Maktabgacha ta’limda texnologik jarayonlarni loyihalashtirish bosqichlari. Reja



Yüklə 30,06 Kb.
səhifə1/8
tarix05.05.2023
ölçüsü30,06 Kb.
#108727
  1   2   3   4   5   6   7   8
loyiha maruza 3


MAKTABGACHA TA’LIMDA TEXNOLOGIK JARAYONLARNI LOYIHALASHTIRISH BOSQICHLARI.
REJA:

  1. Innovatsion ta’limda texnologik jarayonlarning bosqichlari.

  2. Pedagogning innovatsion faoliyati.

  3. MTT tarbivachisining innovatsion faoliyatini shakllantirishning shart-sharoitlari.

Tayanch tushunchalar:


Innovatsiya, innovatsion faoliyat, innovatsion faoliyatni shakllantirish shartlari, xususiy yangilik, diagnostika, tarbiyachining innovatsion faoliyati, aksiologiya, akmeologiya, kreativlik, refleksiya.
Innovatsion ta’limda texnologik jarayonlarning bosqichlari
Innovatsiya (inglizcha innovation) - yangilik kiritish, yangilikdir.
A.I. Prigojin innovatsiya deganda muayyan ijtimoiy birlikka - tashkilot, aholi, jamiyat, guruhga yangi, nisbatan turg’un unsurlarni kiritib boruvchi maqsadga muvofiq o’zgarishlarni tushunadi. Bu innovator faoliyatidir.
Tadqiqotchilar (A.I. Prigojin, B.V. Sazonov, V.S. Tolstoy, A.G.Kruglikov, A.S.Axiezer, N.P.Stepanov va boshqalar) innovatsion jarayonlar tarkibiy qismlarini o’rganishning ikki yondashuvini ajratadilar: yangilikning individual mikrosathi va alohida-alohida kiritilgan yangiliklarni o’zaro ta’siri mikrosathi.
Birinchi yondashuvda hayotga joriy etilgan qandaydir yangi g’oya yoritiladi.
Ikkinchi yondashuvda alohida-alohida kiritilgan yangiliklarning o’zaro ta’siri, ularning birligi, raqobati va oqibat natijada birining o’rnini ikkinchisi egallashdir.
Olimlar innovatsion jarayon mikrotuzilmasini tahlil qilishda hayotning davriyligi kontseptsiyasini farqlaydilar. Bu kontseptsiya yangilik kiritishga nisbatan o’lchanadigan jarayon ekanligidan kelib chiqadi.
Pedagogikaga oid adabiyotlarda innovatsiya jarayoni sxemasi beriladi. U quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:
1. Yangi g’oya tug’ilishi yoki yangilik kontseptsiyasini paydo qilish bosqichi, u kashfiyot bosqichi deb ham yuritiladi.
2. Ixtiro qilish, ya’ni yangilik yaratish bosqichi.
3. Yaratilgan yangilikni amalda qo’llay bilish bosqichi.
4. Yangilikni yoyish, uni keng tadbiq etish bosqichi.
5.Muayyan sohada yangilikning hukmronlik qilish bosqichi. Bu bosqichda yangilik o’zining yangiligini yo’qotadi, uning samara beradigan muqobili paydo bo’ladi.
Yangi muqobillik asosida, almashtirish orqali yangilikning qo’llanish doirasini qisqartirish bosqichi.
V.A.Slastenin yangilik kiritishni maqsadga muvofiq yo’naltirilgan yangilik yaratish, keng yoyish va foydalanish jarayoni majmui, uning maqsadi insonlarning ehtiyoji va intilishlarini yangi vositalar bilan qondirish deb biladi.
Yangilik kiritishning tizimli kontseptsiyasi mualliflari (A.I.Prigojin, B.V.Sazonov, V.S. Tolstoy) innovatsion jarayonlarning ikki muhim shaklini farqlaydilar.

Yüklə 30,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə