Maktabda boshlang’ich sinf o’quvchilarni tejamkorlik ruhida tarbiyalash har bir darsning nazariy asosi hisoblanadi


O’qituvchi: - Juda yaxshi bolalar” deb quyidagi ko’rgazmani doskaga ilib qo’yadi



Yüklə 48,18 Kb.
səhifə3/6
tarix03.02.2023
ölçüsü48,18 Kb.
#100057
1   2   3   4   5   6
Tarbiya oz lek 3

O’qituvchi: - Juda yaxshi bolalar” deb quyidagi ko’rgazmani doskaga ilib qo’yadi.

D ala Tegirmon Tandir


Dehqon hunarmand nonvoy

O’qituvchi: Ana endi matinni o’qiymiz ( O’quvchilar matini o’qiydi.)

O’qituvchi:- juda yaxshi ! Bolalar aytingchi matinimiz nima haqida ekan?

O’quvchilar: Non haqida ekan.

O’qituvchi: YAna nima haqida ekan ?

O’quvchilar: Noni uvol qilmaslik haqida. Barcha nozu-ne`mat, kiyim kechakni tejab ishlatish haqida.

O’qituvchi: Non so’zi qanday so’z ekan.

O’quvchilar: Non so’zi mo’tabar so’z ekan, u insonlarning yaashashi uchun juda zarur ekan.

O’qituvchi: - Xalqimiz qadimdan noni is`temol qilishda nimalarga odatlangan ekan?

O’quvchilar: - uvol qilmaslikka, tejashga, ko’zga surtib avaylashga.

O’qituvchi: - Juda yaxshi ana endi dam olish uchun hammamiz birgalikda “Non yopmoqda qo’shig’ni” aytamiz.

YAngi mavzuni mustahkamlash.

O’qituvchi non haqida, uni isrof qilmaslik haqida maqol yoki xadislar bilasizmi ?

O’quvchilar: - Non qadrni och bilar,

Kiyim qadrni yolong’och.

Non ham non, ushog’i ham non.

Uyga vazifa berilib, darsni yakunlanadi.

Biz yuqorida bayon qilib o’tgan, dars jarayonida tejamkorlik tarbiyasi uchun kichik bir tushunchasi bo’lib, boshlang’ich sinf o’quvchilarga barcha o’quv fanlari mazmun mohiyatidan kelib chiqib, singdrib borish maqsadga muofiqdir. Maktabdan tashqari tejamkorlik tarbiyasi oilada ham ota-ona tomonidan o’quvchiga tushuntirlib borish zarur, o’quvchi bola ota-onasini qaerda ishlashni, uy ro’zg’or kerakli barcha narsalarning qanday qilib kelib qolganligni bilishi kerak. Dars jaryonida o’quvchilar boshlang’ich tushunchalarni olsalar ular atrof-muhitdan qanday amalda qullanishlarni tushunib oladilar.



O’quvchilarni tejamkorlik ruhida tarbiyalash bo’yicha o’qituvchi va ota-onalar uchun tarbiyaviy tavsiyalar.

Tarbiyani sotsial (ijtimoiy) ma`noda olib qaralganda butun tuzum va atrof muhitning insonga tarbiyaviy ta`siri tushuniladi.

Bolaga iqtisodiy tarbiya o’rgatish oiladan boshlanadi.Bola maktabga borgach bu borada puxta bilimlar oila boshlaydi. Abu Ali Ibn Sino o’z asarlarida shu hususda aloxida to’xtaladi. «Oila a`zolari deb yozadi u, kunlik oziq-ovqatlar uchun etarli mahsulotlarni oldindan iqtisodiy tarbiyabilan sarf qiladi. Har bir kishi bug’doy, guruch, mevalarni saqlash yullarini bilishi kerak. Ehtiyojga yaroqli narsalarga iqtisodiy tarbiyabilan munosabatda bo’lish lozim. Ota-ona uvol qilish gunoxligini farzandiga yoshligidan nasixat yuli bilan o’rgatadi».

Ibn Sino O’quvchilarni hayotga tayerlash uchun ularga hunar o’rgatish kerak deb ko’rsatadi: «Inson hunarni puxta o’rganishi shart. CHunki hunar unga kelajakda ro’zg’or tebratishi uchun asqotadi. Oilada iqtisodiy tarbiyao’rgatishzamirida bolada mehnatsevarlikni shakllantirish yotadi. By shunday olib borilishi kerakki, bola o’z mehnatining natijalarini ko’ra bilsin. SHun- dagina bola o’z imkoniyatidan to’g’ri yoki noto’g’ri foydalanayotganini anglaydi. Hunar egallash yoshlarni mustaqillikka o’rgatadi. Bu jarayonda bola hisob-kitob qilishni ham o’rganadi, ishbilarmonlik va tashabbuskorlik hususiyatlariga ega bo’ladi»

Ota-onalar hovli va xonadonlarni tartibga solish, ovqat pishirish, kir yuvish va kiyim-kechakni yamash, ro’zg’or asboblari va uydagi jihozlarni ta`mirlash sohasida O’quvchilar mehnatini tashkil etadilar. Bunda ota-ona yumushlarni O’quvchilarga ularning jismoniy, aqliy, ruhiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda topshirishlari kerak. Ota-ona ishni topshirish bilan cheklanmay, bola uni qanday bajarayotganini nazorat qilishi, lozim bo’lsa, maslahat, ko’mak berishi, bolani ruhlantirib turishi maqsadga muvofiqdir. Tarbiyaning samaradorligini oshirish ko’p jihatdan oila, maktab, jamoatchilik va mehnat jamoalarinnn bahamjihat kuch-g’ayrat sarflashlariga va o’kuvchilarga nisbatan ko’yiladigan talablari bir xil bo’lishiga bog’liq. Bugun maktab partalarida o’tirgan yoshlar shu asr oxiri va kelgusi asr boshlaridagi ulug’vor vazifalarni hal qiladilar. Bas, shunday ekan, yoshlarda shaxsiy va ijtimoiy turmush masalalarini, shuningdek, Vatan mudofaasi, halqaro munosabatlar va tabiat injiq- liklari bilan bog’liq ravishda tug’iladigan muammolarni to’g’ri hal etishga yaroqli bo’lgan qobiliyatyai, jumladan, tejash va tejamli bo’lish kobiliyatini hozirdan boshlab astoydil shakllantirish va o’stirish g’oyat katta ahamiyatga egadir.

O’zbekiston davlatining moddiy va ma`naviy o’sish borasidagi iqtisodiy qonuniyati bilan o’kuvchilar tabiy fanlar mazmunida tanishadilar. Jamiyatshunoslik darslarida O’quvchilar halq farovonligini yuqori darajaga ko’tarish uchun qanday iqtisodiy vazifalar bajarilishi lozimligini o’rganadilar. Iqtisodiy tarbiyaning qator vazifalari mehnat darslarida amalga oshiriladi. Bu darslar nechog’lik qiziqarli va foydali tashkil etilsa, o’kuvchilar shunchalik iqtisodiy bilim va malaka oladilar. Avvalo, bu darslarning mazmuni to’g’ri belgilanib olinishi zarur. YAna bir muhim qoidani nazarda tutish kerak. Mehnat darslari O’quvchilar uchun iqtisodiy bilimlar bilan tevarak-atrofdagi hayotni o’ziga xos tarzda bog’lovchi omil bo’lishi lozim. Masalan, o’kuvchilar duradgorchilik mashg’ulotida kerakli asboblar yordamida aniq reja belgilab yog’ochlarni,arralaydilar va hisobli o’lchamlar asosida buyum yasaydilar. Har bir jamiyatda har bir oilaning o’z xo’jaligi bo’ladi. Bu xo’jalik daromadi kishilarni ekspluatatsiya qilish va oila a`zolarining qandaydir foyda olib turishlari orqasidan emas, balki ish haqining oshuvi va oila harajatlaridan orttirib qolish tufayli o’sadi va kengayadi. Oilada O’quvchilar ehtiyotkorlik va tejamkorlikka qanchalik yaxshi o’rgatilsa, butun jamiyatga ham, o’ziga ham shuncha ko’p foyda keltiriladi. Har bir bola oila a`zosi. SHu ma`noda u ma`lum darajada oila xo’jaligining ham ishtirokchisidir. Binobarin, biz O’quvchilarimizni faqat oila xo’jaliginigina emas, balki jamiyat xo’jaligini tejab-tergab yuritadigan sadoqatli inson qilib tarbiya qilmog’imiz lozim. Barcha ota-onalar bunday tarbiya maqsadlari to’g’risida o’zlarida ravshan tushuncha hosil qilib, shu asosida ish tutishlari zarur.Oila tarbiya sohasida to’g’ri rahbarlik qilish yordami bilan O’quvchilarda sofdillik, vijdonlilik, mas`uliyatlilik, ziyraklik, uddaburonlik kabi xislatlar tarbiyalanadi.Birdamlik - oddiy qilib aytganda, kishining jamiyat bilan birdamligidir. Birdamlilikning aksi individualizm bo’lib, u ba`zi oilalarda ota-onalarning hamkorlik tarbiyasiga yaxshi e`tibor bermasliklari natijasida kelib chiqadi. Masalan, ba`zi oilalarda bitta yoki ikkita bola bo’ladi. Ota yoki ona ular nima xohlasa shuni darhol bajo keltiradi. O’quvchilar o’sib ulg’aygan sari o’qishga qiziqishi kamayadi. Bola asta-sekin o’zini jamiyatdan ortiq tutib, mening istagim ota-onam uchun qonun, deb o’ylashga odatlanadi. Bundan ko’proq va hammadan oldin ota-onalarning o’zlari zahmat chekadilar. Bolani jamoatchi qilib voyaga etkazish to’g’ri tarbiya bo’la oladi. Ota-onalar o’z farzandlarini birdamlik ruhida va tejamkor qilib tarbiyalash uchun bizningcha, quyidagilarga amal qilishlari lozim:




        • Bola ota-onasining qaerda ishlashini va jamiyat uchun qanday foyda keltirayotganini bilishi lozim.


        • Bolani oila byudjeti bilan mumkin qadar ertaroq tanishtirib borish lozim. U otasi yoki onasining qancha maosh olishini bilishi kerak. Uni oilaning moliyaviy holatini muhokama qilishga asta-sekin tortish zarur. Bola ota-onasining nimaga muhtoj ekanligidan xabardor bo’lishi kerak.


        • Agar oilaning moddiy sharoiti yaxshi bo’lsa, bolani bu bilan g’ururlanishiga va maqtanishiga odatlantirmaslik kerak. SHuningdek, ota-ona O’quvchilar oldida: ro’zg’orga u narsa, bu narsa kerak, deb nolimasliklari zarur.


        • O’quvchilarda halollik, rostgo’ylik va sofdillik ruhini kamol toptirish zarur. Atoqli rus pedagogi A.S.Makarenko shunday degan edi: "Agar siz bolaga biror narsa sotib olishni topshirgan bo’lsangiz, sotib olib kelgan narsani va ortib qolgan pulni, albatta, tekshiring. Sofdillik bolada to qat`iy odat bo’lib qolmaguncha shunday qiling. Bunday tekshirishlarni juda nazokat bilan qilmoqhasi bor, shekilli, deb o’ylamaydigan bo’lishi lozim”. kerak. Bola sizni sendan biror shub


        • Tejab-tergab ish ko’rish odatlarini bolada mumkin qadar ertaroqq kerak. Bola yoshligidan idish-tovoqni sindirmay tuta bilishga odatlanishi lozim. tarbiyalamo


  • Ayniqsa, pul sarf-xarji sohasi muhimdir. Bunday harajatlarning ro’yxati bolaning yoshiga yoki oilaning qurbiga qarab turlicha bo’lishi mumkin. Bola katta bo’lgan sari, xarajatlar birmuncha mas`uliyatliroq va murakkabroq bo’la borishi lozim. SHu bilan birga o’g’il va qiz bola topshiriqni qanday bajarayotganini harajat qilish uchun berilgan pulni ko’proq o’z huzur-halovati uchun sarf qilayotibdimi yoki yo’qmi, ana shularni kuzatib bormoq kerak.


Oilada tejamkorlik va ehtiyotkorlikda to’g’ri yo’l tutish uchun esa ota-onalarning o’zlari O’quvchilariga o’rnak bo’lishlari zarur. Binobarin, oilaning tejamkorlik va ehtiyotkorlik faoliyati tarbiya ishida muhim rol o’ynaydi.Iqtisodiy tarbiya o’rgatish uslublari xilma-xildir. Jumladan, suxbat, ma`ruza, amaliy mashg’ulotlar, sanoat shohobchalariga sayoxat o’tkazish, solishtirish, hisob-kitob qilish g’oyatda ta`sirchan uslublar hisoblanadi. O’kuvchilarda nqtisod borasida ijodiy fikr yuritishni shakllantirishda darslarda va darsdan tashqari mashg’ulotlardan unumli foydalanish lozim. O’quvchilarni qay darajada iqtioodiy tarbiya topganliklari o’qituvchilar tomonidan ko’zatib borilishi kerak. O’quvchi yoshlarda iqtsodiy tarbiyani berishda o’zaro yordam, hamkorlik va ijodiy muhitni yaratishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o’rni beqiyos hisoblanadi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta`lim va tarbiya jarayonini har tomonlama mukammal loyihalashtirish, aniq maqsadlar qo’yish va ularga kafolatlangan holda erishish, rejalashtirilgan natijalarni amalga oshirish imkonini beruvchi uzviy bog’langan komponentlar yig’indisi deb hisoblandi. Ushbu qoidadan kelib chiqqan holda har bir ta`limiy-tarbiyaviy jarayon keng qamrovli loyiha ishlab chiqish bilan bir qatorda, o’quv-metodik majmua tayyorlash yo’lga qo’yildi. Majmuaning tarkibiga loyihaga qo’shimcha mavzuga daxldor bo’lgan barcha axborotlar, tarqatma materiallar, ma`lumotnomalar, manbalar, ulardan foydalanish metodikasi kiritildi.

Bizning kuzatuvimiz shuni ko’rsatdiki YAkkasaroy tumanidagi 26-maktabda o’quvchilar dars jarayonida va tarbiyaviy soat jarayonida kichik guruhlarda, yakka tartibda, mustaqil va guruh holida tarbiyaviy ish mavzusi o’rganiladi. O’qituvchi hamkorligida o’zlashtirish darajalari aniqlanadi. Har bir o’quvchi o’z qiziqishi, qobiliyati va imkoniyatiga mos o’zlashtirishga erishishi bilan bir qatorda olgan iqtisodiy tarbiya, iqtisodiy bilim va ko’nikmalarlarini amalda tatbiq etib boradi.

Ta`lim va tarbiya jarayonida non`anaviy shakllari, interfaol metodlaridan unumli foydalaniladi. Bu o’z navbatida o’quvchi yoshlarni iqtisodiy tarbiyani berishga ijobiy ta`sir ko’rsatadi.

Bu yo’nalishda har tarbiyaviy soat darsi, jumladan iqtisodiy tarbiya o’rgatish yo’nalishi bo’yicha ham tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi va maktab o’qituvchilariga tarqatildi.

Yakkasaroy tumanidagi 26-maktab qoshida tashkil etilgan «YOsh iqtisodchi» to’garakgi faoliyati ham shu asosda tashkil etilgan. To’garak mashg’ulotlari noan`anaviy yo’sinda: bahs-munozara, didaktik va rolli o’yinlar hamda noa`naviy tarbiya darslari ko’rinishida amalga oshiriladi. Bunda o’quvchida iqtisodiy tarbiyao’rgatishqobiliyatini namoyon eta olishi uchun to’liq shart-sharoit hamda erkinlik yaratib berilgan.




Yüklə 48,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə