Maktabgacha ta’limda texnologik jarayonlarni loyihalashtirish bosqichlari. Reja



Yüklə 30,06 Kb.
səhifə2/8
tarix05.05.2023
ölçüsü30,06 Kb.
#108727
1   2   3   4   5   6   7   8
loyiha maruza 3

Birinchi shaklga yangilik kiritishni oddiy ishlab chiqish kiritiladi. Bu ilk bor mahsulot o’zlashtirgan tashkilotlarga taalluqlidir.
Ikkinchi shaklga yangilikni keng ko’lamda ishlab chiqish taalluqlidir.
Yangilik kiritish ham ichki mantiq, ham vaqtga nisbatan qonuniy rivojlangan va uning atrof-muhitga o’zaro ta’sirini ifodalaydigan dinamik tizimdir.
Pedagogik innovatsiyada "yangi" tushunchasi markaziy o’rin tutadi. Shuningdek, pedagogik fanda xususiy, shartli, mahalliy va sub’ektiv yangilikka qiziqish uyg’otadi.
Xususiy yangilik V.A. Slasteninning aniqlashicha, joriy zamonaviylashtirishda muayyan tizim mahsuloti unsurlaridan birini yangilashni ko’zda tutadi.
Murakkab va progressiv yangilanishga olib keluvchi ma’lum unsurlarning yig’indisi shartli yangilik hisoblanadi.
Mahalliy yangilik konkret ob’ektda yangilikning foydalanishi bilan belgilanadi.
Sub’ektiv yangilik ma’lum ob’ekt uchun ob’ektning o’zi yangi bo’lishi bilan belgilanadi.
Ilmiy yo’nalishlarda yangilik va innovatsiya tushunchalari farqlanadi. Yangilik - bu vositadir: yangi metod, metodika, texnologiya va boshqalar.
V.I. Zagvyazinskiy yangi tushunchasiga ta’rif berib, pedagogikadagi yangi bu faqatgina g’oya emas, balki hali foydalanilmagan yondashuvlar, metodlar, texnologiyalardir, lekin bu pedagogik jarayonning unsurlari majmuan yoki alohida olingan unsurlari bo’lib, o’zgarib turuvchi sharoitda va vaziyatda ta’lim va tarbiya vazifalarini samarali hal etishning ilg’or boshlanmalarini o’zida aks ettiradi.
R.N.Yusufbekova pedagogik yangilikka o’qitish va tarbiya berishda avval ma’lum bo’lmagan va avval qayd qilinmagan holat, natija, rivojlanib boruvchi nazariya va amaliyotga eltuvchi pedagogik voqelikning o’zgarib turishi mumkin bo’lgan mazmuni sifatida qaraydi.
Pedagogik innovatsiyada R.N.Yusufbekova innovatsion jarayon tuzilmasining uch blokini farqlaydi:
Birinchi blok­ - pedagogikadagi yangini ajratish bloki. Bunga pedagogikadagi yangi, pedagogik yangilikning tasnifi, yangini yaratish shart-sharoiti, yangilikning me’yorlari, yangining uni o’zlashtirish va foydalanishga tayyorligi, an’ana va novatorlik, pedagogikadagi yangini yaratish bosqichlari kiradi.
Ikkinchi blok - yangini idrok qilish, o’zlashtirish va baholash bloki: pedagogik hamjamiyatlar, yangini baholash va uni o’zlashtirish jarayonlarining rang-barangligi, pedagogikadagi konservatorlik va novatorlik, innovatsiya muhiti, pedagogik jamiyatlarning yangini idrok etish va baholashga tayyorligi.

Yüklə 30,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə