Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlarini shakllantirish metodikasining nazariy



Yüklə 294,01 Kb.
səhifə15/39
tarix29.11.2023
ölçüsü294,01 Kb.
#142047
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39
Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlari-fayllar.org

kichik guruh
Dastur mazmuni: Bolalarga ertalab haqida tushuncha berish. Kerakli material: Krovat, qo‘g‘irchoq, taroq, suv, kiyimlar,stol, stul, sochiq, choy ichish uchun idishlar.Mashg‘ulotlning borishi:-Bolalar, Lolahon qo‘g‘irchog‘imizuyqudan uyg‘ondi. U sizlarga hayrli erta deyapti. Bolalar ham q‘g‘irchoqqa rahrnat yoki salom deydilar. - Qo‘g‘irchoq qachon o‘rnidan turdi ? -Ertalab turdi. -U kiyinyapti. Qachon kiyinyapti ? - ertalab kiyinyapti. -qachon yuvinib, nonushta qildi ? -Ertalab. Lolahon o‘rinlarini yig‘ib, sochlarini tarab bog‘chaga yo‘l oldi. - Bolalar bu voqealar kunining qaysi qismida sodir bO‘lyapti (ertalab)
Yakun: To‘g‘ri ertalab hamma uyqudan turib, yuvinib, kiyinib, nonushta qilib, so‘ng ishga va bog‘chaga ketadi.

"Kecha bugun ertaga"

Bolalar doira hosil qilib turadilar. Tarbiyachi qisqachagina jumla aytib koptokni irg‘itadi. Koptokni olgan bola savolga mos kelgan vaqtning nomini aytadi.


Masalan: Musiqa mashg’ulotlari (ertaga bo‘ladi). Biz (kecha) loy va plastelindan turli buyumlar yasadik.
Biz (bugun) sayrga chiqamiz.
Bolalarni vaqt haqidagi tushunchalarini mustahkamlash. Ularni bugun, kecha, ertaga kabi matematikmashg’ulotlarda olgan bilimlarini rivojlantirish.
Aynan ilk yoshdan boshlab bolalami nutqini o‘stirish ishlarni, atrof muhit bilan tanishtirish, narsalarni harakati yuzasidan bilimlarini oshirish ishlarinimashg’ulot tarzida kiritish hamda matematik mazmunga ega bo‘lgan mahsusmashg’ulotlarni o‘tkazish bolalaming yoshligidan boshlab faqat matematik tasavvurni hosil qilish emas balki psixik funksiyalarni (idrok, hotira, tafakur, hayollarini) rivojlantirishga yordam berdi.
Tarbiyachilar bolalarni bilim olish va uni tatbiq qilishda tashabbus ko‘rsatishlari, bolalarni faxm farosatlarini ishga solishlarini, fikrlashmashg’ulotini o‘stirish uchun kun davomida bolalar bilan turli xil qiziqarlio ‘yinlar, didaktiko ‘yinlar bolalami sensor qobiliyatlarini rivojlantiruvchimashg’ulotlar olib borishini, bolalarni nutqini, bilim doirasini kengaytirish, aniqlash va sistemaga olib kirish lozim.
3 yoshga qadam qo‘ygan bola turli narsalar guruhi bilan tanishish jarayonini narsalar soni haqida tasavvurni aniqlash qobiliyati shakllanadi.Ta'lim to‘g‘risidagi qonun va maktabgacha talim bola shahsini sog‘lom va etuk, maktabda o‘qitishga tayorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi.Sog‘lom avlod deganda nafaqat jismoniy balki uyg‘un, komil inson bo‘libetishish kerakligini.Shu o‘rinda bolalarning aqliy kamolotiga ham alohida etibor beriladi.Bunda MTT tarbiyalanivchilari olib borilayotgan ilk matematik tasavvurlarni to‘g‘ri idrok eta oladigan, hayotda o‘ziningmashg’ulotndaio‘rinli qo‘llay oladigan bo‘lishi kerak.Sinkveyn- fransuzcha so`zdan olingan bo`lib “Besh misra” sheriy qator ma’nosini anglatadi.Unda quyidagicha ish olib boriladi:
Sensor tarbiya
  1. Ot-Sensor (bir so`zdan iborat) hima?


  2. Sifat-sezish, idrok qilish (ikki so`zdan iborat) qanday?


  3. Fe’l-ushlaydi,sirtini sezadi, aniqlaydi.(uch so`zdan iborat)nima qiladi? 4.Ibora- sensor belgilarni qamrab oladii (to`rt so`zdan iborat)


5.Sinonim-tuyg‘u (bir so`zdan iborat).



Didaktik o`yinlar
  1. Ot- didaktik


  2. Sifat-ta’limiy,tarbiyaviy


  3. Fe’l- o`rgatadi,rivojlantiradi, mustahkamlaydi. 4.Ibora-ta’lim berishning asosiy usuli.


5.Sinonim-talab.


Mashq
  1. Ot-mashq.


  2. Sifat-oddiy,murakkab.


  3. Fe’l-o`zlashtiradi, bajaradi, takrorlaydi.


  4. Ibora –rejali ravishda takroriy bajarish.5.Sinonim-qollash.




  1. Mavzu: M.Montessori metodi haqida tushuncha.


Reja:

  1. Sensor tarbiyaning maqsad va vazifalari

  2. M. Montessori materiallari bolalarni sensor qobiliyatalarini rivojlantirishdagi o‘rni 3.M.Montessori materiallaridan namunalar



M. Montessori materiallari bolalarni sensor qobiliyatalarinirivojlantirishdagi o‘rni.

Mariya Montessori vrach sifatida bolalarning ruhan kamol topishi uchun uni his qilishga o‘rgatish muhimligini bilar edi.


U o‘zining pedagoglik istedodini eng avvalo kichiklami motorika va sensorikaga odatlantirishda, shuningdek ularda yozuv, o‘quvva sanoq malakasini rivojlantirishda namoyon qiladi.
Uzoq vaqt izchil tarzda olib borilgan tadqiqodlar natijasida boy material yig‘ildi u chuqur taxlildan o‘tkazildi.
Montessori materiallari har bir go‘dakka uning o‘z individualliligiga muvofiq havaskorlik faoliyati orqali mustaqil o‘sish imkoniyatlarini namoyon etishga imkoniyat yaratgan, ta’bir joiz bo‘lsa ”pedogogik” tayyorgarlik muhitining tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi.
Montessori materiallari aniq ravshanligi, tuzilishi va mantiqiy izchilligi darajasiga ko‘ra bola rivojining eng ta’sirlanuvchan davrlariga muvofiq keladi. Muayyan faoliyat turlarini o‘rgatishga, qobiliyatini ochishga, o‘zini tutish, salohiyatini tarbiyalashga va dunyoga munosabatini sakllantirishga qulay bo‘lgan bu davrlardan bolani voyaga etkazishga ko‘maklashuvchi materiallar vositasida optimal foydalanishi mumkin. Materiallar va ularning vazifalari Mariya Montessori tomonidan asoslangan - bola nuqtai nazari bilan, ayniqsa uning antropologiyasi bilan o‘zaro aloqada olib qaralishi kerak. M. Montessori shakllana borayotgan murg‘ak insonda uning o‘z shaxsini rivojlantirishi va bunyod etish ishlarini bajaradigan qudratli ichki yaratuvchanlik kuchlarini ko‘ra oladi. Ayni paytda bu materiallar bolaning atrof-olamni o‘zlashtirishni tartibga solishda ancha yordamlashadi. Pedagog diqqat markazida o‘z individual va jismoniyxissiy extiyojlarga ega bo‘lgan bola turadi. Bunda materiallar yordamchi didaktik ahamiyat kasb etadi.
Didaktik materiallar eng avvalo bolaga uning o‘z yohsiga mos motorika va sensorika orqali ruhiy shakllanishga yordam beradi. Bola mustaqil harakat qiladi, asta-sekin, qadam- baqadam kattalarga tobelikdan chiqishi uchun uning ichki kuchlariga erk beriladi. Individual va jismoniy rivoj qarama-qarshiliklar hosil etadi. Faqat shu omilgina mustasqil shaxs uchun o‘z xulqini jamiyatda tadbiq etishga imkon yaratadi. ’ ’ Montessori materiallari baayni dunyo tilsimlarini ochuvchi kalit. Bola bundan foydalangan xolda o‘zining olam to‘g‘risidagi betartib va ishlanmagan taasurotlarini tartibga tushiradi hamda anglashga o‘rganadi. Ular yordamida bola madaniyat va zamonaviy sivilizatsiyaga kirib boradi. O‘z tajribasi orqali tevarak-atrofhi va tabiatni tusunishga va undan yo‘l topishga odatlanadi.
Montessori materiallariga ko‘ra yaratilgan ”tayyorgarlik muhiti”da bola o‘zining barcha jismoniy va ma’naviy vazifalarini , mashq asnosida rivojlantirib, o‘z ruhiy yaxlitligini shakllantirib, har tomonlama rivojlana oladi. Tayyorgarlik muhitini tartibga solish orqali u o‘zi hosil qilgan tizimga solishni o‘rganadi. To‘g‘ri tarbiyaga bolani alohida-alohida bilimlarni birin- ketin idrok etishga majbur qilish bilan egallangan tajribani bir butun hodisaga aylatirish orqali erishiladi. Zero, aqlning asl mohiyati tartibga solish va qiyoslashdir. Shunda aloqalar tushunarli, qarama-qarshi tomonlaraniq ravshan, ziddiyatlar anglab yetilgan, xulosalar chiqarilgan, xulq esa nazoratga olingan bo‘ladi. Rang-barang sensorik va motorik tajriba bola
uchun tanu-jon bolgan bilimga aylanadi. Bola shaxsini rivojlantirishning bu yo‘nalishi: "Aqlda ilgari hisiyotda mavjud bo‘lgan boshqa hech narsa yo‘q” degan xikmatga asoslanadi.
Materiallar bolalardagi harakatga bo‘lgan ishtiyoqga muvofiq keladi. Kichkina bola o‘z tanasini bilib, tanasi tarixini tuzib, ko‘zlari, qo‘li va oyog‘ining bir-biriga moslashuvini takomillashtirib beradi, bu esa tobora aniqlashadigan va uyg‘unlashadigan harakatlarning paydo bo‘lishiga sharoit yaratadi. Olam tom ma’noda idrok etila boshlaydi. Taassurotlar va xissiyotlar bilan qo‘shilgan harakatlar ma’naviy rivojlanish uchun asos yaratadi.
Material bilan mustail munosabatda boiar ekan bola turli xil malaka hosil qiladi. U o‘z oldiga maqsad qo‘yishni va unga muvofiq keladigan erishish yo‘llarini topishni o‘rganadi.
Montesorri materiallari bolaning harakatga bolgan botiniy va betiyiq intilishiga javob beradi. Didaktik maqsadga qaratilgan motorika umumiy, xissiy, nutqiy va ijtimoiy rivojlanishiga ta’sir etadi.
Materiallarning kuchli jalb etish hususiyati tufayli bolada narsalarga qiziqish va u bilan shug‘ullanish natijasida vujudga kelgan quvonch tufayli bolada olamni o‘zlashtirishga yordam beruvchi ichki sababiy asos paydo boiadi. Bola hamma narsani o‘zi bilgisi keladi va o‘zining rivojini kuzatib, uni kerakli darajada bilvosita boshqarib turgan pedagogning bir ozgina yordamiga zaruriyat sezadi halos.
Montessori materiallari narsalarning ichki, teran aloqalarini ochishga qaratilgan ”diqqatning qutblanishi”ga sharoit yaratadi.
Bu qutblanish mashqlarini takrorlash jarayonida amalga osnadi. Sungay qilib o‘z xoxishi bilan saylab olingan faoliyatning mohi-' yatiga chuqur kirishga erishiladi.
Montessori materiallar bolaning kattalarga tobe bo‘lmasligi uchun kamchiliklarini o‘zi nazorat qilish imkonini beradi. Bola xatolarini o‘zi topishni va ularni o‘zi to‘g‘irilashni bilishi kerak. O‘shanda agar xato ro‘y bersa bola uni tuzatadi va buzilgan tartib yana tiklanadi. Bu aniqlik va ishchanlikka o‘rgatadi.Masalan:
  • bola ko‘zlarini yumadi. Muallim unga biron-bir narsani beradi. Bola uni ushlab ko‘radi va muallimga qaytarib beradi, muallim uni boshqa narsalar orasiga qo‘yadi. Bola ko‘zlarini ochadi va endi bu narsani ushlamasdan tanishi kerak.


  • bola narsalardan faqat dumalamaydiganlarini tikka qo‘ysa boladiganlarini bir to‘p, bir to‘p etib qo‘yadi.


M.Montessori materiallaridan namunalar.Mashg‘ulotlar namunasi Geometrik jismlar

Material: Savat, ro‘mol, 9 ta ko‘k geometrik jism, shar, ellipsoid, tuxum, silindr, piramida, konus, parallepiped, kub, uch qirrali jismlar. Sanab o‘tilgan geometrik jismlar shakli asoslangan taxtachali qutida 3 kvadrat, 2 doira, 2 to‘g‘ri burchak, 1 ta teng tomonli uchburchak, 1 ta teng yonli uchburchak.


Bevosita maqsad:Geometrik jismlar va ularning alohida hususiyatlariga e’tiborni qaratish. Bilvosita maqsad:Stereometriyaga tayyorgarlik yoshi: 3 yosh atrofida
Material bilan ishlash:Muallim turli xil jismlar, masalan, shar, konus, kubni tanlaydi.
U qo‘llarida jismlarni aylantirib, dumalatib, ag‘darib, ular orasidagi farqlarni aniq qilib ko‘rsatadi.
Sekin-asta barcha jismlardan mashqda foydalanadi.
Xatolar nazorati material bilan ishlash davomida amalga oshiriladi. Og‘zaki dars
Dumalatish-ag‘darish. Bu og‘zaki darsni keyingi mashqlar oldidan o‘tkazish maqsadga muvofiq.
Keyingi mashqlar
- narsalar usti yopiq savat ichiga qo‘yilgan. Bola savat ichiga qo‘lini tiqadi, biron-bir narsani ushlab ko‘radi, ushbu narsani dumalatish yoki ag‘darish mumkunligini aytadi va uni tashqariga chiqaradi.
Bir xil o‘lchovdagi halqachalarniustunchaga kiygizish

Maqsad: Bolalarni predmet bilan harakat qilish ishlarini davom ettirish, halqachalarni ustunchalarga tiqish va olishn va - bolalarni qo‘l koordinatsiyasini nazorat qilish.


Kerakli qo‘llanmalar: 5ta aylanali bir xil rangli bitta piramida . Har bir bola uchun.
Piramidalar rangi quyidagicha: qizil, olov rang, sariq, yashil, ko‘k, oq, qora, siyox rang.
Mashg‘ulotning borishi: Tarbiyachi bolalarga qizil rangli piramidani ko‘rsatib bolalar diqqatini uning chiroyli ekanligiga qaratadi. Bolalar diqqatini predmetga qaratib olgach halqalarni ustunchalardan olishni boshlaydi va bolalardan bu ishda unga yordam berishlarini so‘raydi, so‘ng halqachalarni ustunchalarga tiqishni boshlaydilar. Bolalar qiynalishsa tarbiyachi ularga yordamlashadi.
Yig‘ilgan piramida namuna sifatida bir chekkaga qo‘yilib har bir bolaga mustaqil shug‘illanishlari uchun individual material beriladi.mashg’ulot davomida tarbiyachi bolalarga "Barakalla, to‘g‘ri, endi halqachalarni ustunchalardan ol, endi kirgiz” deb rag‘batlantirib yordam berib boradi. Bumashg’ulotda bu topshiriqni 2 marta bajarish mumkin, bunda piramidalar rangi o‘zgartiriladi. Bola xoxlagan rangdagi piramidani olishi mumkin. Agar bola o‘zi mustaqil piramida halqasini ustunchadan olib tiqsa demak topsiriqni bajargan deb hisolasa bo‘ladi.
Mashg‘ulot 5-8 minut davom etadi.

Nazorat savollari:

1.Ilk yosh bolalarini dastlabki matematik tushunchalarini qanday o`rgatiladi? 2.MTM da matematika mashg`ulotlarini qanday tashkil etiladi?

3.Ilk yosh guruhlarda matematika mashg`ulotlarini nima uchun o`yin tarzida olib boriladi? 4.Sensor tarbiyaning maqsad va vazifalariga nimalar kiradi?

  1. Montessori materiallari bolalarni sensor qobiliyatalarinirivojlantirishdagi o‘rni nimalar kiradi?


  2. Bolalarda pertseptiv harakatlarini shakllantirish qanday amalga oshiriladi?



Foydalanilgan adabiyotlar:
  1. “Bolalarni matematik tushunchalarini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi” M.E.Jumayev. Toshkent 2014.


  2. “Elementar matematika rejalari” R.Kurmakayeva. Toshkent 1992.


  3. «ILK QADAM ”Davlat o‘quv dasturi. Toshkent 2018 yil.




  1. Mavzu: Uch yoshdan to`rt yoshgacha bo`lgan bolalar bilan olib boriladigan sensor tarbiya mazmuni.
Reja:
    1. Sensor tarbiyaning maqsad va vazifalari


    2. Uch yoshdan to`rt yoshgacha bo`lgan bolalar bilan olib boriladigan sensor tarbiya mazmuni


    3. Bolalar bilan faoliyat o`tkazishda tavsiya etiladigan didaktik o`yinchoqlar.





Yüklə 294,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə