Maktabgacha pedagogika


Uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish tamoyillari



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə12/221
tarix13.12.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#149034
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   221
Nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti-www.hozir.org

Uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish tamoyillari.
Uzluksiz ta’lim- yuksak malakali kadrlar tayyorlashning asosini tashkil etib, ta’limning barcha turlarni, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko’rsatish mazmun -mohiyatini ifoda etadi.
Uzluksiz ta’limning faoliyat ko‘rsatish tamoyillari quyidagilardan iborat:
  • ta’limning ustuvorligi – uning rivojlanishining birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligi, bilim, ta’lim va yuksak intelektning nufuzi;


  • ta’limning demokratlashuvi – ta’lim va tarbiya uslublarini tanlashda o‘quv yurtlari mustaqilligining kengayishi, ta’limni boshqarishning davlat-jamiyat tizimiga o‘tilishi;


  • ta’limning insonparvarlashuvi – inson qobiliyatlarining aniqlanishi va rivojlanishuvi, milliy va umubashariy qadriyatlar ustivorligining ta’minlanishi, inson, jamiyat va atrof-muhit o‘zaro munosabatlarining uyg‘unlashuvi;


  • ta’limning ijtimoiylashuvi – ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish;


  • ta’limning milliy yo‘naltirilganligi – ta’limning milliy tarix, xalq an’analari va urf-odatlari bilan uzviy uyg‘unligi, O‘zbekiston xalqlarining madaniyatini saqlab qolish va boyitish, ta’limni milliy taraqqiyotning o‘ta muhim omili sifatida e’tirof etish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini hurmatlash;


  • ta’lim va tarbiyaning uzviy bog‘liqligi, bu jarayonning har tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishga yo‘naltirilganligi;


iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta’limning eng yuqori darajasida, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun lozim-sharoit yaratish


Uzluksiz ta’lim turlari

Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlang‘ich bosqichi
Maktabgacha ta’lim bola sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlaydi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otadi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha ta’lim bola 6-7 yoshga yetgunicha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarida hamda oilalarda amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim maqsadi va vazifalarini ro‘yobga chiqarishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtiroq etadi.
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim bo‘ladi:
  • Malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni ustivor ravishda tayyorlash;


  • Maktabgacha ta’limni samarali psixologik-pedagogik uslublarini izlash va joriy etish;


  • Bolalarni oilada tarbiyalashni tashkiliy, psixologik, pedagogik va uslubiy jihatdan ta’minlash;


  • Zamonaviy o‘kuv-uslubiy qo‘llanmalar, texnik vositalar, o‘yinchoqlar va o‘yinlar yaratish hamda ularni ishlab chiqarish;


  • Maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqning boy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun lozim-sharoitlar yaratish;


  • Maktabgacha ta’lim muassasalarining har xil turlari uchun muqobildasturlarni tanlab olish, barcha masalalar bo‘yicha malakali maslaxat ko‘rsatish imkoniyatini yaratish;


  • Maktabgacha ta’lim va sog‘lomlashtirish muassasalari tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish texnologiyalarini ishlab chiqish.


Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ish mazmuni va vazifasi o‘quvchilarga fan asoslarini o‘rganish, ularda ijtimoiy faoliyatni tashkil etish borasida ko‘nikma va malakalar hosil qilish, shuningdek, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga ularni tayyorlashdan iboratdir. Umumiy o‘rta ta’lim quyidagi bosqichlardan iboratdir


Umumiy o‘rta ta’lim bosqichlari



Boshlanјich ta’lim


(1-4 sinflar)

Tayanch ta’lim


(5-11 sinflar)

Maktabning birinchi sinfiga bolalar olti-yetti yoshdan qabul qilinadilar. Boshlano‘ich ta’limning asosiy vazifasi va ish mazmuni umumiy o‘rta ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim, ko‘nikma va malaka asoslarini shakllantirishdan iboratdir.


Umumiy o‘rta ta’lim boshlano‘ich ta’lim negizida tashkil etilib, u o‘quvchilarga bilimning zarur hajmini beradi (umumiy o‘rta ta’lim DTS da belgilangan), ularda mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba-ko‘nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki tarzda kasbga yo‘naltirishga va ta’limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam beradi.
Umumiy o‘rta ta’lim doirasida bolalarning qobiliyati va iste’dodini rivojlantirish maqsadida muayyan yo‘nalishdagi ixtisoslashtirilgan, maxsus ta’lim muassasalari (maktab-internatlar, musiqa, sport, xoreografiya hamda tasviriy san’at, shuningdek, ijtimoiy-gumanitar va tarbiyaviy fan yo‘nalishlar bo‘yicha chuqurlashtirilgan bilim beruvchi maktablar va boshqalar) ni tashkil etish mumkin.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uzluksiz ta’limning tarkibi bo‘lib, uning vazifasi va ish mazmuni o‘quvchilarga muayyan yo‘nalishda mutaxassislik yoki kasb-hunar ma’lumotini berish va ularda bu boradagi amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iboratdir. O‘quvchilar to‘qqiz yillik umumiy-majburiy ta’limni tugatganlaridan so‘ng yana uch yil o‘rta maxsus yoki kasb-hunar ta’limini ixtiyoriy tarzda o‘zlashtiradilar. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida olib boriladi.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari egallangan kasb-hunar bo‘yicha ishlash huquqini beradigan, shuningdek, ixtisoslik faoliyati yoki ta’limni navbatdagi bosqichda davom ettirish uchun asos bo‘luvchi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini beradi.
Akademik litsey o‘quvchilarning aqliy qobiliyatlarini jadal o‘stirish, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va muayyan mutaxassislikka yo‘naltirilgan bilim olishlarini ta’minlaydi. Akademik litsey o‘rta maxsus uch yillik o‘quv yurti hisoblanadi. Ushbu o‘quv yurtida o‘quvchilar o‘zlari tanlagan yo‘nalish bo‘yicha bilimlarni oshirish va muayyan fanlar asoslarini chuqur, mukammal o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Akademik litseylar asosan oliy o‘quv yurtlari qoshida tashkil etiladi.
Insonning tafakkuri, aqliy salohiyati ijtimoiy boylik hisoblanadi. Ular har qanday jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini belgilaydigan omillardir. Shunday o‘quvchilar borki, ular o‘rta ta’lim jarayonida ma’lum yo‘nalish bo‘yicha o‘zlarining iqtidorlarini, iste’dodlarini namoyon etadilar. Bu boylikdan oqilona foydalanish, uni to‘g‘ri yo‘naltirish katta ahamiyat kasb etadi. Akademik litseylar aynan shu maqsadni amalga oshirishga iqtidorli, iste’dodli bolalarni tarbiyalashga xizmat qiladi.
Kasb-hunar kolleji o‘quvchilarning muayyan kasb-hunarga moyilligi, mahorat va malakasini chuqur rivojlantirishni, tanlangan kasb-hunar yo‘nalishi bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisoslik ma’lumotini olishni ta’minlovchi hamda uch yil davomida tashkil etiluvchi kasb-hunar ta’limini yo‘lga qo‘yadigan o‘quv yurtidir.
O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonuniga ko‘ra akademik litsey va kasb-hunar kollejining maqomi tengdir. Mazkur turdagi o‘quv yurtlarida tahsil olgan o‘quvchilar oliy o‘quv yurtiga kirishda yoki tanlangan yo‘nalish bo‘yicha faoliyat ko‘rsatishda, konstitutsiyaviy haq-huquqlaridan foydalanishda teng huquqlidir. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari yuqorida qayd etilganidek, o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadlari bilangina bir-biridan ma’lum ma’noda farq qiladi.
Kasb-hunar kollejlari, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari va boshqa ta’lim muassasalari turli yo‘nalishlarda tashkil etiladi. Shuni alohida qayd etish joizki, yangidan tashkil etilayotgan kasb-hunar kollejlari ayni vaqtda ishlab turgan bilim yurtlaridan ham mazmunan, ham shaklan tubdan farq qiladi. Bu farqlar nimalarda ko‘rinadi?
Yangi tipdagi kasb-hunar kollejlarining faoliyati, o‘quv jarayonini samarali texnika va texnologiya yutuqlari yordamida tashkil etilib, yuksak malakali usta, kichik mutaxassis tayyorlashdan iboratdir. Ta’lim jarayoni jahon talablariga javob beruvchi, istiqbolni ko‘zlab chiqilgan o‘quv rejasi va dasturlari asosida tashkil etiladi. Kasb-hunar kollejlari uchun ishlab chiqilgan o‘quv dasturlari o‘zidan oldingi ta’lim bosqichi umumiy o‘rta ta’lim maktablarini o‘zidan keyingi bosqichda turgan oliy o‘quv yurtlarining o‘quv dasturlari bilan o‘zaro bog’liqlikda bo’lib, ta’limning uzluksiz va izchillik tamoyiliga to‘la mos keladi.
Navbatdagi farq, kasb-hunar kollejlari pedagoglarining saviyasi yuqoriligi va ta’lim jarayoniga pedagogik texnologiyaning tatbiq etilganligidadir.
Kasb-hunar kollejlarida zamonaviy asbob-uskunalar, o‘quv-uslubiy qurollar, ko‘rgazmali vositalar, axborot texnologiyalar va kompyuterlar bilan jihozlanishi ham tubdan farq qiladi. O‘quv binolari, ustaxonalarning zamonaviyligi bilan ajralib turadi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, kasb-hunar kollejlarida ishchi kadrlar emas, balki keng ixtisoslikdagi kichik mutaxassislar tayyorlanadi. Yana bir afzalligi bunday o‘quv yurtlarida har hududning o‘ziga xos jo‘g’rofiy va demografik shart-sharoitlari va mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojlari hisobga olingan holda kadrlar tayyorlanadi.
Kollejlarda kadrlar tayyorlash jarayoni ikki yoqlama tizim asosida amalga oshiriladi. O‘quvchilarga beriladigan ishlab chiqarish ta’limi o‘quv muassasasining ustaxonalarida va ishlab chiqarish korxonalaridagi amaliyot bilan uzviy bog’liq holda olib boriladi.
Umumiy o‘rta maktablarning to‘qqizinchi sinfini tugatganlar yakuniy davlat attestatsiyasi natijasini, o‘quvchi tomonidan yig’ilgan reyting ko‘rsatkichlari hamda pedagogik-psixologik tashxis markazlarining tavsiyalariga asosan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida muayyan yo‘nalish bo‘yicha o‘qishni davom ettiradilar.



Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə