Maktabda boshlang’ich sinf o’quvchilarni tejamkorlik ruhida tarbiyalash har bir darsning nazariy asosi hisoblanadi



Yüklə 48,18 Kb.
səhifə5/6
tarix03.02.2023
ölçüsü48,18 Kb.
#100057
1   2   3   4   5   6
Tarbiya oz lek 3

Umumiy xulosa.

Iqtisodiy tarbiyaning yuksak darajasi asosida milliy g’oya va milliy g’urur turadi. O’quvchi shaxs va fuqoro sifatida o’z allomalarining iqtisodiy tarbiyao’rgatishto’g’risidagi qarashlari, hamda millati tarixini mukammal bilmog’i lozim. Ana shunda dini, urf-odatlari, ma`naviy hamda moddiy qadriyatlarni qadrlaydi, undan doimo faxrlanadi. Faxrlanish tuyg’usi sog’lom fikr ruhida o’z shogirdlariga o’tadi. Fikrlarni g’oya darajasiga ko’tarish uchun uning ta`sirchanligi, salmog’i va samaradorligiga erishish lozim. O’quvchi iqtisodiy tarbiyao’rgatishsub`ekti ham hisoblanadi-ki, bu jarayon tadqiqot ishida o’zining ilmiy-nazariy echimini topdi.

O’z Mamlakatinig iqtisodiy salohiyatini bilish va anglash, milliy g’oyaning aniq shart-sharoitida o’quvchining iqtisodiy tarbiya o’rgatish maqsadlari sari intilishida namoyon bo’ladi. O’quvchi yoshlarning orzusi biror g’oyaga asoslansagina hayotiy va umrboqiy bo’lishi mumkin. SHuning uchun Bosh g’oyamiz-O’zbekiston – kelajagi buyuk davlat bo’lish orzusi, har bir shaxs manfaatiga, iqtisodiy tarbiyao’rgatishfaoliyat mezoniga aylanib bormog’i lozim. Iqtisodiy tarbiya o’rgatish muayyan ijtimoiy-pedagogik shart-sharoitda shakllanib, o’quvchining ma`naviy salohiyati, umuminsoniy tarbiyai, tafakkur darajasi, tabiat va jamiyat qonunlarini qay darajada tahlil eta olish qobiliyati bilan belgilanadi. Bu ko’rsatkichlarning naqadar yorqin yoki sust namoyon bo’lishi mumkinligi izlanishlar jarayonida tadqiq etildi.

Iqtisodiy tarbiya o’rgatish zamirida axloqiy poklik, mehnat va mehnatkash insonga halol munosabat, madaniy saviya va iftixor turadi. Iqtisodiy madaniy jihatdan etuk shaxsning tuzilmasini:

Tejamkorlik, ishbilarmonlik,mehnatsevarlik, halollik, samimiylik, milliy g’urur, sodiqlik, kamtarlik, mehribonlik, kasbiy mas`ullik, bilimdonlik, ijodkorlik, tashabbuskorlik va tashkilotchilik tashkil etadi. Tuzilma pirovardida esa shaxsning intilishi, faolligi va kafolatlangan natijaga erishuvi turadi. Iqtsodiy tarbiyani berishning samarali mezonlari iqtisodiy barkamollik,iqtisodiy jihatdan o’z-o’zini tarbiyalash, zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida iqtisodiy tarbiyava ijodkorlikni tarbiyalash ekanligi tadqiq etildi.

O’z kasbidan mag’rur inson mehnatga halol munosabatda bo’ladi. O’z kasbidan qoniqmaydigan yoki norozi bo’lgan inson mehnat faoliyatida turli xil yalqovlik va ko’zbo’yamachiliklarga yo’l qo’yadi. Natijada iqtisodiy tarbiyani berishga xos motivlar inqirozi bekorchilik, ishsizlik va hatto bezorilik kabi turli xil jinoyatlar kelib chiqadi. Bunday inqiroz nosog’lom iqtisodiy faoliyat jarayonida ham paydo bo’ladiki, uning ijobiy echimi rahbar shaxs ma`naviyati va mahorati bilan bog’liq ravishda hal etiladi. Inson tabiiy-ijtimoiy mavjudot sifatida o’zining moddiy ehtiyojlari qatorida ma`naviy ehtiyojlarini ham qondira boradi. Ammo har qanday ehtiyoj negizida iqtisodiy-madaniy ehtiyoj turmog’i lozim.

Bozor munosabatlari o’zining tejamkorlik, halollik, insof, diyonat, vijdon, bilimdonlik va ishbilarmonlik kabi qonunlariga ega. Aynan bu qonunlar iqtisodiy tarbiyaniberish tizimida amal qilinib kelayotgan qonunlar hisoblanadi. SHaxsning yuksak tarbiya darajasida egallagan kasb mahorati madaniy va rivojlangan bozor iqtisodiyoti tizimini yaratadi. Bozor iqtisodiyoti munosabatlari o’quvchining iqtisodiy tarbiyao’rgatishfaoliyati asosida hayotga tadbiq etiladi.

Tadqiqot natijalari va xulosalari asosida quyidagi ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi, ya`ni, o’quvchi shaxsining iqtisodiy tarbiyai negizi va mezonida:




    • yosh avlod qalbiga ona-Vatanga mehr-muhabbat tuyg’usini milliy g’oya va milliy mafkura, davlatimiz ramzlari mohiyati hamda milliy qadriyatlar asosida etkazish;


  • uzluksiz ta`lim jarayonida yoshlarni iqtisodiy muammolarni echimini topishlarida ongli va asosli ravishda yo’naltirishning samarali tizimini yaratish;


  • oila, maktab va mahalla hamkorligida yoshlarni iqtisodiy barkamolligini ta`min etishda bekorchilik, ishsizlik kabi zararli illatlar va yot unsurlardan saqlash;


  • iqtidorli yoshlarni iqtisodiy bilimlar olishiga yo’naltirishda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati bilan izchil hamkorlikni ta`min etishga erishish;


O’quvchi shaxsining iqtisodiy tarbiyani berishga ega bo’lishi uzluksiz pedagogik ta`lim tizimida, ya`ni, umumiy o’rta ta`lim bosqichlarida zamon talablariga javob bera oladigan, malakali va etuk kadrlar bilan ta`min etib borishni kafolatlaydi.





Yüklə 48,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə