Maktab-pedagogik tizim sifatida


Ta'lim muassasasini boshqarishning tamoyillari va vazifalari



Yüklə 311 Kb.
səhifə8/24
tarix27.05.2023
ölçüsü311 Kb.
#113574
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Maktab-pedagogik tizim sifatida

Ta'lim muassasasini boshqarishning tamoyillari va vazifalari.
Har qanday faoliyat singari boshqarish faoliyati ham o'z vazifalarini bir qator tamoyillarga asoslanib amalga oshiradi. Pedagogik adabiyotlarda ta'lim tizimini boshqarishda asos bo'lib xizmat qiluvchi tamoyillarni ular tomonidan bajariladigan vazifalar (rejalashtirish, tashkil etish va nazorat qilish)ga tayanilgan holda belgilanishiga alohida urg'u berilgan. Mazkur o'rinda ta'lim muassasasini boshqarishning har bir tamoyiliga (Slastiyonin V.A. «Obщaya pedagogika» 2003-yil) o'quv qo'llanmasiga tayangan holda) alohida-alohidata'rif berishga harakat qilamiz. Ta'lim muassasasi boshqaruv nazariyasi va tarixida boshqarishning asosiy tamoyillari quyidagilardir:
Ta'lim muassasasini boshqarish tamoyillari
- pedagogik tizimni boshqarishni demokratiyalash va insonparvarlashtirish;
- boshqarishning tizimliligi va yagonaligi;
- boshqarishning markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan holatlarining ratsional uyg'unligi;
- yakka hokimlik bilan jamoatchilik boshqaruvining birligi;
- ta'lim tizimini boshqarishda axborotlarning ob'ektivligi va to'liqligi
Pedagogik tizimni boshqarishni demokratiyalash va insonparvarlashtirish. Pedagogik kadrlarni tanlov va shartnoma asosida ishga qabul qilish, qabul qilinayotgan qarorlarni ochiq muhokama qilish, axborotlarning barcha uchun ochiq va tushunarli joriy etish, ta'lim muassasasi jamoatchiligi oldida ma'muriyatning muntazam hisobot berishi, o'qituvchi va o'quvchilarga ta'lim muassasasi hayotiga oid o'z fikrlarini bildirishga imkon berish, ta'lim muassasasida demokratik g'oyalarning ustuvor o'rin tutishini anglatadi.
Ta'lim tizimini boshqarishda shaxsga alohida hurmat bilan munosabatda bo'lish, unga ishonish, pedagogik faoliyatda subyektning subyektga munosabati darajasiga erishish, o'quvchi va o'qituvchining huquq va manfaatlarini himoya qilish, o'z iste'dodlari va kasbiy mahoratlarini erkin namoyon etish uchun sharoit yaratish insonparvarlik tamoyiliga asoslangan boshqaruv mohiyatini anglatadi.
Boshqarishning tizimliligi va yagonaligi. Ta'lim muassasasini boshqarishga nisbatan tizimli yondashuv asosida rahbar ta'lim muassasasini bir butun yaxlit tizim sifatida va uning belgilari haqida aniq tasavvurga ega bo'ladi. Tizimning birinchi belgisi yagonaligi hamda uni bo'laklar, tarkibiy qismlarga ajratish mumkinligidadir. Ikkinchi belgisi tizimning ichki tuzilishining mavjudligini anglatadi. Uchinchi belgisi tizimning integrtsiyalana olishidir. Tizimning har bir tarkibiy qismi o'ziga xos sifatga ega bo'lgani bilan, o'zaro harakat orqali tizimning yangi integratsiyalana olish sifati hosil bo'ladi. To'rtinchi belgisi ta'lim muassasalarining tashqi muhit bilan chambarchas bog'liqligidir. Chunki ta'lim muassasalari tashqi muhitga moslashib, ushbu ta'lim jarayonini qayta quradi hamda o'zining maqsadlariga erishish uchun tashqi muhitni o'ziga bo'ysundiradi. Boshqaruvdagi tizimlilik va yagonalik rahbar bilan pedagogik jamoa o'rtasidagi o'zaro harakat va aloqani ta'minlaydi, bir yoqlama boshqaruvning oldini oladi.
Boshqarishning markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan holatlarining ratsional uvg'unligi. Boshqaruvni markazlashtirish keragidan ortiq bo'lganda, albatta, ma'muriy boshqaruv kuchayadi. Bu holat o'qituvchilar va o'quvchilarning ehtiyojlari, talab va istaklarini hisobga olmaslikka, rahbar va o'qituvchilarning keraksiz mehnat va vaqt sarflashlariga olib keladi.Shuningdek, markazlashtirilmaslikka ham keragidan ortiq e'tibor berilsa, pedagogik tizim faoliyatining sustlashishi ko'zga tashlanadi.Ta'lim muassasasi ichidagi boshqaruvda markazlashtirish va markazlashtirmaslikni uyg'unlashtirish ma'muriy va jamoatchilik boshqaruvi rahbarlarining faoliyatini jamoa manfaatiga qaratadi hamda kasb malakasi darajasida qarorlarni qabul qilishga sharoit yaratadi.
Yakka-hokimlik bilan jamoatchilik boshqaruvining birligi tamovili pedagogik jarayonni boshqarishda yakkahokimlikka yo'l qo'ymaslikka qaratilgan. Boshqarish faoliyatida o'qituvchilarning tajribasi va bilimiga tayanib, turli qarashlarni taqqoslab, oqilona xulosalar chiqarish o'ta muhimdir. Vazifalarni kollegial hal qilish har bir jamoa a'zosining javobgarligini yo'qqa chiqarmaydi.O'z navbatida yakkahokimlikning o'ziga xos jihatlari bor. Yakkahokimlik pedagogik jarayonda tartib-intizom, vakolat doirasi va unga amal qilishni ta'minlaydi.
Qarorni qabul qilishda kollegial yondashuv ma'qul bo'lsa, qarorning ijrosini ta'minlashda yakkahokimlikka bo'ysunish ma'quldir.Ta'lim tizimini boshqarishning davlat-jamoatchilik xarakteri ushbu tamoyilni amalga oshirishga sharoit yaratadi. Ta'lim tizimini boshqarishda axborotlarning obvektivligi va to'liqligi. Ta'lim tizimini boshqarishning samaradorligi axborotlarning qanchalik aniq va to'liqligiga ham bogiiq. Agar axborotlar aniq, to’liq yig'ilsa yoki haddan ziyod ko'p bo'lsa, qaror qabul qilishda chalkashlikka olib keladi. Biz ta'lim-tarbiya jarayonida o'quvchilarning o'zlashtirishi haqidagi ma'lumotlarni yig'amiz, lekin ularning qiziqishlari, xulq-atvori, shaxs sifatidagi yo'nalishiga e'tibor beramiz. Ana shuning uchun ham tarbiya jarayonida ko'plab og'ishlar kuzatiladi. Ta'lim muassasasining rahbari o'zining faoliyatida menejer vazifasini ham bajaradi. Shuning uchun u o'z faoliyatida kuzatish, anketa, test, instruktiv va metodik materiallardan keng foydalana bilishi lozim. Ta'lim muassasasi ma'muriyati maktab ichidagi axborotli boshqaruv texnologiyasini ishlab chiqish va uni ta'lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e'tibor qaratishi kerak. Boshqaruv jarayonida axborotdan samarali foydalanish ta'lim muassasasi faoliyatining muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga yordam beradi. Ta'lim muassasasini boshqarishda foydalaniladigan axborotlar turlichadir Axborotlar jamg'armasini shakllantirish va undan jadal foydalanish boshqaruv ishini ilmiy tashkil etishni yuksaltiradi. Maktab ichki boshqaruvining o'ziga xosligi quyidagi vazifalarda aniq ko'rinadi:

  1. Ta'lim-tarbiya jarayonini pedagogik tahlil qilish.

  2. Maqsad qo'yish va rejalashtirish.

  3. Tashkil qilish.

  4. Maktab ichki boshqaruvini nazorat qilish.

  5. Tartibga solish.




Yüklə 311 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə