Maktab-pedagogik tizim sifatida


Yosh o'qituvchilar bilan ishlash



Yüklə 311 Kb.
səhifə19/24
tarix27.05.2023
ölçüsü311 Kb.
#113574
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Maktab-pedagogik tizim sifatida

Yosh o'qituvchilar bilan ishlash.
Yosh o'qituvchilarning har tomonlama yetuk mutaxassis bo'lib yetishishlari bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir. Haqiqatan ham yosh o'qituvchi ta'lim muassasasi (umumiy o'rta ta'lim, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi) ga ishga keldi deylik: uni o'quvchilar bilan ishlashga tayyor deb ayta olamizmi?
To'g'ri, oliy o'quv yurtida u yaxshi nazariy bilimlarga ega boiadi va shu bilan bir vaqtda pedagogik amaliyotdan ham o'tib keladi. Biroq, u oliy o'quv yurtini tamomlashi bilan o'qituvchi degan nomga ega bo'ladi. Tabiiyki, unda o'quvchilar bilan ishlash tajribasiyetarli emasligi bois mehnat faoliyatining birinchi yilidayoq bir qator muammolarga duch keladi. Zero, yosh o'qituvchiga xarakteri turlicha bo'lgan o'quvchilar guruhi bilan ishlash oson kechmaydi. U o'z o'quvchilarining qobiliyat darajasi, o'zlashtirishdan ortda qolayotgan o'quvchilar shaxsini o'rganishda ularning har biri o'ziga xos xotira, fikrlash layoqati va diqqatga ega bo'lishlarini hisobga olmaganligi sababli o'quvchilarda bilimlarni hosil qilishni tartibga solish imkoniyatini qo'ldan boy beradi. Yosh o'qituvchining eng katta xatosi, u o'zini bilimi sayoz o'quvchilar bilan ishlashdan olib qochadi. Uning uchun bilimi yuqori boigan o'quvchilar bilan ishlash oson tuyuladi. Natijada qoloq o'quvchilarning tengdoshlaridan ortda qolishlari kuchayadi, ularning rivojlanishi ta'lim jarayonida tartibsiz kechadi.
Yosh o'qituvchilarga yordamni tashkil etishda asosiy bo'g'in — bu ular bilan bevosita ishlashni yoiga qo'yishdir. Ularga ma'ruzalar o'qish, nazariy mashg'ulotlarni tashkil etish shart emas, chunki ular oliy ta'lim muassasasida yetarli ma'lumotlarni oladilar. Yosh o'qituvchi amaliy maslahatlarga ehtiyoj sezadi. Bunday yordamni quyidagicha amalga oshirish mumkin:

  1. barcha yosh o'qituvchilarni jalb etish orqali;

  2. ogohlantirish orqali har bir o'qituvchining darsini kuzatish yo'li bilan;

3) yosh o'qituvchining ishi bilan yaqindan tanishish orqali.
Bundan tashqari oliy o'quv yurtlarini tamomlab, maktabda ishlayotgan yosh mutaxassislar va ular olib borayotgan ta'Iim-tarbiya ishlarini o'rganish, ularga tegishli metodik yordam ko'rsatish, yo'l-yo'riqlar va maslahatlar berib borish, turli mavzularda ijodiy kechalar, tajribaii hamda faxriy o'qituvchilar bilan uchrashuvlarni uyushtirish maqsadida tuman Metodika kabineti qoshida «Yosh mutaxassislar maktabi»ni tashkil qilish maqsadga muvofiqdir.
Maktabning ichki boshqaruvi, uning tuzilishi va vazifalari. Pedagogik Kengash va uning vazifalari. Uslubiy Kengash va uning vazifalari.
Ta’lim muassasasi ichki nazoratining turlari, shakllari va metodlarini turkumlashtirish hozirgi vaqtda muammoli masala bo’lib qolmoqda. SHunga qaramasdan, ichki nazoratning quyidagi turlari ajratilib ko’rsatiladi:
Mavzuli nazorat qandaydir aniq masalani o’rganishda ta’lim muassasasi jamoasi, o’quvchilar guruhi yoki alohida o’qituvchining pedagogik faoliyati tizimi, ta’lim muassasasidagi ta’lim darajasi, shuningdek, o’quvchilarning ekologik va estetik tarbiyasi tizimiga e’tibor qaratiladi.
Frontal nazorat butun pedagogik jamoa, metodik kengash yoki alohida o’qituvchi faoliyatini o’rganishga qaratiladi.
Alohida nazorat biror bir o’qituvchining faoliyati, sinf (guruh) rahbarlarining tarbiyaviy ishlarini mavzuli, frontal tkshirishga asoslanadi.
Sinf-muloqot nazorat shaklida sinf jamoasining dars va darsdan tashqari jarayonida shakllanishiga ta’sir etuvchi o’ziga xos omillar e’tiborga olinadi.
Predmetli nazorat shakli bitta yoki bir necha sinf (guruh)larda, butun ta’lim muassasasida ta’lim olinganlik darajasini aniqlashda qo’llaniladi.
Mavzuli nazorat shaklining bosh maqsadi turli fan o’qituvchilari va sinflarning alohida o’quv-tarbiya jarayonini boshqarishdagi ishlarini o’rganishdan iborat.
Majmuaviy (kompleks) nazorat shakli bir necha o’quv fanlari bir yoki bir nacha sinf (guruh)larda turli o’quvchilarning ishlarini o’rganishni tashkil etish maqsadida amalga oshiriladi.
Tartibga solishning asosiy maqsadi ta’lim-tarbiya jarayonini pedagogik tahlil qilishda ta’lim muassasasining oldiga qo’yilgan maqsad va rejalarini amalga oshirish, boshqaruv ishini tashkil etish hamda nazorat qilishda yo’l qo’yilgan holatlarni tuzatishdan iborat.
Tartibga solish boshqaruv faoliyatida katta ahamiyat kasb etadi. U o’tgan o’quv yilida erishilgan natijalarni, yo’l qo’yilgan kamchiliklarni hisob qiladi. Ana shu asosdan kelib chiqib, yangi o’quv yilida ta’lim muassasasi oldiga maqsad va asosiy vazifalarni qo’yadi.
Pedagogik Kengash – ta’lim muassasasining jamoatchilik boshqaruv organi. Ta’lim muassasalarida o’quv-tarbiya jarayonini rivojlantirish, takomillashtirish, muassasa faoliyati bilan bog’liq barcha tashkiliy masalalarni muvofiqlashtirish, o’qituvchi va tarbiyachilarning kasbiy mahorati va ijodkorliklarini o’stirish maqsadida pedagogik xodimlarni birlashtiruvchi pedagogik Kengash faoliyat ko’rsatadi. Pedagogik Kengash ta’lim muassasasi jamoasining yuqori boshqaruv organi hisoblanadi.
Pedagogik Kengashning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
ta’lim muassasasi (umumiy o’rta ta’lim maktabi, akademik litsey, kasb-hunar kolleji)ning tayyorlangan muhim hujjatlarini muhokamadan o’tkaziladi, tasdiqlaydi va bajarilishini nazorat qiladi;
ta’lim muassasasining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda uni rivojlantirishning istiqbolli yo’nalishlarini belgilaydi;
ta’lim muassasasida o’quv, tarbiya jarayonini tashkil etish va ta’lim samaradorligini oshirishda maqbul shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan qarorlarni qabul qiladi;
ta’lim muassasasi boshqaruv tizimini takomillashtirish bo’yicha yo’l-yo’riqlarni ishlab chiqadi;
pedagogik jamoaning ma’lum yo’nalishlardagi faoliyatini tahlil qiladi va yakuniy xulosa chiqaradi;
ta’lim muassasasi pedagogik jamoasi uchun o’z vakolati doirasida me’yoriy talablarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va bajarilishini nazorat qiladi.
Pedagogik Kengash quyidagi huquqlarga ega:
ta’lim muassasasini rivojlantirish yo’nalishlarini istiqbol rejasini belgilash;
ta’lim muassasasi jamoasi oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalarining bajarilishini amalga oshirish;
o’quv rejada maktab ixtiyoriga berilgan soatlarni taqsimlash, yillik va taqvimiy ish rejasi mazmuni hamda dars jadvalini muhokama qilish;
o’quv jarayonini tashkil qilishning turli shakl va metodlarini muhokama qilish, amaliyotga tatbiq etish;
ta’lim muassasasi ta’lim jarayoniga oid barcha masalalarni o’z vakolati doirasida muhokama etish va tegishli qaror qabul qilish;
pedagoglar malakasini oshirish tizimi, ularning ijodiy tashabbuskorliklarini rivojlantirish bo’yicha o’z takliflarini berish;
o’quvchilarning bilim darajasini aniqlashda oraliq nazorat bo’yicha qaror qabul qilishda qatnashish, uni o’tkazish shakli va vaqtini belgilash;
ta’lim oluvchilarni sinfdan-sinfga, kursdan-kursga ko’chirish va bituvchilarni yakuniy attestatsiyaga qo’yish bo’yicha qaror qabul qilish;
ta’lim darayonini tashkil qilish hamda ta’lim muassasasini rivojlantirishga doir masalalar bo’yicha maktab rahbariyatining hisobotlarini tinglash;
ta’lim maqsadiga muvofiq holda o’quvchilarni rag’batlantirish va jazolash bo’yicha masalalarni hal etish;
chorak, yarim yillik «semestr», yil yakuniga doir xulosalar chiqarish;
pedagogik Kengash a’zolaridan pedagogik faoliyatni bir xil tamoyillarga asosan amalga oshirishni talab qilish;
ta’lim-tarbiya jarayonida alohida xizmat ko’rsatgan ta’lim muassasasi xodimlarini rag’batlantirishga tavsiya qilish;
yakuniy attestatsiyadan muvaffaqiyatli o’tgan o’quvchilarga o’rnatilgan tartibda hujjatlar berish to’g’risida qaror qabul qilish.
Pedagogik Kengash yig’ilishlari qarorlashtirilib, qabul qilingan hujjatlar ta’lim muassasasi ish yuritish hujjatlari bilan birga saqlanadi. Pedagogik Kengash faoliyati bir qator hujjatlarda o’z akini topadi:
Ta’lim muassasasi hujjatlari besh yil davomida ta’lim muassasasida saqlanadi.
Direktor va uning o’rinbosarlari vazifalari. Ta’lim muassasasining o’quv-tarbiya jarayoni va kundalik faoliyatiga bevosita rahbarlikni ta’lim muassasasi direktori olib boradi.
Ta’lim muassasasi direktorining vazifasi quyidagilardan iborat:
davlat va jamoat tashkilotlari oldida ta’lim muassasasining manfaatlarini ifodalash;
o’quv-tarbiya jarayoni muvaffaqiyatini ta’min etish;
o’quv dasturlarining bajarilishini nazorat qilish, ta’lim-tarbiya ishlarining sifati va samaradorligi, bolalik va mehnatni muhofaza qilish talablarining rioya qilinishi, shuningdek, ta’lim muassasasidan tashqarida ma’naviyat ishlarini tashkil qilinishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
pedagogik va rahbar kadrlarni tanlab joy-joyiga qo’yish, ularning vazifalarini belgilash, pedagogik kadrlar, kabinet va ustoxona mudirlarini belgilash, sinf va guruh rahbarlarini tanlash, pedagog va xizmat ko’rsatuvchi xodimlarni ishga qabul qilish hamda bo’shatish;
ta’lim muassasasi pedagogik xodimlarini attestatsiyadan o’tkazuvchi komissiyaga rahbarlik qilish;
ta’lim muassasasi pedagogik xodimlarining ijodiy ishlari, ta’lim-tarbiyaning ilg’or shakl va usullarini qo’llashlari uchun shart-sharoitlarni yaratish;
ta’lim muassasasiga ajratilgan moliyaviy mablag’lar, sarf-xarajat hisobini yuritish;
ta’lim muassasasi me’yoriy hujjatlarining to’g’ri yuritilishini ta’minlash;
ta’lim muassasasi pedagogik Kengashi, mahalliy hokimlik organlari oldida o’z faoliyati to’g’risida hisob berib turish.
Ta’lim muassasasi direktorining o’quv-tarbiya ishlari bo’yicha o’rinbosarining vazifalari:
o’quv haftasi va o’quv mashg’ulotlarining davomiyligini ta’minlash;
dars jadvalini tuzib chiqish va shu jadvalga binoan darslarning o’z vaqtida samarali o’tkazilishini ta’minlash;
har bir chorak oxirida, semestr davomida direktor va ta’lim muassasasi pedagogik Kengashi a’zolariga o’quv jarayonining borishi xususidagi axborot va ma’lumotlarni berib borish;
yosh mutaxassislarga amaliy va uslubiy yordam ko’rsatish;
sinf va guruh jurnallarini to’g’ri yuritish va saqlanishiga javob berish;
o’quvchilarning bilim darajasini reja asosida tahlil qilib borish;
o’quvchilar tomonidan davlat dasturlarining bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish.
Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarining vazifalari:
ta’lim muassasasida o’quvchilarning o’z-o’zini boshqarish, jamoat tashkilotlari va mahalla, ota-onalar bilan aloqani ta’minlash;
ta’lim muassasasi va undan yuqori miqyosda o’tkaziladigan darsdan tashqari tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish;
ta’lim muassasasi o’quvchilarining sinf, guruh yoki ta’lim muassasasidan tashqari olib borayotgan mashg’ulotlarini kuzatib borish, ularga amaliy va metodik yordam uyushtirish;
ta’lim muassasasidagi «YOsh yetakchi»ning ishini nazorat qilish va unga yo’l-yo’riq ko’rsatish.
Ta’lim muassasasida metodik ishlar, pedagog kadrlar malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan o’tkazish, yosh o’qituvchilar bilan ishlash. Ta’lim jarayonining sifati har jihatdan o’qituvchilarning g’oyaviy-nazariy jihatdan tayyorgarligi, pedagogik va metodik mahorati darajasiga bog’liqdir. Ana shu maqsadda ta’lim muassasasida metodik Kengash va fan metodik birlashmalari ish olib boradi. Metodik Kengash ta’lim muassasasida ta’lim jarayonining sifatini ta’minlash, o’qituvchilarning g’oyaviy-nazariy jihatdan tayyorgarligi hamda pedagogik va metodik mahoratlarini takomillashtirilib borishiga nazariy-metodik jihatdan rahbarlik qiluvchi organdir.
Metodik Kengashning faoliyati O’zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» talablarini ro’yobga chiqarish maqsadida ta’lim muassasasida ta’lim jarayonini metodik ta’minlash va muvofiqlashtirish hamda pedagogik kadrlarning metodik jihatdan bilimlarini oshirib borishga qaratiladi.
Metodik Kengashning faoliyat doirasi keng bo’lib, u tomonidan quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
ta’lim jarayonining metodik ta’minot holatini o’rganadi, ta’lim muassasasi metodik ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtirib boradi;
ta’lim muassasasida olib borilayotgan metodik ishlarning istiqbolini aniqlaydi;
yo’nalish va fanlar bo’yicha metodika birlashmalariga umumiy rahbarlik qiladi va ular faoliyatini muvofiqlashtiradi;
ta’limga doir me’yoriy va metodik hujjatlarni o’rganadi, ularni o’quv jarayoniga tatbiq etish usullari yuzasidan tavsiyalar beradi;
ta’lim muassasasi o’quv-metodik ishlariga ekspert sifatida baho berishni amalga oshiradi;
o’qituvchilarning g’oyaviy-nazariy bilim darajasini oshiradi, ularni fan yutuqlari, pedagogik innovatsiyalar, ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan muntazam tanishtirib boradi;
o’qituvchilarga ish rejalarining tuzilishi va bo’limlari mazmuni bo’yicha tavsiyalar beradi;
ta’lim muassasasi ta’lim jarayonida qo’llash uchun ilg’or pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqadi va ularning amaliyotga joriy etilishini nazorat qilib boradi;
o’qituvchilarning pedagogik va metodik mahoratini oshirishga doir ishlarni amalga oshiradi;
davlat ta’lim standartlari talablari, o’quv rejasi va dasturlarining bajarilish holatini tahlil qiladi va tegishli tadbirlarni belgilaydi;
tashqi va ichki nazorat natijalariga Davlat ta’lim standarti talablarining bajarilishida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi;
o’quv jarayoniga o’qitish metodikasining zamonaviy va samarali usullarini olib kirish, pedagogik kadrlarni metodik jihatdan bilimlarini oshirish maqsadida o’quv seminarlarini tashkil qilish;
ta’lim jarayonida milliy mafkura va yoshlarda siyosiy ongni shakllantirishga doir ko’rsatmalar berib borish;
o’quvchilar bilimini nazorat qilish va ularning mustaqil ishlarini tashkil qilishga doir ko’rsatmalar berish;
yo’nalish va fanlar bo’yicha metodika birlashmalari hisobotini eshitish, muhokama qilish, ularning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berish;
o’qituvchilarning samarali mehnatlarini inobatga olgan holda ma’naviy va moddiy rag’batlantirishga tavsiya qilish;
pedagogik xodimlarning attestatsiyadan o’tkazish bo’yicha materiallarni tayyorlash;
ta’lim muassasasi miqyosida fan oyliklari (haftaliklari), fanlar bo’yicha darsdan tashqari (fakultativ, to’garak) ishlari, fan olimpiadalarining 1-bosqichlari, ko’rik-tanlovlarning o’tkazilishi va ularning samarasini nazorat qilib borish.
Metodika Kengashi yig’ilishlari qarorlashtirilib, Kengashning quyidagi hujjatlari ta’lim muassasasi ish yuritish hujjatlari bilan birga saqlanadi ( -chizma).
Ta’lim muassasasida fanlar yoki bir-biriga yaqin bo’lgan fanlar turkumlari bo’yicha Metodika birlashmalari faoliyat ko’rsatadi. Metodika birlashmalarining maqsadi o’qituvchilarning metodik va kasbiy mahoratlarini takomillashtirish, o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berishga qo’yilgan hozirgi zamon talablarining bajarilishini ta’minlash borasida o’zaro yordamni tashkil etish, ijodiy tashabbuslarni uyg’unlashtirish va ta’lim-tarbiya berishning zamonaviy usullarini ishlab chiqishdan iborat.
Metodika birlashmalari o’zida Metodika Kengashining vazifalarini aks ettiradi. SHu bilan birga Metodika birlashmalari quyidagi vazifalarni ham amalga oshiradi:
fanlar bo’yicha taqvimiy mavzuiy rejalarni tasdiqlashga tavsiya etish;
oraliq va yakuniy nazoratlar uchun o’qituvchilar tomonidan tayyorlangan sinov materiallarini tasdiqlash;
ilg’or o’qituvchilarning ish tajribalarini o’rganishni tashkil qilish va ommalashtirish;
tegishli yo’nalish yoki fan bo’yicha ta’lim muassasasida metodik ta’minotga bo’lgan ehtiyojni aniqlash;
darslarni o’zaro kuzatishlarni tashkil qilish, natijalarni tahlil etish va mutaxassislarga amaliy yordam berish;
ta’lim metodlarini o’rganish maqsadida ochiq darslarni tashkil etish, ilg’or pedagogik tajribalarga doir takliflarni o’rganish, umumlashtirish va ommalashtirish;
yosh mutaxassislarga metodik yordam berish;
ko’rgazma va ko’rsatmali vositalardan foydalanish bo’yicha metodik tavsiyalarni berish;
fan xonalarining me’yoriy hujjatlar talablari asosida jihozlanishini tashkil etish.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida Metodika birlashmalari boshlang’ich ta’lim yo’nalishi bo’yicha bitta, V-XI sinflarda esa o’quv rejasidagi alohida fanlar bo’yicha tashkil etiladi. Agar u yoki bu fan bo’yicha o’qituvchilar soni uch nafardan kam bo’lsa, u holda fan o’qituvchilari shu turkumdagi fan o’qituvchilari bilan birgalikda bitta Metodika birlashmasiga birlashadilar, Akademik litseylarda ham Metodika birlashmalari xuddi shu tarzda tashkil qilinadi. Kasb-hunar kollejlarida esa kafedralarda o’qitiladigan fanlar bo’yicha Metodika birlashmalari tuziladi.
Metodika birlashmasiga ta’lim muassasasi Aedagogika Kengashi qaroriga asosan ijodkor va tajribali o’qituvchilardan ta’lim muassasasi direktorining buyrug’i bilan rahbar tayinlanadi. Metodika birlashmalarining faoliyati quyidagi hujjatlar asosida tartibga solinadi (348-betga qarang).
Pedagog kadrlar malakasini oshirish. Fan-texnika taraqqiy etib, ijtimoiy munosabatlar mazmuni axborotlarga tobora boyib borayotgan, fan olamidagi yangiliklar, psixologiya-pedagogika fani rivoj topayotgan bir davrda o’qituvchilarning o’z ustida mustaqil ravishda ishlashlari, malakalarini oshirib borishlari, mustaqil izlanish ko’nikmasiga ega bo’lish va ijodkor
bo’lishlarini talab qiladi.
O’zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da belgilab qo’yilganidek, har jihatdan barkamol, mustaqil fikrlovchi yoshlarni tarbiyalash uchun bugungi kun o’qituvchisi siyosiy, ilmiy-metodik va umumpedagogik saviya, o’z ishig ijodiy yondashish, o’z burchiga nisbatan fidoiy bo’lishga bog’liqdir. Bu dolzarb masalani samarali hal qilish ko’p jihatdan ta’lim muassasasi rahbari, ularning ta’lim-tarbiyani boshqarish layoqatlari hamda pedagog kadrlar malakasini oshirishni tashkil etish va nazorat qilishga bog’liqdir.
Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishdan maqsad o’qituvchilarning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirish, ularning kasbiy bilimlarini takomillashtirish, natijada esa o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berish sifatini keskin oshirishdan iboratdir. Ta’lim-tarbiya ishlarining murakkablashib borishi o’qituvchi oldida turgan vazifalarni kengaytirmoqda. SHunga ko’ra, pedagoglarning malakasini oshirish tizimida ularni ijodiy izlanishga odatlantirish, ijodkorlikdagi faolligini rag’batlantirish maqsadiga muvofiq ish olib borish muhim ahamiyatga egadir. SHu maqsadda pedagogik kadrlar malakasini oshirishning bir qancha shakllari ishlab chiqilgan. Bu shakllardan nafaqat maktab pedagoglarining malakasini oshirishdagina emas o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarining rahbarlari ham xabardor bo’lishlari va ulardan muvaffaqiyatli foydalana olishlari lozim. Pedagoglarning malakasini oshirish shakllariga quyidagi ikki guruhga bo’linadi:
Pedagog kadrlarni attestatsiyadan o’tkazish. Pedagog kadrlar attestatsiyasi ularning kasbiy mahoratlarining o’sishini rag’batlantirish, ta’lim-tarbiyada ilg’or pedagogik texnologiyalarni yaratish va ularni qo’llash, ma’naviy-ma’rifiy yo’nalishlardagi natijalarni xolis baholash, egallab turgan yoki da’vogarlik qilinayotgan toifa va lavozimlarga munosiblikni aniqlash, ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayoni sifatini oshirish maqsadida o’tkaziladi.
Pedagog kadrlar attestatsiyasi 5 yilda bir marta O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test Markazi tarkibidagi «Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta’lim muassasalari attestatsiyasi boshqarmasi hamda Xalq ta’limi Vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan jadvallar asosida tashkil etiladi. Xalq ta’limi tizimi pedagog kadrlar tarkibiga professor-o’qituvchi, o’qituvchi, metodist, tarbiyachi, psixolog, defektolog, logoped, sport instruktori, musiqa va to’garak rahbarlari kiradi.
Pedagog kadrlar attestatsiyasini tashkil etish jarayonida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
pedagog kadrlar o’z mutaxassisligi hamda me’yoriy-huquqiy va ma’naviy-ma’rifiy yo’nalishlar bo’yicha test sinovidan, suhbatdan o’tkaziladilar;
pedagog o’qitayotgan fan bo’yicha o’quvchilarning bilim va o’zlashtirish darajasi o’rganiladi;
o’quvchilar o’rtasida sotsiologik so’rovlar o’tkaziladi.
Pedagogning umumiy bali test, suhbat natijalari, o’quvchilarning bilim darajasi, ilmiy, o’quv-metodik ishlari va ixtirolari, ijodiy ishlari, ish staji, pedagogning komissiya tomonidan o’rganilgan kasbiy mahorati va rahbariyat tomonidan berilgan baholar yiqindisidan iborat bo’ladi.
Maxsus maktablar, maktabgacha va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari, madaniyat, sport, san’at sohalari pedagog kadrlari, muhandis-pedagog kadrlar va ishlab chiqarish ustalari o’z mutaxassisliklari bo’yicha suhbatdan o’tkaziladilar.
Pedagog kadrlar uchun me’yoriy-huquqiy va ma’naviy-ma’rifiy yo’nalishlar bo’yicha test savollari to’plami O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi», Davlat ta’lim standartlari, milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari, yangi pedagogik texnologiyalarga oid masalalardan iborat bo’ladi.
Komissiya attestatsiya natijalariga ko’ra pedagogning ushbu jarayondagi faoliyati «Attestatsiyadan o’tdi», «Attestatsiyadan shartli o’tdi» va «Attestatsiyadan o’tmadi» tarzida baholanadi.
Mutaxassis toifaga ega pedagog «Attestatsiyadan o’tmadi» deb e’tirof etilganda, shuningdek, tayanch ma’lumoti dars berayotgan faniga mos kelmaydigan pedagog kadrlar qayta tayyorlash kurslaridan o’tmagan bo’lsa, tegishli ta’lim muassasasi rahbari pedagogga o’z mutaxassisligiga ko’ra attestatsiyadan o’tishni hamda qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kursida malaka oshirishni taklif qiladi. Mazkur takliflarga rozi bo’lmagan o’qituvchilarning mehnat shartnomasi (amaldagi qonunchilik asosida) bekor qilinadi.
«Attestatsiyadan o’tmadi» deb topilgan pedagoglar hamda qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kursiga yuborilgan pedagoglar bir yildan so’ng qayta attestatsiyadan o’tkaziladilar.
Maktab direktorining vazifalari.Pedagog kadrlar malakasini oshirish. Malaka oshirish shakllari.Pedagog kadrlar attestatsiyasi. Maktabda ichki nazorat va pedagogik faoliyatni tashkil qilish.Sinf rahbari ishining maqsad va vazifalari.

Yüklə 311 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə