Maktabgacha pedagogika


Bola huquqlari haqida Konvensiya –



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə217/221
tarix13.12.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#149034
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   221
Nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti-www.hozir.org

Bola huquqlari haqida Konvensiya – bu butun jahon bolalariga xos bo‘lgan bolalar huquqi haqidagi Birlashgan Millatlar tashkilotining shartnomasidir. U bolalar rivojlanishining turli bosqichlarida bolalar farovonligining mavjud mezonlarini aniqlaydi va bolalar huquqlarini himoya qiladi.

Bilish faoliyati – boladagi individual o‘zgarishlar sur’atini e’tiborga olgan holda tashkil etiladi. Bunda didaktik harakatlarning takrorlanishi va mazmuni jihatidan yakka yutuqqa erishiladi.

Didaktika – pedagogikaning ta’lim va o‘qitish nazariyasini ishlab chiqadigan tarmoqdir. Didaktika ta’lim jarayonining umumiy qonuniyatlarini o‘rganuvchi qismdir. Didaktika yunoncha so‘z bo‘lib, “didasko” – o‘qitish, “Didaskol” – o‘rganuvchi degan so‘zlardan kelib chiqqan. Didaktika pedagogikaning “Nimaga o‘qitish”, “Nimani o‘qitish” va “Qanday o‘qitish” kabi savollarga javob izlaydi.

Diagnostika (tashxislash) – pedagogikaning bo‘limi, ta’lim-tarbiya jarayonlarining maqsadi, mazmuni, usullari, vositalari, natijalarining sifati va samaradorligini, pedagogic hodinlarning kasbiy tayyorgarliklari, bilim, ko‘nikma, malaka va mahoratlarini, o‘quvchi va maktabgacha yoshdagilarning bilimlarni o‘zlashtirishlari va tarbiyalanganlik darajalarini har tomonlama o‘rganish, tahlil qilish asosida xulosalar chiqarish, baholash va takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berish bilan shug‘ullanadi.

Visual ma’ruza (VM) – bu ko‘rgazmali ma’ruzadir. Bunda asosiy o‘qitish metodi ko‘rgazmali namoyish kino, tele va video kadrlar, slaydlar, diskdagi axborotlar o‘qituvchilar tomonidan sharxlanadi.

Bozor iqtisodiyoti – jamiyat taraqqiyotini tezlashtiruvchi iqtisodiy aloqalar majmui. Bozor iqtisodiyotining mohiyati shundan iboratki, u barcha jamiyat a’zolarini ishlab chiqarish va iste’mol orqali doimiy hamda to‘xtovsiz musobaqaning ishtirokchilariga aylantiradi, shu boisdan bozor iqtisodiyoti ishlab chiqarishning kun sayin takomillashuviga, mahsulot sifati yaxshilanib borishiga, miqdorning ko‘payishiga sababchi bo‘ladi.

Bilish – inson tomonidan voqelikni aks ettirish jarayoni. Bilish jarayoni sezgi, idrok, tasavvur, tafakkur kabi psixik protseslarda ifodalanadi.


Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə