Maktabgacha pedagogika



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə218/221
tarix13.12.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#149034
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   221
Nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti-www.hozir.org

Bilish usullari – bilish jarayonining qonun-qoidasi, mezoni, tamoyili, shakli va usullari hamda vositalari, shuningdek bilish jarayoniga qo‘yiladigan talablar tizimlarining majmuasiga bilish usullari deyiladi.

Amaliyot – nazariy bilimlarni bevosita amaliy jarayonga qo‘llash.

Ijtimoiy yo‘nalganlik – ta’limda yangicha yo‘nalganlik bo‘lib, u insonga fuqaro sifatida, ijtimoiy va kasbiy uyushmalar a’zosi sifatida ijtimoiy mehnatga bo‘lgan qobiliyatni, fidoyiligiga, mas’uliyatli va ma’naviyatli bo‘lish sifatiga qo‘yilgan talablar.

Ijtimoiylashtirish – ikki tomon jarayonini baholash uchun qo‘llaniladi. Bir tomondan shaxsni atrof-muhit, davlat, ijtimoiy jamiyat, tabiat va ijtimoiy muhit institutsional tuzilmalari bilan o‘zaro munosabatda shakllanishini belgilaydi. Insonning hayotiy holatlarga, atrofdagi odamlarga ta’sir etish vositasi bilan o‘zini shaxs sifatida tanitish jarayoni.

Ijodiy faoliyat – bu barcha ruhiy va aqliy kuchlarni ishga solib insonning aniq bir maqsadga intiluvchanligi, maxsus hissiyot holati – ilhomlanish, shuningdek ruhiy kechinmasi, muammoni jon-jahti bilan hal etish istaklari majmuasi.

Ijodiy qobiliyatlar – bu yangilik yaratish zarurligi va mumkinligini tushunish, muammoni ifodalay olish, g‘oyani ilgari surish uchun kerak bo‘ladigan bilimlarni ishga solish qobiliyatlari, farazni nazariy va amaliy tasdiqlash, muammoni hal qilishni izlash va toppish, natijada yangi asl mahsulotlar yaratish (… kashfiyot), ixtiro, san’at asari, tavsifnoma va x.k. qobiliyatlaridir.

Ijodiy yondashuv (IY) – bu pedagogikada zamonaviy yo‘nalish bo‘lib, u ta’lim oluvchilarning muammolarini hal qilish qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan faoliyat bo‘lib, mustaqil ravishda qaralayotgan faoliyatning yangi yo‘nalishlarini topishga undash jarayonidir. Bunda o‘quvchi-talabaning faoliyatiga demokratik asosda rahbarlik qiladi va ularning shaxsiy tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlaydi, ular bilan hamkorlikda ishlaydi.


Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə