Maktabgacha pedagogika


Pedogogik ilmiy tadqiqot metodlar



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə7/221
tarix13.12.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#149034
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   221
Nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti-www.hozir.org

Pedogogik ilmiy tadqiqot metodlar
Pedagogika fanining tarixiy taraqqiyotini o‘rgatuvchi va milliy istiqlol mafkurasini shakllantiruvchi hal qilinishi lozim bo‘lgan muammolar bor. Pedagogik muammolarni hal qilishda turli-tuman tadqiqot metodlari mavjud. Yuqorida keltirganimizdek, metod lotincha “mitodos”- yo‘l so‘zidan olingan bo‘lib, ilmiy tadqiqot esa shu metodlar orqali nazariy, mafkuraviy, ilmiy, milliy va ijtimoiy hayot hodisalarini ularning qonuniyatlarini bilishga xizmat qiladi. Ilmiy tadqiqot metodlari olimlar tomonidan turlicha asoslab berilgan:
Akademik S.Rajabov tahriri ostidagi pedagogikada kuzatish, suhbat, maktab hujjatlarini tahlil qilish, eksperimentlar metodi, statistika ma’lumotlarini tahlil va sintez qilish, anketalar, hisoblash matematikasi va kibernetika metodlari asoslab berilgan. I.F.Xarlamovning “Pedagogika” o‘quv qo‘llanmasida pedagogik kuzatish, suhbat, tajriba eksperiment, maktab hujjatlarini o‘rganish, ilo‘or tajribalarni umumlashtirish, matematik hisoblash metodlari asoslab berilgan.
S.P.Baranov va boshqalar yaratgan "Pedagogika" qo‘llanmasida esa kuzatish, savol-javob, maktab hujjatlarini o‘rganish, eksperiment tajriba, modellashtirish metodlari berilgan. A.K.Munavvarov tahriri ostidagi "Pedagogika" o‘quv qo‘llanmasida kuzatish, suhbat, bolalar ijodini o‘rganish, test-so‘rovnomalar, maktab hujjatlarini tahlil qilish, matematika va kibernetika metodlari berilgan. Mavjud pedagogik darsliklarning deyarli hammasida metodlarni tavsiflab chiqishning bir xillik holati mavjud. Ilmiy tadqiqot faoliyatimizda bulardan foydalanish bizdan ijodiy yondoshishni talab qiladi. Ilmiy pedagogik tadqiqot metodlarida biror pedagogik muammoni hal qilish maqsadida talaba, o‘qituvchi-tarbiyachi, aspirant-tadqiqotchi va ilmiy xodimlardan foydalanadilar. Ilmiy izlanishning dastlabki debochasi adabiyotlarni o‘rganib, tahlil qilishdan boshlanadi.


Adabiyotlarni o‘rganish metodi - Pedagogik adabiyotlarni o‘rganish jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni aks ettiruvchi, mutafakkir va ma’rifatparvar pedagog olimlarning asarlari, mustaqil O‘zbekistonning iqtisodiyotiga, mafkurasiga va ma’naviyatga doir adabiyotlar, tadqiqot mavzusiga doir darsliklar, monografiyalar, risolalar va maqolalar, tadqiqot mavzusiga doir pedagogik, psixologik tadqiqotlar, dissertatsiyalar o‘rganiladi, umumlashtiriladi, xulosa chiqariladi.

Kuzatish metodlari – Kuzatish adabiyotlarni o‘rganishdan keyin boshlanadi. Kuzatishni tadqiqotchi biror maqsadni ko‘zda tutib tashkil etadi. Kuzatish rejalashtiriladi, uning dasturi tuziladi. Bunda kuzatish tezligi, soni, manzili, vaqti, vaziyatni kuzatish, materiallarni qayd qilish muddati belgilanadi. Kuzatish muddatiga ko‘ra ikki turga ajraladi: qisqa va uzoq muddatli kuzatish - qisqa kuzatish ob’ektning kundalik faoliyatdagi o‘zgarishlaridan ma’lum xulosaga kelish. Uzoq muddatli kuzatish-qo‘yilgan maqsad, reja va dastur asosida olib borilib, ma’lum ilmiy, yakuniy xulosaga kelinadi. Kuzatishni yakuniy qayd qilishda kinos’yomka, video yozuvi, televidenie va boshqa texnik vositalardan foydalanish mumkin. Kuzatish metodidan to‘o‘ri foydalanish o‘quv-tarbiya jarayonining samaradorligini oshiradi. Yangi ijodiy faoliyatga boshlaydi.

Suhbat metodi - Tadqiqot mavzusining biror tomoni yoki hodisalari haqida bilib olish maqsadida mas’ul shaxslar bilan og‘zaki savollar berilib, ulardan axborot olish jarayonidir. So‘roqlar mavzu doirasida mantiqan mazmunli, tartibli, aniq ifodaga ega bo‘lishi lozim va uni to‘o‘ri yoki noto‘o‘rililigiga qarab jadval tuzib natijasi aniqlanadi. Suhbat metodi jarayonida intervyu olish ham mumkin. O‘rinli, mantiqan yuksak javoblar yoki noaniq javoblar magnit lentalariga yozib boriladi va tahlil etiladi.

Pedagogik eksperiment - Har qanday pedagogik tadqiqotning asosidir. Pedagogik eksperiment yordamida ilmiy farazlarning ishonchliligi tekshiriladi, pedagogik jarayonlarning ayrim elementlari o‘rtasidagi boo‘liqlik va munosabatlari aniqlanadi. Pedagogik eksperiment ikki turga bo‘linadi: qayd qiluvchi va shakllantiruvchi. Qayd qiluvchi eksperiment orqali ta’lim yoki tarbiya jarayonidagi mavjud muammolar aniqlanadi. Shakllantiruvchi eksperimentda esa zaruriy ma’lumotlar o‘quvchilarda shakllantiriladi. Pedagogik jarayonni aniqroq o‘rganish maqsadida eksperimentator o‘zi tashkil etgan jarayonni kuzatadi. U pedagogik jarayonga aralashadi, tarbiyalanuvchilar bilan tarbiyachi faoliyatining muayyan sharoitlarini yaratadi. Pedagogik eksperiment dastlabki ma’lumotlarni, aniq sharoitlarni va o‘qitish usullarini yoki tadqiq qilinadigan materiallarni aniq belgilashni, shuningdek, eksperiment natijalarini har tomonlama hisobga olishni talab etadi. Quyidagilar pedagogik eksperimentning bosqichlari hisoblanadi: eksperiment o‘tkazish va natijalarni sharhlash. Rejalashtirish, eksperiment maqsadi va vazifasini belgilash, eksperiment natijasiga ta’sir etuvchi omillar va ular darajasining miqdorini aniqlash, kerakli kuzatishlar soni, eksperiment o‘tkazish tartibi, olingan natijalarni tekshirish metodlarini o‘z ichiga oladi. Eksperimentni tashkil etish va o‘tkazish belgilangan rejaga qat’iy amal qilgan holda olib borilish kerak. Sharhlash bosqichida ma’lumotlar yio‘iladi va qayta ishlanadi. Eksperiment o‘tkazish ishonchlilik tamoyiliga javob berish uchun quyidagi shartlarga rioya qilishi kerak, ya’ni:
1. Tekshiruvchilar soni va tajribalar miqdorining aniq bo‘lishi.
2. Tadqiqot metodlarini ishonchliligi.
3. Farqlarning statistik jihatdan ahamiyatliligini hisobga olish. Turli metodlarning o‘zaro qo‘shib olib borilishi pedagogik tadqiqotlarning samaradorligini va sifatini oshirishga imkon beradi. Bunga matematik metodlarning hamda hisoblash-yechish qurilmalari yordamidagi eksperiment natijalarining pedagogikaga kirib kelishi ham yordamlashadi. Odatda, o‘rtacha arifmetik miqdor, modda, meridiana, dispersiya, tanlab olinadigan to‘plam majmuining o‘rtacha kvadratik chetga chiqishi, o‘rtacha olingan qiymat xatosi, belgilarni tuzatish koeffetsentlari hisoblab chiqiladi. Ilmiy tadqiqot natijalari amalda qo‘llaniladi. Tugallangan tadqiqotda eng muhim narsa uning natijalari amalda qo‘llanilishidir. Mustaqil O‘zbekiston sharoitida yangi ilmiy bilimlar juda tez to‘planib bormoqda. Biroq, ularni amaliy ishga joriy etish yo‘lida qiyinchiliklar ham borligi ko‘zga tashlanmoqda.
Bu qiyinchiliklar o‘quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish haqidagi bilimlarining ortib borishi bilan ulardan foydalaniishning faol imkoniyatlari o‘rtasidagi nomuvofiqlikdan iboratdir. Shunday bo‘lsa-da, bu ularni joriy etish yuzasidan maqsadga muvofiq ishlar olib borishni istisno etmaydi. Joriy etish jarayoni pedagogik tajribani takomillashtirishga qaratilgan faoliyat deb qaraladi. Shu sababli joriy qilinishi lozim bo‘lgan tavsiyalarga yuqori talablar qo‘yiladi. Talablarning ilmiy asoslanganlik darajasi, ular mazmunining aniqligi pedagoglar bilan o‘quvchilarning mo‘ljallangan kuch – o‘ayrati mezonini to‘o‘ri baholashni nazarda tutadi. Joriy etish butun bir tadbirlar kompleksi bo‘lib, u olingan xulosalar haqida pedagogik jamoatchilikni xabardor qilishni, yangi o‘quv va metodik qo‘llanmalar yaratishni, metodik yo‘l -yo‘riq va metodik tavsiyalar ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi.

MTM hujjatlarini tahlil qilish metodi - Pedagogik hodisalar va faktlarni tekshirishda maktab hujjatlarini mukammal va chuqur o‘rganmoq lozim. MTM hujjatlarini tahlil qilishda ta’lim qonunlariga amal qilinmoq kerak. MTM hujjatlarini tahlil qilishda o‘quvchilarning ijodiy faolligi va mustaqilligini uning iqtidorini hamda ilo‘or pedagogik tajribalarning umumlashtirilishi va joriy etilishini ko‘rsatgan taqdirdagina to‘liq qiymatga ega bo‘ladi.
Shuningdek, bolalarning umumiy miqdori, uning o‘sishi yoki kamayishi sabablari tavsifi , rag‘batlantirish va jazolash choralari turlariga, MTMning moddiy bazasiga e’tibor beriladi.


Bolalar ijodini o‘rganish metodi - bolalar ijodini hamda ularning turli-tuman ishlarini o‘rganish va tahlil qilish pedagogik tadqiqotning samarali metodlaridan biridir. Iqtidorli bolalar aqliy qobilyatlari, olijanob axloqiy qiyofalari, estetik didlari, sinchkovliklari va qiziquvchanliklari bilan ajralib turadi. Pedagogika fani bolalar ijodining manbalari va omillarini chuqur bilishga hamda ularni yanadi taraqqiy ettirish va takomillashtirishning to‘g‘ri yo‘llarini ko‘rsatib berishga qaratilgan.

Statistik ma’lumotlarni analiz va sintez qilish metodi-Pedagogik tadqiqot kerakli statistika ma’lumotlarini ma’lum bir maqsad bilan tizimli o‘rganish, mustaqil O‘zbekistonda fan madaniyat, ta’lim-tarbiyani taraqqiy etishiga salmoqli hissa qo‘shadi.
Xalq ta’limi sohasidagi, jumladan, ajratilgan mablag‘larning doimiy o‘sib borishi, darslik va o‘quv qo‘llanmalari, ko‘rgazmali qurollar, o‘qituvchi kadrlar tayyorlash, maktab qurilishi, xo‘jalik shartnomalari va ulardan tushayotgan mablao‘lar statistika usuli orqali aniqlanadi.


Anketalar metodi - bolalardan so‘rash usuli bo‘lib, u bolalar jamoasining bilimlari to‘o‘risidagi kerakli ma’lumotlarni olish uchun, ularning fikrlari va qarashlarini aniqlash uchun hamda kasbga yo‘llashni belgilash uchun maxsus shaklda ishlangan bo‘lmoo‘i lozim. Anketada ko‘zlangan maqsadga muvofiq savollar bo‘lib, ularning javoblaridan pedagogik natijalar kelib chiqishi ko‘zda tutiladi.
Yozma javoblarni ommaviy ravishda yio‘ib olish metodi anketa metodi deb ataladi. Anketalar ishlab chiqarish murakkab ilmiy jarayon. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi anketalar mazmuniga, berilgan savollar shakliga, to‘ldirilgan anketalar soniga boo‘liq bo‘ladi. Odatda, anketalar anketa ma’lumotlarni EHM da qo‘llab, matematik-statistik metodlari bilan ishlashga imkon beradigan qilib tuziladi. Hujjatlarning yetarli darajada aniqlik bilan shunday tahlil qilinishi pedagogik jamoalarning real faoliyatidagi sababli boo‘lanishlari va boo‘liqliklarini aniqlashga yordam beradi.
Hisoblash matematikasi va kibernetika metodlari - Hozirgi zamon ishlab chiqarishi, fani va texnikasining talab hamda manfaatlari turmushda sinalgan texnika vositalarini, hisoblash matematikasi va kibernetika usullarini maktab ishida va pedagogikada qo‘llanilishini talab qiladi. Pedagogik kibernetika shakli bilim berish jarayonini o‘qitish, bilim berish jarayonini boshqarishning alohida formasi sifatida o‘ziga xos xususiyatga ega. Shuning uchun pedagogik jarayon bilan ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish o‘rtasida katta farq bor.
Pedagogik tadqiqotlarda kino, ovoz texnikasi, foto, televidenie singari texnika vositalaridan keng foydalaniladi. Ular o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirishga yordam beradi. Bolalar uchun qo‘shimcha rao‘batlantirish omillarini hosil qiladi. Bular o‘qituvchilar mehnatini ma’lum maqsadda yengillashtiradi. Ko‘rsatilgan vositalarning har biri bolalarning yoshini hisobga olgan holda o‘quv fani va pedagogik jarayonni mukammallashtiradi.
Sotsiologik tadqiqot metodi-Anketaga savollar kiritiladi. Bundan maqsad talaba-yoshlarning kasb-hunarga bo‘lgan munosabatlarni aniqlash, talabalar orasidagi do‘stlik munosabatlarini aniqlash, o‘zi ta’lim-tarbiya olayotgan oliy o‘quv yurtidagi shart-sharoitlarni bilish, yutuq va kamchiliklarni, yoshlar orasidagi munosabatlarni, dinga, xususan, tasavvufga bo‘lgan qiziqishlarini aniqlash, talabalarning ma’naviy sifatlari darajasini, bilim olishga ishtiyoqi, adabiyotlar bilan ta’minlanganlik darajasi, ilmiy va kasbiy mahoratni oshirishdagi masho‘ulotlar turi, stipendiyalar miqdori, ota-onalarning moddiy yordami, ularning ma’lumoti, ish joyi, talabalarning yashash joyi, ilmiy dunyoqarashining shakllantirishida ta’sir etuvchi omillar, ularning onglilik darajasi jarayoni, ma’naviy sifatlar, komillikka erishish uchun tezroq qutulish kerak bo‘lgan salbiy sifatlarni aniqlashdir.
Milliy dasturning maqsadi, vazifalari va uni ro‘yobga chiqarish bosqichlarida, yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ta’limni talab qilinadigan darajasi va sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining amalda faoliyat ko‘rsatishi va barqaror rivojlanishining kafolatlarini ustuvorligini ta’minlovchi normativ, moddiy texnika va axborot bazasini yaratish kabi masalalar pedagogik tadqiqotni asosini tashkil etadi.



Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə