Maktabgacha talimni rejalashtirish va moliyaviy taminlash



Yüklə 108,12 Kb.
səhifə2/6
tarix29.11.2023
ölçüsü108,12 Kb.
#140215
1   2   3   4   5   6
5 va 27 Mak tal rejalashtirish va moliyaviy taminlash

Кurs ishining maqsadi: Maktabgacha taiimning mazmun-mohiyati va ta’lim tizimida tutgan o'rni, mustaqillik yillarida maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish tamoyillari va asosiy yo'nalishlari, maktabgacha talimni rejalashtirish va moliyaviy taminlashni o’rganish kurs sihining maqsadi bo’lib hisoblanadi.
Кurs ishining vazifalari: Maktabgacha ta'limni rejalashtirish, moliyaviy ta'minlash, boshqarish usullari, xalq xo'jaligini ilmiy asosda rejalashtirish - iqtisodiy taraqqiyot asosi ekanligini tahlil etish, Maktabgacha ta'limni tashkil qilish va boshqarish tamoyillarini o’rganish kurs ishining vazifalaridan bo’lib hisoblanadi.
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, 2 bob, 4 fasl, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

I BOB MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARINI TASHKIL ETISH VA UNGA RAHBARLIK QILISH
I. 1.Maktabgacha taiimning mazmun-mohiyati va ta’lim tizimida tutgan o'rni
Davlat maktabgacha taiim muassasasi maktabgacha taiimga qo'yiladigan davlat talablari, taiim-tarbiya dasturlari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalarda (keyingi o'rinlarda bolalar deb ataladi) jismoniy rivojlanish, o'z-o'ziga xizmat va gigiyena, ijtimoiy-kommunikativ rivojlanish, nutq, o'qish va chet tillarni o'rganish, bilish jarayoni, dunyo haqidagi bilimlar va dunyoni anglashi, ijodiy-estetik rivojlanishini ta'minlaydi.
Maktabgacha taiim sog'lom, har tomonlama yetuk bolalarni tarbiyalash uchun zarur tashkiliy, uslubiy, psixologik, pedago­gik shart-sharoitlar yaratadi, bolalarni maktabda muntazam ravishda taiim olishga tayyorlashda ota-onalarga yordam beradi. Maktabgacha taiim bola 6-7 yoshga yetguncha oilada hamda davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasining maqsadi va vazifalari

  • Quyidagilar davlat maktabgacha ta’lim muassasasining maqsadi hisoblanadi:

  • bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish;

  • ta’lim-tarbiya berish orqali bolalarni maktab ta'limiga sifatli tayyorlash;

  • bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish.

Quyidagilar davlat maktabgacha ta’lim muassasasining
vazifalari hisoblanadi:

  • bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog'lig'ini mustahkamlash;

  • bolalarda xalqimizning yuksak ma'naviyati va insonparvarlik an’analariga sadoqat tuyg'ularini shakllanti- rish;

  • bolaning shaxsini va boshqa jihatlarini rivojlantirgan holda uni boshlang'ich ta’limni olishga tayyorlash;

  • bolaning rivojlanishidagi (nutqida, ko'rishida, eshitishida) yengil nuqsonlarni korreksiyalashni amalga oshirish;

  • ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish.

Maktabgacha ta’lim bola shaxsini maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasiga qo'llanadigan davlat talablariga muvofiq, jismoniy, ma’naviy va intelluktual jihatdan maktabda o'qishga tayyorlashni nazarda tutadi.
Maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'limning barcha bo'g'inlari bilan mustahkam aloqa va uzviy bog'liqlikda olib boriladi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasida «Oila jamiyatning asosiy bo'g'inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo'lish huquqiga ega» degan qoida mustahkam- lab qo'yilgan, 45-moddasida voyaga yetmaganlar davlat himoyasida ekani, 64-moddasida esa «Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi», deb qayd etilgan.

MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASASI

O'znizomida nazarda tutilgan funksiyalarning bajarilmagani uchun mas’uldir

Ta'lim dasturining to'liq hajmda bajarilmagani, amalga oshirilayotgan ta'lim dasturlarining sifati uchun mas'uldir

Ta'lim jarayonini tashkil etishda qo'llanilayotgan shakllar, metodlar va vositalar bolalarning yosh, ruhiy-fiziologik xususiyatlari, qobi- liyati, layoqati, qizi­qishlari va ehtiyoj' lariga muvofiqligini ta’minlashga mas'uldir

Muassasada tarbiyalanayotgan bolalarning ta'lim jarayonida hayoti va sog'ligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi


Maktabgacha ta'lim muassasasi ana shu huquqiy asoslarga tayangan holda oila va jamiyatning bolalarga g'amxo'rlik qilish, milliy va mintaqaviy xususiyatlarni e'tiborga olib, ularni har tomonlama barkamol insonlar etib tarbiyalash maqsadida tashkil etiladi.
Ijtimoiy maktabgacha ta'lim bu davlat tomonidan tashkil etiladigan muassasa bo'lib, unda maktabgacha ta' lim yoshidagi bolalarga ta'lim-tarbiya beriladi.
Maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'lim tizimining boshlang'ich bo'g'ini sifatida O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida tashkil etiladi.
Maktabgacha ta'lim sog'lom, har tomonlama yetuk bolalarni tarbiyalash uchun zarur tashkiliy, uslubiy, psixologik, pedagogik shart-sharoitlar yaratadi, bolalarni maktabda muntazam ravishda ta’lim olishga tayyorlashda ota-onalarga yordam beradi. Maktabgacha ta’lim bola 6~7 yoshga yetguncha oilada hamda davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarida amalga oshiriladi.
Ijtimoiy maktabgacha ta’lim bu - davlat tomonidan tashkil etiladigan muassasa boiib, unda maktab- gacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta’lim-tarbiya beriladi.

Yüklə 108,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə