Maktabgacha pedagogika


Bilish jarayoni va atrof-muhit to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘lish yo‘nalishida



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə22/221
tarix13.12.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#149034
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   221
Nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti-www.hozir.org

Bilish jarayoni va atrof-muhit to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘lish yo‘nalishida rivojlanish jarayoni quyidagi bosqichlar orqali amalga oshiriladi:


  1. Elementar matematik bilim va ko‘nikmalar – bunda bolaning matematik, jumladan son-sanoq malakalarini rivojlantirish orqali matematik bilimlarini orttirish, mantiqiy fikrlash va muammolarni hal qilish qobiliyatlarini, son-sanoq, miqdor, shakl, kattaliklar va o‘lchov birliklaridan foydalanish malakalarini rivojlantirishga erishiladi, bola son-sanoq va hisoblashga oid bilimlarini namoyon qilishi, predmetlarni toifalash, guruhlash va tartib bo‘yicha joylashtirish qobiliyatini namoyon qilishi lozim.


  2. Atrof-muhit to‘g‘risidagi bilimlar - bunda bola kuzatish va amaliyot orqali atrof-muhit to‘g‘risida axborot oladi, jonli va jonsiz tabiatni kuzatishi va ta’riflay olishi, inson tana a’zolarini bilishi lozim.


  3. Ijod - bunda bola milliy madaniy meros va madaniyatni hurmat qilishga va o‘z hissiyotlarini musiqa, teatr va tasviriy faoliyat orqali ifodalashga o‘rganadi. Bola turli tovush va ovozlarni, tovushlarni balandligi va tembiga ko‘ra farqlay olish, jamoa bo‘lib musiqiy faoliyatlarda ishtirok etishga qiziqish bildirishi, cholg‘u asboblarida chalish malakalarini namoyon etishi, amaliy faoliyatda ishtirok etishga qiziqish bildirishi lozim.


  4. O‘yin faoliyati-Boladagi ijodkorlik layoqatini, o‘yin uchun g‘oyalar o‘ylab topishini, yangi o‘yinlar tashkil etish istagini rag‘batlantirish. Bolani tengdoshlari bilan ahil o‘ynashga, o‘yinchoqlari bilan o‘rtoqlashishga odatlantirish.Bolaga o‘yinlarda o‘z imkoniyatini haqqoniy baholashga va achchiqlanmasdan mag‘lubiyatni tan olishni o‘rgatib borish.

Mazkur Davlat talablari maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlari turli yosh bosqichlari orqali yoritib berilgan. Bunda asosiy psixologik xususiyatlar:


  • Fikrlash;


  • Nutq;

  • Ijtimoiy bilish jarayoni;

  • Fiziologik sezgilar;


  • Bilish obyektlari;


  • Bilish usullari;


  • Muvaffaqiyatli o‘zlashtirish shartlari;


  • Muloqot yuritish shakli;


  • Tengdoshlari bilan munosabatlari;


  • Katta yoshdagilar bilan munosabatlari;


  • Nizolar mavjudligi;


  • His-hayajonlar;


  • O‘yin faoliyati – bo‘lib hisoblanadi.





Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə