Makroiqtisodiyot


Bandlik darajasi to’grisidagi ma’lumot



Yüklə 247,84 Kb.
səhifə8/8
tarix01.05.2023
ölçüsü247,84 Kb.
#107894
1   2   3   4   5   6   7   8
Makroiqtisodiyot ” fanidan kurs ishi mavzu Resurslarni optimal

Bandlik darajasi to’grisidagi ma’lumot
foizda




2009

2010

2011

2012

2013

2014

2015

2016

2017

2018





































O’zbekiston Respublikasi

69,4

66,9

66,2

66,6

67,1

67,7

68,2

68,7

69,2

67,4




Qoraqalpog’iston Respublikasi

58,7

57,3

57,0

57,4

57,7

57,9

58,1

58,1

58,3

62,9




Viloyatlar:


































Andijon

72,4

69,3

68,6

69,0

69,9

70,8

71,5

72,3

73,0

69,6




Buxoro

77,3

74,5

73,5

74,1

74,4

74,0

73,4

72,9

72,5

70,7




Jizzax

59,3

56,8

56,0

56,0

56,5

57,3

58,1

59,1

60,0

61,6




Qashqadaryo

64,4

61,7

61,1

61,2

61,8

62,5

63,3

64,3

65,4

64,8




Navoiy

77,5

75,3

74,6

74,7

74,1

73,6

73,2

72,8

72,4

69,2




Namangan

60,3

57,4

56,6

57,2

58,1

59,3

60,5

61,9

63,4

63,8




Samarqand

67,6

64,7

64,0

64,7

65,4

66,5

67,6

68,7

69,7

66,3




Surxondaryo

65,7

62,5

62,2

62,3

62,7

63,4

64,3

65,4

66,6

65,2




Sirdaryo

73,6

72,0

72,1

72,2

72,5

72,9

72,2

71,7

71,1

70,5




Toshkent

73,0

71,5

71,8

72,9

74,0

75,1

75,3

75,4

75,2

71,4




Farg’ona

72,6

69,4

67,9

68,0

68,3

68,8

69,1

69,6

69,9

66,0




Xorazm

65,1

63,2

63,3

63,9

64,3

65,0

65,6

66,3

66,9

64,6




Toshkent shahri

83,0

81,6

80,7

80,7

80,7

80,9

81,1

81,0

80,8

77,5



Bu jadval orqali ko’rishimiz mukinki, bandlik darajasi ba’zi hududlar kesimida o’sgan, ba’zilarida esa tushgan. Lekin, oxirgi ikki yil bo’yicha qaraydigan bo’lsak, birgina Qoraqalpog’iston Respublikasidagina o’sish kuzatilgan. Boshqa viloyatlarda, hattoki Toshkent shahrida ham bandlik darajasini tushishi kuzatilgan.


Resurslardan oqilona foydalanish, ishchi kuchi bandligini ta’minlash singari fan-texnika yutuqlari ham iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishda o’rni kattadir. Sababi, innovatsion yangiliklardan foydalangan holda ishlab chiqarishni tashkil etsak, iqtisodiy resurslar tejalishiga zamin yaratgan bo’lamiz. Bunday yangi texnologiyalar orqali resurslarning ortiqcha sarfi va ishlab chiqarishdagi inson omili kamyadi.
Fan-texnika yutuqlari bilan resurslarning ortiqcha sarfi kamayishiga misol qilib, texnologiya yordamida ularni qayta ishlay olish imkoniyatini korsatishimiz mumkin. Masalan, biz neftni texnologiyalarsiz faqatgina yonilg’I sifatida olishimiz mumkin, lekin yonilg’i olinib bo’lgandan so’ng uni texnologiya yordamida qayta ishlasak, bu yo’l qurilishidagi asfalt xomashyosini tayyorlagan bo’lamiz. Shuning uchun ham resurslardan samarali foydalanishimizda fan-texnikaning o’rni ahamiyatlidir.
Fan-texnika yordamida ishlab chiqarishda fan-texnika inson omilini kamaytirishi ham bu ijobiy natijalrga olib keladi. Misol uchun rezina ishlab chiqarishni oladigan bo’lsak, u inson organizmi uchun zararli hisoblanadi va bu shu sohadagi ishlab chiqaruvchilarni hayoti uchun xavflidir. Agarda bunday ishlab chiqarishni insonlar o’rniga robotlar bajarsa, ishchilar o’z sog’liklarini asrab qolgan bo’lardilar.


  1. Resurslarni optimal taqsimlash va ulardan samarali foydalanish usullari.

Har bir sohada resurslar cheklanganligini inobatga olgan holda, ulardan samarali foydalanish va sohalar bo’yicha optimal darajada taqsimlash muhim ahamiyat kasb etadi deb hisoblaymiz. Biror bir mahsulot (ish, xizmat) lar ishlab chiqarishni tashkil qilishi uchun asosan to`rt xil resurs mujassam bo`lmog`i lozim bo`ladi. Bunday resurslar tarkibini biz yuqorida ko’rib o’tganimizdek moddiy, moliyaviy, mehnat va tadbirkorlik resurslarini o’z ichiga oladi.
Mazkur resurslar tarkibida bugungi kunda eng asosiylaridan biri moddiy resurslar hisoblanadi.
Iqtisodiy adabiyotlarda aytilganidek, moddiy resurslar – ishlab chiqarish uchun zarur bo`lgan barcha moddiy shakllardagi vositalardir.
Moddiy resurslar tarkibiga xomashyolar, materiallar, mashina – mexanizm, asbob – uskuna, qurilma – inshoatlar, binolar va boshqalar kiradi, ular ishlab chiqarish vositalari deb ham yuritiladi.
Moddiy resurslar tarkibini taqriban quyidagicha:

  • Mehnat qurollari (mashina, asbobuskunalar, o`lchash va hisoblash mashinalari);

  • Mehnat sharoiti (binolar, inshoatlar, ombor xo`jaligi va h.k.);

  • Mehnat predmetlari (xomashyo, materiallar va h.k.).

Bu yerda biz moddiy resurslar tarkibiga mehnat sharoitlarini ham kiritdik, sababi iqtisodiyotni erkinlashtirish tamoyiliga asoslangan bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiy jarayonlar tarkibida moddiy resurslar (asosiy vositalar va aylanma mablag`lar) bilan birgalikda mehnat sharoitini ham qo`shishni lozim topdik, sababi ular ham ishlab chiqarish jarayoniga xizmat qiladi va korxonaga xuddi moddiy resurslar kabi ma`lum darajada foyda keltiradi. Ma`lumki moddiy resurslar o`z holicha ishlab chiqarish jarayonida ishtirok eta olmaydilar, bu jarayon moddiy resurslar bilan mehnat resurslarining birikuvi natijasida sodir bo`ladi. Demak, ishlab chiqarish jarayoni yuz berishi uchun barcha resurslar bir – biridan ajralmagan holda ishtirok etadilar. Bundan ko`rinib turibdiki, iqtisodiy jarayonlarni sodir etish uchun moddiy resurslar bilan birgalikda jonli mehnatning (mehnat resurslari yoki mehnat salohiyati) ham ishtirokini ta`minlash lozim bo`ladi. Shundagina, ishlab chiqarish jarayoni sodir bo`lib, yangi mahsulot yaratilishiga erishish mumkin.
Ma`lumki, har qanday ishlab chiqarish jarayonida mehnat buyumlari, mehnat qurollari (mehnat vositalari) va inson mehnati ishtirok etadi. Mehnat buyumlariga xomashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, yoqilg`i, elektr quvvati, ta`mirlash uchun ehtiyot qismlari va boshqalar, mehnat vositalariga esa mashina va mexanizmlar, asbob – uskunalar, yuk tashuvchi va uzatuvchi vositalar, kompyuter va laboratoriya anjomlari, bino va inshoatlar kiradi. Mehnat buyumlari va vositalarining birgalikda qiymat shaklida ifodalanishi ishlab chiqarish fondlarini tashkil etadi. Ular ishlab chiqarish jarayonida qatnashish darajasiga ko`ra asosiy vositalar va aylanma mablag`larga ajratiladi. Mehnat qurollari asosiy vositalarni, mehnat buyumlari esa aylanma mablag`larni tashkil etadi. Asosiy vositalar ishlab chiqarishning muhim omili sifatida qaralib, ular vositasida bevosita mehnat predmetlari va mehnat kuchlari birikuvida mahsulotlar ishlab chiqariladi, ishlar bajariladi va xizmatlar ko`rsatiladi.
Asosiy vositalar deb, ishlab chiqarish siklida bir necha bor qatnashib, o`zining qiymatini yaratilayotgan mahsulotlarga qisman o`tkazuvchi hamda jismoniy shaklini saqlab qoluvchi mehnat vositalariga aytiladi. Asosiy vositalarni tarkiblashda jahon va respublika hisob belgiloviga muvofiq quyidagi ikki jihat mezon sifatida olinadi. Birinchisi, ularning qiymat ifodasi, ikkinchisi – xizmat muddati. Asosiy vositalarning qiymat ifodasi uning kam baholi tez eskiruvchi buyumlardan farqlanish chegarasini xarakterlaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning asosiy vositalar bilan ta`minlanish darajasi samaradorlik asosini tashkil etadi. Agar korxona, tashkilotlar asosiy vositalar bilan yetarli darajada ta’minlangan bo’lsa, bu o’z navbatida resurslarni oqilona foydalanishga zamin yaratadi.
Aylanma mablag`lar ishlab chiqarishning aylanma fondlari va muomala fondlarini tashkil qilishga mo`ljallangan pul mablag`laridan iborat. Aylanma mablag`lar qoidaga ko`ra korxonaning hisob raqamida naqd pul ko`rinishida jamg`ariladi. Har bir korxonaning aylanma mablag`lari asosiy fondlarning texnik holati va mahsulot ishlab chiqarish dasturi bilan bog`liq. Korxona qanchalik katta va uning ishlab chiqarayotgan mahsulotlari turlari ko`p bo`lsa, aylanma mablag`lar shunchalik ko`p talab qilinadi. Aylanma mablag`lar ishlab chiqarish va uning uzluksizligini ta`minlashning moddiy asosi hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida korxonalarning aylanma mablag`lariga yetarli tarzda ega bo`lishi ularning me`yorli faoliyat yuritish garovi hisoblanadi. Shuni ham unutmaslik zarurki, ishlab chiqarayotgan mahsulot birligiga sarflanuvchi xom ashyo, material, yoqilg`i va energiya miqdori mahsulot sifatiga ta`sir ko`rsatmagan holda qanchalik kam bo`lsa, mahsulot shunchalik arzonlashadi hamda aylanma mablag`lar kamroq sarflanib, ulardan foydalanish samaradorligi yuqori bo`ladi. Korxananing aylanma mablag`lari aylanma fondlari va muomala fondlariga taqsimlanadi. Bunday taqsimlash ularning moddiy – buyumlashgan tuzilishidan tashqari, ishlab chiqarish jarayoni va umuman, korxonaning iqtisodiy faoliyatidagi ishtiroki asosida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, taqsimlash rejalashtirishni tashkil qilishda hamda korxonaning ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarida aylanma mablag`larga bo`lgan ehtiyojini aniqlashda katta rol o`ynaydi.
Aylanma ishlab chiqarish fondlari – korxona ishlab chiqarish fondlarining bir qismi bo`lib, bitta ishlab chiqarish sikli davomida sarflanadi hamda natural shaklini o`zgartirib, o`z qiymatini to`lig`icha tayyor mahsulot tannarxiga o`tkazadi. Shu sababli aylanma ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarish jarayonining majburiy elementi va ishlab chiqarish xarajatlarining asosiy qismi hisoblanadi. Korxona aylanma ishlab chiqarish fondlari qatoriga xom ashyo va materiallar zaxirasi, yarim tayyor mahsulotlar, yoqilg`i va energetika resurslari, qadoqlash va o`rov materiallari, ehtiyot qismlari, tugallanmagan ishlab chiqarish va kelajakdagi xarajatlarni kiritish mumkin.
Biz yuqorida ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan barcha iqtisodiy resurslar bilan tanishdik. Agarda biz ularni ishlab chiqarishga to’g’ri yo’naltira olsak, ya’ni optimal taqsimlash jarayonini to’g’ri tushunib yetsak, biz nafaqat resurslardan oqilona foydalangan bo’lamiz, balki iqtisodiy o’sishga ham erishgan bo’lamiz, ya’ni sarf-xarajatlarni kamaytirgan bo’lamiz.
Shuning uchun ham biz resurslarni optimal taqsimlash orqali sar-xarajatlarni kamaytirish uchun bir qancha takliflarimizni bildirmoqchimiz:

  1. Ma’lumki, qurilish materiali hisoblangan ohaktosh 900° dan yuqori temperaturada kuydirib, ishlov berib olinadi. Bu juda katta issiqlik hisoblanadi va bu issiqlikni bekordan-bekor ochiq atmosferaga chiqarmasdan, uni to’g’ri yo’naltirish kerak. Ya’ni O’zbekiston hududida qish mavsumi quruq va sovuq bo’ishini hisobga olsak, bunda hududlarda isitish tizimi uchun ko’plab neft mahsulotlarini sarflashimizga to’g’ri kelishi barchamizga ma’lum. Agarda, ohaktosh tayyorlanishining issiqlik ta’minoti hududlarga issiqlik tarqatib beruvchi qozonxonalarga ulansa, bunda neft mahsulotlari faqatgina bir tarmoqqa, ya’ni ohaktosh ishlab chiqarishga sarflanadi, qozonxonalar esa ohaktosh ishlab chiqarish jarayonida issiqlik bilan ta’minlanadi. Bu usul ayniqsa, tabiiy gaz bilan ta’minlanmagan chekka hududlarda ayniqsa samarali bo’lishiga ishonamiz. Bu orqali cheklangan yer osti boyligimiz ya’ni neftimizdan samarali foydalangan bo’lamiz va bu uni sohalarda optimal taqsimlashga yorqin misol bo’la oladi.

  2. Serquyosh O‘zbekiston quyosh energiyasi uchun ajoyib maskan bo‘lishiga qaramay, bu kabi energiyadan foydalanish bo‘yicha oqsamoqda. Muqobil energiyalar bo‘yicha ixtirochi, Toshkentlik iqtisodchi German Treshalov ham bu oqsash sabablari haqida o’z fikrlarini bidirib o’tgan.

Muqobil, yashil energetika bo‘yicha har qanday texnologiyalar hozircha ancha serxarajat deb ko‘riladi va ulardan qisqa muddat ichida o‘z pulini qoplaydigan foydani olish qiyin. Ularni rivojlantirish yo‘lidagi innovatsion g‘oyalarni tadbiq qilishga esa qo‘shimcha vaqt va qo‘shimcha xarajatlar kerak. O‘zbekistonda bular faqat sinab ko‘rilayapti, xolos. Masalan, Parkentdagi quyosh energiya stantsiyasi anchadan beri mavjud, lekin u yerda hozir aynan qanday o‘zgarishlar yo sinovlar olib borilayotganini aytishga qiynalaman. Ammo tashabbuslar yo‘q emas. Maishiy talablarga javob sifatida hali bu kabi energiya bizda rivojlanganicha yo‘q. Hozircha quyoshli kollektorlar qo‘llanilayapti. Avvalambor, quyosh energiyasini bir necha yo‘llar bilan olish mumkin. Birinchi usul - quyosh energiyasini bevosita elektr energiyasiga moslashtirish. Bu foto elementlar deb nomlanadi. Tomga foto element o‘rnatiladi va bu asbob bevosita elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Ammo, uning quvvati kam bo‘ladi, shuning uchun ham maishiy maqsadlarda ishlatib bo‘lmaydi. Maishiy energiya iste‘moliga 220 voltlik energiya kerak, fotobatareyalar esa 12-13 volt beradi, xolos. Masalan, u orqali noutbukni, yoki mobil telefonini zaryad qilish mumkin, lekin keng sanoat maqsadlarida qo‘llab bo‘lmaydi. Ikkinchi usul esa - suvni qizitish orqali. Qizigan suvning bug‘i turbinaga yo‘naltiriladi, turbina esa 220 voltli standart elektr energiyasini ishlab chiqaradi. Undan sanoat ko‘lamida foydalansa bo‘ladi, lekin O‘zbekistonda bu hali qurilmagan. Meksika, Amerikada sinab ko‘rilayapti. Uchinchi usulga kelsak, bu issiqlik yig‘ish kollektorlarini o‘rnatish usuli. Unda oddiy radiatorlar tomga o‘rnatiladi, unda suv aylanib turadi, bu suv 70-80 gradusgacha isiydi va buning natijasida iste‘molchi issiq suv bilan ta‘minlanadi. U qish oylarida juda qo‘l keladi, chunki uyni ham isitish mumkin. Yozda esa dush yo vanna uchun qo‘llay olasiz.
Bu taklifni kiritishimizni sababi aholining elektr energiyaga bo’lagan ehtiyoji tobora ortib bormoqda va buni quyidagi raqamlar orqali ham ko’rishimiz mumkin.

Yuqoridagi fikrlarni inobatga olgan holda, quyosh energiyasidan ham samarali foydalanishni yo’lga qo’ysak elektr energiyamiz ham ancha tejalgan bo’ladi. Sababi, O‘zbekistonda o‘rtacha hisobda 300 kun quyoshli bo‘ladi va bu quyosh energiaysidan boshqa davlatlarga qaraganda uzluksiz foydalanishga imkon yaratadi.
O’ylaymizki, bunday g’oyalar yurtimizda joriy etilsa, bu albatta samarali natijalarga olib keladi. Yangi ish o’rinlari yaratiladi, cheklangan resurslardan togri foydalangan bo’lamiz va sarf-xarajatlarni birmuncha qisqarishiga olib kelishi mumkin. Bu orqali esa ishlab chiqarish sanoati kengayadi va iqtisodiyotda ijobiy o’zgarishlarga sabab bo’ladi.

Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bugun O’zbekiston o’zining resurslari, ularni ishlab chiqarishda to’g’ri qo’llay olishi bilan dunyo bo’yicha yuqoriga mavqega erishib kelmoqda. O’ylaymanki, bu orqali O’zbekistonning shuhrati yana ham yuksalib boraveradi.
“Cheklangan resurslardan unumli foydalana oladigan, istiqboli porloq, aholi ish o’rni kafolatlangan”. Endilikda mana shu iborani O’zbekistonning iqtisodiy resurs bazasiga hech ikkilanmay qo’llashimiz mumkin. Bunday bahoga loyiq zamonaviy iqtisodiy tizim muntazam rivojlanib borayotgan O’zbekistonimizning nafaqat iqtisodiy resurslari kuchini ifodalaydi, balki tashqi iqtisodiy aloqalarni ham yaxshi rivojlanishiga sabab bo’ladi. Bunga misol tariqasida eksport-import holatini olishimiz mumkin.
2018-yilning yanvar—dekabr oylari holatiga ko‘ra eksport hajmi 14,3 milliard dollarni tashkil etdi. Shu tariqa 2017-yilning mos davriga nisbatan 13,5 foiz o‘sishga erishildi. Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston va Turkiya O‘zbekiston eng ko‘p mahsulot eksport qiladigan davlatlar hisoblanadi. Xususan, Xitoy va Rossiyaga asosan gaz va meva-sabzavot mahsulotlari, Turkiyaga esa qora va rangli metallar eksport qilinadi.
Eksport qilinayotgan mahsulotlar hajmi jahon bozorida unga bo‘lgan talabga ko‘ra o‘zgarib turadi. Ba’zida bu bizning imkoniyatimiz va rejalarimizga ham bog‘liq. Misol uchun, paxta eksporti yildan yilga pastlab bormoqda. 2015-yilda 503,8 ming tonna, 2016-yilda 416 ming tonna, 2017-yilda 278,9 ming tonna, 2018-yilda esa 115,6 ming tonna xorijga sotildi. Ushbu kamayish dinamikasining sababi sifatida o‘zimizda paxtani qayta ishlash hajmi ortib, tayyor yoki yarim tayyor tekstil mahsulotlari ishlab chiqarishga katta e’tibor berilayotganligini aytishimiz mumkin. O‘z o‘rnida, 2018-yil yakunlariga ko‘ra 1,6 milliard dollarlik tekstil mahsulotlari eksport qilindi.
Respublikada yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan meva-sabzavotlar ham xaridorgir hisoblanadi. Agarda 2017-yilda 364,2 ming tonna sabzavot eksport qilingan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2018-yilda 670,4 ming tonnani tashkil etdi. Mevalar eksporti ham 2018-yilda 2017-yilga nisbatan o‘sdi. Ya’ni, qariyb 540 ming tonnadan 560,2 ming tonnaga yetdi. Ular orasida uzum eksportida nisbatan kamayish kuzatildi. 2017-yilda qariyb 214 ming tonna uzum eksport qilingan bo‘lsa, 2018-yilda bu ko‘rsatkich 206,8 ming tonnani tashkil etdi.
Yuqoridagi ko’rsatkichlar albatta iqtisodiy resurlarimizning sharofati tufayli deb o’ylayman. Agarda iqtisodiy resurs tarkibiga kiruvchi ishchi kuchi bo’lmaganda, bu kabi eksport qilinuvchi meva-sabzavotarimiz yetishtirilmagan bo’lar edi. Tabiiy boyliklarimiz bo’lmaganda esa, tabiiy gaz eksportini samarali yo’lga qo’yolmas edik. Quvonarlisi, biz Yevropa mamlakatlariga ham kirib boryapmiz. Hozirga qadar meva-sabzavotlarni asosan Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi davlatlarga eksport qilgan bo‘lsak, 2018-yil davomida Latviya, Germaniya, Polsha, Ruminiya, Italiya, Ispaniya kabi davlatlarga 11,8 ming tonnaga yaqin asosan quritilgan meva-sabzavot mahsulotlari yetkazib berildi. Shu tufayli ham aytish joizki, iqtisodiy resurslar bizning iqtisodiy rivojlanishimizga muhim omil bo’lib kelmoqda.
Shu jumladan 2019-yilda mamakatimizda ilk bor “Xalqaro hunarmandchilik festivali” o’tkazilganligi ham yurtimizning resurslarga boyligini yanada yorqinroq ko’rstib bera oldi deb o’ylayman. Sababi, hunarmandchiligimizga oid kulolchilik, zardo’zlik, ipak va abrli matolar toʻqish, yogʻoch oʻymakorligi, pichoqchilik, doʻppidoʻzlik iqtisodiy resurslarimiz tufayli yaralgan mahsulotlardir.
Muxtasar qilib aytganda, mamlaktimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlarning barchasining poydevorini iqtisodiy resurslar tashkil etadi. Zero, bunday iqtisodiy resurslardan unumli, samarali, oqilona foydalanish esa yurtimiz ravnaqini abadiyligini ta’minlaydi desak mubolag’a qilmagan bo’lamiz.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

  1. O’zbekiston Respublikasi qonunlari.

  1. O’zbekiston Respublikasining 1998-yil 1-may, 616-I-son “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonuni.

  2. O’zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabr, 754-XII-son “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida” Qonuni.

  1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari.

  1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Foydali qazilmalarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-2164-son qarori.

  1. Darsliklar.

  1. Xodiyev B.Y., Shodmonov Sh.Sh. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. – T.: Barkamol fayz-media, 2017-783 bet.

  1. O’quv qo’llanmalar.

  1. Shodmonov Sh.Sh., Mamaraximov B.E Iqtisodiyot nazariyasi . Ma’ruzalar matni. – T.: Iqtisod-moliya, 2016. – 728 bet.

  2. T.Jo’rayev, D. Tojiboyeva. Iqtisodiyot nazariyasi (ko’rgazmali va tarqatma materiallar). (Qayta nashr). 1-qism. – T.: “Fan va texnologiya”, 2014. 332bet.

  3. Nosova. S.S.“Экономическая теория”. Элементарныйкурс: учеб.пособ. М.: КНОРУС, 2010. – 510с.

  1. Statistika to’plamlari ma’lumotlari.

  1. O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi Samarali iqtisodiy siyosat markazi. O’zbekiston iqtisodiyoti. Tahliliy sharh, T.:2016.

  2. O’zbekistonRespublikasiDavlatStatistika Qo’mitasi. O’zbekiston Respublikasining 2016 yil statistic axborotnomasi, T:, 2017.

VI. Internet saytlari.


  1. www.stat.uz – O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasining rasmiy sayti.

  2. Study.com – Amerikaning online kurslar sayti

  3. www.ziyouz.com - O’zbekiston Respublikasi ta’lim to’g’risidagi rasmiy sayti.




1https// Stat.uz


Yüklə 247,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə