Maktab-pedagogik tizim sifatida



Yüklə 311 Kb.
səhifə6/24
tarix27.05.2023
ölçüsü311 Kb.
#113574
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Maktab-pedagogik tizim sifatida

Boshqaruv metodlari. Zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarda ta’lim muassasalarini boshqarishga ko’p darajada mos keladigan metodlarning to’rt asosiy guruhi: iqtisodiy, tashkiliy-ma’muriy, ijtimoiy-psixologik va axborotlar to’plash metodlarini ajratib ko’rsatish mumkin.
Iqtisodiy metodlar o’zaro bog’liq bo’lgan iqtisodiy ko’rsatkichlarning yig’indisini tavsiflab, har bir ishchi va butun muassasa uchun talablar belgilash bilan birgalikda zamonaviy talablar darajasida faoliyat ko’rsatishlari uchun sharoitlar yaratadi. Ta’lim muassasasi faoliyatini takomillashtirish, innovasion jarayonlarni kuchaytirish, ya’ni xodimlarning innovasion faoliyatlarini tashkil etish, ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining faolliklarini rivojlantirishda iqtisodiy metodlardan foydalaniladi. Rahbarlar tomonidan boshqaruv jarayonida, xodimlarning faoliyati batafsil o’rganilgandan keyin, faoliyatni takomillashtirish va rivojlantirish uchun bajariladigan vazifalar rejalashtiriladi. Bunda rahbarlar o’z xodimlarining faoliyatlari natijalariga ko’ra rag’batlantirish, mukofotlash, jazolash (jarima solish) yoki moddiy yordam ko’rsatishlarida boshqarishning mazkur metodidan foydalanishlari zarur bo’ladi. Iqtisodiy qayta tashkil etishlar mazkur metodlarni kuchaytirishga yo’naltiriladi.
Tashkiliy-ma’muriy metodlar ham iqtisodiy metodlar bajaradigan vazifalarni bajaradi, faqat ularning ta’sir ko’rsatish usullari va shakllari o’zaro farq qiladi. Iqtisodiy metodlarda belgilangan masalalarni hal qilish uchun rahbarlar ta’sir ko’rsatishning turli xil usul va shakllarini tanlash imkoniyatiga ega bo’ladi. Tashkiliy-ma’muriy metodlar qarorlar, buyruqlar, farmoyishlar va ko’rsatmalar tayyorlash, ularni o’z vaqtida tegishli shaxslarga etkazish va bajarilishini nazorat qilish orqali ta’sir ko’rsatishni nazarda tutadi.Mazkur metod rahbarlar va xodimlar, o’qituvchilar va o’quvchilar, umuman olganda, barcha jamoa a’zolari o’rtasidagi mavjud munosabatlarni inobatga olgan holda ularning qiziqishi, manfaatlari, ko’nikma va malakalari, bilimi hamda qobiliyatlarini o’rganib, jamoadagi mavjud sharoitlarni yaxshilash va boshqa zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali jamoa a’zolarining faoliyatlarini muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.

Yüklə 311 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə