Maktab-pedagogik tizim sifatida


Ta’lim muassasasini boshqarish. Boshqarish



Yüklə 311 Kb.
səhifə4/24
tarix27.05.2023
ölçüsü311 Kb.
#113574
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Maktab-pedagogik tizim sifatida

Ta’lim muassasasini boshqarish. Boshqarish ma’lum bir ob’yektga tashkiliy, rejali, tizimli ta’sir ko’rsatish demakdir. Ta’lim muassasasining pedagogik faoliyatini boshqarish deb esa pedagogik jarayonini rejalashtirish, tashkil etish, rag’batlantirish, natijalarni nazorat va tahlil qilishga aytiladi. Ta’lim muassasalarini boshqarish nazariyasi ta’lim muassasalarining menejmenti nazariyasi bilan boyitildi. Menejment nazariyasi xodimlarga nisbatan ishonch, ularning unumli mehnat qilishlari uchun sharoit yaratish hamda o’zaro hurmat bilan tavsiflanadi.
Menejment mavjud minimal imkoniyatlardan maksimal natijalarga erishish maqsadida muayyan xodim yoki guruhga ta’sir etish, ular bilan hamkorlik qilish jarayonidir. Olimlar ta’lim menejmetining bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ega ekanligini ham ta’kidlab o’tishadi. Ular orasida quyidagi xususiyatlar asosiy hisoblanadi:

  • ta’lim menejmenti «maqsadga muvofiqlik» so’zi bilan aniqlanadigan ma’naviy o’lchovga ega;

  • ta’lim menejmenti – bu fan va san’at (chunki bunda insonlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar katta rol o’ynaydi);

  • menejment mazmunida o’z aksini topadigan shaxs, davlat va jamiyat manfaatlarining o’zaro dialektik birligi;

  • ta’limni boshqarishda jamoatchilikning faol qatnashuvi.

Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, endilikda ta’lim tizimini davlat tomonidan boshqarishdan davlat-jamoatchilik boshqaruviga o’tiladi. Davlat-jamoatchilik boshqaruvining maqsadi – ta’lim muassasalarining dolzarb masalalarini davlat va jamoatchilik hamkorligida hal qilish, o’qituvchilar, o’quvchilar hamda ota-onalarga ta’lim dasturlarini, turlarini, ta’lim muassasalarini tanlashda huquq va erkinlik berishni kengaytirishdan iborat. Boshqarish funktsiyalari. Boshqarish funktsiyasi deganda u yoki bu ob’yektni boshqarishga oid aniq vazifalarni hal etishga qaratilgan bir turdagi ishlar majmui tushuniladi. Boshqarish nazariyasi asoschilaridan Anri Fayol XX asrning boshlarida boshqaruvning besh funktsiyasini ajratib ko’rsatgan: rejalashtirish, tashkil etish, farmoyish berish, muvofiqlashtirish, nazorat. A.T.To’xtaboev mazkur funktsiyalarni faqat ma’muriy ekanligini ta’kidlab, ma’muriy boshqaruv funktsiyalarining uch guruhini ajratib ko’rsatadi: umumiy funktsiyalar; ijtimoiy-psixologik funktsiyalar; texnologik funktsiyalar.
Turli olimlarning fikrlarini umumlashtirgan holda, boshqaruvning quyidagi funktsiyalarini ajratib ko’rsatish mumkin:

Yüklə 311 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə