Maktab-pedagogik tizim sifatida



Yüklə 311 Kb.
səhifə14/24
tarix27.05.2023
ölçüsü311 Kb.
#113574
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
Maktab-pedagogik tizim sifatida

Pedagogik kengash



Yillik hisobot



Kengash materiallari

Kengash bayonnomasi yoziladigan muhrlangan daftar

Ish rejasi


3-rasm. Pedagogik kengash hujjatlari
Ta’lim muassasasi hujjatlari besh yil davomida ta’lim muassasasida saqlanadi.
Direktor va uning o'rinbosarlari vazifalari.
Direktor va uning o'rinbosarlari vazifalari. Ta'lim muassasasining o'quv-tarbiya jarayoni va kundalik faoliyatiga bevosita rahbarlikni ta'lim muassasasi direktori olib boradi.
Ta'lim muassasasi direktorining vazifasi quyidagilardan iborat:

  1. davlat va jamoat tashkilotlari oldida ta'lim muassasasining manfaatlarini ifodalash;

  2. o'quv-tarbiya jarayoni muvaffaqiyatini ta'min etish;

  3. o'quv dasturlarining bajarilishini nazorat qilish, ta'lim-tarbiya ishiarining sifati va samaradorligi, bolalik va mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya qilinishi, shuningdek, ta'lim muassasasidan tashqarida ma'naviyat ishlarini tashkil qilinishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;

  4. pedagogik va rahbar kadrlarni tanlab joy-joyiga qo'yish, ularning vazifalarini belgilash, pedagogik kadrlar, kabinet va ustaxona mudirlarini belgilash, sinf va guruh rahbarlarini tanlash, pedagog va xizmat ko'rsatuvchi xodimlarni ishga qabul qilish hamda bo'shatish;

5-ta'lim muassasasi pedagogik xodimlarini attestatsiyadan
o'tkazuvchi komissiyaga rahbarlik qilish;
6- ta'lim muassasasi pedagogik xodimlarining ijodiy ishlari, ta'lim-tarbiyaning ilg'or shakl va usullarini qoilashlari uchun shart-sharoitlarni yaratish;
7- ta'lim muassasasiga ajratilgan moliyaviy mablag'lar, sarf-xarajat hisobini yuritish;
8- ta'lim muassasasi me'yoriy hujjatlarining to'g'ri yuritilishini ta'minlash;
9-ta'lim muassasasi pedagogik Kengashi, mahalliy hokimlik
organlari oldida o'z faoliyati to'g'risida hisob berib turish.
Ta'lim muassasasi direktorining o'quv-tarbiya ishlari bo'yicha o'rinbosarining vazifalari:
10-o'quv haftasi va o'quv mashg'ulotlarining davomiyligini
ta'minlash;
11- dars jadvalini tuzib chiqish va shu jadvalga binoan darslarning o'z vaqtida samarali o'tkazilishini ta'minlash;
12- har bir chorak oxirida, semestr davomida direktor va ta'lim muassasasi pedagogik Kengashi a'zolariga o'quv jarayonining borishi xususidagi axborot va ma'lumotlarni berib borish;
13- yosh mutaxassislarga amaliy va uslubiy yordam ko'rsatish;
14- sinf va guruh jurnallarini to'g'ri yuritish va saqlanishiga javob berish;
15- o'quvchilarning bilim darajasini reja asosida tahlil qilib borish;
16- o'quvchilar tomonidan davlat dasturlarining bajarilishini ta'minlash va nazorat qilish.

Yüklə 311 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə