Maktabgacha pedagogika


Psixologik yondashuv asoslari – bola shaxsini rivojlantirishda



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə15/221
tarix13.12.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#149034
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   221
Nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti-www.hozir.org

Psixologik yondashuv asoslari – bola shaxsini rivojlantirishda – psixologik qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yondashuv – bolaning muammolarini tushunishi, qabul qilish va uni hal qilishda yordam berishdir. Uning asosiy maqsadi – bola va kattalar o‘rtasidagi kundalik pedagogik munosabatlarda yuzaga keladigan xissiy-shaxsiy munosabatlarni rivojlantirishdir.

Psixologik yondashuv jarayonida tarbiyachi-pedagog:


  • Bolaga o‘ziga va pedagogga bo‘lgan ishonchni oshira borib, unga samimiylik, g‘amxo‘rlik va mehr-muhabbat namoyon etadi;


  • Bolaning o‘z-o‘zini baxolashni mustahkamlash va ahamiyatni oshirish maqsadida uning yutuqlarini ongli ravishda ta’kidlaydi;


  • Bolada xato qilish qo‘rquvini bartaraf qilib, unda ijobiy xissiy bo‘shliq yaratadi;


  • Bolaning omadsizliklariga diqqatni to‘xtatmay tushunib (norozilik bilan emas) qaraydi, uning yechimini topishda bola bilan birga harakat qiladi. Bunday yondashuv asosida shaxsga yo‘naltirilgan o‘zaro munosabatlar tizimida “katta bola” munosabatlar yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, har bir inson va ayniqsa ta’lim oluvchilar xatolar va ularni to‘g‘irlash huquqiga egadirlar.


  • Bolani tarbiyalamaydi, balki uning muammolarini birga hal qilib yo‘l ko‘rsatadi.


Psixologik qo‘llab-quvvatlash pedagog va bola o‘rtasidagi hissiy-shaxsiy munosabatlarni rivojlantirishga olib keladi.




  1. Tubdan o‘zgartirilgan o‘qitish tamoyili. Bola va pedagogning hamkorlikdagi tubdan o‘zgartirilgan (ko‘rgazmali – rivojlantiruvchi) pedagog va bola shaxsini mustaqil tarbiyalashga yo‘naltirilgan faoliyati , qaysiki shaxsiy mazmunini hayotiy bo‘shliqda qimmatli ahamiyatga ega bo‘lgan, pedagog va bolaning universallashtirilgan tizimi.

Tubdan o‘qitish quyidagi yondashuvlarni nazarda tutadi:


  • Ijtimoiy pedagogik yondashuv;


  • Gnoseologik (bilish faoliyati) yondashuv o‘qitish jarayoni mohiyatini anglash jarayonidan olib chiqadi va yuzaga kelgan anglash faoliyatini modifikatsiyalaydi ( variatsiyalaydi)


  • Psixologik yondashuv – insonning rivojlanishi va bilimlarni o‘zlashtirishi psixologik nazariy bilimlarni yuzaga olib chiqadi.


  • Aqliy faoliyat yondashuvi: (P.Ya. Galnerin, N. F. Talo‘zin) – rivojlantiruvchi faoliyatni amalga oshiradi;


  • Akmeologik yondashuv – (grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, yuqori nuqta, yuksalish, yaxshi payt va o‘qish degan ma’noni bildiradi)


Uning asl mohiyati – o‘qitish shaxsning hayotiy dunyosiga, pedagog va bolaning mavjud hayotiy mazmunini o‘zgartiradi, o‘ziga xoslik takrorlanmaslik kabi amaliy vazifalarni bajaradi. Ilmni o‘rgatishga o‘tish - bu inson tafakkuri uchun obyektiv bo‘lgan olamni anglashdir.





  1. Yüklə 1,35 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə