Maktab-pedagogik tizim sifatida



Yüklə 311 Kb.
səhifə16/24
tarix27.05.2023
ölçüsü311 Kb.
#113574
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
Maktab-pedagogik tizim sifatida

Metodik kengash





Ekspert qilingan materiallar va ishlab chiqilgan metodik ishlar



Kengash tomonidan tahlil qilingan materiallar

Kengash yig’ilishi bayonnomasi

Yilik hisobot

Ish rejasi



4-rasm. Metodik kengash hujjatlari
Ta'lim muassasasida fanlar yoki bir-biriga yaqin bo'lgan fanlar turkumlari bo'yicha Metodika birlashmalari1 faoliyat ko'rsatadi. Metodika biriashmalarining maqsadi o'qituvchilarning metodik va kasbiy mahoratlarini takomillashtirish, o'quvchilarga ta'lim-tarbiya berishga qo'yiigan hozirgi zamon talablarining bajarilishini ta'minlash borasida o'zaro yordamni tashkil etish, ijodiy tashabbuslarni uyg'unlashtirish va ta'lim-tarbiya berishning zamonaviy usullarini ishlab chiqishdan iborat.
Metodika birlashmalari o'zida Metodika Kengashining vazifalarini aks ettiradi. Shu bilan birga Metodika birlashmalari quyidagi vazifalarni ham amalga oshiradi:

  1. fanlar bo'yicha taqvimiy, mavzuiy rejalarni tasdiqlashga tavsiya etish;

  2. oraliq va yakuniy nazoratlar uchun o'qituvchilar tomonidan tayyorlangan sinov materiallarini tasdiqlash;

  3. ilg'or o'qituvchilarning ish tajribalarini o'rganishni tashkil qilish va ommalashtirish;

  4. tegishli yo'nalish yoki fan bo'yicha ta'lim muassasasida metodik ta'minotga bo'lgan ehtiyojni aniqlash;

  5. darslarni o'zaro kuzatishlarni tashkil qilish, natijalarni tahlil etish va mutaxassislarga amaliy yordam berish;

  6. ta'lim metodlarini o'rganish maqsadida ochiq darslarni tashkil etish, ilg'or pedagogik tajribalarga doir takliflarni o'rganish, umumlashtirish va ommalashtirish;

  7. yosh mutaxassislarga metodik yordam berish;

8-ko'rgazma va ko'rsatmali vositalardan foydalanish bo'yicha
metodik tavsiyalarni berish;
9- fan xonalarining me'yoriy hujyatlar talablari asosida jihozlanishini
tashkil etish.
Umumiy o'rta ta'lim maktablarida Metodika birlashmalari boshlang'ich ta'lim yo'nalishi bo'yicha bitta, V—XI sinflarda esa o'quv rejasidagi alohida fanlar bo'yicha tashkil etiladi. Agar u yoki bu fan bo'yicha o'qituvchilar soni uch nafardan kam bo'lsa, u holda fan o'qituvchilari shu turkumdagi fan o'qituvchilari bilan birgalikda bitta Metodika birlashmasiga birlashadilar, Akademik litseylarda ham Metodika birlashmalari xuddi shu tarzda tashkil qilinadi. Kasb-hunar kollejlarida esa kafedralarda o'qitiladigan fanlar bo'yicha Metodika birlashmalari tuziladi.Metodika birlashmasiga ta'lim muassasasi Pedagogika Kengashi qaroriga asosan ijodkor va tajribali o'qituvchilardan ta'lim muassasasi direktorining buyrug'i bilan rahbar tayinlanadi. Metodika birlashmasi hujjatlariga metodika birlashmasi hisobotlar, metodika birlashmasi faoliyatiga aloqador bo'lgan a'zolari haqida ma'lumot, ish rejasi, yig'ilish bayonnomalari, o'quv-metodik hujjatlar nusxasi kiradi.

Yüklə 311 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə