Maktab amaliyotchi psixologlari uchun psixologik xizmatdan innovatsion


O’quvchilarning individual-psixologik xususiyatlari



Yüklə 1,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/54
tarix28.01.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#99632
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   54
5df7d0fa043eea03d0e0388e5d5cf903 Psixologik xizmat

O’quvchilarning individual-psixologik xususiyatlari 
Temperament
- lotincha “aralashma” yoki qismlarning nisbati, degan 
ma’noni bildiradi. Temperament - shaxsning hissiy qo’zg’aluvchanligi va umumiy 


43 
harakatchanligi 
bilan 
sifatlanadigan 
individual 
xususiyatlar 
yig’indisi. 
Temperament - inson faoliyatida uning asab tizimi tipining namoyon bo’lishi. 
Temperament his -tuyg’ularning paydo bo’lish tezligi va kuchida hamda kishining 
umumiy harakatchanligida namoyon bo’ladigan individual - psixologik 
xususiyatlarining majmuidir. Agar turli odamlar temperamentlari taqqoslab 
ko’rilsa, unda temperamentlarning xususiyatlari jihatidan o’xshash juda ko’p 
guruhi borligi aniqlangan. Ana shu asosda eramizning 1-asrlarida bir necha turli 
temperament tiplari haqida taxmin qilingan. Bunda temperament tipi deganda, 
odamlarning qandaydir juda ko’p guruhlarini ifodalovchi psixik xususiyatlarini 
yig’indisi tushunilgan. Temperamentni 1-marta eramizdan oldingi 5 asrda 
yashagan vrach Gippokrat 4 ta tipga ajratadi, hozir bu tiplar Gippokrat tiplari deb 
ataladi. Tiplar quyidagicha nomlangan: ”Sangvinik”(qon),“Xolerik”(safro), 
“Flegmatik”(balg’am), “Melanxolik” (qora o’t). Hozirgi paytda tushunchalar 
yangicha mazmun kasb etmoqda. Temperament tiplarining psixologik tavsifi 
quyidagi asosiy xususiyatlar bilan aniqlanadi: 
1. Senzitivlik, ya’ni psixik reaktsiyani yuzaga keltirmoq uchun zarur bo’lgan 
nihoyatda kuchsiz tashqi taassurot kuchiga qarab xulosa chiqarish. 
2. Reaktivlik - bir xil kuch bilan ta’sir qiluvchi tashqi va ichki taassurotlarga 
odam qanday kuch bilan emotsional reaktsiya qilishiga qarab xulosa chiqarish - 
hissiylik va ta’sirlanuvchanlik. 
3. Faollik - odam qanday faollik darajasi bilan tashqi olamga ta’sir etishi va 
maqsadlarini amalga oshirilishida tashqi hamda ichki qarshiliklarni faollik bilan 
yengishidir. 
4. Reaktivlik va faollikning o’zaro munosabati - bu hakda biz odamning 
faoliyati ko’p jihatdan nimaga bog’liqligiga qarab, ya’ni tasodifiy tarzdagi tashqi 
yoki ichki sharoitlariga (kayfiyat va boshqa) yoki maqsadlarga intilish va 
niyatlarga bog’liqligiga qarab xulosa chiqarish. 
5. Reaktsiya tempi - bu hakda har turli psixik reaktsiyalar va jarayonlarning 
o’tish tezligiga, ya’ni harakat tezligiga, nutq tempiga, farosatlilikka, aql tezligiga 
qarab xulosa chiqaramiz. 
6. Harakatlarning silliqligi va unga qarama -qarshi sifat bo’lgan rigidlik 
(qotib qolganlik). O’zgaruvchan tashqi sharoitlarga qanday yengillik bilan yoki 
sust va qoloqlik bilan moslasha olish. 
7. Ekstrovertirovanlik va introvertirovanlik. 

Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə