Maktabgacha pedagogika


SEMINAR, SEMINAR MASHG‘ULOTLARI



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə212/221
tarix13.12.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#149034
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   221
Nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti-www.hozir.org

SEMINAR, SEMINAR MASHG‘ULOTLARI
Maktabgacha ta’lim xodimlarining ishlash malakala- rini oshirish shakllaridan biri bu seminarlardir.
Seminarlarda maktabgacha ta’lim muassasalari fao- liyatiga doir eng dolzarb masalalar muhokama etilib, chora-tadbirlari belgilab olinadi. Seminar mavzulari viloyat, shahar, tuman Xalqta’limi boshqarmalari (bo‘lim- lari) tomonidan belgilanadi.
Seminar uchun mavzu tanlashda uning maqsadi, vazi- falari, mavzular tematikasi aniqdanadi va bibliogra- fiya tuziladi.
Ma’ruza mavzulari seminar qatnashchilariga taqsim- lab beriladi, har bir ma’ruzachi belgilangan mavzusi bo‘yicha o‘z tajribalaridan namunalar keltirib, ilmiy ji- hatdan asoslab berishga harakat qilishi zarur.
Mudiralar uchun seminar mavzusini quyidagicha tan- lash mumkin:
mudiraning uslubiy-tarbiyaviy ishlarga rahbarligi;
o‘yin faoliyatiga rahbarligi.
Musiqa rahbarlariga maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuv- chilarni qo‘shiq san’atiga qiziqtirish, yoshiga mos qo‘shiq- larni kuylashga o‘rgatish kabi mavzularda seminarlar tash- kil etilishi mumkin.Seminarlarning asosiy maqsadi — alohida metodika bo‘yicha tarbiyachilarning bilimlarini chuqurlashtirish va tarbiya bo‘yicha dolzarb masalalarni muhokama etib, ular- ning hal qilish usul va uslublarini belgilashdir.
Seminar o‘quv mashg‘ulotlar rejasi bir yilga mo‘ljal- langan bo‘lib, viloyat va respublika miqyosida 5—12 kunga ishdan ajralgan, shahar va tuman seminarlari esa har oyda 1-2 marta ishdan ajralmagan holda tashkil etiladi.
Seminarlar mavzulari rejasi va dasturi maktabgacha ta’lim muassasalarida ish sifatini yaxshilash maqsadi- da tegishli ilmiy tekshirish institutlari tomonidan ish- lab chiqiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasida seminar mashgulot- lari mavzulari mudira, katta tarbiyachi va tarbiyachilar bilan birgalikda tanlanadi va Pedagogik kengashda tas- diqlanadi hamda muassasaning yillik rejasiga kiritila- di. SHu asosda barcha uslubchi-tarbiyachilarning faol ish- tirokida seminar mashg‘ulotlarining aniq rejasi ishlab chiqiladi. ^
Seminar mashg‘ulotlari muassasa faoliyatiga taalluqli dolzarb masalalar muhokamasiga bag‘ishlanishi, rejada bir xil mavzularning ko‘tarilishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Aks holda, bu seminar qatnashchilarining qiziqishi va faol- ligining pasayishiga olib kelishi mumkin. Bundan tash- qari, mashg‘ulot sof nazariy tus olmasligi, muhokama eti- layotgan mavzu (masala) amaliyot bilan uzviy bog‘liq holda bayon etilishi kerak.
Seminar mavzulari taxminan quyidagicha bo‘lishi mumkin:
yasli va bog‘cha yoshdagi bolalar psixofiziologik xu- susiyatlari (seminarni pediatr shifokor yoki psixolog olib boradi);
turli faoliyat turlarida bolalarga individual yonda- pgish usullari;
maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni vatanparvar- lik va baynalmilalchilik ruhida tarbiyalash omillari;
tarbiyachining bolalar bilan munosabatlarining o‘ziga xos jihatlari va hokazo.


Ma’ruzalar
Maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarining g‘oya- viy-siyosiy, ma’naviy-mafkuraviy, madaniy va ishlash malakalarini o‘stirish uchun ijtimoiy-siyosiy, ta’lim-tarbiya, ma’naviy-ma’rifiy mavzular bo‘yicha o‘jazili- shi mumkin. Bunday tadbirlar maktabgacha ta’lim muas- sasasi xodimlari bilimi va dunyoqarashini kengaytira- di, siyosiy va ma’naviy jihatdan etuk bo‘lishiga xizmat qiladi. Bu maqsadga erishish uchun ma’ruzalar yuksak il- miy-g‘oyaviy saviyada, amaliyot bilan uzviy bog‘liq holda o‘tkazilishi talab etiladi.

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə