Maktab-pedagogik tizim sifatida



Yüklə 311 Kb.
səhifə10/24
tarix27.05.2023
ölçüsü311 Kb.
#113574
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
Maktab-pedagogik tizim sifatida

Muddatli rejalashtirish qoidaga muvofiq so'nggi yillarda, ta'lim muassasasida amalga oshirilgan ishlarni chuqur tahlil qilish asosida bir necha yilga mo’ljallab qabul qilinadi.
Ta'lim muassasasida, qabul qilinishi mumkin bo'lgan muddatli reja quyidagi ko'rinishda bo'lishi mumkin:
1. Rejalashtirilgan muddatda ta'lim muassasasi oldiga qo'yilgan vazifalar.
2. Guruhlarning imkoniyatlaridan kelib chiqib, o'quvchilarning yillik o'zlashtirish darajasi muddatlari.
3. Ta'lim jarayoniga pedagogik innovatsiya (yangilik)larni olib kirish muddatlari.
4. Ta'lim muassasasining pedagogik kadrlariga qo'yilgan talablari.
5. Pedagog kadrlar malakasini turli shakllar (kurslar, seminarlar, treninglar) orqali oshirish.

  1. Ta'lim muassasasini texnika hamda o'quv-metodik (qurilish ishlari, axborotlashtirish, ko'rgazmali qurollar, kutubxona fondini boyitish) ko'lamini rivojlantirish.

  2. O'qituvchi va o'quvchilami ijtimoiy himoya qilish.

Yillik rejalashtirish butun o'quv yili hamda yozgi ta'tilni qamrab oladi. Yillik rejalashtirish o'quv yili davomida amalga oshiriladi va ta'lim jarayonini tashkil etilishi (chorak, semestr)ga qarab bir necha bosqichlarni o'z ichiga oladi.
Yakuniy rejalashtirish o'quv choraklari uchun tuziladi, u bir yillik rejaning aniqlashgan ko'rinishi hisoblanadi. Shu tarzda rejalashtirishning bunday aniqlashgan ko'rinishlari o'qituvchilar, o'quvchilar va ota-onalar qo'mitasining faoliyatini boshqarishga yordam beradi. Bu rejalar o'qituvchilar va sinf rahbarlarining ish rejalari bilan aloqadorlikda aniqlashtirilib boriladi. Umuman olganda, boshqarish faoliyatida rejalashtirish vazifasining to'la amalga oshirilishi ta'lim muassasasi faoliyati samaradorligini oshiradi. 3. Qabul qilingan rejalarni to'liq amalga oshirish uchun tizimli harakatning boshqaruvchilari uning tarkibiy qismlarini bir-biri bilan aloqada bo'lishini tashkil etishlari kerak. «Tashkil etish» tushunchasi bir qancha ma'nolarda qo'llaniladi.
Birinchidan, baho sifatida aqliy faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan hamda darsdan tashqari tadbirlarning uyushtirilishini ta'minlaydigan o'quv-tarbiya jarayonining maqsadida namoyon bo'ladi.
Ikkinchidan, tashkil etish deganda belgilangan rejalarni amalga oshiruvchi, oldiga qo'yilgan maqsadga erishish uchun butun pedagogik jarayonni boshqaruvchi ta'lim muassasasi rahbarlari, o'qituvchilar, o'quvchilarning o'z-o'zini boshqarish organlari faoliyati tushuniladi. Boshqarishni tashkil etuvchi asosiy boshqarmalar sifatida ta'lim muassasasining kengashi, pedagogik Kengash, direktor boshqaradigan majlis, direktor o'rinbosaiiarining majlisi, tezkor yig'ilishlar, metodik seminarlarni qayd etish mumkin.

Yüklə 311 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə