Maktabgacha pedagogika


Pedagogik xamkorlikning asosiy holatlari – ta’limga tarbiyachi va bolaning o‘zaro ijodiy hamkorligi sifatida munosabatda bo‘lishi tamoyilida



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə14/221
tarix13.12.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#149034
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   221
Nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti-www.hozir.org

Pedagogik xamkorlikning asosiy holatlari – ta’limga tarbiyachi va bolaning o‘zaro ijodiy hamkorligi sifatida munosabatda bo‘lishi tamoyilida: majburlamasdan o‘qitish foydalanish foydalanishi (tayanch signallar), o‘z – o‘zini tahlil qilish, guruhning intelektual foni; tarbiyachi va ota-onalar hamkorligi, shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni o‘z ichiga oladi.

Ta’lim orqali inson va fuqaroning zamonaviy jamiyatga takomillashuvi va har tomonlama kirishuvi (qorishib ketishi), zamonaviy bilmlar darajasi, shaxsning milliy va dunyoviy madaniyati integratsiyasi masalalari amalga oshiriladi.


Bu tamoyilning asosiy jihatlaridan biri hamkorlik pedagogikasi kattalarning (tarbiyachi, ota-ona va bolalar) oldiga ta’lim-tarbiya jarayonida muloqotining altruistik (o‘zining shaxsiy qiziqishlarini emas, balki boshqalar manfaati uchun harakat qilishi) uslubini qo‘llash zaruriyatini qo‘yadi.


Bu jihat – pedagog bolaning ustidan hukmronlik qilishdan, uni nazorat qilish, zo‘ravonlik, kuch ishlatishdan voz kechib, tarbiyalanuvchiga uning xohishiga ko‘ra erkin tanlash huquqini beradi.
Bunda:
  • Kattalarning hissiy-shaxsiy muloqotini shakllantirish;


  • Bola va pedagog o‘rtasidagi hissiyot shaxsiy munosabatlarini rivojlantirish;


  • Munosabatlar tizimining o‘zaro hurmat tarzda shakllantirishga e’tibor qaratiladi.




  1. Ijtimoiy pedagogik yondashuv tamoyili:

Bolaning tengqurlari va kattalar bilan munosabatining o‘zaro hurmat doirasida bo‘lishi bolaning tizimli o‘zaro munosabatlarda o‘zining “Men” me’zoni bo‘yicha shaxsiy rivojlanishining ijtimoiy faolligi ko‘rsatkichida muhim omil hisoblanadi. Bu asosan 5 boshqichda amalga oshiriladi.


1-bosqich- oiladagi muhit. Bolani o‘rab turgan muhit bilan o‘zaro munosabatlarining amaliy harakatlari va kattalarga (ota-ona, enaga va boshqalar) to‘liq qaram ekanligi bilan aniqlanadi. Bolaning faolligi muhitga bo‘lgan ehtiyojni qondirishiga yo‘naltiriladi.
2-bosqich- vaziyatdagi voqelik – bolani bo‘lib o‘tayotgan hodisalardan ajrala olmasligi va uni vaziyatga to‘liq qaramligi bilan tavsiflanadi. Bunda muhit alohida ahamiyatga ega bo‘ladi.
3-bosqich- vaziyat ustidagi voqelik- bolani vaziyatlar oqimi ta’siridan chiqish va o‘zining aqli yordamida vaziyatni tushunib ish tutishi bilan xarakterlanadi.
4-bosqich- o‘zidagi voqelik- bola o‘z vaziyatlari modelini tayyorlab, atrofdagi kattalar va tengdoshlari bilan ish yuzasidan munosabatlar o‘rnatib, o‘z “men”ini namoyish etadi.
5-bosqich- bolaning boshqadagi voqelik va o‘zining qadr-qimmatini tan olishga intilishi bilan belgilanadi.

Ijtimoiy pedagogik yondashuvning mazmuni-bola tomonidan insoniyat o‘zlashtirilishini ta’minlovchi rivojlanishni amalga oshirishdir. Bunday yondashuv ta’lim berish jarayonini yakuniy natijasiga bola shaxsining axloqiy, ma’naviy o‘zgarishlarini tubdan isloh qilishdir.





  1. Yüklə 1,35 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə