Maktabgacha talimni rejalashtirish va moliyaviy taminlash


II BOB. MAKTABGACHA TA'LIMNI REJALASHTIRISH, MOLIYAVIY TA'MINLASH, BOSHQARISH USULLARI



Yüklə 108,12 Kb.
səhifə4/6
tarix29.11.2023
ölçüsü108,12 Kb.
#140215
1   2   3   4   5   6
5 va 27 Mak tal rejalashtirish va moliyaviy taminlash

II BOB. MAKTABGACHA TA'LIMNI REJALASHTIRISH, MOLIYAVIY TA'MINLASH, BOSHQARISH USULLARI

  • II 1 Xalq xo'jaligini ilmiy asosda rejalashtirish - iqtisodiy taraqqiyot asosi

    Maktabgacha ta'lim muassasasida ta’lim-tarbiyaviy ishni rejalashtirish pedagoglar, tarbiyachi-metodist, mudira faoliyatining muhim turlaridan biridir. Rejalashtirish - ta'lim-tarbiyaviy ishning zarur sharoit, foydalanadigan vosita, ishning usul va metodlarini ko'rsatib, ta'lim-tarbiyaviy ish dasturini amalga oshirish tartibi, izchilligini oldindan aniqlashdir.
    Maktabgacha pedagogika maktabgacha ta'lim muassasasi ishini rejalashtirish mumkinligini va zarurligini ta’kidlab, bunda u inson shaxsining shakllanishida ijtimoiy omillar, muhit va tarbiyaning muhim ahamiyatga egaligi haqida asosiy qoidalarga tayanadi. Rivojlanishning asosiy omili bo'lgan tarbiya jarayonida bilim, aqliy va amaliy malakalar ham­da harakat usullarini bola tomonidan egallanishi amalga oshiriladi. Tarbiyaning mazmunini uning maqsadi belgilaydi. Rejalashtirishning maqsadi - «Maktabgacha ta’lim muassasasi ta’lim-tarbiya dasturi»ning bajarilishini ta'minlashdir.
    Pedagogik jarayonni yagona bir butun sifatida tashkil etish vazifasi rejalashtirishda yetakchi hisoblanadi.
    Rejalashtirish pedagogik jarayonni yaxlit tashkil etishga: bolalar jamoasi va ayrim bolalarni tarbiyalash vazifasini aniqlashga, bolalarni yoshga ko'ra pedagogik ta’sir mazmunini va usullarini tanlashga, bolala^hayoti, faoliyatturlari, rahbarlik metodlari va shu kabilarni tashkil etishning turli shakllaridan foydalanishga yo'llangan bo'Iishi kerak.
    Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi ta'lim-tarbiya ishla­rini rejalashtirish murakkab bo'lib, tarbiyachidan bolalarning ruhiy fiziologik taraqqiyot darajasi to'g'risidagi bilimlarni, taiim-tarbiya dasturini, taiim va tarbiyaning metod va usullarini bilishni taqozo etadi.
    Reja bolalar bilan amalga oshiriladigan taiim-tarbiya ishlariga oldindan puxta tay yorgarlikko'rish metod va usullarni yaxshilab o'ylab olish, kerakli material va jihozlarni tayyorlash imkonini yaratadi. Tarbiyachi rejalashtirgan hamma ishlar har bir bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlashi lozim. Shu bilan birga reja qotib qolgan narsa boimay, vaziyatdan kelib chiqib, unga o'zgarishlar kiritish mumkin.
    Shuning uchun MTMda bir-birini toidiradigan bir necha xil reja tuziladi:






    MTMning yillik rejasi, istiqbol rejasi va tarbiyachining kalendar rejasi. Yillik reja asosan MTM mudirasi, metodist tarbiyachilar tomonidan tuzilib, bolalar muassasasida amalga oshiriladigan barcha ishlarni o'z ichiga oladi.
    Istiqbol rejasi 1-3 oyga moijallangan boiib, undan ko'zlangan asosiy maqsad bolalar bilan olib boriladigan taiim- tarbiya ishlarini tartibga solish va uning maium maqsadga qaratilgan va samarali bo'lishini ta'minlashdir. Unda «MTMda ta’lim-tarbiya dasturi»ning hamma bo'limlari o'z aksini topadi.
    Istiqbol rejasida dasturning hamma bo'limlari bo'yicha amalga oshirilishi lozim bo'lgan ta’lim-tarbiya ishlari tizimi bolalar faoliyatining hamma turlarida aniq mavzular bo'yicha belgilab chiqiladi.
    Kalendar reja 10-12 kurtga tuziladi kun davomida amalga oshiriladigan ta'lim-tarbiya mazmunini aks ettiradi. Uni tuzishda dastur talablari, bolalarning rivojlanish va tarbiyalanish darajalari, maktabgacha ta'lim muassasasining ish sharoiti hisobga olinadi.
    Kalendar rejaga bolalarning aniq bilim va tasavvurlarni egallash jarayoni va ularda tevarak-atrofdagi narsa va buyumlar to'g'risida umumlashgan bilimlarni shakllantirish, bilishga qiziqish va aqliy qobiliyatlarni o'stirish, axloqiy ongini shakllantirish, axloqiy xulq, odat va malakalarni egallashi va boshqalar kiradi.
    MTM tarbiya dasturini yaxshi bilish kalendar rejani muvaffaqiyatli tuzishning asosiy garovidir.
    Pedagog va psixolog olimlar olib borgan ilmiy tadqiqot ishlarining xulosalari bolalarning malaka va ko'nikmalarni egallashi ma'lum yosh bosqichida yuzaga kelishini ko'rsatdi.
    Tarbiyachi xuddi mana shu davrni qo'ldan boy bermay, bolani har tomonlama rivojlantirishga erishmog'i zarur. Tarbiyachi o'zi ishlayotgan guruh, shuningdek, o'zidan oldingi va keyingi guruhlar dasturi talablari va mazmunini yaxshi bilishi kerak. Masalan, dasturning kichkina guruh bolalarini tevarak-atrof bilan tanishtirish bo'limida bolalarni hayvonlar, o'simliklar va shunga o'xshashlar to'g'risidagi eng oddiy bilim va tushunchalar bilan tanishtirish vazifasi belgilangan.
    O'rta guruhda dastur bo'yicha bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish va narsa-buyumlarga, voqea-hodisalarga nisbatan qiziqishini o'stirish va shu asosda eng oddiy tasavvur va tushunchalar hosil qilish, eng muhimi esa, kuzatuvchanlikni, narsa va buyumlar, voqea-hodisalar o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni topa bilishga o'rgatish bosh vazifa hisoblanadi. Katta va tayyorlov guruhi bolalarini narsa-buyumlar, voqea- hodisalar to'g'risidagi haqiqiy tasavvur va tushunchalarini, ularning tabiiy sabablar bilan bog'liq ekanligini shakllantirish dasturning muhim vazifasidir.
    Maktabgachata'limyoshidagi bolalarga ta'lim-tarbiya berish ishini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun dasturni yaxshi bilishning o'zi yetarli emas, shu bilan birga, har bir bolaning shaxsini rivojlantirish yo'llarini yaxshi bilish, bolaning bilim, malaka va ko'nikmalarni egallab olish qobiliyati har xilligini ham e’tiborga olish kerak.
    Tarbiyachining ishini muvaffaqiyatli rejalashtirishning yana bir zarurati - uning metodik qo'Uanma, pedagoglar kengashi, metodik birlashma, kurslarda va shunga o'xshashlardan olgan tavsiyalardan keng foydalanishidir.
    Kalendar rejani guruhda ishlovchi har ikkala tarbiyachi birgalashib bamaslahat tuzishlari lozim. Tarbiyachilar vaqti- vaqti bilan bolalarning ishlarini tahlil qilib borishlari lozim. Kalendar reja bir-ikki haftaga tuziladi va tarbiyachining majburiy hujjati hisoblanadi.
    Dasturga muvofiq hamma ta’lim-tarbiya ishlari bolalar faoliyatining barcha turlari: o'yin, mehnat, maishiy faoliyat va mashg'ulot orqali amalga oshiriladi. Kalendar rejaning mazmuni bolalar faoliyatining hamma turlarida aks ettiriladi. Kalendar rejani tarbiyachi kun tartibiga binoan tuzib chiqadi. Bolalarning o'yini ham, mehnat mashg'uloti ham, maishiy faoliyati ham tarbiyachining har kungi kalendar rejasidan o'rin olishi lozim.
    Kalendar rejaning mazmuni va shakli bolalarning har tomonlama barkamol shaxs boiib shakllanishi qay darajada borayotganligiga qarab baholanadi.
    Ertalabki soatlarni rejalashtirish. Ertalabki soatlarda quyidagilar rejalashtiriladi:

    1. Bolalarning og'zaki nutqini tuzatish va rivojlantirish:

    1. kitoblar, o'yinchoqlar, bolaning dam olish kunini qanday o'tkazgani, uning oila a’zolari - ota-onasi, opa-singlisi, aka- ukasi va shunga o'xshashlar to'g'risida jamoa tarzida va yakka tartibda suhbatlar o'tkazish;

    2. albomlar, jurnallar, yangi kitoblar, rassomlarning yangi asarlarini ko'rish;

    v) she’rlarni takrorlash;
    g) to'g'ri talaffuz qilishga o'rgatish, nutqning grammatik tuzilishini shakllantiruvchi didaktik o'yinlar;
    d) tovushlarni to'g'rilash bo'yicha yakka tartibda shug'ullanish.

    1. Bolalarni kattalik, rang, vaqt, fazoviy masofa bilan tanishtirish bo'yicha didaktik o'yinlarni rejalashtirish (kichik va o'rta guruhlarda).

    2. Bolalar xohlagan faoliyat rejalashtiriladi. Bolalarning mustaqil shug'ullanishlari uchun plastilin, bo'yoqlar, qalamlar, bo'yashlari uchun rasmli kitobchalar va o'zlarining chizgan rasmlari beriladi.

    3. Bolalar tomosha qilishlari uchun xalq o'yinchoqlari, kiyimlar, kashtalar, idish-tovoqlar, narsa-buyumlar, milliy kiyimdagi qo'g'irchoqlar beriladi.

    4. Bolalarni madaniy-gigiyenik malakalarga o'rgatish bo'yicha yakka tartibdagi ishlar rejalashtiriladi, masalan, kichkina guruhda dastro'molchadan foydalanishga o'rgatish bo'yicha didaktik o'yin o'tkaziladi.,

    5. Koptokni dumalatish, gardishni aylantirish, tirmashib chiqish, sirpanib yurish kabi asosiy harakatlarni rivojlantiruv­chi ishlar rejalashtiriladi.

    6. Ashula va raqsning ayrim qismlarini takrorlash reja­lashtiriladi.

    7. Bolalarning o'yin faoliyatlari rejalashtiriladi:

    1. qurilish o'yiniari rol, syujet bilan bog'liq qurilish o'yiniari rejalashtiriladi;

    2. syujetli-rolli o'yinlar, turmushni aks ettiruvchi va boshqa shunga o'xshash o'yinlar rejalashtiriladi;

    v) stol usti bosma didaktik o'yiniari, so'zli buyumlar bilan o'ynaladigan didaktik o'yinlar, ermak o'yinlar, xorovod o'yinlar, xalq didaktik o'yiniari rejalashtiriladi. Bolalarning sezgisini, idrokini, tovushlarni idrok etishini, rang, vaqt, didni, nutqni o'stiruvchi ishlar rejalashtiriladi. Dramalashtirish va sport o'yiniari ham rejalashtiriladi.

    1. Mehnatning turli xillari rejalashtiriladi:

    1. tabiatdagi mehnat ko'chat o'tkazish, suv sepish, o'simlik va hayvonlarni parvarish qilish va shu kabilar;

    2. xo'jalik maishiy mehnat idishlarni yuvish, xonani yig'ishtirishtirish, kitoblarniyopishtirish-yelimlash,o'simliklar bargini artish);

    v) qo'l mehnati (tabiiy materiallar, daraxtlar mevasi, somonchalar, lattalar, yog'och va kartondan har xil buyumlar yasash) har bir yosh guruhida mehnatning qaysi turi o'tkazilishi dasturda ko'rsatilgan. Ertalab 2-3 xil faoliyat rejalashtiriladi. Ertalabki soatlarni rejalashtirishda shu kungi o'tkaziladigan mashg'ulotlar e'tiborga olinadi. Mashg'ulotda biror narsa o'qib berish rejalashtirilgan bo'lsa, ertalabki soatda rasm ko'rish, onasi to'g'risida so'zlab berish, o'qish rejalashtirilmaydi, shu kuni ertalabki soatga mehnat, kattalik, shakl bilan tanishtirish, tasviriy faoliyat rejalashtiriladi. Tarbiyachi har xil mashg'ulotlarni rejalashtiradi; bolalarga yangi bilim beruvchi mashg'ulotlar ularning olgan bilimlarini, orttirgan tajribalarini mustahkamlovchi va tartibga soluvchi mashg'ulotlar, kompleks mashg'ulotlar va hisobot-nazorat (tekshiruvchi) mashg'ulotlari bo'ladi. Tarbiyachi o'zining kalendar rejasiga mashg'ulotning nomi va dastur mazmunini yozib qo'yadi. Dastur mazmuniga mashg'ulotning ta'lim-tarbiyaviy vazifalari va bolalar egallab olishlari, aniqlash va mustahkamlash kerak bo'lgan bilim, malaka, ko'nikmalar hajmi ham yoziladi.
    Mashg'ulotni rejalashtirish bolalar tomonidan ma’lum hajmdagi bilimlarni egallash va kengaytirish imkoniyatini yaratibgina qolmay, shu bilan birga ularning bilimlarini aniqlash, mustahkamlash, mustaqil faoliyatlarida qo'llash imkonini beradi. Bolalarga beriladigan bilim, malaka va ko'nikmalarning hajmi mashg'ulotdan-mashg'ulotga kengaytirib, murakkablashtirib boriladi. Masalan, tarbiyachi birinchi mashg'ulotdabolalarniuyhayvonlaribilantanishtiradi, bolalar ularni kuzatishadi, nomini aytishga o'rganadi. Keyingi mashg'ulotda esa bu bilimlar mustahkamlanib, hayvonlarni kuzatish jarayonida yangi bilimlar hosil bo'ladi. Bolalar bu hayvonlarning foydali belgilarini, xatti-harakatini kuzatishsa, kelgusi mashg'ulotda bolalar uy hayvonini odamlar qanday parvarish qilishi va bu parvarishga hayvonlar o'z «minnatdorchiligini» qanday bildirishi to'g'risida gap boradi.
    Dastur materialini o'rganish mashg'ulotdan-mashg'ulotga mana shu izchillik bilan amalga oshirib boriladi. Bolalarning bilim, malaka va ko'nikmalarni muvaffaqiyatli o'zlashtirishlari aksariyat hollarda tarbiyachining tayyorlagan metod va usullariga, shart-sharoitga bog'liq bo'ladi. Bu yoshdagi bolalarning yosh xususiyati asosan ko'rgazmali metoddan kuzatish namoyish qilish metodi hikoya, suhbat, tushuntirish; amaliy metod mashq o'yindan foydalanishni takrorlaydi.
    Har bir metod umumiy vazifani amalga oshirishga qaratilgan yagona yo'l bo'lib, usullar yig'indisidan tashkil topadi. Hamma usullarni shartli ravishda uchta guruhga bo'lish mumkin: ko'rgazmali (ko'rsatish), og'zaki (savol, solishtirish, she'r aytish, topishmoqdan foydalanish), amaliy (topshiriq, o'yin, vaziyat usullari va boshqalar).
    Bevosita faollashtiruvchi metodlardan tashqari bavosita metodlardan ham foydalaniladi (eslatish, maslahat, tanbeh berish, tuzatish). Ko'p hollarda metod va usullardan kompleks tarzda foydalaniladi. Mashg'ulot vaqtida beriladigan bilim, malaka va ko'nikmalarni bolalar yaxshi o'zlashtirib olishlari ularning hissiy holatini ko'tarish uchun xizmat qiladi.
    Tarbiyachi o'zining kalendar rejasida mashg'ulotda foydalaniladigan usulnigina yozib qolmasdan, shu bilan birga uning mazmunini ham ochib yozishi kerak.
    Bolalarga beriladigan savollarni ham qanday izchillikda berilsa, shunday yozib qo'yish zarur. Agar tarbiyachi mashg'ulotda topishmoq yoki she'rdan parcha keltirmoqchi bo'lsa, uning mazmunini yozib qo'ygan ma'qul. Solishtirishga o'rgatishda qaysi buyumlardan, ularning qaysi belgisidan, qanday savollardan foydalanish lozimligi ham yoziladi.
    Tarbiyachining mashg'ulotni rejalashtirishdagi ba’zi bir metod va usullarini ко'rib chiqamiz.
    Tarbiyachi mashg'ulotga tayyorgarlik ko'rayotganda, albatta, yosh bolaning tafakkuri ko'rgazmali-obrazli boiishini e'tiborga oladi va asosan mashg'ulotda ko'rgazmali metodlarni rejalashtiradi. Kuzatish metodi tarbiyachi rahbarligida kuzatilayotgan obyektni bolaning hissiy idrok qilishini ta'minlaydi. Narsa va buyumlarni namoyish etish ham shunday ahamiyat kasb etadi. Ko'p mashg'ulotlarda, ayniqsa, nutqni o'stirish mashg'ulotida tarbiyachining hikoyasidan foydalaniladi. Bu bolalarga tanish boigan badiiy asardan, tevarak-atrofdagi hayotdan olingan voqea-hodisalarni tarbiyachi his-hayajon bilan jonli, obrazli qilib bayon etishidir.
    Suhbat metodi ham rejalashtiriladi. Suhbat bolalarga avval egallagan bilimlari bilan yangisini bogiash imkonini yaratadi, shuningdek, yangi bilimlami o'zlashtirib olishlarini yengillashtiradi. Tarbiyachi mashg'ulotlarda foydalanadigan so'zli metodda uning qiyinligini savollar tashkil etadi. Savollar- ni bolalarning bilish jarayonlari: sezgi, idrok, tafakkurini faollashtiradigan qilib tuzish kerak. Savollar bolalardan aqliy zo'r berishga, sabab-natijalarni aniqlashga qaratilgan bo'lishi zarur.
    Mashg'ulotlarda muammoli vaziyatlar yaratish ham bolaning fikrlash faoliyatini kuchaytiradi, bilimlarni egallab olishini yengillashtiradi, ularning fahm-farosatli, mustaqil fikrlaydigan bo'lishiga yordam beradi.
    Mashg'ulotlarda solishtirish usulidan foydalanish insonning eng qimmatbaho aqliy xazinasi bo'lib, u buyumlarni yaxshiroq o'rganish va tushunishga yordam beradi.
    Kichik guruhlarda solishtiriladigan buyumlar bir-ikkitadan ko'p bo'lmaydi. Tarbiyachi solishtirishni qanday izchillikda olib borishni o'zining kalendar rejasida yozib qo'yadi.
    O'rta guruhda solishtirishga mo'ljallangan buyumlardagi belgilar soni ko'payadi va bolalardan buyumlarni kuzatib, ulardagi belgilarni ma'lum izchillikda bayon qilish talab etiladi.
    Katta va maktabga tayyorlov guruhlaridagi bolalardan faqat ular ko'rib turgan buyumlarning belgilarini sanash bilan chegaralanib qolmay, ularni solishtirishda tasavvurlaridan foydalanish ham talab etiladi.
    Solishtirishning bu murakkab shakli bolalarning yoshiga mos bo'lib, ularning aqliy rivojlanishlari uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
    Tarbiyachi mashg'ulotlarda o'yin usulidan keng foydalanadi. O‘yinusulimashg'ulotningqiziqarliroq,jozibaliroqliginita’min- laydi, mashg'ulot jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklarni bola osonlik bilan yengadi.
    Mashg'ulot rejasida bolalarning xulq-atvori, qiziqishi, rivojlanish darajasiga qarab yakka tartibdagi ishlar ham rejalashtiriladi. Umumiy rivojlanishi biroz orqada qolayotgan, diqqati tarqoq, o'ziga ishonchi yo'q yoki o'zi to'g'risida yuqori fikrli bolalarga ko'proq e’tibor berish kerak.
    Shunday qilib, kalendar rejaga mashg'ulotning dastur mazmuni, metodik usul unga kerakli ko'rgazma va tarqatma materiallar, bolalar bilan individual ishlash rejalashtiriladi.
    Sayrni rejalashtirish.

    1. Tabiatdagi, ijtimoiy hayotdagi voqea-hodisalarni kuzatish rejalashtiriladi. Masalan: harakatlanayotgan transportni, bayramga bezatilgan ko'chani, farroshning ishini va shunga o'xshashlarni kuzatish; barg yozayotgan, gullab turgan o'simliklarni, yog'ayotgan qor va hokazolarni kuzatish rejalashtiriladi. Bular haftasiga 5-6 marta kuzatiladi. Ob- havoni kuzatishni oldindan rejalashtirib bo'lmaydi. Bu kalendar rejaga quyidagicha yoziladi: yaqin orada (hafta davomida) qor yog'ishini kuzatish. Bu tadbir o'tkaziladigan mashg'ulot bilan uzviy bog'liq bo'Iishi kerak.

    2. Qoidali o'yinlarning ta’lim-tarbiyaviy vazifasi ko'rsatilgan holda rejalashtiriladi. Kichik guruhda bitta yangi o'yin yoki tanish o'yinni rejalashtirish mumkin katta guruhda ham bolalarga tanish bo'lgan 2 o'yinni sayrning boshida va oxirida rejalashtirgan ma’qul.

    3. Bolalarning maydonchadagi, polizdagi mehnati rejalashtiriladi:

    1. tabiatdagi mehnat (daraxt o'tkazish, suv quyish, chopiq qilish, o'simlik urug'ini terish, hayvonlarni parvarish qilish va hokazolar);

    2. maishiy-xo'jalik mehnati (barglarniyig'ish, qorni tozalash, ayvonchani supurish, qafasni tozalash, yo'lkalarga qum sepish va shunga o'xshashlar).

    1. Bolalar bilan olib boriladigan yakka tartibdagi ishlar: jismoniy tarbiyadan asosiy harakatlarni mashq qildirish, san’at, ona tilini o'rganish va boshqalar.

    Asosiy harakatlarni mashq qildirish bo'yicha tadbirlar yil fasllariga qarab tanlanadi, masalan, qishda yugurish, sakrash, yurish kabi ishlar rejalashtiriladi; emaklab, sirpanib yurish, gimnastika narvonchasidagi muvozanatni saqlashga o'rgatuvchi mashqlar rejalashtirilmaydi.

    1. Sport o'yinlari (voleybol, stol tennisi, badminton va shunga o'xshashlar), sport ermak o'yinlari (chang'i, konki, chana, velosiped va boshqalar).

    2. Maqsadli sayrlar maydoncha bo'ylab va maydonchadan tashqariga o'tkaziladi. Avval ekskursiyaga borib kelingan joyga maqsadli sayr uyushtiriladi. [Masalan, bahorda mana shu o'tloqqa kelgan edik, shu vaqtgacha ko'p narsalar o'zgaribdi)

    3. Qurilish o'yinlari va ularga kerakli materiallar, qurollar sayrda bolalarning syujetli-rolli o'yinlari yuzaga kelish va rivojlanishi, o'yin harakatlariga bolalarni o'rgatish usullari ham rejalashtiriladi. Tarbiyachi kalendar rejasi o'yin uchun olib chiqiladigan o'yinchoqlarni, ularning ayrimlarini ham ko'rsatadi. Sayrga chiqishdan oldin tarbiyachi bugun sayr vaqtida nima bilan shug'ullanishlari, qanday mehnat faoliyatini bajarishlari yoki qanday o'yin materiallarini olib chiqishlari kerakligi to'g'risida bolalar bilan gaplashib oladi.

    Running ikkinchi yarmini rejalashtirish. Running ikkinchi yarmi ikki qismdan iborat: guruhdagi va sayrdagi ishlar kunning ikkinchi yarmida bolalarning guruhdagi o'yin faoliyati rejalashtiriladi.
    Uyqudan keyingi o'yin uchun kichik guruhda - 45daqiqa, o'rta guruhda 1 soat, katta guruhda - lsoat, tayyorlov guruhida -1,5 soat ajratiladi.
    Syujetli-rolli o'yinlar ham rejalashtiriladi ffaqat nomigina yoziladi). Rejada, shuningdek, stol usti bosma o'yinlari, didaktik o'yinlar ham mo'ljallanadi. Rejaga stol usti bosma o'yinlari qoidasi, tushuntirilishi ham yoziladi. Bu vaqtda dramalashtirilgan o'yinlar ham rejalashtiriladi.
    Tarbiyachi qurilish o'yinlarida o'zining qatnashishini ham rejaga yozib qo'yadi. Unda tarbiyachining bolalar bilan atributlar yasashi ham mo'ljallanadi.
    Kechqurunga ko'ngil ochish o'yinlarini rejalashtirish mumkin. U haftasiga bir marta o'tkaziladi. Katta va tayyorlov guruhida kitoblarni bir necha kun davomida o'qib berish ham rejalashtiriladi. Tarbiyachi har gal o'qishdan oldin "O'tgan gal men sizlarga nima o'qib bergan edim”, deydi. Bolalar buni esga tushirib, so'zlab berishadi. Tarbiyachi savollar bilan yordam berib turadi.
    Kunning ikkinchi yarmida asosan bolalarning xilma-xil o'yin faoliyatlari tashkil etiladi. Bolalarning syujetli-rolli o'yiniari uchun sharoit yaratish, o'yinchoqlar bilan o'ynashga o'rgatish va boshqalar kalendar rejasiga yoziladi. O'yinda tarbiyachining qatnashishi ham rejada qayd etiladi. Bu bolalar o'yinini tashkil etish va unga tarbiyachining rahbarlik qilishi uchun shart- sharoit yaratadi.
    Katta va tayyorlov guruhlarida tarbiyachining bolalar o'yiniga rahbarligi o'zgarib; bevosita rahbarlikdan bavosita rahbarlikka o'tadi, tarbiyachi bolalarning mustaqil faoliyatlarini rag'batlantiradi. Tarbiyachi qurilish materiallari bilan o'ynaladigan o'yinlarni, sahnalashtirilgan va qoidali o'yinlarni ham rejalashtiradi.
    Kunduzgi uyqudan keyin guruh xonasini yig'ishtirish, yirtilgan kitoblarni ta'mirlash, qo'g'irchoq kiyimini yuvish, kichik bolalar uchun o'yinchoqlar yasab berish, o'simlik va hayvonlarni parvarish qilish kabi mehnat faoliyati rejalashtiriladi. Tarbiyachi, shuningdek, ko'ngilochar o'yinlarni ham unutmaydi. Bunga qo'g'irchoq, soya teatri, konsertlar, sport, musiqa va badiiy ko'ngil ochish soatlari, musiqa eshitish va shunga o'xshashlar kiradi. Tarbiyachi badiiy asarlarni o'qib berish, klassik va zamonaviy rassomlarning rasmlarini tomosha qilishni ham esdan chiqarmaydi. Kunning ikkinchi yarmida har kuni sayr o'tkaziladi, uning mazmuniga harakatli va ijodiy o'yinlar, mehnat faoliyati kiradi.
    Buyumlarni, ijtimoiy hayot voqealarini kuzatish, jonli obyekt bilan muloqotda bo'lish ham kalendar rejasidan o'rin egallashi kerak.
    Tarbiyachi bolalarning o'zlari qiziqqan faoliyat bilan shug'ullanishlari uchun shart-sharoit yaratadi. Reja kun davomida har bir bola mazmunli, qiziqarli faoliyat bilan shug'ullanadigan qilib tuzilishi kerak. Ta'lim-tarbiyaviy ishning mazmuni, metodi va usullari hamda uni tashkil etish turlari, bolalar xulq-atvorini tarbiyalash mazmuni, ularda madaniy-gigiyenik malakalarni shakllantirish, bolalar mehnati va o'yinlariga rahbarlik usullari, bolaning bo'sh vaqti, ko'ngilochar daqiqalarni tashkil etish, shuningdek, ota-onalar bilan ishlash turlari rejalashtirilishi lozim,
    O'qitishning har bir bo'limiga doir mashg'ulotlarni rejalashtirishda bilimlarni egallashning asosiy bosqichlari hisobga olinadi. Rejada bilimlar mazmimining takrorlanishi, ularni sekin-asta murakkablashtirish nazarda tutiladi. Istalgan bo'limga doir mashg'ulotlarni rejalashtirishda mazkur bo'lim bilan bog'langan asosiy ta'lim-tarbiyaviy masalalardan tashqari dasturning boshqa bo'limlaridan ayrim masalalarni kiritish kerak. Mashg'ulotlarni bunday yaxlitlash ularni rivojlantiruvchi samarasini oshiradi.
    Ta’lim-tarbiyaviy ishlar mashg'ulotlardan tashqarida: kun­dalik turmush, o'yin, mehnatda ham davom ettiriladi. Rejada bolaning xulq-atvorini: bir-birlariga xayrixohlik munosabatini, bir-birining o'yiniga qiziqishlari bilan hisoblashishni, yuzaga kelgan nizolarni haqgo'ylik bilan hal qilish kabilarni tarbiyalash vazifalari nazarda tutiladi.
    Rejada o'yinda bolalarni o'zaro munosabatlari va xulq- atvorlarini tarbiyalash vazifasini kiritib, tarbiyachi bolalar o'yinlarining mazmunini, ularning o'ynash ko'nikmalarini hisobga oladi. Kun davomida tarbiyachi xilma-xil harakatli va didaktik o'yinlarni uyushtiradi, ularga rahbarlik rejalashtiradi.
    Bolalarning mehnat faoliyatlarini tashkil etish shakllariga doir rejalashtirish muhimdir. Mehnatni tashkil etish shakli sifatida barcha guruhlarda topshiriqlardan foydalaniladi. O'z mazmuniga ko'ra topshiriqlar turlicha bo'Iishi mumkin. Tarbiyachining ish rejasida yangi topshiriq mazmunini. Qayd etish, so'ngra uni bajarishga jalb etiladigan bolalar ismlarini ko'rsatish maqsadga muvofiqdir. Tarbiyachi bolalar navbatchiligiga rahbarlikni rejalashtirar ekan, tarbiyachi mehnat hajmi va mazmunini, bolalarga navbatchilik vazifalarini tanishtirishda foydalanadigan jihoz, metod va usullarni ko'rsatadi.
    Rejada bolalarning jamoa shaklidagi mehnatlarini tashkil qilish mazmuni va tarkibi, o'tkazish vaqti ko'rsatiladi. Zarur jihozlar belgilanadi va joylashtiriladi.
    Mustaqillik bayramlari, mustaqil yurtimizdagi muhim sanalar va hodisalar bilan bogiiq bayramlar, maktabgacha taiim muassasasida bolalarga Vatanga muhabbat, baynalminal hislarni tarbiyalash, ularni xalqimizning boy milliy va umumbashariy qadriyatlari asosida tarbiyalash maqsadida bayram ertaliklari o'tkaziladi. Bayramlarni tarbiyaning muhim vositasi sifatida puxta rejalashtirish lozim. Rejada muassasaning butun jamoasi, bolalarning tayyorlarligi aks ettiriladi. Pedagogik kengashda bayram ssenariysi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
    Maktabgacha ta'lim muassasasi ota-onalar o'rtasida pedagogik targ'ibotni amalga oshiradi. Ularni oila va maktabgacha taiim muassasasining bolalarga ta’sir ko'rsatishda hamkorlikni yo'lga qo'yish maqsadlarida ta'lim- tarbiyaviy ish mazmuni bilan tanishtiradi. Bolalarni oilada tarbiyalashning ilg'or usullarini o'rganadi, umumlashtiradi va tarqatadi. Bu ish izchil tarzda amalga oshiriladi va maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi tomonidan yillik rejada, tarbiyachi tomonidan ham rejalashtiriladi. Ishni tashkil etish usullari quyidagilarni: ota-onalar majlisi, bola oilasiga borishni, ochiq eshiklar kunini, mashg'ulotlar o'tkazishni, bolalar ishlari bo'yicha ko'rgazmalar tashkil etishni nazarda tutadi.

    Yüklə 108,12 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə