Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlarini shakllantirish metodikasining nazariy


Maqsad: Bolalarni fazoviy tushunchalarini rivojlantirish. Kerakli qo‘llanmalar



Yüklə 294,01 Kb.
səhifə12/39
tarix29.11.2023
ölçüsü294,01 Kb.
#142047
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39
Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlari-fayllar.org

Maqsad: Bolalarni fazoviy tushunchalarini rivojlantirish.
Kerakli qo‘llanmalar: Ko‘rsatkich tayoqcha.
O ‘yin qoidasi: Ko‘rsatkich tayoqcha yordamida simtarmoqlar ustidan yurgizib kim, kim bilan gaplashayotganini bilib olish mumkin.

O ‘yinni hikoya usulida boshlash mumkin: “Bir shaharda, bir maydonda qarama-qarshi qilib ko‘p qavatli uy qurilibdi. Birinchi uyda mushuk Leopold, timsoq Gena, bo‘g‘irsoq va bo‘ri yashardilar. Qarama-qarshi uyda esa Cheburashka, sichqoncha, tulki va quyon yashardilar. Bir kuni kechqurun mushuk Leopold, timsoq Gena, bo‘g‘irsoq va bo‘ri do‘stlariga simqoqishga axd qilishibdi.


Kim, kim bilan gaplashayotganini topishga urinib ko‘rchi
  1. Mavzu:Ilk yosh bolalarining matematik tasavvurlarni shakllantirish



Reja:
  1. MTT-da va oilada ilk yoshdagi guruh bolalari uchun matematik mazmundagi mashg`ulotlarni tashkil etish.


  2. Ilk yosh guruh bolalarini buyumlarning “Ko`p”, “Kam”, “Bitta” tushunchalarini bilishga o`rgatish.


  3. O`yin va mashg`ulotlardan namunalar.


Ilk yosh guruhida ilk matematik tasavvurlar alohida mashg`ulotlarda emas, balki sensor tarbiya, nutqo`stirish, loy ishi, jismoniy tarbiya kabi mashg`ulotlar orqali olib boriladi.


Bu yoshdagi bolalar narsalar, ularning miqdori, shakli, rangi va shunga o`xshashlar haqidagi dastlabki tasavvurlarni o`yin davomida, kundalik hayot tarzida va mazkur dasturda ko`zda tutilgan mashg`ulotlardan oladilar.
Bolalarga narsalarni sensor belgilaridan biri (kattaligi, shakli, rangi, miqdori) bo`yicha bir joyga to`plash (yig`ish), ustma-ust qo`yish, ostiga qo`yish, qator qilib terish, namuna va og`zaki ko`rsatmalarga asoslanib katta, kichik, shuncha, ko`p, kam so`zlaridan foydalanib topshiriqni bajarishga o`rgatish.
Ikki guruhdagi narsalarni soniga ko`ra taqqoslashga ("ko`p", "kam") bolalar etiborini qaratish. Avvaliga, hususiyatlari keskin farqqiladigan, so`ngra, ancha o`xshashroq narsalar (masalan: doira-oval, to`rtburchak-kvadrat)-larni taqqoslash.
Har xil narsalar to`plamini kuzatish va ko`rib chiqish, tuzilishiga ko`ra bir turdagi narsalar to`plamini rangi, miqdoriga ko`ra guruhlarga ajratish. Ayni bir vaqtda ikki turdagi predmetlarni guruhlash lozim.
Geometrik shakllardan doira va kub bilan tanishtirish.
Bolalar bilan ikki-uch qismli ta'limiy o`yinchoqlarni yig`ishni mashq qilish, masalan, 2-3 ta xalqalardan piramidani yig`ish, 2-3 ta qutichalarga mos qopqoqlarni tanlash. O`ng va chap qo`lini farlashni o`rgatish. Tez, sekin so`zlarini farqlashga o`rgatish.
Bolalardagi ilk matematik tushunchalarni kundalik Hayotiy vaziyatlarda qo`llab mashq qilish. Turli hajm, shakl, rangdagi mozaikalarni yig`ish. Turli hajm, shakl, rangdagi qog`ozlarga rasm chizish.
O ‘yinchoqlarni yig`ishni, olib kelib berishni yoki joyiga qo`yishni o`rgatish. Tarbiyachilar bolalarga ilk yoshdan atrof muhit narsalar haqida elementlar tasavvurlar,
undagi vaziyatning hayotiyligini anglay olish haqidagi dastlab tanishishlar yuz berishi bilan birga nutq va tafakkurlari, shuningdek ular yoshiga mos loyihalashmashg’ulotlarini rivojlantirib va bolalarda o‘quv mashg‘ulotining dastlabki malakalarini shakillantirib borishimiz kerak.
Ilk yosh ya'ni 3 yoshli bolalarni psixolog va pedagoglarni kuzatishi ko‘plik haqidagi tushunchalar juda sekinlik bilan taraqqiy etishni hulosa qilishlariga imkon berdi.
3 yoshli bolalar ko‘pni noaniq ko‘pliklar predmeti sifatida idrok etadilar. Bolalarni bir hil elementlarning ko‘p marta takrorlanishi kiziqtiradi.
Bir hil predmetlarni ko‘pligini idrok etib, bola bu davrda ulaming elementini chegarasini sezmay qoladi.
Agar bolani oldiga 5-6 tao ‘yinchoq qo‘yib asta-sekin 1-2 tachasini olib qo‘yilsa, sezmay qoladi, agar ana shu predmetlarini 3-4 tasi qo‘yilib 1-2 tasi olinsa, sezilib qolar ekan . Masalan: jo‘jalarni misoi qilib olishimiz mumkin.
Ularni faqat bir hil predmetlarni ko‘pligi O‘ziga jalb qiladi.
Ularda harakat reaksiyasi tug‘iladi. Ana shu bir hil predmetlar bilan O‘ynashi ulardao ‘yinchoqlarni qator chiziqqa joylashtirish istagi paydo bo‘ladi. Lekin bola ko‘plikni bir butun chegarasi bilan idrok eta olmaydi. Bu davrni noaniq ko‘pliklar davri deb ataladi.
Bu yoshdagi bolalarda sekin-astalik bilano ‘yinchoqlarni turiga qarab ajratishga qiziqish uyg‘ota boshlaydi.
Masalan:jo‘jalarni bir qatorga (yoki) fillarni ikkinchi bir qatorga joylashtirishadi. Bu yoshdagi bolalar bir va ko‘pni farqiga bora olmaydilar.Ko‘p deb ular ikki-uchta predmentlarni ham, o‘nta predmentlarni ham hisoblayveradilar.
Predmentni bitta emasligini biladi.
Lekin bu davrda bolalar ko‘plikni toqqoslay olmaydilar. yoshli bolalarni rangga e'tiborsizlik bilan qaraydilar.
yoshli bolalargina rangiga qarab ko‘pni ajratishga harakat qiladilar. Masalan ; qizil kubiklarni alohida, ko‘k kubiklarni alohida ajratadilar.
Turli hil predmetlar bilan shug‘ullanish asosida 3 yoshga to‘layotgan bolada miqdorni tushunish shakllana boshlaydi.
Matematikamashg’ulotlarini o‘tkazish sensor tarbiya, nutqini o‘stirish, tevarak- atrofhi bilish predmetlar bilan harakat qilinishini taraqqiy ettirishimashg’ulotlariga kirgiziladi.
Bolalarni miqdor bilan tanishtirishda quyidagi vazifalar rejalashtiriladi:
1. Bolalarni turli predmetlarni kuzatish barcha elementlarni birgalikda idrok etish predmetlarni, rangini kattaligiga qarab ayrim to‘plamlarni guruhlash.
"Bitta", "ko‘p” "oz" so‘zlari bilan predmetlarni miqdoriy harakteristikasini tushuna bilishga o‘rgatish.
Predmetlar bilan harakat qilishga o‘rgatish orqalio‘ng va chap qo‘lni ajratishga, chapdan-o‘nga tushunchasini tushunishiga va shunga muvofiq harakat qilishga o‘rgatish.
Shu bilan birga predmetni katta-kichikligini rangini ham ajrata olishga o‘rgatib boradi. Masalan:
Bu nima ?-Mashina. Rangi qanday ?-ko‘k. Mashina qanday ?-katta, kabi savollarga javob berishga o‘rgatadi.
Predmetlarning bir joydan ikkinchi bir joyga qo‘yish, bir-birining ustiga qo‘yishni mashq qilish natijasida bolalarda sezgilar orqali miqdoriy tasavvurlarni shakillatirib boriladi.
Tarbiyachi kichkintoylarga qaysi predmetlar "c", "oz", deb savol berish bilan birga ularning har ikkala guruh predmetlarini bir-biriga taqoslashlariga yordam beradi.
Sanashni bilmaganligi sababli, kichkintoylar faqat hissiyidrok asosida ko‘p va har hil tovushlar chiqaradilar; Chapak chaladilar yoki qo‘lchalarini ko‘taradilar yoki tarbiyachi bolg‘acha bilan necha marta taqillatgan bo‘lsa shuncha marta taqillatadi yoki chapak chaladilar.
Avval tarbiyachi har bir harakatini ifodalab predmetlar bilan shug‘ulanadi. 1-kichik guruh bolalari bilan mashg`ulot guruhchalarga bo‘lib (6-8) bola bilan o‘tkaziladi.
Mashg`ulotlar quyidagi ko`rinishda olib boriladi. Bolalar qarang ayiqchalar mehmoga kelishibdi.
Ayiqcha yana ayiqcha, yana ayiqcha deb stolga bir qator qilib qo‘yiladi. Qancha ayiqchalar kelibdi deb atrofni qo‘l bilan aylantirib yurgizadi. Har birini ko‘rsatchi ?
"Mana" - "qancha" degan so‘zlarga bola diqqatini jalb qilinadi. Bu mashqlarni har hilo ‘yinchoqlar bilan o‘tkazishi mumkin . Bunda rangiga, kattaligiga ham e'tibor berish lozim.
2 yoshli bolalarni ko‘plik haqidagi tushunchalari hali aniq emas.
I-kichik guruh bolalari bilan mashg‘utotlarni uyushtirish ya'ni 2 yoshdan 3 yoshga qadam qo‘ygan bolalar bilan o‘tkaziladigan elementar matematika mashg’ulotlar yuqorida aytilgandek nutq o‘stirish, predmetlar bilan harakat qilishmashg’ulotlari setkasida rejalashtiriladi.
Mashg‘ulot 10-15 minut davom etishi mumkin.
Mashg‘ulot otayotganimizda bolalarni yoshi va bilimlariga qarab guruhchalarga bo‘lamiz.
Bir yil MTT-da yurgan bolalarmashg’ulot nimaligini bilishadi,lekin ularni psixik prosesslari; idrok, hotira, tafakkur, diqqat, nutqlari hali uncha taraqqiy etmagan bo‘ladi.
Tarbiyachi so‘zini qiziqib tinglasa ham bir-birini tinglay olmaydi. Shuning uchun ham biz bolalarni yarim doira shaklida o‘tkazamiz. Shunda ular tarbiyachini, tarbiyachi esa bolalarni yahshi ko‘rib turadi.
Mashg‘ulotlarda va kundalik hayotda didaktiko ‘yinlardan hamdao ‘yin mashqlardan keng foydalaniladi.
Mashg‘ulotlardan tashqari vaqtlardao ‘yinlar tashkil qilib, bolalarning matematik tasavvurlari mustahkamlanadi, chuqurlashtiriladi va kengaytiriladi.
Bir qancha hollarda, masalan, fazoni bilish ko‘nikmasini rivojlantirish yuzasidan olib boriladigan ishlardao ‘yinlar asosida o‘quv vazifasini o‘taydi.
Mashg‘ulotlarning mazmuni ularni o‘tkazishning qanday tashkil etilishini belgilaydi.
Yangi materialni tushuntirayotganda tarbiyachi yoki bolaning hatti harakatini hamma bolalar ko‘rib turishlari muhim ahamiyatga ega.
Keyinchalik bilim ko‘nikmalarini mustahkamlash uchun hamma bolalarga bir vaqtda topshiriq beriladi. Ular stol yonida tarbiyachiga qarab yoki unga sal surilibroq o`tirishlari zarur, ammo unga aslo orqa qilib o‘tirmasliklari kerak, chunki tarbiyachi topshiriqning bajarilishi tekshirayotganida doimo bolalar diqqatini namuna, turli hil ko‘rsatma qurollariga jalb etib turadi. Olti o‘rinli stol atrofiga 4 tadan ortiq bola o`tkazilmaydi,zarur bo‘lib qolsa qo‘shimcha1-
2 ta stol qo‘yiladi.
Sekin astalik bilan bolalarni kattalar harakatini kuzatishga va shu harakatlarini bajarishiga o‘rgatilib boriladi.
Avval o‘zimiz kartochkaga o‘rdakchalarni chapdan o‘ngga qarabqo‘yib chiqib, mana bitta, yana bitta, so‘zlarini aytib, bolalar diqqatini miqdoriy qatorni ko‘payishiga qaratamiz.
Keyin bolalarni chiqarib o‘rdakchalarni terib chiqishga taklif qilamiz. Toxir qancha o‘rdakchaqo‘ydi ?
"ko‘p" deb javob berishlari mumkin.
Shunda “Ko‘po‘rdakkcha” deb aytishga odatlantirish kerak .
2 yoshli bolalar gapirayotgan paytda predmetlarini birlik, ko‘plik shaklini anglay olmaydilar. "Menga qo‘g‘irchoqni ber "va" menga qo‘g‘irchoqlarni ber" kabi.
Ilk yoshdagi bolalarga iloji boricha "ko‘p", "oz" orasidagi farqni o‘zlari anglay olishlarigao‘rgatishkerak. Masalan; tarbiyachi guruhga qutichada har xil kubiklar olib kiradi. Buni ko‘rgan bolalar “voy ko‘p kubiklar” deb qichqirib yuborishadi.
Shunda tarbiyachi bolalarga kubiklarni bittadan berib chiqadi. Qutichada kubiklar qolmaydi.
Tarbiyachi nima uchun kubiklar qolmadi ?- deb bolalarga savol beradi. Bolalar “bizga berdingiz”- deyishadi.
“Qo‘limda qancha kubik qoldi?”- deb tarbiyachi bolalarga savol bilan murojaat qiladi. Bolalar javobi: "Hech ham qolmadi", "Ko‘p bo‘lishi uchun nima qilish kerak?"- siz kubiklarni yana mening oldimga stolga qo‘yishingiz kerak. To‘g‘ri.
Bolalardan kubiklar yig`ib olingandan so‘ng hamma kubiklarni yana qaytadan qutichaga solishlarini so‘raydi. Bolalar qutichaga kubiklarni solishadi. Tarbiyachi bolalardan qutichada kubiklar ko`pmi yoki ozmi? - deb so‘raydilar, ko‘p kubiklar deb javob berishsa, tarbiyachi nima uchun ko‘p bo‘ldi ?- deb savol bilan murojaat qiladi. Bolalar bilan savol -javob orqali tarbiyachi bolalarga "oz" va "ko‘p" tushunchasini etkazaib beradi. Bundaymashg’ulot ko‘p marta o‘tkazilib bolalarda matematik tassavur ancha takomillashtirilgandan so‘ng "ko‘p" va "oz" tushunchasini bir-biridan farqlashga o‘rgatiladi.
Sensor tarbiya bo‘limida ham matematik tassavurlarni o‘stirish vazifasini belgilangan.
Agar bolalarning bilim va malakalarini qanday o‘zlashtirilganliklarini tekshirish kerak bo‘Isa, tarbiyachi ular bilan ishni o‘z stoli atrofida tashkil etishi mumkin.
Mashg‘ulot davomida yoki ohirida harakat bilan bog‘liq bo‘lgan mashqlar (harakatlio ‘yinlar va boshqalar) berilsa, bunday mashqlami o‘tkazish uchun oldindan joy tayyorlab qo‘yiladi.
Bolalar mashg’ulotda zerikib charchab qolmasliklariga tarbiyachi etibor berib turishi
kerak.
Tarbiyachi bolalaming bilim olish va uni tatbiq qilishida tashshabbus ko‘rsatishlari
uchun imkoniyat yaratadi.
Ularni faxm - farosatlarini ishga solishga rag‘batlantiradi. Fikrlashmashg’ulotlaridan foydalanishga undaydi.

Mashg‘ulot o‘tish usullari.
  1. Namuna ko‘rsatish


  2. Harakatni ko‘rsatish.


  3. Tushuntirish.


  4. O ‘yin usullari


  5. Syurpriz daqiqalaridan foydalanish mumkin.


  6. Didaktiko ‘yinlar.


Didaktiko ‘yinlar

O‘yinning nomi:Matreshkalar. O‘yinning maqsadi:


Bolalardao ‘yinchoqlarda bitta va ko‘p, bitta ham yO‘q kabi miqdorlarni kO‘rish, bir-biridan farqlash va atashgao‘rgatish.
O ‘yin uchun jihozlar: 1 ta katta matreshka ko‘p kichkina matreshka.o ‘yinning
borishi:
-Bolalar mening sto‘limda chiroyli matreshkalar turibdi. Qaranglar ulardan bittasi katta, qolgan matreshkalar esa ko‘p. Qani qaytaramiz, katta matreshka nechta ekan? Bitta. Kihciklarichi (ko‘p) juda to‘g‘ri. Sarvar sen aytchi katta matreshka nechta ekan?
(1 ta) Nozima kichik matreshkalar nechta ekan?
(Ko‘p).
Hozir sizlardan katta matreshka berkinib
oldi(Deb matreshka ustiga salfetka tashlab qo‘yadi).
Sto‘lda qaysi matreshkalar qoldi, to‘g‘ri kichik matreshkalar. Ularning soni qancha, ? (ko‘p) Endi kichik matreshkalar sizlardan berkinib oladilar (salfetka tagida turadi) endi mening stolimni ustida qancha matreshka qoldi.
Bitta ham qolmadi. Nodira qaytarchi?
Laziza sen ham qaytarchi? Endi matreshkalar yana stolimda paydo bo‘lib qolishdi (salfetkalarni oladi). Endi matreshkalar soni qancha? (ko‘p)
O ‘yin 1-2 marta takrorlanadi.

Mashg‘ulot nomi: "Dovyurak qush" haqida ertak.

Maqsad: Bolalarga ko‘p va bitta tushunchalarini berish va mustahkamlash, bitta va ko‘p so‘zlarni o‘z nuqtalarida ifodalash.

Kerakli jihozlar: Mavzuga oid rasmlar. Mashg‘ulotning borishi:
Bir kuni qushlar uzoq safarga chiqishibdi. Osmonda anchagina parvoz qilishgach erga kO‘ringan darahtga qo‘nib biroz dam olishni ahd qilishbdi.
Darahtga kelib qo‘nib, chug‘urlashishga tushibdi.
Qaranglar bolalar darahtga qancha qush qo‘nibdi ? (ko‘p). Ko‘p qushlar dam olib chug‘urlashayotgan ekan, yerdan shitirlagan ovoz eshitilibdi.
Ko‘p qushlar qo‘rqanlaridan har tomonga uchib ketishibdi. Darahtda bitta ham qush qolmabdi.
Nodira qaytarchi ? bitta ham qolmabdi. Endi sen Sarvar qaytar ? Bitta qush ko‘pqushlar ichida dovyurak ekan.
U "qani nima shtirlagan ekan?" - deb orqasiga kelib qarasa u tipratikon ekan, tipratikono‘ziga yerga to‘kilgan barglar tagidan ovqat izlayotgan ekan.
Kozim nechta qush uchib kelibdi? (1 ta)
Shundan keyin dovyurak qush qolgan do‘stlarini chaqiribdi. Yana qushlar qaytib kelib darahtga dam olishga qo‘nishibdi.
Bollalar darahtga qancha qushlar qo‘nishibdi?Ko‘p. Qushlar orasida nechta qush dovyurak ekan? bitta .

O‘yinning nomi: Piramida

O‘yining maqsadi: Bolalarda «bitta» va «ko‘p» tushunchalarini mustahkamlash.



turibdi.


O‘yining uchun jixozlar: «Piramida».
O‘yining borishi. Bolalar qarang mening stolimda rang-barang halqachali piramida
Keling halqachalarni birma-bir olamiz (bolalar halqachalarni ustunchadan olishadi).

Voy, qarang ko‘p halqachamiz bitta ustunchada turar ekan.


Ustunchamiz qancha ekan? (1 ta)? Halqachalarichi- ko‘p. Ustuncha halqachalar ichiga yashirinib olibdi.
Botir ustuncha nechta ekan ? (1 ta) Komil halqachalar nechta ekan ? (ko‘p)
Keling bolalar yana ustunchani halqachlar orasiga yashirib qo‘yamiz. (bolalar halqachani tartib bilan yana ustunchaga tahlashadi).
O ‘yin 1-2 marta takrorlanadi.

Mashg‘ulotning nomi: "Buratino mehmonda".

Dastur mazmuni: Bolalarga ko‘p bitta, hech ham yoq tushunchalarini farqlashga va nutqlarida ifodalashgao‘rgatish.

Kerakli jixozlar: Buratino qo‘g‘irchog‘i.
Mashg‘ulotlaming borishi: Bolalar bugun bizning guruhimizga Buratino mehmonga keldi. "Salom bolalar" bolalar u bilan salomlashib, stul uzatishadi va o‘tirishini taklif etishadi.
Meni mehmonga chaqirganingiz va stul berganingiz uchun rahmat. Buratino biz seni olma yeishni yahshi ko‘rishingni bilamiz.
Marhamat olmalardan ol.
"Voy bu olmalar juda ko‘p men esa bittaman.
Men bir o‘zim ko‘p olmani yeolmayman keling ulami birgalikda bo‘lishib eymiz". Tarbiyachi- "Barakalla Buratino to‘g‘ri sen bittasan, vazadagi olmalar ko‘p.
Bizning guruhimizda bolalar soni ham ko‘p.
Bolalar olinglar olmalardan yenglar (Hamma bolalar bittadan olma olishadi) Tohir senda nechta olma (1 ta) Buratino sendachi (1 ta).
Hamma bolalar qo‘lidagi olmalar soni nechta ? ko‘p. Bolalar olmalarini yeb bo‘lgach Buratinoga o‘zlarini sevgan sh'er, ashula topishmoqlarini aytib berishadi.
Buratino:- Rahmat. Bolalar men sizlar bilan mazza qilib o‘tirdim. Maylimi men yana mehmonga kelsam ?
Bolalar Buratino bilan hayirlashdi



  1. Mavzu: Sensor tarbiya.
Reja:

1Sensor tarbiya haqida tushuncha. 2.Sensor tarbiyaning vazifasi va metodlari.


  1. Ilk yosh guruh bolalariga sensor tarbiya faoliyatlarini tashkil etish



Sensor tarbiya haqida tushuncha.

Tevarak atrofdagi borliqni bilish, sezish va idrokka asoslanadi. Tasavvurning asosini bevosita sezish idrok qilishni tashkil etadi.


Sensor tarbiya sezgi va idrokni biror maqsadga qaratilgan xolda rivojlantirishdir. "Sensor" so‘zi lotincha "sensus"-tuyg‘u, sezgi, idrok, qobiliyati ma'nolarini
anglatadi. Borliqni bilish, idrok qilishdan boshlanadi. Inson ko‘rish, sezish va x.k. lar yordamida tevarak-atrofdagi narsa va xodisalar to‘g‘risidabilimga ega bo‘ladi, shular asosidagina unda xotira, tafakkur, hayol kabi jarayonlar sobir bo‘ladi.
Sezgi va idrok qanchalik boy bo‘lsa, insonning tevarak-atrofdagi olam tasvvurlari shunchalik keng bo‘ladi.
Bolalarning sensor madaniyati, unda sezgi va urivojlanish darajasi, bilishmashg’uloti uchun muhim shart - sharoit hisoblanadi.
Sensor tarbiya pedagogika fanida bolalarning estetik, jismoniy va mehnat tarbiyasining asosi maktabgacha yosh davr sensor jarayonlardavridir. Shuning uchun bu davrda sensorika muhim o‘rinni egallaydi. Sensor tarbiya hissiy bilish qobiliyatlarini shakllantirishga, sezgi, idrokni takomillashtirishga qaratilgan pedagogik ta'sir sistemasidir.
Sensor tabiyaning maqsadi va vazifasi

Sensor tarbiyaninig maqsadi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarninig sensor qobiliyatlarini rivojlantirish uchun buyumning faqat nimaga ishlatilishini, nominigina bilishi yetarli bo‘lib qolmay, balki ular buyumlarni chuqurroq idrok etishi, ular bilan ushlash, muomalada bo‘lganda xilma-xil sezgilar ishtirok etishi ham juda muhimdir deb biladi.

Tarbiyachi sensor tarbiyaning ana shu tomonlariga alohida e'tibor berishi, bolalarga tegishli topshiriqlar berish: buyumlarni bir joydan ikkinchi joyga olib qo‘yishda ularning og‘irligini his etish, buyumni qo‘liga olib uning sirtini sezish va sifatini silliq yoki g‘adir- budurligini, issiq yoki sovuqligini va shunga o‘xshashlarini aniqlash kerak.Bolalarning yoshi ulg‘ayib, hayot tajribalari ortishi, sharoitning o‘zgarishi bilan idrok etish jarayoni va unga qo‘yiladigan talab ham murakkablashadi. Navbatchilar tarelkalarning katta-kichikligi, chuqur yoki yuzaligini, piyola va taqsimchalarni farq qilishi kerak: ular ish jarayonida chinni idishlarning og‘irligi, sirtini silliqligi, ushlaganda sovuqroqligini, plastmassa buyumlarning yengilligini his qiladilar. Stollarni u yoq bu yoqqa siljitish, stullarni joy-joyiga qo‘yish boshqacha harakat sezgilarini uyg‘otadi, fazoviy munosabatlarni, kontur chiziqlari v.h.k.larni idrok qilishni talab etadi.
Shunga asoslanib senson tarbiyaning quyidagi vazifalari belgilanadi:

    1. Bolalarda pertseptiv harakatlarini shakllantirish.


    2. Buyumlarning xususiyayi, sifati, munosabati to‘g‘risidagi umumlashgan tasavvurlar sensor etalonlar sistemasini shakillantirish . Sensor etalonlar ijtimoiy tarixiy tajriba jarayonida hosil qilingan namunalardir. Asosiy ranglar, geometrik shakllar, nomalarga


ifodalangan musiqali tovushlarning turli balandligi ana shu etalonlar jumlasiga kiradi. Agar bola etalonlar va ularning og‘zaki ifodalanishi bilan tanish bo‘lsa, uning tevarak-atrofni bilishi oson bo‘ladi, u o‘zi uchratgan buyumlarni ma’lum bir etalon bilan taqqoslaydi hamda buyumning rangi,shakli katta-kichikligi, pedmetllarning fazoviy joylashishini aytib beradi. 3.Pertseptiv harakatlardan, etalonlar sistemasidan amaliymashg’ulotda va bilish


jarayonida mustaqil foydalanish malakasini shakllantirish.
Sensor tarbiyaning mazmuni o‘z ichiga tevarak-atrofdagi hamma sensor belgilarni qamrab oladi. Bular bolalarning hammamashg’ulotlari orqali amalga oshiriladi va har xil sensor asosga egadir. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola ranglarni farq qilishi va ularning nomini aytishga o‘rgatiladi, ularda rang tuslari haqida, bo‘yoqlarni aralashtirish natijasida yangi rang yoki tuslar paydo bo‘lishi to‘g‘risidatasavvur hosil bo‘ladi, shuningdek ularda musiqa tinglash o‘quvi ham sensor tarbiya mazmuniga kiradi. Sensor tsrbiya, shuningdek taktik sezgilarni, buyumlarning sifatini paypaslab ko‘rish farqlash va ularni to‘g‘ri aytish (silliq, mayin, dag‘al, yumshoq, og‘ir, yengil, sovuq, issiq v. x. k.) ko‘nikmalarni rivojlantirish ham sensor tarbiyaga kiradi. Bolalar sekin-asta vaqni tushuna boshlaydilar hamda vaqt tushunchasini o‘zlashtiradilar, vaqtning ketma-ketligi va davomiyligini anglaydilar. Dastlab bolaning ”kecha”, ”bugun”, ”ertaga" tushunchalarining nisbiyligini, vaqtning davomiyligini (bir daqiqa, besh daqiqa, lsoat) tusunib olishi qiyin bo‘ladi. Bunga tajribaning to‘planib borishi va biror maqsadga qaratilgan ta’lim natijasida erishiladi. Yuqorida aytilganlarga xulosa qilib sensor tarbiya bolalarning hammamashg’ulotlarida amalga oshiriladi deb aytish mumkin.

Yüklə 294,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə