Maktabgacha pedagogika


-BO’LIM. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA’LIM TIZIMINING USTUVOR NEGIZLARI



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə10/221
tarix13.12.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#149034
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   221
Nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti-www.hozir.org

2-BO’LIM. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA’LIM TIZIMINING USTUVOR NEGIZLARI.

II- BOB.Mustaqillik yillarida maktabgacha ta’lim tizimiga yangicha yondashuv.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsad va vazifalari.
O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” asarlarida haqli ravishda ta’kidlaglanganidek, ”Agarki dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktab bo‘lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o‘qituvchilik va murabbiylikdir, desak o‘ylaymanki, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz’’1.
Chindandao‘z ertangi kelajagiga befarq bo‘lmagan millat, yorug‘ va farovon kunlarini uning egalari bo‘lmish yosh avlod istiqbolida ko‘rgan millat ta’lim-tarbiyaga alohida e’tibor qaratadi.
Istiqlol yillarida Prezidentimiz tashabbusi bilan avvalo ertangi kun egalari bo‘lgan yosh avlod istiqboli, ta’lim-tarbiyasiga mas’ul bo‘lgan ustoz va murabbiylar kasbiga bo‘lgan munosabat o‘zgardi. Jamiyatda bu sharafli va o‘z navbatida o‘ta mas’uliyatli kasb egalariga nisbatan yuksak hurmat va e’tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan.
Mamlakatimiz ta’lim tizimida uzoqni ko‘zlab olib borilayotgan islohotlar bugun nafaqat jamoatchiligimiz, balki butun jahonda ham katta e’tibor bilan e’tirof etilmoqda.Bugun yangicha qiyofa kasb etgan, zamon talablari darajasida ta’mirlangan, eng so‘nggi rusumdagi o‘quv jihozlari bilan jihozlangan maktablar orzu emas ayni haqiqatdir.
Mamlakatimiz ravnaqi va islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan xalqning bilim darajasi va dunyoqarashiga bog‘liq. Shaxsning ta’lim-tarbiya sohasidagi faolligi, uning chinakam fuqaroviy munosabati, demokratik islohotlarga intiluvchanligi belgilangan maqsadlarga tezroq erishishning muhim omilidir. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, "Ta’lim-tarbiya - ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini o‘zgartirmasdan turib ongni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ongni, tafakkurni o‘zgartirmasdan turib esa biz ko‘zlagan oliy maqsad - ozod va obod jamiyatni barpo etib bo‘lmaydi".
Bugungi kunda yangi ta’lim tizimi faoliyatini takomillashtirish va barqarorlashatirish hamda fuqarolarning bilim olish huquqlarini ta’minlashda rivojlangan xorij davlatlarining tajribasi bilan bir vaqtda Sharqdagi mutafakkir ajdodlarimizning bebaho meroslaridan ham foydalanish taqozo etiladi.
O‘tgan yillar mamlakatimiz hayotida haqiqatan ham ulkan tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan eng muhim Ijtimoiy dasturlar - Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Maktab ta’limni rivojlantirish Davlat umummilliy dasturining ijrosi amalda nihoyasiga etkazildi. 9 yillik umumta’lim maktab bosqichini va 3 yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim bosqichini o‘z ichiga olgan uzluksiz yaxlit ta’lim tizimi yaratildi va 12 yillik ta’lim tizimiga o‘tish yakunlanmoqda.

2009 yilda Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida amalga oshirilgan chora tadbirlar samaradorligi haqida gapirganda, ularning avvalo eng muhim masalalarga - yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholimizning turmush darajasini yanada oshirishga yo‘naltirilganish aloxida qayd etish zarur.


”O‘rni kelganda aytish kerakki, yangi 2010 yilda davlat byudjetining 50 foizdan ko‘prog‘i mamlakatimizda faqat ta’lim-tarbiya va sog‘liqni saqlash sohalarini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
Barkamol avlod haqida so‘z borganda, o‘tgan yillar davomida katta kuch va mablag‘ hisobidan ta’lim sohasida barpo etilgan moddiy-texnik bazadan oqilona va samarali foydalanish masalasi qanchalik muhim ekani barchamizga ayon bo‘lishi kerak, deb o‘ylayman”i.
Ta’lim sohasida zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalari, internet tizimi, raqamli va keng formatli telekommunikasiyalarning zamonaviy usullarini o‘zlashtirish, bugungi taraqqiyot darajasini belgilab beradigan bunday ilg‘or yutuqlar nafaqat maktab, lisey va kollejlar, oliy o‘quv yurtlariga, balki har qaysi oila hayotiga keng kirib borishi uchun zamin tug‘dirishning ahamiyatini chuqur anglab olishimiz lozim.
Mas’uliyatli va murakkab bu vazifa, davlatning boshqa tadbirlari qatorida, Respublika Oliy Majlisining IX-sessiyasida qabul qilingan "Ta’lim to‘g‘risida"gi qonun "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ni (1997 yil 29 avgust) ro‘yobga chiqarish orqali bajariladi. Bu dasturni tarkibiy qismi sifatida ta’limning yangi modeli yaratiladi. Bundan ko‘zlangan maqsad ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlashning milliy tizimini yaratish edi.
Prezident tomonidan ilmiy asoslab berilgan ta’lim-tarbiya modelini amaliyotga tadbiq etish o‘quv jarayonini texnologiyalash bilan uzviy bog‘liqdir.

Ushbu dastur mazmunida barkamol shaxs va malakali mutaxasisni tarbiyalab voyaga etkazish jarayonining mohiyati to‘laqonli ochib berilgandir. Malakali kadrlar tayyorlash jarayonining har bir bosqichi o‘zida ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, uni yuqori bosqichlarga ko‘tarish, shu bilan birga jahon ta’limi darajasiga etkazish borasida muayyan vazifalarni amalga oshirishi lozim. New technology in education is playing a big role in classes. One of the most affordable and effective is a simple video recorder. With the use of a video recorder kids can see the mistakes they're making in things such as a throwing motion or swinging form. Studies show that students find this more effective than having someone try to explain what they are doing wrong, and then trying to correct it.


Yangi tehnalogiya ta’lim berishda muhim ro’l o’ynaydi. Eng samarali usullardan biri bu video tasvirlar hisoblanadi . ushbu video lavhalar orqali bolalar bajarayotgan harakatlari ichida nimani hato bajarayotganini bilib olishlari mumkin. Ushbu tarbiya usuli shuni ko’rsatadiki, bollalarning qilayotgan notog’ri harakatlari kimdir tomonidan tushuntirilgandan ko’ra, o’zlari xato qilayotganiga amin bo’lib, ularni o’zlari to’g’irlashga harakat qilishlari ko’proq samara beryapti
Researching Effective Pedagogy in the Early Years
Institute of Education University of Lon




Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə