Maktabda boshlang’ich sinf o’quvchilarni tejamkorlik ruhida tarbiyalash har bir darsning nazariy asosi hisoblanadi



Yüklə 48,18 Kb.
səhifə2/6
tarix03.02.2023
ölçüsü48,18 Kb.
#100057
1   2   3   4   5   6
Tarbiya oz lek 3

1-soatlik dars ishlanmasi.

2-sinf “O’qish”

Mavzu: Tejamkor bo’ling.

Talimiy maqsad: O’quvchilarda o’qish ko’nikmalarni shakillantirish to’g’ri, xatosiz, ifodali, mazmunli o’qishga o’rgatish. Tejamkorlik haqida ma`lumot berish.

Tarbiyaviy maqsad: Bolada tejakorlikka rioya qilish axloqiy sifatni shakillantiri, isrofgarchilik yomon illat ekanligni uqtirish, miliy ma`naviyatni o’stirish, milliy merosni qadrlashga o’rgatish.

Rivojlanturuchi maqsad: Erkin fikirlashga o’rgati, dunyoqarashni oshirish.

Dars turi: Noananviy

Dars ulubi: og’zaki, savol-javob, hikoya, klaster (tarmoqqa ajratish).

Dars jihozi: Darslik, tejamkor bola ta`sviri, allomalarning sur`ati, xadislar, xalq og’zaki ijodi.

Darsning borishi.

1.Tashkiliy qisim.

A) Salomlashish

B) davomatni aniqlash

V) Kun, sana, fasl haqida suhbat.

G) O’quvchilarni darsga tayyorlash.

2.Uyga vazifani so’rash.

Mavzu: Topishmaqlar va maqollar

1-ish: O’quvchilardan uyga vazifa so’raladi.

2-ish: Bolalardan topishmoq va maqollarni so’rab mazmunini va javobini aniqlash.

3-ish: Uyda o’rganilib kelgan yaangi topishmoq va maqollarni so’rash.

3.YAangi mavzu bayoni

O’qituvchi: Bolalar bugungi o’tadigan yaangi mavzuymiz “Tejmli bo’ling” deb nomlanadi. Qani bolalar, tejamlilik, tejamkorlik deganda nimani tushunasiz ? ( O’qituvchi shu savolni berib, doskada tarmoqqa ajratuvchi doira chizadi va o’quvchilarning to’g’ri javobini chiziqchalar orqali yozib chiqadi)

vaqt qadriga etish

k itobni asrash

da ftar yirtmaslik




r uchkani sindirmaslik noni uvol qilmasli


suvni tejash

yuqorida ko’rsatilgan tejamkorlikning tarmoqlari o’qituvchi tomongidan umumlashtiriladi.

O’qituvchi: - Bolalar, demak, tejamkorlik biz foydalanadigan har bir narsani qadriga etish, asrab-avaylash, sindirmaslik, keraksiz vaqtda foydalanmaslikdir. Xalqimizda “Tejogg’li ish bejog’li” maqollari mavjudki, bu maqollarda ham tejamkorlik yaaxshi xislat ekanligi, isrofgarchilikka yo’l qo’ymaslik kerakligi bizlarga uqtiriladi.( shundan keyin o’qituvchi darsliklardagi matini ifodali o’qib beradi

Tejamli bo’ling”

Bolalar. Siz uy ishlarida ota-onangiz va kattalarga yordam berasizmi? Qanday ishlarni bajarasiz? Bunday savollarga javob berish uchun avvalo uy ishlarini sifatli bajarish, tejamli bo’lishni bilish kerak.

Bilasizmi, sabzovatlarni archish ham ancha murakkab ish, ularni yupqa qilib archishni qunt bilan o’rganish zarur. Suvni bekorga sarf etish mumkin emas. Bir tomchi suv qurib qolayotgan 10- tup ko’katni asraydi.YOki har safar elektr chiroqlarni vaqtida o’chirib-yoqishni odat qilgan bola bir kunda ancha elektir nurini tejagan bo’ladi.Tejamkorlik- yaaxshi odat ( o’qituvchi bolalarga ematsional ta`sirni bilish uchun savolar beradi)

bolalar matin sizga yoqdimi?

Qaysi tomonlari yoqdi?

Biz qanday bo’lishmiz kerak ekan ?

Tejamkor bo’lshimiz shartmikan

Bolalar savollarga javob berishadi va matini og’zaki hikoya qilishadi.

Lug’at ishi.

Tejam-


Tejamkorlik-

YAngi mavzuni mustaxkamlash.

O’qituvchi – bolalar, tejamkorlik haqida xadis, maqollar allomalarmizning fikiridan namuna keltira olasizmi ?

Bola: Boylik ushog’dan yig’ilar?

Bola: “Qo’ling moy bo’lsa ham boshingga surt; deydi bir donishmand.

Bola: Nimani xor qilsang,

O’shanga zor bo’lasan.

4-Bola : Bobomiz ibn Sino shunday degan: Oziq-ovqatlar uchun etarli maxsulotlarni oldindan tejamkorlik bilan sarf qil.Extiyojga yaaroqli narsalarga tejamkorlik bilan munosabatda bo’l.

SHundan keyin o’qituvchi quyidagi rivoyatni keltirib, so’zlab beradi.

Rivoyat qilishlaricha, bir badavlat savdogar bor ekan, uning bolalarni katta bolganlarida xech qanday ish bilan mashg’ul bo’lishni istamabdilar.

Ota ularni yig’ib debdi: O’g’illarim ! odam bu dunyoda uch narsaga intiladi, biri yaxshi yashamoq, ikkinchisi- odamlar orasida yuksak mavqeyga ega bo’lmoq, uchunchisi- oxirat savobini topmoq uchun savobli ishlar qilmoqdalar.Bu uch narsaga to’rt vosita orqali erishish mumkin: Halol mehnat bilan davlat topmoq, qo’lga kiritilgan davlatni sarflay bilmoq, isrofga yo’l quymasdan davlatni o’z, oilasi va aka-ukalari uchun xarjlamoq; o’zini ziyonli ishlardan tejamoq.

Bu to’rt shartdan bittasini ham bajarmagan odam o’z orzusiga etaolmaydi. Agar odamning davlati bo’lsa-yu, lekin uni rasamad bilan xayirlamas, sal o’tmapsdan bu davlat yo’q bo’lib ketadi. SHuning uchun debdilarkim:

“Toma-toma ko’l bo’lur, tomay qolsa cho’l bo’lur”. Odam davlat yig’ib, uni xayrli va foydali ishlarga xayrijlasa,unday odamni badavlat emas, yo’qsil hisoblash kerak.Bunday odamning davlat sarf bo’lib ketadi.

Nihoyat, otaning nasihati o’g’illariga ta`sir qilib, ularning har qaysisi bir kasb-xunar bilan mashg’ul bo’la boshladi.

SHundan keyin o’qituvchi rivoyat yuzasidan savol-javob o’tkazdi.

Mavzuni umumlashtirish:

Mavzuni umumlashtirish maqsadida o’quvchilarga quyidagi savollar beriladi.

Bolalar bugungi o’qish darsida nimalarni o’rgandingiz ?

Qanday mavzu yuzasidan suhbatlashdik ?

Bugun o’qish darsi sizga yoqdimmi va nima uchun?

Uyga vazifa.

Matini o’qib,savollarga javob topib kelish. O’quvchilar rag’batlantirish.

soatlik dars ishlanma. 3-sinf “Odobnoma”

Mavzu: Nonni isrof qilmaslik odobdandir.

Ta`limiy maqsad: Nonni qanday tayyorlash mumkinligi to’g’risida o’quvchilarga ma`lumot berish, isrofgarchilik yomon illat ekanligni bolalarga uqtirish.

Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga noni asrash, uvol qilmaslik odobi bolaning ishi ekanlingi uqtirish har bir narsadan tejab- tergab foydalanishga chaqiriuvchi, tejamkorlik tarbiyasini singdirish.

Rivojlantiruvchi maqsad:Dunyoqarashni o’stirish erkin fikirlashga o’rgatish.

Dars uslubi: savol-javo, taqqoslash kuzati, hikoya qili, og’zaki.

Dars jihozi: Darslik, xadis namunalar, maqollarning ko’rgazmada yozilgani, har xil non rasimla, haqiqiy non, bug’doyzor ta`sviri nonvoyxona ta`sviri.

O’quvchilardan uyga vazifa so’raladi. So’ngra yangi mavzu o’tiladi.

YAngi mavzu bayoni.

O’qituvchi: Bolalar bugungi o’tiladigan yaangi mavzumiz “Noni isrof qilmaslik odobdandir” deb nomlanadi. (nonni rasmini va o’rnini ko’rsatadi) Qani bolalar non haqida nimalarni bilasiz? Non nima ? U nimadan tayyorlanadi ?

1-bola: Non rizqi-ruzmiz, biz uni eymiz.

2- bola: Non bug’doydan qilingan undan tayyorlanadi.

O’qituvchi: -Bolalar, bug’doyni qanday olamiz?

3-bola: - Bug’doyni bobo dehqonlar dalalarda etishtiradilar.

O’qituvchi: bug’doy o’zi qaysi fasilda ekiladi ?

4-bola: Bug’doy kuzda ekiladi va yozda konbayinlar bilan o’rib olinadi.

O’qituvchi: Bug’doy qanday qilib un bo’lib qoladi ?

O’qituvchi: - Bug’doy tegirmonda etishilib un holiga keltiriladi va nonvoylar yoqimli shirmoy nonlarni pishiradilar.





Yüklə 48,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə