Maktabgacha ta`lim kafedrasi Sirtqi bo`lim 112-guruh talabasi Islomova Maftunaning tayyorlagan taqdimoti Mavzu: Media mahsulot turlari



Yüklə 65,41 Kb.
tarix18.12.2023
ölçüsü65,41 Kb.
#150331

Maktabgacha ta`lim kafedrasi Sirtqi bo`lim 112-guruh talabasi Islomova Maftunaning tayyorlagan taqdimoti Mavzu:Media mahsulot turlari

Multimedia vositalari (multimedia – ko’pvositalilik) - bu insonga o’zi uchun tabiiy muxit: tovush, video, grafika, matnlar, animatsiya va boshqalardan foydalanib, kompyuter bilan muloqatda bo’lishga imkon beruvchi texnik va dasturiy vositalar majmuidir.

Multimedia - gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyi-dagilar kiradi: - axborotning xilma-xil turlari: an'anaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar), original (nutk, musika, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalar) turlarini bir dasturiy maxsulotda integratsiyalaydi. Bunday integratsiya axborotni ro’yxatdan o’tkazish va aks ettirishning turli kurilmalari: mikrofon, audio-tizimlar, optik kompaktdisklar, televizor, videomagnitafon, videokamera, elektron musiqiy asboblardan foydalanilgan holda kompyuter boshqaruvida bajariladi; - muayyan vaqtdagi ish, o’z tabiatiga ko’ra statik bo’lgan matn va grafikadan farqi ravishda, audio va videosignallar faqat vaqtning ma'lum orali g’ida ko’rib chiqiladi

Multimedia vositalari asosida o’quvchilarni o’qitish quyidagi afzalliklarga ega: a) berilayotgan materiallarni chuqurroq, va mukammalroq o’zlashtirish imkoniyati bor; b) ta'lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi yanada ortadi: v) ta'lim olish vaqtining qisqarish natijasida, vaqtni tejash imkoniyatiga erishish; g) olingan bilimlar kishi xotirasida o’zoq muddat saqlanib, kerak bo’lganda amaliyotda qo’llash imkoniyatiga erishiladi.

Distant uslubi asosida o’qitish quyidagi texnologiyalarni o’z ichiga oladi: Interaktiv texnologiyalar: - audiokonferensiyalar ; - videokonferensiyalar ; - ish stolidagi videokonferensiyalar ; - elektron konferensiyalar ; - ovoz kommunikatsiyalari ; - ikki tomonlama sputnik aloqa ; - virtual borliq ; Nointeraktiv texnologiyalar: - bosib chiqarilgan materiallar; - audiokassetalar; - videokassetalar; - bir tomonlama sputnik aloqa; - televizion va radio ko’rsatuvlari; - disketa va CD-ROM lar.

Mutimediali taqdimot – bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va eng zamonaviy shakli hisoblanadi. Bu matnli ma'lumotlar, rasmlar, slayd-shou, diktor jo‘rligidagi ovoz bilan boyitilgan, videoparcha va animatsiya, uch o‘lchamli grafika tarzidagi dasturiy ta'minot bo‘lishi mumkin. Taqdimotning ma'lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan asosiy farqi ularning mazmunan boyitilganligi va interfaolligidir, ya'ni belgilangan shaklda o‘zgarishga moyilligi va foydalanuvchi faoliyatiga munosabatini bildirishidir. Bundan tashqari, taqdimot Sizning saytingiz kaliti ham bo‘lishi mumkin. Ya'ni Internetga chiqish imkoniyati mavjud bo‘lgan paytda sichqonchani bir martagina bosish orqali taqdimotni ko‘rib, kompaniya saytidan eng yangi ma'lumotni olish mumkin. Multimediali texnologiya Multimediali texnologiya (multi – ko‘p, media – muhit) bir vaqtning o‘zida ma'lumot taqdim etishning bir necha usullaridan foydalanishga imkon beradi: matn, grafika, animatsiya, videotasvir va ovoz. Multimediali texnologiyaning eng muhim xususiyati interfaolik – axborot muhiti ishlashida foydalanuvchiga ta'sir o‘tkaza olishga qodirligi hisoblanadi. So‘nggi yillar davomida ko‘plab multimediali dasturiy mahsulotlar yaratildi va yaratilmoqda: ensiklopediyalar, o‘rgatuvchi dasturlar, kompyuter taqdimotlari va boshqalar.

So‘nggi o‘n yillik dunyoda kompyuter revolyutsiyasi davri bo‘ldi. Kompyuterlar asosli ravishda hayotimizga kirib keldi. Insoniyat faoliyatining aksariyat jabhalarini kompyutersiz tasavvur qilish qiyin. Faoliyatning eng tez o‘zgaruvchan dinamik turi bo‘lgan biznes ham ushbu jarayondan chetda qolmadi. Bu holatda kompyuter bilan muloqotni osonlashtirish, uning e'tiborini tortish, qiziqtirish uchun ma'lumotingizni boshqalarga qanday qilib eng qulay va samarali tarzda yetkazish mumkinligi to‘g‘risida savol tug‘iladi. Ma'lumki, inson ma'lumotning ko‘p qismini ko‘rish (~80%) va eshitish (~15%) organlari orqali qabul qiladi (bu avvaldan aniqlangan va kino hamda televideniyeda undan samarali foydalaniladi). Multimediali texnologiyalar ushbu muhim sezgi organlarining bir vaqtda ishlashiga yordam beradi. Dinamik vizual ketma-ketlik (slayd-shou, animatsiya, video)ni ovozli tarzda namoyish etish orqali insonlarning e'tiborini ko‘proq jalb qilamiz. Shundan kelib chiqib, multimediali texnologiyalar axborotni maksimal samarali tarzda taqdim etishga imkon beradi. Videodan farqli ravishda multimediali texnologiyalar axborotlarni boshqarishga imkon beradi, ya'ni interfaol bo‘lishi mumkin. Multimediali taqdimot ma'lumotni to‘g‘ridan to‘g‘ri qabul qilishni ta'minlaydi. Foydalanuvchi taqdim etilayotgan barcha ma'lumotlarni ko‘radi va o‘zini qiziqtirgan qismlaridan foydalana oladi.


Yüklə 65,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə