Maktab-pedagogik tizim sifatida


Ma'naviyat ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari va o`quvchilarning o`z-o`zini boshqarish ish metodikasi



Yüklə 311 Kb.
səhifə21/24
tarix27.05.2023
ölçüsü311 Kb.
#113574
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Maktab-pedagogik tizim sifatida

Ma'naviyat ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari va o`quvchilarning o`z-o`zini boshqarish ish metodikasi.Ma'naviyat ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari o`z faoliyatini o`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Ta'lim to`g'risida"gi Qonun, Prezident farmonlari, hukumat qarorlari, Xalq taTimi vazirligi va boshqa yuqori tashkilotlarning qaror, buyruq va me'yoriy hujjatlari talablari asosida ish olib boradi.
Umumiy o`rta ta’lim muassasalarida ma'naviyat ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari ota-onalar hamda keng jamoatchilik bilan hamkorlikda o`quvchi-yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ularni ona Vataniga, xalqiga va uning bugungi bunyodkorlik ishiga ehtirom bilan qarash ruhida tarbiyalashga rahbarlik qiladi.
Ma'naviyat ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari lavozimiga kamida 5 yil pedagogik ish stajiga ega bo`lgan qobiliyatli, mahalia, ota-onalar va keng jamoatchilik o`rtasida humiat-eTiborga loyiq bo`lganlar tuman (shahar) Xalq taTimi bo`limi tomonidan tayinlanadi va bo`shatiladi.
Jamiyatda yuksak ma'naviy fazilatlami kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, yoshlami boy tarixiy va madaniy merosimiz, milliy an'analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga
hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol o`oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, keng fikrli, sogiom, jismoniy, aqliy va ma'naviy jihatdan barkamol, iqtisodiy islohotlarning mohiyatini tushu-nadigan hamda ularni yangi ijtimoiy munosabatlar orqali hayotga tatbiq eta oladigan, milliy o`oya va istiqlol mafkurasi mustahkam boigan shaxslarni shakllantirish direktor o`rinbosari faoliyati maqsadining asosini tashkil etadi.
o`quvchi-yoshlar dunyoqarashini shakllantirishda milhy va umuminsoniy qadriyatlar, xalqimizning boy tarixiy, madaniy va ma'naviy merosi asosida, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, inson-parvarlik, iymon-e'tiqod, mehr-shafqatlilik kabi insoniy fazilatlar misolida har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalaydi.
Direktor o`rinbosari tarbiyaviy ishlarini rejalashtirishda sinf rahbarlarining qiziqishlari, topshiriqlami qay darajada bajara olishlarini hisobga oladi.
o`quvchilarning o`z-o`zini idora qilish organlari faoliyatida qatnashuvi ularning ijtimoiy faollik sifatlarini shakllantirishning ta'sirchan vositasidir. Bu bolalar va o`smirlarning fuqarolik, demokratiya borasidagi tushunchalarini kengaytiradi.
o`z-o`zini idora qilish - tashabbuskorlik va mustaqillik maktabidir. o`quvchilarning o`z-o`zini boshqaruvi o`quvchilar tomonidan fan va masho`ulotlarning toiiq o`zlashtirilishiga, biror kasb o`rganishiga, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalanishiga, Vatan himoyachisi boiishiga, maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarda, davlat, jamoat mulkini ko`z qorachio`iday asrashga, tabiatni muhofaza etishga ko`maklashadi.
o`z-o`zini boshqarish o`quvchilarni mustaqil hayotga, turmush va jamiyatga mos qilib tarbiyalashda, taiim muassasasida ma'naviy muhitni saqlashda, ma'muriyatga qo`shimcha taiim olish uchun o`quvchilar talabnomasini shakllantirishda ko`mak-lashadi.
o`quvchilar o`z-o`zini boshqaruvi a'zolari maktab va maktabdan tashqari taiim muassasalarida o`tkazilayotgan barcha tadbirlarda, tanlovlarda, xonalarni jihozlashda faol ishtirok etadilar.
Mazkur boshqaruv tashkilotchilik ishi ko`nikmalarini tarbiyalaydi, umumiy o`oyalari bilan ahil, jipslashgan o`quvchilar jamoasini tuzadi. o`quvchilar o`z-o`zini idora qilish tizimi maktab o`quvchilari (jamoasi) tomonidan o`zining faoliyatida demokratik faoliyat tarzlarini chuqur o`zlashtirish uchun qulay sharoitlar yaratadi. Bu to`o`ri taqsimlash, ijro ustidan hisobot va nazoratni yo`lga qo`yish, harakatlar, tashabbuskorlikning uyo`unligini ta'minlash, musobaqalar uyushtirish, o`z zimmasiga mas'uliyat olish kabi ko`nikmalardan iborat. Tarbiyalanuvchilar davrimiz kishisi uchun zarur bo`lgan qator axloqiy sifatlarni, chunonchi, jamoat ishiga va unga qo`shadigan ulushi uchun shaxsiy mas'uliyat, jamoa manfaatlariga sodiqlik, o`zaro munosabatlarda qafiylik, talabchanlik, jamoat tashabbusini qo`llab-quvvatlash kabi sifatlarai egallaydi.
Maktabda o`quvchilarning mustaqil faoliyati, barcha pedagogik jamoa bu ishga ma'naviy tayyor bo`lsagina, o`qituvchilar va o`quvchilar o`rtasida o`zaro chuqur hurmat, xayrixohlik, ishonch bo`lgan sharoitdagina tashkil etilishi mumkin. Hech qanday soxtalik va sun'iylik bo`lmasligi kerak. Barcha o`z-o`zini idora qilish tashkilotlari o`z faoliyati yuzasidan vaqti-vaqtida hisobot berib turishi, so`z va ish birligi saqlanishi, har kim huquqlari va vazifalarini bajarishda ijtimoiy rao`batlantirilishi e'tiborda bo`lishi kerak. Bunda, albatta, bolalarning Respublika bolalar va o`smirlar uyushmalari bilan hamkorligi katta ahamiyatga egadir.

Yüklə 311 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə