollarni keltirish mumkin. SHotlandiya qirg‘oqlaridagi pirs(kemalar
bog‘lab qo‘yiladigan joy)ga mustahkam o‘rnatilgan 1350 tonnalik temir-beton blokni
sindirib qirg‘oqdan surib tashlagan. Uning o‘rniga o‘rnatilgan boshqa 2600 tonnalik
beton blokni ham 5 yildan sung sindirib surib tashlagan. Injenrlar shu joyga
uriladigan to‘lqinlarning kuchini o‘lchab ko‘rganlar va natijada to‘lqinlarning urilishi
natijasida hosil bo‘ladigan bosim 29 t/m
2
ni tashkil qilishini aniqlaganlar. Bundan
tashqari to‘lqinlar, 60 kg og‘irlikdagi tosh bo‘lagini, Oregon qirg‘og‘ida 28 m
balandlikda joylashgan mayak tomiga uloqtirgan.
9.4 To‘lqin elektrostansiyalari.
Hozirgi kunlarda kino, videofilm va televedenieda okean va dengizlardagi
to‘lqinlar to‘g‘risida ko‘plab ma’lumotlar berilmoqda. Ularda asosan to‘lqinlar
o‘rkachida sport taxtasida suzayotgan sportsmenlar ko‘rsatiladi. Ammo dengiz va
okean chuqurliklari o‘zida juda katta energiya
zahiralarini saqlab turadi.
To‘lqinlar energiyasidan mexanik, gidravlik va elektr energiyalarini olish
mumkin. To‘lqinlar energiyasi olinadigan mexanik va gidravlik energiya-dan har xil
maqsadlarda elektr energiyasi olishda, suvni balandlikka ko‘tarishda va boshqalarda
foydalanish mumkin.
Bunday energiyalar va ulardan foydalanish shu soha bo‘yicha
ishlayotgan firmalarga ko‘p vaqtdan buyon ayon. Ular dengiz to‘lqinlaridan energiya
olishning har xil turlari va qurilmalarini ishlab chiqmoqdalar. Bunday qurilmalar
hozirgi kunda
Kaliforniya, Oregon, SHvetsiya, SHotlandiya va Orkni orolida
ishlamoqda
[35, 67]. 


133
«Ustritsa» 
mana shunday qurilmalardan biridir. Ammo uning ishlash prinsipi
ilgarigi qurilmalardan tubdan farq qiladi.Bu qurilma to‘lqin energiyasini to‘g‘ridan-
to‘g‘ri elektr energiyasiga aylantirib bermaydi. Qurilmadagi porshenlar to‘lqin
harakatiga mos ravishda ishlab okean va dengiz suvini ma’lum bosim ostida elastik
quvurlar orqali qirg‘oqqa haydaydi. Qirg‘oqdagi turbinaga kelib urilayotgan suv
generatorni harakatga keltiradi va elektr energiyasi ishlab chiqaradi (78-rasm).

Yüklə 17,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə