Maktabgacha pedagogika


Maktabgacha pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə6/221
tarix13.12.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#149034
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   221
Nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti-www.hozir.org

Maktabgacha pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari

Metod Haqida tushuncha, pedagogik tadqiqot
Metod (lotincha-metodas-yo‘l so‘zidan) tadqiqot yo‘li, nazariya, ta’limot deb trjima qilinadi. Ilmiy tushuncha sifatida "metod" so‘zi keng ma’noda muayyan maqsadga erishish yo‘lini, tor ma’noda tabiat va ijtimoiy hayot hodisalari va qonuniyatlarini bilish maqsadida qandaydir vazifani hal etish usulini bildiradi.
Ob’ektiv dunyoni bilish, nazariyada nimani o‘rganish kerak, kimni va qanday tarbiyalash lozim degan masalalar mavjud bo‘lib, ular o‘zaro uzviy bog‘liqdir.
Pedagogika fani o‘z mazmun mohiyatini boyitishda, yangilashda mavjud pedagogik hodisa va jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan usullari bilan o‘rganiladi.
Usul va metod tushunchalari o‘zaro bog‘liqdir, chunki ularning har biri metod sifatida ham, usul sifatida ham namoyon bo‘ladi.
Pedagogika fani o‘z mazmun mohiyatini boyitishda, yangilashda mavjud pedagogik hodisa va jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan usullar bilan o‘rganadi.
Umuman, pedagogika amaliyotida o‘qitish usullari va metodlarining juda katta boyligi to‘plangan. Ularni tanlashda turli sharoitlar, o‘qitilayotgan fanning xarakteri, bolalarning yosh xususiyatlari, oldingi tayyorgarliki darajasi va hokazolar hisobga olinadi.
Ushbu ilmning ilmiy tadqiqot usullari deganda yosh avlodni tarbiyalash, bilimli qilish va o‘qitishning real jarayonlariga xos bo‘lgan ichki yo‘llari, uslublari va vositalari majmui tushuniladi. Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot usullarini qanchalik to‘o‘ri tanlasa, ta’lim-tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada yuksaladi. Ammo shuni ta’kidlamoq lozimki, ilmiy tadqiqot metodlari tizimi hali hozirgacha fanda to‘la yaratilgan, hal etilgan emas.
Mavjud metodlar (usullar) asosan quyidagilardir;
  1. Adabiyotlarni o‘rganish metodi;


  2. Kuzatish metodi;


  3. Suhbat metodi;


  4. Bolalarni ijodini o‘rganish usuli;


  5. MTM xujjatlarini tahlil qilish metodi;


  6. Eksperiment, tajriba-sinov usuli;


  7. Test sinovlar metodi;


  8. Statistika ma’lumotlarni tahlil qilish usuli;


  9. Matematika va kibernetik usullari.


  10. Sotsiologik tadqiqot metodi.


O‘qitish metodi o‘qituvchi va bolalar nazariy hamda amaliy bilish faoliyatining ta’limiy vazifalarini bajarishga qaratilgan ilmiy vazifalarni bajarishga qaratilgan yo‘ldir, deydi prof. R.A.Mavlonova. U o‘qish metodlariga quyidagi muayyan talablarni qo‘yadi:


  1. O‘quv materialini o‘rganishning o‘qituvchi tavsiya etgan yo‘li fikrlashning dialektik-materialistik usuli mustaqil qarashlar, irodaviy xususiyatlari va xulqning shakllanishiga olib borishi kerak. Ana shu talab nuqtai nazaridan metod tarbiyaviy tusda bo‘lishi lozim.


  2. O‘qish metodining ilmiy asosi yaqqol va aniq bo‘lishi zarur. Shundagina o‘qituvchi mazkur metod orqali qanday masalalar qo‘yilishi va hal qilinishi mumkinligini, qanday masalalarni hal qilib bo‘lmasligini ko‘ra oladi.


  3. O‘qitishning tizimliligi uning samaradorligini belgilaydi.


  4. O‘qitish metodining tushunarliligi: o‘qitishning yo‘li o‘quvchi uchun qabul qilinishi va qo‘llanishi, o‘quv materialini o‘rganishning usuli esa bilimlarni o‘zlashtirishning imkoniyatlariga muvofiq bo‘lishi lozim.


  5. O‘qitishning onglilik va faollik zaruriyati nihoyatda jiddiy talabdir.


  6. Bilimlarning puxtaligi va asosliligiga e’tibor.


  7. O‘qitish metodikasida nazariy va amaliy hodisalarning muvofiqligi.


Har qanday metoddan biror maqsadga erishish ko‘zda tutiladi va shuning uchun u qandaydir maqsad qo‘yishni unga erishish bo‘yicha faoliyat usulini, ana shu faoliyatni amalga oshirishda yordam beradigan vositalarni bilishni taqozo etadi.


Bir so‘z bilan aytganda, o‘qituvchi tarbiyachi va bolalarning xatti-harakatlariga asoslangan pedagogik metod natijasida o‘quvchilar bilim, iqtidor va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar, o‘z dunyoqarashini, tafakkurini va ma’naviyatini yuksaltirishga erishadilar.
Ta’lim-tarbiyaga taalluqli xatti-harakatlarni tafakkurga asoslanib tahlil qilish pedagogika va didaktikada yagona usul hisoblangan.
Yan Amos Komenskiyning "Buyuk didaktika", K.D.Ushinskiyning "Inson tarbiya predmeti sifatida" asarlarida masalaga shunday yondoshishni ko‘rish mumkin.
O‘quv-tarbiya jarayoni haqida jiddiy xulosa chiqarish uchun muntazam ravishda olib borilgan kuzatishlar, tajriba, faktlarga asoslangan empirik tadqiqotlar natijalariga asoslanish zarur.

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə