Maktab-pedagogik tizim sifatida


Ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarining vazifalari



Yüklə 311 Kb.
səhifə15/24
tarix27.05.2023
ölçüsü311 Kb.
#113574
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
Maktab-pedagogik tizim sifatida

Ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarining vazifalari:

  1. ta'lim muassasasida o'quvchilarning o'z-o'zini boshqarish, jamoat tashkilotlari va mahalla, ota-onalar bilan aloqani ta'minlash;

  2. ta'lim muassasasi va undan yuqori miqyosda o'tkaziJadigan darsdan tashqari tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish;

  3. ta'lim muassasasi o'quvchilarining sinf, guruh yoki ta'lim muassasasidan tashqari olib borayotgan mashg'ulotlarini kuzatib borish, ularga amaliy va metodik yordam uyushtirish;

  4. ta'lim muassasasidagi «Yosh yetakchi»ning ishini nazorat qilish va unga yo'1-yo'riq ko'rsatish.

Ta'lim muassasasida metodik ishlar.
Ta'lim jarayonining sifati har jihatdan o'qituvchilarning g'oyaviy-nazariy jihatdan tayyorgarligi, pedagogik va metodik mahorati darajasiga bog'liqdir. Ana shu maqsadda ta'lim muassasasida metodik Kengash va fan metodik birlashmalari ish olib boradi. Metodik Kengash ta'lim muassasasida ta'lim jarayonining sifatini ta'minlash, o'qituvchilarning g'oyaviy-nazariy jihatdan tayyorgarligi hamda pedagogik va metodik mahoratlarini takomillashtirilib borishiga nazariy-metodik jihatdan rahbarlik qiluvchi organdir.
Metodik Kengashning faoliyati O'zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablarini ro'yobga chiqarish maqsadida ta'lim muassasasida ta'lim jarayonini metodik ta'minlash va muvofiqlashtirish hamda pedagogik kadrlarning metodik jihatdan bilimlarini oshirib borishga qaratiladi. Metodik Kengashning faoliyat doirasi keng bo'lib, u tomonidan quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
1- ta'lim jarayonining metodik ta'minot holatini o'rganadi, ta'lim muassasasi metodik ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtirib boradi;
2- ta'lim muassasasida olib borilayotgan metodik ishlarning istiqbolini aniqlaydi;
3- yo'nalish va fanlar bo'yicha metodika birlashmalariga umumiy rahbarlik qiladi va ular faoliyatini muvofiqlashtiradi;
4- ta'limga doir me'yoriy va metodik hujjatlarni o'rganadi, ularni o'quv jarayoniga tatbiq etish usullari yuzasidan tavsiyalar beradi;
5- ta'lim muassasasi o'quv-metodik ishlariga ekspert sifatida baho berishni amalga oshiradi;
6- o'qituvchilarning g'oyaviy-nazariy bilim darajasini oshiradi, ularni fan yutuqlari, pedagogic innovatsiyalar, ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan muntazam tanishtirib boradi;
7- o'qituvchilarga ish rejalarining tuzilishi va bo'limlari mazmuni bo'yicha tavsiyalar beradi;
8- ta'lim muassasasi ta'lim jarayonida qo'llash uchun ilg'or pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqadi va ularning amaliyotga joriy etilishini nazorat qilib boradi;
9- o'qituvchilarning pedagogik va metodik mahoratini oshirishga doir ishlarni amalga oshiradi;
davlat ta'lim standartlari talablari, o'quv rejasi va dasturlarining bajarilish holatini tahlil qiladi va tegishli tadbirlarni belgilaydi;
10- tashqi va ichki nazorat natijalariga Davlat ta'lim standarti talablarining bajarilishida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbiiiarini belgilaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi;
11- o'quv jarayoniga o'qitish metodikasining zamonaviy va samarali usullarini olib kirish, pedagogik kadrlarni metodik jihatdan bilimlarini oshirish maqsadida o'quv seminarlarini tashkil qilish;
12- ta'lim jarayonida milliy mafkura va yoshlarda siyosiy ongni shakllantirishga doir ko'rsatmalar berib borish;
13- o'quvchilarbilimini nazorat qilish va ularning mustaqil ishlarini tashkii qilishga doir ko'rsatmalar berish;
14- yo'nalish va fanlar bo'yicha metodika birlashmalari hisobotini eshitish, muhokama qilish, ularning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berish;
15- o'qituvchilarning samarali mehnatlarini inobatga olgan holda ma'naviy va moddiy rag'batlantirishga tavsiya qilish;
16- pedagogik xodimlarning attestatsiyadan o'tkazish bo'yicha materiallarni tayyorlash;
17- ta'lim muassasasi miqyosida fan oyliklari (haftaliklari), fanlar bo'yicha darsdan tashqari (fakultativ, to'garak) ishlari, fan olimpiadalarining 1-bosqichlari, ko'rik-tanlovlarning o'tkazilishi va ularning samarasini nazorat qilib borish.
Metodika Kengashi yig'ilishlari qarorlashtirilib, Kengashning quyidagi hujjatlari ta'lim muassasasi ish yuritish hujjatlari bilan birga saqlanadi (4-rasm).





Yüklə 311 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə