Maktabgacha pedagogika


Maktabgacha ta’lim didaktikasi



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə5/221
tarix13.12.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#149034
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   221
Nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti-www.hozir.org

Maktabgacha ta’lim didaktikasi
Maktabgacha yosh davrining inson kamolotining keyingi rivojlanishidagi, bolani maktab ta’limiga tayyorlashdagi alohida roli maktabgacha ta’limning maqsadini belgilash, maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘qitish metodlari va tashkiliy shakllarini o‘ziga xos mazmunini ishlab chiqishni, bolalarni har tomonlama kamolga yetkazishga o‘qitishning rolini tadqiq qilish zarurligini shart qilib qo‘ydi. Bu esa maktabgacha ta’lim didaktikasi soxasini yaratilishiga olib keldi. Maktabgacha ta’lim didaktikasi bu –umumiy didaktikaning soxasidir
Maktabgacha ta’lim didaktikasi – maktabgacha yoshdagi bolalar ta’limi va o‘qitish nazariyasi xisoblanib, uning maqsadini belgilaydi, maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirish va ularni maktabdagi o‘qishga tayyorlashni ta’minlovchi ta’limning mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllarini ishlab chiqadi. Maktabgacha ta’lim didaktikasining asoschilari Ya.A.Komenskiy va K.D.Ushinskiy tadqiqotlarida yoritilgan. Ya.A.Komenskiyning “Onalar maktabi” nomli asarida maktabgacha ta’limning maqsadi – atrof-muxit haqidagi oddiy bilimlarni o‘zlashtirish, axloqiy odatlarni rivojlantirish va bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash ekanligini ta’kidlab, bolalarga beriladigan bilimlarning ilk dasturini belgilab berdi. Olim rejani tarbiya va ta’limning boshlanishi maktabgacha yoshdadir, degan g‘oyani ilgari surgan edi. K.D.Ushinskiy maktabgacha ta’limning vazifasi aqliy salohiyat va nutq qobiliyatini rivojlantirishdan, ularni maktabga tayyorlashdan iboratdir – deb ta’kidlaydi. Bunda u ko‘rgazmalilikka, mashg‘ulotlarning qiziqarliligiga tayanish zarurligini uqtiradi.
Ya.A.Komenskiy va K.D.Ushinskiyning qimmatli merosi o‘tmish pedagoglari tomonidan maktab didaktikasini ishlab chiqishda foydalaniladi. O‘tmish pedagoglari maktabgacha yoshdagi bolalarining bilim olish huquqini – hayotni anglashga, dunyoqarashni kengaytirishga, bilim, ko‘nikma va malakalar huquqini kafolatlash lozim deb ta’kidlaydilar. Ular bilimlarning aqliy rivojlanishi va nutqning o‘sishida, o‘yin va tasviriy faoliyatlarni rivojlantirishda, atrofdagi voqelikka munosabatning shakllanishida muhim rol o‘ynashini ko‘rsatib o‘tdilar.
Shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalari dasturiga kiritilishi zarur bo‘lgan bilimlar doirasini belgilab berdilar. Bular – tabiat, jamiyat, kishilar mehnati, buyumlar va materiallar haqidagi bilimlardir. Ularning ta’kidlashicha, bilimlar dasturini barcha bolalar o‘zlashtirib olishlari lozim va buning uchun bolalar imkoniyatlarini, ularni o‘qitish metodlarini o‘rganish, o‘yin va mashg‘ulotlarni ular bilan aloqadorlikda qo‘llash lozimdir. Bu g‘oyalar maktabgacha ta’lim didaktikasidagi tadqiqotlar yo‘nalishini belgilab berdi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqini o‘stirish nazariyasini ilmiy jixatdan asoslab berdi. U buyumlar, kishilar mehnati, tabiat hodisalari haqidagi bilimlar mazmunini kichik va katta maktabgacha yoshdagi bolalar yoshini hisobga olgan holda belgilab, atrof muhit haqidagi bilimlar bola lug‘ati boyligini o‘stirishdagi o‘rnini, bolalar tasavvurlarini shakllantirishga va qiziqarli mashg‘ulotlar turlarini, ularni o‘tkazish metodlarini ishlab chiqdi. Ye.I,Texeeva ta’limning ko‘rgazmali bo‘lishini, bolalar faoliyatiga tayanish zaruriyatini, uni o‘yin bilan bog‘liqligini isbotladi, o‘qitish muayan bilimlar doirasi va nutq ko‘nikmalarining tarbiyachi tomonidan berilishi va uni bolalar tomonidan o‘zlashtirilishidan iborat faoliyat sifatida ifodalab berdi.
L.S.Vgodskiy (1896-1934) psixolog olim, maktabgacha ta’limning dasturiyligi haqidagi masalani ko‘tarib chiqdi. U maktabgacha yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan bilimlarning muntazamlilik prinsipini asoslab, maktabgacha yoshdagi o‘qish dasturining maktabdagi ta’lim dasturidan farqini yoritib berdi. U ta’limning maktabgacha yoshdagi bola kamoloti va uni maktabdagi ta’lim ishining mazmunini shundaygina ko‘chirib qo‘ymaslikka chaqirdi. XX – asrning o‘rtalarida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash extiyoji tufayli maktabgacha ta’lim didaktikasi muammolarni keng tadqiq qilish jarayonlari avj oldi.
Maktabgacha ta’lim didaktikasining rivojlanishida maktabgacha pedagogika sohasi bo‘yicha olima A.P.Usova (1898-1965) tadqiqotlari,ta’lim prinsiplarining ahamiyati katta bo‘ldi. U maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘yin, ta’lim, sensor tarbiya, pedagogik jarayonlarni va xalq amaliy ijodiyoti masalalarini ilmiy jixatdan asoslab berdi. U maktabgacha ta’lim muassasasidagi o‘quv jarayonlarning tashkiliy shakllari va metodlarini, bolalarni har tomonlama tarbiyalash va rivojlantirishdagi, ularni maktabga tayyorlashdagi axamiyatini ko‘rsatib berdi. Uning raxbarligida bolalar bog‘chasi dasturi ishlab chiqilgan.
O‘qitish jarayonida maktabgacha yoshdagi bolalarda shu yoshdagi bolalarga xos bo‘lgan va katta yoshli kishilar faoliyatiga kirgan – bilish xissi, obrazli tafakkur kabi qobiliyatlarini rivojlantirish g‘oyalarini A.V.Zaporojes va N.N.Podyakovlar ilmiy jihatdan tadqiq qildilar. Bu esa maktabgacha ta’lim muassasidagi ta’limiy jarayonni rivojlantiruvchi xisoblanadi.
Maktabgacha ta’limdagi qator tadqiqotlar natijasida maktabgacha ta’lim metodikalarining bo‘linish jarayonlari sodir bo‘ldi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga matematik bilimlar berishning mazmuni va metodikasi. (A.M,Leushina), ona tili o‘qitish va nutq o‘stirish metodikasi (E.I.Tixeeva, A.M.Leushina, L.A.Penevskaya, Ye,I.Radina va boshqalar), maktabgacha tabiatshunoslik metodikasi (N.N.Bistrov, E,I.Zalkind, P.G,Samorukova va boshqalar), tasviriy faoliyatga o‘rgatish metodikasi (E.A,Flerina, N.P.Sakulina va boshqalar), musiqa tarbiyasi metodikasi (N.A.Metlov, N.A.Vetlugina va boshqalar), jismoniy tarbiya metodikasi (A.I,Bikova, M.Yu.Kistakovskaya va boshqalar) ni ishlab chiqdilar.
Maktabgacha ta’lim didaktikasi muammolarini nazariy va amaliy tarzda ishlab chiqish maktabgacha ta’lim-tarbiya dasturida “Mashg‘ulotlarda ta’lim berish” degan bo‘lim ochish imkonini yaratdi.
Didaktika pedagogik fan sohasi sifatida o‘qitishning mohiyatini yorituvchi kategoriyalar va tushunchalar bilan ifodalanadi.
Maktabgacha pedagogikasining asosiy kategoriyalari: ta’lim, bilim (bilim, bilim olish), ko‘nikma, malaka, ma’lumot, tarbiya, rivojlanish va shakllanishdir.
Kategoriya – fanning mohiyatini ifoda etuvchi eng muhim asosiy tushunchadir.
Ta’lim – bu ta’lim oluvchiga maxsus tayyorlangan mutaxassislar yordamida bilim berish va ulardagi ko‘nikma hamda malakalarini shakllantirish jarayoni bo‘lib, bu bolaning shaxs sifatida hayotga va mehnatga ongli ravishda tayyorlash vositasi.


Ta’limning asosiy vazifasi ta’lim oluvchini o‘qitishdan iborat. Shuningdek u oila, ishlab chiqarish va tashqi sohalarga ma’lumot berish vazifasini bajaradi.

Ta’lim berish – ta’lim beruvchining intelektual salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan pedagogik faoliyat bo‘lib, u shaxsning aqliy faoliyatini rivojlantirish, o‘qish – o‘qitish jarayonini mazmun – mohiyatining ongli ravishda anglab yetishlari orqali amalga oshiriladi.

Ta’lim – o‘qitish jarayonidatarbiyalanuvchilar tomonidan egallangan bilim, ko‘nikma, malakalarni o‘zida ifoda etadi.

Bilim – bu ijtimoiy tarixiy ong, insoniyat hayoti davomida to‘plangan amalda sinovdan o‘tgan va ob’ektiv dunyoni chuquroq anglashga, hamda o‘zgartirishga yo‘naltirilgan tabiat,jamiyat, tafakkur va faoliyat usullari qonuniyatlari haqidagi ilmiy tushunchalarning yaxlit va tizimlashtirilgan majmuidir. Bilim o‘z navbatida kundalik, ilmiy, emperik, nazariy bilimlarga bo‘linadi.

Kundalik bilim – bu sog‘lom fikrga va kundalik amaliy faoliyat shakllariga aoslanadi. Insonning atrof-muxitga moslashuvi, uning hayotiy harakatlari va oldindan ko‘ra bilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Uning vazifasi ta’lim – tarbiya jarayonini nazorat qilishga ko‘maklashishdir. Ta’lim – tarbiyani uyishtirishda nazariy, emperik va ilmiy bilimlar muhim ahamiyatga ega.
Ilmiy bilim – ta’lim tarbiyani takomillashtrish muammolarini, yechimlarini topishda qo‘l kelib, tizimni asosli va narsa – xodisalar mohiyatiga chuqur kirib boradigan bilimdir. U emperik va nazariy darajada bo‘ladi.
Nazariy bilim – emperik holatlarni tushuntirish, ya’ni narsa – hodisalar mohiyatini bilish imkonini beradigan qonunlarni ochishni nazarda tutadi.
Emperik bilim – bilishni kuzatish, o‘lchash, tajriba usullarini qo‘llash natijasi. U narsa – hodisalarning sifat va ko‘nikma ko‘rsatkichlarini ifodalaydi. Emperik ko‘rsatkichlar orasidagi bog‘liqliklarning muntazam shakllanishi emperik qonunlar yordamida ifodalanadi, ular ko‘pincha extimoliy xarakterga ega bo‘ladi.
Bilim – bilimning amalga oshiruvchi asosiy omil bo‘lib, dunyoning bilishining negizini tashkil etadi va u tufayli ilm,fan, texnika – texnologiyalar rivojlanishi ta’minlanadi. Bilimga qo‘yiladigan talablar:
  • Bilimning tushunarliligi


  • Bilimni tushunishlik


  • Bilimning mukammalligi


  • Bilimning chuqurligi


  • Bilimning operativligi


  • Bilimning ixchamligi


  • Bilimning aniqligi va umumiyligi


  • Bilimning tizimiyligi


Bilim olish – idrok etish, o‘rganish,mashq qilish va egallangan tajriba asosida xulq va faoliyatda yangi shakllarning yuzaga kelishi, mavjud bilimlarning o‘zgarib, takomillashib, boyib borish jarayonidir.


Ta’lim mazmuning navbatdagi komponenti ko‘nikma va malakadir.
Ko‘nikma – bilim kabi harakatda, kishi biror natijaga erishish uchun har xil faoliyat turida izchil bajariladigan uslublar tizimidir.
U ongni faoliyat (harakat)ni tez, ta’limni to‘g‘ri, ham jismoniy va aqliy kuch sarflagan holda bajarish jarayoni natijasidir. U shaxsning bilimlari asosida tarkib topadi. Harakat turlari bo‘yicha u uch turga:

  • Harakat ko‘nikmalari


  • Sensor ko‘nikmalar


  • Aqliy ko‘nikmalar ga bo‘linadi.


Ko‘nikmalar muntazam mashq qilish (takrorlash) orqali zarur darajada


saqlanadi. Ana shu bilan uning ta’lim-tarbiyadagi ahamiyati beqiyosligini ko‘rsatadi.


Ko‘nikma – insonning ilgarigi tajribalari asosida muayyan faoliyat yoki harakatni amalga oshirish qobiliyatidir.

Ko‘nikma – bu shunday aqliy va jismoniy harakatlar, usullar va yo‘l-yo‘riqlardan iborat bo‘lib, ular yordamida rejalashtirilgan maqsadga erishiladi yoki muayyan bir faoliyat amalga oshiriladi.

Ko‘nikma – u yoki bu ishni bajarishning avtomatlashgan usuli bo‘lib, ongli ishning bajarilishini nazorat qilishdan ozod qiladi va uni ishda qo‘yilgan maqsadga qaratadi.
Inson faoliyatida ko‘nikmalar malaka tarzida ham nomoyon bo‘ladi. Har qanday malaka ko‘nikma bo‘la oladi, lekin har qanday ko‘nikma malaka bo‘la olmaydi. Ko‘nikmalar avtomatlashgan mohiyat kasb etsagina malaka bo‘ladi.
Ko‘nikmani inson faoliyati turlariga ko‘ra quydagi:
  • Mehnat ko‘nikmalari


  • Bilishga oid ko‘nikmalar


  • Aqliy faoliyatga oid ko‘nikmalar


  • O‘quv faoliyatiga oid ko‘nikmalar


  • Nutqiy faoliyat ko‘nikmalari


  • Badiiy faoliyatga oid ko‘nikmalar


  • Insonning jamiyatda muomala va o‘zini tutish ko‘nikmalarda o‘z aksini topadiKo‘nikmalar bilimlar asosida tarkib topadi va o‘z ichiga avval ortirilgan malakalarni oladi.




Malaka – bu faoliyat jarayonida uning biror-bir elementini (ongning eng kam nazorati ostida) bajarish qobiliyatidir.
Bu mashq qilish yo‘li bilan shakllantirilgan puxta harakatlar bo‘lib, ko‘nikma va murakkab harakatlar tarkibiga kiradi.
Ta’limning tarkibiy qismi sifatida shakllantirilgan malakalar o‘z mazmuniga ko‘ra murakkabdir. Bular jamiyatning harakat madaniyatini aks etgan harakat malakalari (yurish, yugurish, sakrash, mehnat va xat yozish malakalari), aqliy faoliyatiga oid malakalar (hisob, o‘qish, tashkil qilish va boshqaruv), xulq va muomala malakalari (jamiyatda o‘zini tutish, muomala madaniyati), nutqiy malakalar (gap tuzish, nutqning muayyan oxangi, sur’ati, artikulyatsiya sofligini saqlash)dir.

Malaka – bu shaxs harakatining amalga oshirilishi va boshqarilishining avtomatlashgan shaklidir.

Malaka – muayyan mehnat faoliyatini bajarish uchun lozim bo‘lgan nazariy va amaliy umumta’lim, qiyosiy bilim, malaka haqida ko‘nikmalar majmuasining mavjudligidir.

Malaka – xodimning kasbiy tayyorgarlik darajasi, undagi ma’lum ishni bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning mavjudligi. U xodimning malakasini belgilovchi ko‘rsatkich bo‘lib, kategoriya yoki diplomning mavjudligi bilan belgilanadi.
Ko‘nikma va malakalar maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat jarayonida shakllanadi. Ta’lim mazmunidagi asosiy jixat – zarur bilim va ko‘nikmalarni mustaqil egallash, egallangan bilimlar, hamda avval hosil qilingan ko‘nikma va malakalar asosida vujudga keladigan amaliy va nazariy masalalarnihal etish qobiliyatini shakllantirishdan iboratdir.


Ma’lumot – ta’lim-tarbiya natijasida olingan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarashlar majmuidir.
Turli manbalardan ma’lumotlar yig‘iladi va ular o‘z maqsad-vazifalari bo‘yicha saralanadi (tizimlarga ajiratiladi), hamda ular tashkil etilib, foydalanishga tavsiya etiladi. Ma’lumot berishda nafaqat o‘qitish balki o‘ziga mustaqil bilim olish, ommaviy axborotlar ta’sirida bo‘lishi bilan birga insonning ilmiy tizimini egallashi, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish ko‘zda tutiladi.


Ma’lumot – kishi sezgi a’zolari, asboblar va boshqalar yordamida qayd etiladigan, tashqi olamdan olingan belgilar to‘plamidir.

Ma’lumot maqsadi – voqea va hodisalarning ifodalanishini o‘rganish.

Ma’lumotning vazifalari – manba to‘g‘risida tavsifnoma olish, manba to‘g‘risida axborot tayyorlashga asosnoma hosil qilish, manba to‘g‘risida tasavvur paydo qilish va ularni keyingi faoliyatga uzatish.
Tabiat va jamiyat taraqqiyotining barcha javhalari ma’lumotsiz faoliyat ko‘rsata olmaydi, chunki ma’lumotlar orqali axborot paydo bo‘ladi va ular manbalarni o‘rgatish hamda ularni tashkil qilishda asosiy omil bo‘lib hisoblanadi.


Ma’lumotlar berish – bu o‘rganilayotgan ob’ektiv (ta’lim va tarbiya jarayoni, ta’lim-tarbiya oluvchilar va x.k)ning hususiyatlari va xossalari haqidagi ma’lumotlarni ifodalash jarayoni bo‘lib, uni ob’ekt to‘g‘risida sonli va sifatli ma’lumotlar aks ettiriladi. Bu nafaqat o‘qitish, balki mustaqil bilim olish, ommaviy axborotlar ta’sirida bo‘lish bilan birga insonning ilmiy tizimni egallash, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish ko‘zda tutiladi.

Tarbiya – ma’naviy manbalar va xozirgi zamon talablari va extiyojlarini nazarda tutgan holda o‘qituvchining o‘quvchi bilan, tarbiyachining tarbiyalanuvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o‘zaro ommaviy va nazariy muloqotdir.

Tarbiya – keng ma’noda u yoki bu sifatlarning yoki ijtimoiy guruhlarning maqsadiga muvofiq odamlarning yangi avlodlariga, avval avlodlarning ijtimoiy-tarixiy tajribasini uzatish vositasi bilan jamiyatning rivojlanishini ta’minlovchi vazifadir.

Tarbiya maqsadi – talaba yoshlarda milliy g‘oya va milliy mafkurani shakllantirishda ilmiy pedagogik tadqiqot metodlarini qo‘llash.

Tarbiya vazifasi – ma’naviy manbalar va xozirgi zamon talablari va extiyojlarini nazarda tutilgan holda tarbiyalovchi bilan tarbiyalanuvchi aniq bir maqsadga qaratilgan tarbiyaning smaradorligi, tarbiyaning qanday metoddan foydalanishga bog‘liqligidir.

Tarbiya jarayoni – shaxsni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undash va bu hatti-xarakatini asta-sekin ko‘nikmaga aylantirib borishdagi asosiy jarayondir.

Tarbiyaning hususiyatlari:
  • Tarbiyaviy texnologiyaning komplektlik hususiyati


  • Tarbiyaviy texnologiyaning ierarxiyalik (mantiqiy ketma-ketlik asosida, uzviylik – uzluksizlik saqlash) xususiyati


  • Tizimlilik xususiyati


  • Yaxlitlik hususiyati


Rivojlanish - oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o‘tish, yangilanish, yangining paydo bo‘lishi, eskini yo‘qolib borishi, miqdor o‘zgarishining sifat o‘zgarishiga o‘tishini ta’minlovchi, murakkab harakat jarayoni sanaladi. Rivojlanishning manbai qarama-qarshiliklarni o‘rtasidagi kurashlardan iboratdir. Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir, degan falsafiy ta’limotga asoslanadi. Bola shaxsni rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari, biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi. Tarbiya rivojlanishidagi muhim jarayon hisoblanadi. Tarbiyaning samarali ta’sir etishi uchun o‘sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish va hisobga olish maqsadga muvofiqdir.


Shaxs rivojlanishida irsiyat, muhit, tarbiya bilan bir qatorda inson faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Faoliyat inson tomonidan tabiiy va ijtimoiy hayotni maqsadga muvofiq o‘zgartirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy-tarixiy turmushning o‘ziga xos shaklidir. Insonning qobiliyat va yoshi u tomondan tashkil etilayotgan faoliyat mohiyatiga ko‘ra belgilanadi. Faoliyatning asosiy turi muloqotdir. Faoliyat faol va passiv bo‘lishi mumkin.



Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə