Maktab-pedagogik tizim sifatida


Axborot-tahlil funktsiyasi



Yüklə 311 Kb.
səhifə5/24
tarix27.05.2023
ölçüsü311 Kb.
#113574
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Maktab-pedagogik tizim sifatida

Axborot-tahlil funktsiyasi. Mazkur funktsiya Yu.Konarjevskiy tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, boshqaruvda alohida o’rin tutadi; bunda axborotlarni olish va tahlil qilishda jarayon boshlanadi va tugallanadi.
Maqsadli-motivlashtirish funktsiyasi. Motivlashtirish belgilangan maqsadga erishish bo’yicha barcha boshqaruv sub’ektlarida qiziqishlar uyg’otishga yo’naltirilgan tadbirlarni tashkil etishni nazarda tutadi.
Oldindan ko’rish-rejalashtirish funktsiyasi. Boshqaruv faoliyatini oldindan ko’rish (anglash) va rejalashtirish funktsiyasi uchun maqsadli-motivlashtirish boshlang’ich asos bo’lib xizmat qiladi, oldindan ko’rish-rejalashtirish funktsiyasi tashkiliy shakllar, usullar, ta’sir etuvchi vositalarni aniqlaydi, nazoratning me’yori va natijalarini baholashga xizmat qiladi, shuningdek, pedagogik tizimni va uning ishtirokchilarining harakati va faoliyatini muvofiqlashtirish hamda tartibga solish imkonini beradi.
Tashkiliy-ijrochilik funktsiyasi. Bu funktsiya boshqaruv faoliyatining barcha yo’nalishlarida o’z ifodasini topadi. Bu kadrlar tanlash va joy-joyiga qo’yish, ijrochilarning o’zaro ta’sir etish tizimini shakllantirish, axborotlar to’plash va ularga ishlov berish faoliyatlari bilan bog’liq bo’ladi. Buning natijasida u yoki bu pedagogik tizimga xos tarkibiy tuzilish vujudga keladi.
Nazorat-tashxis funksiyasi. Nazorat – bu boshqaruv jarayonining faol bosqichlaridan biri bo’lib, u boshqaruvning barcha funktsiyalari bilan bog’liq bo’ladi. Umumiy holda nazorat rejalashtirilgan natija bilan haqiqiy erishilgan natijalarni o’zaro solishtirish jarayoni bo’lib, u faoliyatning muvaffaqiyatini aniqlashga imkoniyat yaratadi.
Tartibga solish – muvofiqlashtirish funktsiyasi pedagogik tizimning holatini zaruriy, belgilangan darajada ushlab turish, uni yangi sifat darajasiga ko’tarish va pedagogik jarayonda yo’l qo’yilayotgan xatoliklarni tuzatish hamda pedagogik jarayon ishtirokchilarining xatti-harakatlarini tartibga solish uchun xizmat qiladi. Mazkur funktsiyalarni amalga oshirishda boshqaruv metodlari muhim ahamiyat kasb etib, ular boshqaruv jarayonida xodimlar faoliyatini tashkil etish va ularni muvofiqlashtirishda qo’llaniladigan ta’sir etish yo’llari va usullarining yig’indisi hisoblanadi.

Yüklə 311 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə