Maktabgacha ta’lim fakulteti ‘‘Himoyaga ruhsat etilsin’’



Yüklə 453,41 Kb.
səhifə17/28
tarix22.03.2024
ölçüsü453,41 Kb.
#180824
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28
РАХБАРОЙ ОХИРГИ ВАРИАНТ.ДОГ. (3)

II- Bob bo’yicha xulosa

  1. Har bir mashg‘ulotning o‘zida dasturning bir bo‘limiga yoki har xil bo‘limning, ya’ni «Miqdor», «Sanoq», «Kattalik», «Shakl» va boshqa bo‘­limlariga oid masalalar o‘rganilishi va takrorlanishi mumkin.

  2. O‘qitish tajribasida qurama mashg‘ulotlar eng ko‘p o‘rinni oladi, ularning birinchi qismida 8-10 daqiqa davomida yangi material o‘rganiladi, ikkinchi qismida (9-12 daqiqa davomida) oldingi mashg‘ulotlarda olingan bilim va ko‘nikmalar mustahkamlanadi, oxirida esa bolalarga ilgari o‘zlashtirilgan bilimlar 3-4 daqiqa takrorlatiladi.

  3. Ta’limiy o‘yinlar ta’lim berishda ham, xuddi shunday boshqa faoliyat sohalarida ham o‘z tatbiqini topgan harakat texnologiyalarini ifodalaydilar. Ular ta’lim jarayonini faollashtirishga, tarbiyalanuvchilarning ijod qilishlarini boshlanishini uyg‘otishga imkoniyat yaratadilar.

  4. MTTlarda multimedia texnologiyalari asosida kompyuterli ta’limiy va rivojlantiruvchi o‘yinlardan ham foydalanish mumkin. Bu o‘rinda shuni ta’kidlash kerakki, kompyuterli ta’limiy va rivojlantiruvchi o‘yinlar didaktikaning barcha qonun va qoidalariga rioya qilgan holda o‘tkaziladi.



III BOB. MAKTABGA TAYYORLOV GURUHLARIDA MATEMATIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA TAJRIBA SINOV ISHLARI
3.1-§. Tajriba-sinov ishlari borishi va tahlili
Maktabgacha tayyorlov guruhi bolalarining matematik tasavvurlarini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot Toshkent shahar Chilonzor tumani №473-DMTT tajriba sinov ishlari olib borildi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida maktabga tayyorlov guruhlarida matematik ta’limni rivojlantirishning tajriba-sinov ishlari 3 bosqichda olib borildi:
1-bosqich – maktabga tayyorlov yoshidagi bolalarda dastlabki elementar matematik bilimlar, ko‘nikma va malakalarini aniqlovchi;
2-bosqich – bilimlarni shakllantiruvchi;
3-bosqich – maktabga tayyorlov yoshidagi bolalarning aqliy faollik jarayonini rivojlantirish va ular egallagan bilimlar asosidagi tajriba, ko‘nikmalarini umumlashtiruvchi;
Ushbu ta’lim tashkilotlarida tanlab olingan guruhlardagi tarbiyalanuvchilar soni quyidagi 3.1.1-jadvalda jadvalda aks ettirildi.

Yüklə 453,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə