Maktab-pedagogik tizim sifatida



Yüklə 311 Kb.
səhifə7/24
tarix27.05.2023
ölçüsü311 Kb.
#113574
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Maktab-pedagogik tizim sifatida

Tashkiliy-ma’muriy metoddan fodalanishdan ko’zlangan maqsad belgilangan maqsadlarga erishishda jamoada mavjud bo’lishi zarur bo’lgan o’zaro munosabatlar, aloqalar, tashkiliy barqarorlik, intizom, o’zaro mutanosiblik va kelishuvchanlik, tartiblilik hamda uzluksiz rivojlanishni huquqiy va me’yoriy hujjatlarga mos ravishda ta’minlashdan iborat.
Ijtimoiy-psixologik metodlar jamoa a’zolari o’rtasida shunday munosabatlarni vujudga keltirishni nazarda tutadiki, bunda rahbar xodimlarning bemalol, erkin harakat qilishi, o’zini-o’zi namoyon qilishi, turli jarayonlarda erkin ishtirok etishi, fikr bildirishi uchun shart-sharoitni va ijodiy muhitni yaratishi zarur.
Boshqaruv uslublari. Boshqaruv uslubi – bu ish uslublarining to’plami bo’lib, u o’zining faoliyatida ushbu boshqaruv apparatini qo’llaydi. Menejment uslubi – bu rahbarni shaxsiy sifatlarining to’plami, rahbarni qo’l ostidagilar bilan munosabati, rahbarning o’z faoliyatida ishlatadigan uslubi va yo’llari, rahbarning xodimlarni amalda bilishidir. Boshqaruv uslubi boshqaruv usulidan kelib chiqadi. Boshqaruv usuli – bu boshqaruv faoliyatini amalga oshiruvchi usul va yo’llarning to’plamidir. Boshqaruvning uchta uslubi keng tarqalgan:
Avtoritar (direktiv) uslubda rahbar o’z irodasini qo’l ostidagilarga ma’muriy kuch vositasida o’tkazishga intiladi, ya’ni majburlash, qo’rqitish, rag’batlantirish va boshqa chora-tadbirlardan foydalanadi.
Liberal (erkin ish yuritish) uslub rahbarning o’z qarorlarini taveiyalar ko’rinishida berishi, xodimlarning ishiga kamroq aralashishi bilan tavsiflanadi. Bunda rahbar vositachi sifatida faoliyat ko’rsatadi, xodimlariga keng doirada mustaqillik, to’la erkinlik berish bilan bir qatorda, ularning harakatlariga kam e’tibor beradi va nazoratni sustlik bilan amalga oshiradi.
Demokratik (kollegial) uslubda rahbar o’z faoliyatini o’zining jamoasi a’zolariga tayangan holda, jamoa fikrini inobatga olib amalga oshiradi. Boshqaruv vakolatlari, faoliyat uchun javobgarlik xodimlar o’rtasida taqsimlanadi. xodimlarning o’zaro munosabatlarini rag’batlantirish bilan birgalikda ularning bildirgan fikriga quloq soladi, ular bilan maslahatlashadi, ijobiy tomonlarini inobatga olib rag’batlantirib boradi.

Yüklə 311 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə