Maktabgacha ta'lim muassasasida rasm chizishga o'rgatish


O'rta guruhda dekorativ rasm chizishga o'rgatishning mazmuni va vazifalari



Yüklə 40,94 Kb.
səhifə13/14
tarix30.12.2023
ölçüsü40,94 Kb.
#165095
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Maktabgacha ta\'lim muassasasida rasm chizishga o\'rgatish-fayllar.org

O'rta guruhda dekorativ rasm chizishga o'rgatishning mazmuni va vazifalari.


  • O'rta guruhda dekorativ rasm chizishga o'rgatishning mazmuni va vazifalari.

  • Dekorativ rasm solish bolalarga 4 yoshdan boshlab o'rgatiladi. O'rta guruhda dekorativ rasm solishga o'rgatishning vazifalari quyidagilar:

  • chiziqda, kvadratda, doirada shakllarni ritmik joylashtirishning kompozitsion malakasini rivojlantirish;

  • ranglar hissini rivojlantirish, ya'ni kontrast, yorqin ranglarni chiroyli moslashtirish;

  • turli yirik va mayda shakllarni - naqshning sodda elementlarini chiza olish malakasini rivojlantirish;

  • * mo'yqalamdan foydalanishning texnik ko'nikmalarini rivojlantirish, qog'ozga yengil tekkizib, nuqtalar hosil qilish;

  • * mo'yqalamning boshchasidan to'g'ri chiziqlar o'tkazishda hamda dog'chalar hosil qilish usulida mo'yqalamdan to'liq foydalanish;

  • O'rta guruhda dekorativ rasm solishning kompozitsion vazifasi tayyor shakllarni yelimlashga o'xshashdir. Boshlang'ich mashg'ulotlarda, bolalar mo'yqalam bilan tekis chiziqlar chizib, ularning orasida mo'yqalam yordamida dog'chalar hosil qilishni, nuqtalar hosil qilishni o'rganadilar. Bunda dog'chalarning ranglarini va naqsh murakkablashgan sari, o'rnini o'zgartiradilar. Mo'yqalam yordamida dog'chalar hosil qilish usuli (mazok) bajarish uchun yengil bo’lgan dekorativ elementdir. Bu aniq bir harakatni talab qilmaydi va mo'yqalamni qog'ozga botirib olishdan hosil bo'ladi. Shuning uchun naqsh chizishda avval botirib olish usuli kiritiladi, so'ng nuqta hosil qilish usuli kiritiladi.

Nuqta hosil qilish mo'yqalam bilan ishlashda yangi usulni talab qiladi: mo'yqalamni vertikal holatda ushlash lozim, shu bilan birga, bolada koordinatsion harakat yetarlicha rivojlangan bo'lishi kerak, chunki mo'yqalam qog'ozga faqatgina uchi bilangina tekkiziladi. Boshlang'ich rasmlarning kompozitsiyasi ham soddadir: birgina elementni ritmik qaytarib, naqsh chizish. Faqatgina insonlar uchun xos bo'lgan qo'lning ritmik harakati, ana shu mashqlarni qaytarishni yengillashtiradi va tasviriy shakldagi ritmni yetkazib berishga yordam beradi.


  • Nuqta hosil qilish mo'yqalam bilan ishlashda yangi usulni talab qiladi: mo'yqalamni vertikal holatda ushlash lozim, shu bilan birga, bolada koordinatsion harakat yetarlicha rivojlangan bo'lishi kerak, chunki mo'yqalam qog'ozga faqatgina uchi bilangina tekkiziladi. Boshlang'ich rasmlarning kompozitsiyasi ham soddadir: birgina elementni ritmik qaytarib, naqsh chizish. Faqatgina insonlar uchun xos bo'lgan qo'lning ritmik harakati, ana shu mashqlarni qaytarishni yengillashtiradi va tasviriy shakldagi ritmni yetkazib berishga yordam beradi.

  • Almashinuv - kompozitsiyaning murakkablashgan usulidir. Chunki u bir nechta shakllarning o'zaro moslashuviga asoslanadi. O'rta guruhdagi bolalar uchun ikkitagina elementning shakli va rangi bilan navbatma-navbat almashtirish yetarli bo'ladi.

  • Dasturdagi materialning mukammallashib borishi murakkabroq kompozitsiya bilan naqshda yangi tasviriy elementlarni kiritish hisobidan hosil bo'ladi. Nuqtalar chizish va mo'yqalamni botirib olish usulidan tashqari, bolalar naqshda doirachalar, halqalardan foydalanib chizishni o'rganadilar. Bu elementlarni bolalar kichik guruhlarda tasvirlashni o'rganganlar.

  • Dekorativ rasmda bu shakllarni chizish ancha o'zgaradi: ular ancha kichik hajmda, chizayotganda shakllar bir-biriga hajmi jixatdan mos bo'lishi kerak; undan tashqari, bu shakllar predmet obrazi bilan bog'liq emas, bu albatta bola uchun tasviriy jarayonni murakkablashtiradi. Bolalar yana naqshni faqat bir chiziqda emas, balki to'rtburchak shaklida, doirada ham joylashtirishni o'rganadilar.

Yüklə 40,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə