Makroiqtisodiyot


Iqtisodiy resurslar va cheksiz ehtiyojlarning qondirilish darajasi



Yüklə 247,84 Kb.
səhifə4/8
tarix01.05.2023
ölçüsü247,84 Kb.
#107894
1   2   3   4   5   6   7   8
Makroiqtisodiyot ” fanidan kurs ishi mavzu Resurslarni optimal

Iqtisodiy resurslar va cheksiz ehtiyojlarning qondirilish darajasi.

Inson boshqa jonzotlardan o‘zining aql-idroki bilan ajralib turadi. Inson biologik mavjudot sifatida ovqat yeyish, uxlash,dam olib o‘z kuchini tiklash, o‘zini issiq-sovuqdan asrash ehtiyojlariga ega. Mazkur ehtiyojlar moddiy shaklda — kiyim-kechak, oziq-ovqat, turar joy va boshqalar shaklida ifoda etiladi.Moddiy ehtiyojni qondirish uchun esa zarur noz-ne’matlarni ishlab chiqarish kerak. Inson borsa-kelmas orolda, afsonalarda aytilganidek, qush uchsa qanoti, odam borsa oyog‘I kuyadigan joyda, tanholikda yashamaydi. Inson ijtimoiy jonzot. U ma’lum mamlakat fuqarosi, aniq bir hudud (shahar, qishloq,mahalla, kvartal) da kishilik jamiyatida yashaydi. Uning mehnat orqali qondiriladigan jamiki ehtiyoji moddiy ehtiyojga kiradi.Insonning moddiy ehtiyojlari bilan birga ijtimoiy ehtiyojlari ham borki, bularga bilim olish, madaniy saviyani oshirish, malaka, mahoratga ega bo‘lish va sog‘lom hayot kechirib, uzoq umr ko‘rish kiradi. Aytilgan ehtiyojlar moddiy shaklga ega bo‘lmagan har xil xizmatlar ko‘rsatish orqali qondiriladi. Shifokor, o‘qituvchi yoki madaniyat xodimi xalqqa xizmat qilib, uning ehtiyojini qondirishga hissa qo‘shadi, ammo ularning mehnati ishchi yoki dehqon mehnati kabi moddiy mahsulotda ifodalanmaydi.Insonning mehnat qilish ehtiyoji ikki narsadan kelib chiqadi:

  • birinchidan, mehnat moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondiradi;

  • ikkinchidan, mehnatda inson kamolotga erishadi, qobiliyatini o‘stiradi.

Hayotda o‘z o‘rnini topadi, obro’-e’tiborga erishadi. Shu sababli mehnatning tagi rohat deydilar. Mehnat qilish uchun jihozlangan ish joyi bo‘lishi zarur. Ish joyi uchun bino qurish, kerakli uskuna-jihozlar, masalan, stanoklar, kompyuterlar, o‘lchash asboblari, laboratoriya uskunalari o‘rnatish kerak. Demak, ularni ham ishlab chiqarish talab qilinadi. Ehtiyoj qat’iyan tabaqalashgan bo‘ladi. Ehtiyoj kishilarning odati, didi, ruhiyati, yoshi, jinsi, oilaviy ahvoli, millati, mehnat va yashash sharoitlariga ham bog‘liq. Maktab o‘quvchisi bilan olimning, yosh yigit bilan pensioner cholning, dehqon bilan shaxtyorning ehtiyoji bir xil emas. Hatto kishilarning jismoniy tuzilishi ham ehtiyojlarda farqlarni hosil qiladi. Albatta gavdasi yirik kishining ehtiyoji bilan jussasi kichik kishining ehtiyoji bir xil emas. Eng muhimi — xilma-xil ehtiyojni qondirish uchun xilma-xil faoliyat talab qilinadi.Ehtiyojlarning yuksalishi quyidagicha yuz beradi: kishilarning ehtiyoji miqdoran o‘sib boradi. Uning sababi esa aholi sonining ko‘payishi, turmushining yuksalishida.Xullas, ehtiyojlarning miqdoran o‘sib, tarkiban yangilanib borishi tabiiy jarayon bo‘lib, iqtisodiyotni rivojlantirishiga undaydi, lekin uning o‘sib, yangilanib borishi resurslarning kamyobligi muammosiga yo‘liqadi.
Iqtisodiyotda omillar cheklangandir. Odamlar yashashlari uchun oziq-ovqat, uy-joy, kiyim-kechak va boshqa ko‘pgina narsalar kerak. Hozirgi zamon kishisini buyumlar olami 4 millionga yaqin pozitsiyadan iborat va u doimo muttasil rivojlanib bormoqda. Iqtisodiy tizimning ishlab chiqarish imkoniyatlari qo‘llanilayotgan omillarning kamyobligi uchun limitlangan. Buning ustiga jamiyat rivojlanib borgan sari, barcha iqtisodiy omillarning cheklanganligi saqlanib qoladi, hatto kuchayadi. Bu faqatgina qayta tiklanmaydigan tabiiy omillarning tugab borayotganligi bilangina emas, balki, iste’molning, ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun muttasil ravishda impuls (turtki) berishi, ya’ni tovar va xizmatlarning yangi turlari yaratilishi, ularning sifat xususiyatlarining o‘zgarishi, bu esa iste’molchilarning iste’mol va investitsiya tovarlarga bo‘lgan talablarini o‘stirish bilan taqozo etiladi, izohlanadi. Va har gal jamiyatda bor bo‘lgan omillar bilan bu ne’matlarning qaysilarini va qanday miqyoslarda ishlab chiqarish masalasini hal qilishga majbur bo‘ladi.Xizmatlar — harakatlar bo‘lib, demak, ularni saqlash yoki o‘tkazish boshqa odamlarga jo‘natish mumkin emas.Tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish uchun cheklangan omillar zarur bo‘ladi, shuningdek, ular o‘z-o‘zidan kamyob bo‘lganligidan, har bir odamning xohishi va cheklanmagan talablarini qondirishini ta’minlash uchun yetarli emas. Iqtisodiy tovarlar bizning talablarimizni qondirganlari uchun biz ularni foydali deymiz.

Keltirilgan chizmalardan ko‘rinib turibdiki, iqtisodiy tovar o‘z ichiga bir vaqtning o‘zida ham ne’matni (chunki iste’molchiga kerak) ham xarajatni (chunki uni ishlab chiqarish uchun omillar zarur) oladi. Tovarlarning bu xususiyatlari ularning foydaliligini, kamyobligi va omil sig‘imdorligi sifatida namoyon bo‘ladi. Iqtisodiy tovarlarni sotib olayotganda odamlar ular uchun belgilangan summada pul to‘laydilar. Bu summatovarning narxi deb ataladi.


Iqtisodiy omillar: Resources; Economic resources
Fransuzcha Ressource — yordamchi vosita ma’nosini anglatadi.
Omillar— mavjud texnologiyalar va ijtimoiy- iqtisodiy munosabatlar vositasida sotish mumkin bo‘lgan moddiy hamda ma’naviy ne’matlarini olish uchun zarur bo‘lgan manbalar va asoslardir. Omillar uchta asosiy guruhga bo‘linadilar. Bular:
— moddiy omillar;
— mehnat omillari, shu jumladan, intellektual omillar;
— tabiiy omillar.
Moddiy omillar— ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish jarayonida ishlatish uchun mo‘ljallangan mehnat predmetlari:xomashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya, yarim fabrikatlar,detallar va hokazolarning yig‘indisidir.Moliyaviy omillar— davlat yoki tijorat tuzilmasi tasarrufidagi pul mablag‘lari.
Xomashyo(xom, tayyor bo‘lmagan materiallar) – ilgari mehnat ta’sirida bo‘lgan (ularni ma’lum bir holatga yetkazishuchun mehnat sarflangan) va qayta ishlash uchun mo‘ljallanganmehnat predmetlari. Ular quyidagicha farqlanadi:
— birlamchi xomashyo( qazib olingan ruda, paxta xomashyosi va hokazolar);
— ikkilamchi xomashyo( yaroqsiz holatga kelgan tayyor mahsulotlar: metal parchalari, makulatura va boshqalar).

Axborot omillari— keng ma’noda — haqqoniy axborotni olish uchun tashkil qilingan ma’lumotlarning yig‘indisi.Axborot omillari— alohida hujjatlar va hujjatlarning alohida massivlari, axborot tizimlari; kutubxonalar, hujjatgohlar, fondlar, ma’lumotlar banklari, axborot tizimi omillarining boshqa turlaridagi hujjatlar va hujjatlar massivlaridir.



Hujjat omillari— axborot omillarining bir turi; alohida hujjatlar, axborot tizimlaridagi hujjatlar massivlarning yig‘indisi.
Mehnat omillari— mamlakat aholisining jismoniy rivojlangan, ishlash uchun zarur bo‘lgan aqliy qobiliyat va bilimlarga ega bo‘lgan qismidir.Mehnat omillarining miqdori aholining soniga, uning qayta ishlab chiqarish rejimiga, jins, yosh bo‘yicha tartibiga bog‘liq bo‘ladi.Mamlakatning mehnat omillarining asosiy qismini mehnat qilishga qobilatli yoshdagi aholi, shuningdek, mehnatga qobiliyatli o‘smirlar va pensiya yoshdagi shaxslar tashkil qiladi.
Tabiiy omillar (tabiat omillari)– jamiyat odamlarning moddiy va ma’naviy talablarini, ehtiyojlarini qondirish uchun foydalanadigan tabiiy obyektlari, tabiiy jarayonlar va sharoitlardir.Tabiiy omillar:
— o‘rni to‘ldiriladigan va o‘rni to‘ldirilmaydigan;
— yangilanadigan va yangilanmaydigan;
— almashtiriladigan va almashtirilmaydigan;
— tenglanadigan va tenglanmaydiganlarga bo‘linadi.
Tabiiy omillar o‘z ichiga: foydali qazilmalar, enegriya manbalari, tuproq, suv yo‘llari, suv havzalari, ma’danlar, o‘rmonlar,yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar, quruqlik va suv ostidagi hayvonot dunyosi, madaniy o‘simliklar va uy hayvonlarining genofondi, go‘zal va betakror landshaftlari, sog‘lomlashtirish mintaqalari va boshqalarni oladi.
Tugaydigan (yo‘q bo‘lib ketadigan) tabiiy omillar foydalanish barobarida yo‘qolib, qisqarib boradigan omillar. Tabiiy omillarning ko‘plab turlari yangilanadigan va yangilanmaydigan guruhlarga bo‘linuvchi tugaydigan tabiiy omillarga kiradi.Kamyoblik (tanqislik) iqtisodiy nazariyada — tovar yoki xizmatga talabni ishlab chiqarish hajmidan oshib ketganvaqtda yuzaga keladigan sharoitdir.
Ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan omillardan farqli o‘laroq, inson ehtiyojlari amalda cheklanmagan. Shuning uchun ko‘pgina tovarlar va xizmatlar kamyobligi bilan harakatlanadi. Bozor iqtisodiyoti kamyob omillarni taqsimlash baholar(narx) lar mexanizmi vositasida amalga oshiriladi. Rejali iqtisodiyotda tanqis omillarni taqsimlash muammosini davlat o‘z markaziy idoralari timsolida o‘z zimmasiga oladi.
Ehtiyojlarning cheksizligi bilan resurslarning cheklanganligio‘rtasidagi nomutanosiblik iqtisodiyotning azaliy muammosidir.
Resurslarni ko‘proq ishlatish hisobidan — ehtiyojlarni qondirish vaqtinchalik, chunki, resurslar tugab boravergani sayin kishilar uni kamroq sarflash yo‘lini qidiradilar, resurslarni tejovchi texnologiya yaratilib, keng qo‘llaniladi. Natijada resurs birligini ishlatishdan olingan mahsulot ko‘payadi. Umuman olganda cheksiz ehtiyojni kamyob resurs bilan ta’minlash uchun2 narsa amalga oshishi shart:
1. Ehtiyojlar ko‘p bo‘lganidan ularning hammasini birdaniga qondirish mumkin emas, shu boisdan ularning eng muhimi ajratib olinadi va ishlab chiqarish ularni qondirishga qaratiladi. Masalan, hozir O‘zbekiston uchun neft mahsulotlari va donga bo‘lgan ehtiyoj eng zarur ehtiyojlardan hisoblanadi va resurslar eng avval shularni qondirishga qaratilgan. Shu sabali viloyatlarimizda faoliyat yuritib kelayotgan past rentabelli qishloq xo`jaligi tashkilotlari yer maydonlarini qisqartirilib, ular negizida mustahkam moddiy texnika bazasiga ega bo`lgan ko`p tarmoqli fermer xo`jaliklarining tashkil etilishi, jami qishloq xo`jaligi yalpi mahsulotida fermer xo`jaliklari ulushining 2000 yildagi 3,8foizdan 2016 yilda 37,1foizgacha ko`payishida hamda qishloq xo`jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar ulushini esa 2000 yildagi 23,2 foizdan 2016 yilda 1,2 foizgacha kamayishida o`z ifodasini topdi.
2. Resurslar kamyob bo‘lganidan ishlab chiqarishning eng zarur sohalariga ustivorlik beriladi. Muqobil mahsulotlardan eng maqbuli tanlab olinadi. Bir mahsulot uchun resurs ko‘proq ketsa, tabiiy ravishda boshqasiga kamroq qoladi. Hadisi sharifda aytilganidek «tejamkorlar muhtoj bo‘lmaslar».
Resurslarning cheklanganligi ehtiyojni qondirishning muhim yo‘li bo‘lgan ishlab chiqarish imkoniyatlarini ham cheklab qo‘yadi. Bu imkoniyatlar darajasi doimo bir xil bo‘lib turmaydi, balki yangi texnikalar va texnologiyalarning yaratilishi va ishga solinishi ishlab chiqarish imkoniyatlarini, uning chegaralarini kengaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy resurslar, ishlab chiqarish va ehtiyojlami qondirish darajasi o‘rtasidagi doimiy va mustahkam aloqadorlikni quyidagicha ifodalash mumkin :

Iqtisodiy resurslar, imkoniyatlar

Ishlab chiqarish yoki xizmatko’rsatish darajasi

Ehtiyojlarning qondirilish darajasi



Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, ishlab chiqarish imkoniyatlarini va binobarin ehtiyojlarni qondirish darajasini oshirish zarurligi iqtisodiyot oldiga quyidagi muammolarni qo‘yadi:


1) ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning optimal variantlarini (eng zarur va tejamli turlarini) tanlab olish va resurslarni ko‘proq ishlab chiqarishga jalb qilish;
2) mavjud resurslarning har bir birligidan tejab-tergab, samarali foydalanish;
3) fan-texnika yutuqlarini va yangi texnologiyalarni joriy qilib, yangi energiya, material, xomashyo turlari, ularning manbalarini topib, foydalanishga jalb qilish, resurslar unumdorligining oshishiga erishish.
Bu muammolarni hal qilish zaruriyati kishilardan chuqur iqtisodiy boshqa bilimlarga ega bo‘lib, doimo izlanish va yuksalishda bo‘lishini taqozo qiladi. Shuning uchun insonlarda resurs tanqisligi va ularning cheksiz ehtiyojlardagi o’rnini bilishlik darajasi shakllanishi kerak.
Tanqislik - bu asosiy iqtisodiy muammo, ya'ni cheklangan resurslar va nazariy jihatdan cheksiz ehtiyojlar o'rtasidagi tafovut. Bunday vaziyat odamlardan asosiy ehtiyojlarni qondirish va iloji boricha ko'proq qo'shimcha ehtiyojlarni qondirish uchun resurslarni samarali taqsimlash to'g'risida qaror qabul qilishni talab qiladi. Iste'mol qilish uchun nolga teng bo'lmagan har qanday resurs ma'lum darajada kam, ammo amalda muhim bo'lgan narsa nisbiy tanqislikdir. Tanqislik, shuningdek, "ochlik" deb ham ataladi.

Tanqislik, inson ehtiyojlarini qondirish uchun resurslar mavjudligini boshqarish uchun iqtisodiy qarorlar muntazam ravishda qabul qilinishi kerakligini aytadi.


Tanqislikning ba'zi misollari:



  • 1970 yillarda benzin taqchilligi




  • Ob-havoning yomonligidan keyin makkajo'xori ekinlari o'smadi, natijada odamlar va hayvonlar uchun ozuqa va yoqilg'i uchun etanol yetishmovchiligi yuzaga keldi.




  • Haddan tashqari baliq ovlash baliq turining tanqisligiga olib kelishi mumkin.




  • Yirik qoramol boqayotgan fermerlarning soni sut va pishloq tanqisligiga olib kelishi mumkin.




  • Biror bir mamlakatdan importga qo'yilgan embargo, eksport qiladigan resurslarning yetishmasligiga olib kelishi mumkin.




  • Gujaratdagi to'g'on bilan bog'liq siyosat tufayli suv tanqis bo'lib qoldi.




  • Ko'mir energiya hosil qilish uchun ishlatiladi; qazib olinishi mumkin bo'lgan ushbu resursning cheklangan miqdori tanqislikning namunasidir.




  • Toza suvga ega bo'lmaganlar suv tanqisligini boshdan kechirmoqda.




  • 2012 yilda parranda grippi Meksikadagi millionlab tovuqlarni yo'q qildi, bu Meksika parhezining turg'un tuxumini yaratdi.




  • Biror mamlakatda yirik shoxli qoramollar Mad Cow kasalligi bilan kasallanganligi va bu hayvonlarni so'yish zarurati paydo bo'lishi mamlakatda mol tanqisligiga olib kelishi mumkin.




  • Hayvonlar populyatsiyasining haddan tashqari ko'p ovlanishi uni tanqislikka olib kelishi mumkin.




  • Farmatsevtika kompaniyalarining katta foyda keltirmaydigan dori-darmonlarni yaratishdan bosh tortishi ba'zi turdagi dori-darmonlar tanqisligiga olib kelishi mumkin.




  • Har yili grippga qarshi vaktsinalarning cheklangan miqdori aholiga yetkaziladi, ya'ni har bir kishi uchun emlash uchun etarli bo'lmaydi. Bu tanqislik.




  • Dovullar Fors ko'rfazi sohilidagi neftni qayta ishlash zavodlarini ishga tushirganda, transport vositalari uchun gaz tanqisligi sababli neft narxi ko'tariladi.




  • Mojarolar odamlarning o'z fermalariga borishiga to'sqinlik qilganligi sababli, Ganadagi Alavanyo aholisi oziq-ovqat tanqisligiga duch kelishdi.




  • Nigeriyada suv toshqini qishloq xo'jaligini yuvib ketdi va mamlakat aholisi uchun oziq-ovqat etishmasligi mumkin.




  • Yuqori malakali ishchilarga muhtoj bo'lgan mamlakatda ma'lumotsiz aholi sonining ko'payishi ish kuchining etishmasligiga olib kelishi mumkin.




  • Cheklangan aholisi harbiy xizmatga ko'ngilli ravishda kirmasligi mumkin, natijada millatni himoya qiladigan odamlar kam.




  • Amerika Qo'shma Shtatlarida yaqinda taklif qilingan qurolga oid qonunchilik, o'q-dorilarning kamligini qoldirib, o'q-dorilar to'plashga olib keldi.




  • Qattiq iqlim sharoitida yashaydiganlar, ularga transport qiyin bo'lgan paytda, ob-havo etkazib berishga xalaqit beradigan bo'lsa, oziq-ovqat etishmovchiligi yuz berishi mumkin.




  • Tailandda o'rmonlarning qurib qolishi yog'och tanqisligiga olib keldi va odamlarni yangilarini qurish uchun buzilgan binolardan o'tin olishga majbur qildi.




  • Suvning uzoq vaqt davomida yuvilishi yoki tishlarini yuvishda suvning oqib ketishi suv tanqisligiga olib kelishi mumkin.

Bularning barchasi tanqislikning misollaridir, chunki atrofda kamchiliksiz yashash uchun etarli miqdorda resurs yo'q edi.


Ehtiyoj — insonning yashashi va kamol topishi uchun kerakli hayotiy vositalarga boʻlgan zaruriyat. Ehtiyoj kishilarning hayotiy vositalariga boʻlgan zaruriyatini ifodalovchi ilmiy kategoriya sifatida taraqqiyotning hamma bosqichlari uchun umumiy va doimiydir. Uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tarixiy koʻrinishi talab tushunchasidir. Talab ehtiyojdan farq qilib, mustaqil iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) sifatida amal qiladi. Ehtiyojning faqat pul bilan taʼminlangan qismi talabga aylanadi. Demak, talab — bu pul bilan taʼminlangan ehtiyojdir.


Iqtisodchi Sherqul Shodmonovni fikriga ko’ra esa ehtiyoj quyidagicha tushuniladi:
Ehtiyojlar — organizm, inson shaxsi, ijtimoiy guruh, umuman jamiyatning hayot faoliyatini saqlab turish uchun zarur boʻlgan narsalarga talab, muhtojlik. Nazariy va amaliy iqtisodiyotning fundamental kategoriyalaridan biri. Ehtiyoj subyekt bilan uning faoliyati oʻrtasidagi bogʻlanishlarni ifoda etadi va maqsadlar, mayllar, intilishlarda va pirovardida hatti harakatlar, feʼl-atvorda yuzaga chiqadi. Faoliyat sohasiga qarab mehnatga, bilimga, muloqotlarga; obʼyektiga qarab moddiy, maʼnaviy; subʼyektiga koʻra yakka (shaxsiy), guruhiy, jamoaviy, ijtimoiy ehtiyoj boʻlishi mumkin. Ehtiyojning umumiy qonuniyati — ularning umuman bevosita inson faoliyatiga, xususan, ijtimoiy ishlab chiqarish ga bogʻliq boʻlishidir. Ayni paytda faollikka undovchi kuch boʻlgan ehtiyoj, oʻz navbatida, hayot sharoitlariga tanlama taʼsir koʻrsatadi, ularning oʻziga xos tomonlarini belgilaydi, u yoki bu faoliyat usullarini va ehtiyojni qondiradigan predmetlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantiradi.
Mas, bir vaqtlar kishilarda avtomobilga paydo boʻlgan ehtiyoj ularni yaratish yoʻlida izlanishlarning boshlanishiga sabab boʻldi, butun bir sanoat tarmogʻining paydo boʻlishiga olib keldi.
Tarixan ehtiyoj oʻsib boradi, ular xilma-xil, oʻzgaruvchan, tuzilmaviy oʻzgarishlarga uchrab turadi. Ehtiyoj tizimida iqtisodiy ehtiyojlar asosiy oʻrinda turadi. Ularga birinchi navbatda, moddiy ashyoviy ehtiyoj (moddiy va maʼnaviy) — oziq-ovqat mahsulotlariga, kiyim-kechak, axborot vositalari (gazeta, kitob va boshqalar)ga ehtiyoj, shuningdek, iqtisodiy ehtiyoj tuzilmasida oliy oʻrinda turadigan mehnat qilish, taʼlim olish, sogʻliqni saqlash ehtiyoji kiradi.
Iqtisodiy ehtiyojni ham ularni roʻyobga chiqaradigan subyektlariga qarab tasniflash mumkin (shaxsiy — yakka, jamoa va ijtimoiy — umumiy).
Bozor munosabatlari sharoitlarida iqtisodiy ehtiyoj pul bilan vositalanadi va talab sifatida yuzaga chiqadi . Ishlab chiqarish va ehtiyoj oʻrtasidagi teran ichki bogʻlanishlar ehtiyojlarning oʻsib borishi qonunida oʻz ifodasini topadi. Iqtisodiyotning butun tarixini eng oddiy ehtiyojdan tobora har tomonlama rivojlangan inson ehtiyojining shakllanishiga oʻtish tarixi tarzida qarash mumkin.
Atrofimizga bir nazar tashlasak, bunda biz inson hayoti nimalardan iborat ekanligini bilib olamiz. Kishilarning mehnat qilishi, mehnatga haq olishi, har xil ehtiyojlarni qondirishi inson hayotining asosini tashkil qiladi. Yuqoridagi ehtiyojga berilgan ta’riflarni umumlashtirgan holda, unga shunday ta’rif berishimiz mumkin:
Ehtiyojlar deb, kishilarning yashashi, mehnat qilishi va ma’lum ijtimoiy mavqega ega bo’lishi uchun iste’mol etilishi zarur bo’lgan mahsulotlar va xizmatlar yig’indisiga aytiladi.
Tabiiyki, har bir insondan hoxish, istak turlicha bo’ladi va shu tariqa ehtiyojlar ham turlicha bo’ladi. Inson jamiyatda yashar ekan, u albatta o’z hayoti davomida vujudga kelgan ehtiyojlarni ta’minlashga harakat qiladi. Lekin ehtiyojlarni birlamchi – qondirilishi juda zarur va ikkalamchi - qondirilishi unchalik shart bo’lmagan turlari mavjud.
Kishilarning kiyim – kechakka, oziq – ovqatga, uy joyga bo’lgan ehtiyoji birlamchi ehtiyoj turiga kiradi.
Ehtiyojning ikkilamchi turiga qimmatbaho taqinchoqlar taqish, katta bir shashar yoki kurortlarda dam olish, ikkita yoki undan ortiqroq avtomashinaning egasi bo’lish, dang’illama imorat qurish va hakozolar kiradi.
Biz ehtiyojlarni shakllariga qarab ham ajratamiz. Ma’lumki, kishilarning ovqat iste’mol qilishi, kiyim kiyishi kabi ehtiyojlaridan tashqari, bilim olish, o’rganish, mehnat qilish kabi ehtiyojlari ham mavjud.
Umuman oladigan bo’lsak, ehtiyojlarning turlari ko’p, ularni bir – biriga o’xshash tomonlarini e’tiborga olib, asosan uchta qismga bo’lamiz:
1. Moddiy ehtiyojlar insoniyat paydo bo’lishi bilan yuzaga keladi. Moddiy ehtoyojlar, kundalik birlamchi ehtiyojlar bo’lib, ular oziq – ovqat, kiyim kechak, uy – joy va boshqalardir.
2. Ma’naviy ehtiyojlar qismiga kiruvchi ehtiyojlar jamiyatning rivojlanib borishi natijasida yuzaga keladi. Bunday ehtiyojlarga bilim olish, malaka oshirish, dam olish, davolanish va boshqa har xil xizmatlar kiradi.
3. Ijtimoiy ehtiyojlar asosan mehnat qilishga bo’lgan ehtiyojlar bo’lib, kishilarning maqsadli faoliyatini bildiradi.
Ehtiyojlarni iste’mol qilish tavsifiga ko‘ra shaxsiy va ishlab chiqarish ehtiyojlariga ajratish mumkin:
Shaxsiy ehtiyojlar - kishilarning pirovard iste’moli uchun mo’ljallangan mahsulot va xizmatlarga bo‘lgan zarurat. Masalan, oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-ro‘zg‘or buyumlari, shaxsga ko‘rsatiladigan turli xizmatlar shaxsiy ehtiyojlami namoyon etadi.
Ishlab chiqarish ehtiyojlari - mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish maqsadida ishlatiluvchi turli iqtisodiy resurslarga bo‘lgan zarurat. Ishlab chiqarish ehtiyojlariga xomashyo (neft, paxta va h.k.), materiallar (po‘lat, yog‘och, tola va h.k.), asbob-uskunalar, ish mashinalari (yuk mashinasi, ekskavator, buldozer va h.k.), ishchi kuchi va boshqalami kiritish mumkin.
Shuningdek, ehtiyojlarni:

  • yakka tarzda va birgalikda qondiriluvchi ehtiyojlar;

  • birlamchi va ikkilamchi ehtiyojlar;

  • yakka, guruhiy, hududiy, umumjamiyat ehtiyojlari kabi turlarga ajratish mumkin.

Insonning shaxsiy manfaati, qiziqishlari va turmush tarziga moslab qondirilishi mumkin bo‘lgan ehtiyojlar yakka tarzda qondiriluvchi ehtiyojlar deyiladi. Ularga ovqatlanish, kiyinish kabilarni misol qilish mumkin. Hatto ovqatlanish jarayoni birgalikda (oilaviy yoki bir necha kishilar bilan) amalga oshirilgan taqdirda ham, har bir kishining ovqatga bo‘lgan ehtiyoji alohida, yakka tarzda qondiriladi.
Odatda kishilarning turli darajalardagi guruhi (oila, jamoa, mamlakat fuqarolari va h.k.) tomonidan birgalikda namoyon etiluvchi ehtiyojlar birgalikda qondiriluvchi ehtiyojlar deyiladi. Masalan, ta’lim olish binolari, kasalxonalardan, dam olish joylaridan bahramand bo‘lish, sport o‘yinlari va ko‘ngilochar tomoshalami birgalikda ko‘rish, mamlakat mudofaasi va tinchligini saqlash kabilar shular jumlasidandir.
Birlamchi ehtiyoj - bu insonning hayotiy faoliyatida zarurlik darajasi nisbatan yuqori bo‘lgan va shu sababli, birinchi navbatda qondiriladigan ehtiyoj. Inson hali bilim olishi, san’at bilan shug‘ullanishi, madaniy hordiq chiqarishidan ilgari oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joyga boigan ehtiyojlarini qondirishi lozim.
Ikkilamchi ehtiyoj - bu birlamchi ehtiyojlar qondirilib bo‘Igandan so‘ng namoyon bo‘ladigan va qondiriladigan ehtiyoj. Bu turdagi ehtiyojlar odatda ijtimoiy tavsif kasb etib, ularga bilim olish, malaka oshirish, san’at bilan shug‘ullanish, dam olish va h.k.lami kiritish mumkin.
Yakka ehtiyoj - bu alohida shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy mavqei, dunyoqarashi va boshqa xususiyatlari ta’sirida shakllanuvchi ehtiyoji. Jamiyatdagi kishilar soni qanchalik ko‘p bo‘lmasin, ular o‘z ehtiyojlarining tarkibi, darajasi va qondirilish vositalari jihatidan ozmi-ko‘pmi farqlanadilar. Masalan, katta yoshdagi odamlar va bolalar, erkaklar va ayollar, oliy ma’lumotlilar va ma’lumotsizlar, sportchilar va spirtli ichimliklarga moyil kishilar va hokazolaming yakka ehtiyojlari tarkibi o‘zaro farq qiladi. Hattoki, bir jinsdagi, o‘zaro teng va boshqa belgilari bo‘yicha o‘xshash insonlarning yakka ehtiyojlari ba’zi bir jihatdan farq qilishi mumkin.
Guruhiy ehtiyoj - bu ma’lum guruh yoki jamoalarga birlashgan kishilarning birgalikdagi ehtiyoji. Bir oilaning ehtiyoji boshqa biridan, bir mehnat jamoasining ehtiyojlari boshqasidan o‘z tarkibi va darajasi jihatidan farq qiladi. Masalan, faraz qilaylik, Komilovlar oilasi besh kishidan iborat bo‘lsin. Ota - shifokor, ona - o‘qituvchi, ikki o‘g‘il - talaba, qiz - maktab o‘quvchisi. Zokirovlar oilasi esa olti kishidan iborat: buva va buvi - nafaqada, ota - injener, ona - uy bekasi, qiz - talaba va o‘g‘il - maktab o‘quvchisi. Har ikkala oilaning tarkibi va faoliyat turlari bir-biridan farq qilganligi sababli, ularning oilaviy ehtiyojlari ham o‘z tarkibi va darajasiga ko‘ra farqlanadi. Xuddi shuningdek, mebel ishlab chiqaruvchi korxona mehnat jamoasi ehtiyoji tarkibi va darajasi jihatdan tikuvchilik fabrikasi mehnat jamoasinikidan boshqacha bo‘ladi.
Hududiy ehtiyoj - bu muayyan hududlarda istiqomat qiluvch kishilarning birgalikdagi ehtiyoji. Inson muayyan hududda istiqomat qilganligi sababli, uning ba’zi bir ehtiyojlari mazkur hududda istiqomat qiluvchi barcha insonlarning umumiy ehtiyojlari sifatida namoyon bo'ladi. Masalan, har bir mahalla o‘zining guzari, unda joylashgan savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, bolalar bog‘chasi, dam olish joylari, istirohat bog‘lari va boshqa inshootlarga ehtiyoj sezadi.
Umumjamiyat ehtiyojlari - bu jamiyat miqyosidagi barcha kishilar uchun umumiy bo‘lgan ehtiyoj. Har bir mamlakatning fuqarolari ham barcha uchun umumiy bo‘lgan ne’matlarga ehtiyoj sezadilar. Masalan, mamlakat chegarasining daxlsizligi, uning mudofaa qobiliyatining mustahkamligi, yurt farovonligi, ijtimoiy-madaniy tadbirlar, huquq-tartibot ishlarining yuqori darajada amalga oshirilishi va boshqalar.
Ehtiyojlarni qondirishning asosiy yo’li – ishlab chiqarish hisoblanadi. Ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun esa har xil resurslar talab qiladi.
Resurslar har bir mamlakatda mavjud bo’lib, ularning ba’zilari oz, ba’zilari ko’p bo’lsada, umuman olganda cheklangandir.
Bir mahsulot uchun resurslarning ko’p sarflanishi boshqa mahsulot uchun resurslarning qisqarishiga olib keladi. Masalan 1 tonna non uchun 700 kg don ketadi deylik. 1 tonna sut uchun esa 1200 kg don kerak bo’ladi. Sutni ko’proq ishlab chiqarish uchun bundan ham ko’proq non ishlab chiqarishdan voz kechish kerak bo’ladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan, moddiy ehtiyojlami to‘liq qondirish mumkin emas. Jamiyatda har bir ma’lum davrda ko‘plab qondirilmagan ehtiyojlar mavjud bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan yangi buyumlaming paydo bo‘lishi, keng reklamaning ta’siri va savdoning rivojlanishi natijasida ehtiyojlar o‘zgaradi va ko‘payib boradi. Shunday ekan, jamiyatning, ya’ni uni tashkil qiluvchi shaxslar, muassasa va korxonalar ehtiyoj larining cheksizligi, ulaming to‘xtovsiz yangilanib va o‘sib borishi tabiiy bo‘lib, uni o‘ziga xos qonun orqali ifodalash mumkin. Ehtiyojlarning ishlab chiqarish va yetkazib berishga nisbatan miqdoran o‘sib, tarkib va sifat jihatidan takomillashib borishi ehtiyojlarning ustuvor darajada o‘sib borish qonuni deyiladi. Bu qonun ishlab chiqarish bilan ehtiyojlar o‘rtasidagi uzviy, to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikni aks ettiradi.
Ehtiyojlarning o‘zi ham bir-birini taqozo qiladi. Bir ehtiyoj o‘z orqasidan boshqa bir ehtiyojni keltirib chiqaradi. Masalan, kompyuter texnikasiga ehtiyojning paydo boiishi, o‘z navbatida uni ishlatishni o‘rganish, unga xizmat ko‘rsatish, dastur tuzish kabi ehtiyojlarni keltirib chiqaradi.
Ehtiyojlarning o‘sib borishi uni qondirish vositalari darajasi bilan chegaralanadi. Chunki ehtiyojlar cheksiz o‘zgargani holda uni ta’minlash uchun kerak bo‘ladigan iqtisodiy resurslar cheklangan bo‘ladi.
Demak, xulosa qilib aytishimiz mumkinki, chegaralangan resurslar bilan bir vaqtning o’zida hamma ehtiyojlarni qondirib bo’lmasligi sababli, u yoki bu ehtiyojlarni qondirishning eng qulay darajasini tanlab olish kerak bo’ladi.
Yana shunday ne’matlar borki, ular tabiatdan bevosita iste’mol qilinadi. Tabiat tomonidan yaratilgan va ehtiyojni qondirish uchun kishilardan hech qanday haq talab qilmaydigan narsalarga quyosh nuri, havo, suv, yer, boshqalarni misol qilib keltirishimiz mumkin.
Biz ularni tekin ne’matlar deb ataymiz. Lekin shu bilan birga tekin ne’matlar iqtisodiy ne’matlarga aylanishi mumkin. Misol: siz bodring ekdingiz va parvarish qildingiz. Shu shaxsiy tomorqangizdagi bodringni yetishtirish uchun ishlatilgan yer, quyosh nuri va suv siz uchun tekin ne’mat hisoblanadi.
Shunday holat bo’ladiki, siz o’zingiz yetishtirgan mahsulotlarning bir qismini bozorga olib chiqib sotdingiz. Puliga do’kondan un, yog’ sotib oldingiz. Bu holat tekin ne’matning iqtisodiy ne’matga aylanganini ko’rsatadi.
Ko’pincha, biz iste’mol qiladigan juda ko’p mahsulotlasr bizga zarur holatda bo’lmaydi. Yana bir misol, siz velosiped sotib olmoqchisiz. Albatta velosipedni tayyorlash uchun katta xomashyo (temir), ish kuchi, vaqt ketgan. Lekin siz hech qachon bularni alohida – alohida sotib olib velosipedni qo’lingizda yasay olmaysiz, balki bularning hammasini mujassamlashtirgan holatda tayyor velosipedni do’kondan sotib olasiz.
Jamiyat rivojlanib borgan sari, ehtiyojlar ham orta boradi, ammo aytib o’tganimizdek, shu ehtiyojlarni qondirish uchun kerak bo’lgan iqtisodiy resurslar bizda cheklangandir. Bu esa ehtiyojlar va resurslarning nomutanosib ekanligini anglatadi. Shu sababli o’sib borayotgan ehtiyojlarni qondirish uchun chegaralangan resurslardan oqilona foydalanib, ularni iqtisodiy iste’mol ne’matlarga aylantirish talab qilinadi. Bozor iqtisodiyotining ham muhim sharti shundaki, cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, cheksiz ehtiyojlarni qondirish. Bu orqali aholi turmush tarzini yaxshilash, iqtisodiy taraqqiyotga erishish va bozor iqtisodiyotiga o’tish ko’zda tutiladi.


  1. Yüklə 247,84 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə