Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish fanidan O’quv-uslubiy majmua


Ta’lim- tevarak –atrofdagi olamni bilishning maxsus tashkil etilgan va tarbiyachi rahbarlik qiladigan alohida turi. Ta’lim jarayoni



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə4/143
tarix28.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#133236
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   143
M. M. Fayziyeva, Guldu maktabgacha-fayllar.org

Ta’lim- tevarak –atrofdagi olamni bilishning maxsus tashkil etilgan va tarbiyachi rahbarlik qiladigan alohida turi.
Ta’lim jarayoni- tarbiyachi bilan bolaning birgalikdagi faoliyati bo‘lib,ikki tomonlama xarakterga ega.
Ta’lim tamoyillari- ta’lim uslublari va tashkil etilish mazmuniga qo‘yiladigan talablarni aniqlaydigan eng muhim qoidalar.
Ta’lim uslublari- pedagog bilan ta’lim oluvchining o’quv vazifalarini hal etishga qaratulgan,o‘zaro bog‘langan faoliyat yo‘llari va usullari.
Ta’lim vositalari- mashg‘ulot jarayonining tashkil etilishi va olib borilishini ta’minlaydigan xilma-xil o‘quv jihozlari,o‘quv qo‘llanmalari va boshqalar.
Bilim- bu ta’lim oluvchilar ongida muayyan tartibda mustahkamlangan,ularning shaxsiy mulkini tashkil etadigan vabundan ular zaruratga ko‘ra foydalana oladigan faktlar,ma’lumotlar,ilmiy nazariyalar,qonuniyatlar va tushunchalardan iborat.
Ko‘nikma- bu o‘zlashtirib olingan bilimlar asosida amalga oshiriladigan va amaliy jihatdan maqsadga muvofiq harakatlarga tayyorlikda ifodalangan ongli faoliyat.
Malaka- avtomatlashgan, o‘rganib qolingan,muayyan usul bilan bexato bajariladigan harakatdir.
O‘qitish- talim oluvchilarni bilim,ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish hamda ularnig bilish faoliyati natijasida bu bilim, ko‘nikma va malakalarni egallab olishga doir maxsus tashkil etilgan va biror maqsadga qaratilgan faoliyatdir.
O’rgatish – o’qitish maqsadini amalga oshirish bo’yicha pedagogning tartiblangan faoliyatini aks ettirsa, o’rganish anglash, mashq qilish, va egallangan tajribalar asosida xulq-atvor va faoliyatning yangi shakllarini egallash jarayoni bo’lib, avval egallanganlari o’zgaradi.
O‘qish- bu bilim, ko‘nikma va malakalarni egallab olishning murakkab jarayoni bo‘lib,ta’lim oluvchining intellektual, irodaviy va jismoniy kuch-g‘ayratini talab etuvchi va rivojlanishini rag‘batlantiruvchi jarayon.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyatlarni loyihalashtirishda pedagoglar ushbi kategoriyalarrni bilishlari talab etiladi. Maktabgacha ta’limda bundan tashqari pedagogik faoliyat, pedagogik jarayon, pedagogik tamoyillar kabi kategoriyalarga ham duch kelamiz. Bu tushunchalarga quyidagisha ta’rif berib o‘tilgan:

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə