Maktabgacha pedagogika


Maktabgacha ta’lim konsepsiyasi



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə13/221
tarix13.12.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#149034
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   221
Nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti-www.hozir.org

Maktabgacha ta’lim konsepsiyasi
Respublikada ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish ishlari jadal sur’atlar bilan olib borilmoqda. Bu borada qabul qilingan huquqiy-me’yoriy hujjatlar mohiyatini chuqur anglab yetish bilan bog‘liq faoliyat turlari muvofiqlashtirildi. Uzluksiz ta’limning barcha bosqichlari qatorida maktabgacha ta’limning milliy modelini aks ettiruvchi Maktabgacha ta’lim konsepsiyasi ishlab chiqildi.

  • Maktabgacha ta’lim konsepsiyasi – bu maktabgacha ta’lim tizimini rivojlanishi va uning ta’lim tizimidagi ustuvorligini ta’minlovchi Konseptual Nizomdir.


  • Maktabgacha ta’lim konsepsiyasi – maktabgacha ta’limning xalqaro andozalarga mos zamonaviy yangilanish tamoyillari va modellarini yorituvchi huquqiy-me’yoriy hujjatdir.


  • Maktabgacha ta’lim konsepsiyasi – maktabgacha ta’limni 2008-2020 yillarga mo‘ljallangan takomillashuv strategiyasini belgilab beruvchi nazariy asosdir.


Maktabgacha ta’lim konsepsiyasining huquqiy-nazariy asosini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va ta’lim sohasi bo‘yicha qabul qilingan me’yoriy hujjatlarda ilgari surilgan ilg‘or ilmiy g‘oyalar tashkil etadi.


Maktabgacha ta’lim konsepsiyasi nazariy jihatdan quyidagi ustuvor tamoyillarga:

  • Bola shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim;


  • Hamkorlik pedagogikasi asoslari;


  • Ijtimoiy-pedagogik yondashuv;


  • Psixologik yondashuv;


  • Qayta shakllantiruvchi ta’lim texnologiyasi;


  • Tubdan o‘zgartirilgan o‘qitish tizimiga tayanadi.






  1. Maktabgacha ta’lim jarayonida bolaga ta’lim-tarbiya berishda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim modeli ustuvor sanaladi.

Shaxsga ongli ravishda yondoshishnining maqsadi rivojlantirish, uni berilgan standart va bosim ostida “o‘zgartirish emas”, balki uni qanday bo‘lsa, shundayligicha qabul qilish uchun sharoit yaratishni ko‘zlaydi.


Bu tamoyilda – pedagog faoliyatining vositasi sifatida emas, balki uning shaxsiy tadbiq etish vositasi sifatida namoyon bo‘ladi.




  1. Yüklə 1,35 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə