Maktabgacha talimni rejalashtirish va moliyaviy taminlash


Maktabgacha taiimning ustuvor vazifalari



Yüklə 108,12 Kb.
səhifə3/6
tarix29.11.2023
ölçüsü108,12 Kb.
#140215
1   2   3   4   5   6
5 va 27 Mak tal rejalashtirish va moliyaviy taminlash

Maktabgacha taiimning ustuvor vazifalari
Maktabgacha taiim bolaning sog'lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta'minlaydi, unda o'qishga intilish hissini uyg'otadi, muntazam taiim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha ta’lim bola 6-7 yoshga yetgunicha davlat va nodavlat maktabgacha taiim muassasalarida hamda oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim maqsadi va vazifalarini ro'yobga chiqarishda mahallalar, jamoat va xay riya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi.
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish uchun quyidagi ustuvor vazifalarni amalga oshirish zarur:

  • yuqori malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni tay­yorlash;

  • maktabgacha taiimning samarali psixologik-pedagogik uslublarini yaratish va amaliyotga joriy etish;

  • bolalarni oilada tarbiyalashning tashkiliy, psixologik, pedagogik va uslubiy zamonaviy o'quv-uslubiy qo'llanmalar, texnik vositalar, o'yinchoqdar va o'yinlar yaratish hamda ularni taiim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish;

  • bolalarni xalqimizning boy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

  • maktabgacha taiim muassasalarining har xil turlari uchun muqobil dasturlarni tanlab olish, barcha masalalar bo'yicha malakali maslahat ko'rsatish imkoniyatini yaratish;

  • maktabgacha ta’lim va sogiomlashtirish muassasalari tarmog'ini qoilab-quvvatlash va rivojlantirish texnolo- giyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.


I.2. Mustaqillik yillarida maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish tamoyillari va asosiy yo'nalishlari
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti rahbarligida davlat va jamiyat hayotini, jumladan, ta'lim tizimini tubdan yangilash va isloh etish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Istiqlolning dastlabki yillaridayoq Prezidentimiz kadrlar tayyorlashning zamonaviy yagona tizimini yaratish g'oyasini ilgari surib: «Ta’lim berishning ma’naviy, axloqiy va kasb malakasi bo'yicha tarbiyalashning mutlaqo yangi tizimi ishlab chiqilishi zarur. Sifat jihatidan butunlay yangi o'quv dasturlari yaratilishi darkor», deya ta’kidlagan edi. Davlatimiz rahbarining ushbu fikrlari keyinchalik ta’lim-tarbiya sohasiga oid ko'plab qonunlarning, tegishli me’yoriy hujjatlarning, eng muhimi, butun dunyo jamoatchiligi tomonidan tan olingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturining yaratilishiga metodologik asos sifatida xizmat qildi. Ushbu dasturda maktabgacha va maktab, o'rta maxsus va kasb-hunar hamda oliy ta’limni uch bosqichda isloh qilishni, besh bosqichli ta'lim tizimini yaratish ko'zda tutilgan edi.
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta'lim tizimining dastlabki bosqichi hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi - bola shaxsining har jihatdan rivojlanishini ta'minlash, qobiliyatlarini ro'yobga chiqarish, o'qishga, doimiy ta’lim olish uchun zarur bo'lgan ko'nikmalarni shakllantirish va maktabda muvaffaqiyatli o'qish uchun tayyorlashdan iborat. Maktabgacha ta’lim muassasalari bolalarning bilimi va amaliy ko'nikmalarini shakllantirish bilan birga, ularni vatanparvarlik, mustaqillik g'oyalariga sadoqat, tariximiz va boy ma'naviy-ma'rifiy merosimiz va qadriyatlarimizga yuksak hurmat ruhida tarbiyalashda muhim o'rin tutadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatining qonu­niy asoslari «Ta’lim to‘g'risida»gi Qonun (2020-y.), «Maktabgacha ta'lim to‘g‘risida»gi Konsepsiya (2008, 2011), "Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi to'g'risida NIZOM", «Ilk qadam» o'quv dasturi (2022) va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilab berilgan.
Masalan, 2008-yilda ishlab chiqilgan «Maktabgacha ta’lim to'g'risida»gi Konsepsiyada maktabgacha ta'lim muassasalari taraqqiyotining ustuvor yo'nalishlari, ta'lim- tarbiya ishlarini takomillashtirish usul va uslublari belgilab berilgan bo'lib, bu borada ilgari surilgan davlat talablari har bir bolaning yoshini e’tiborga olgan holda rivojlanish darajasini aniqlash, pedagog va tarbiyachilar ish samaradorligini oshirish imkonini beradi. Vazirlar Mahkamasining 2017- yil 19-iyuldagi 528-sonli qaroriga binoan «Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta'lim muassasasi to'g'risida»gi qaroriga asosan mazkur nizom jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo'lgan maktabgacha yoshdagi bolalarni sog'lomlashtirishga yo'naltirilgan ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta'lim muassasalarining (keyingi o'rin- larda ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi deb ataladi) maqsadi va vazifalarini, uning faoliyatini tashkil etish, moliyalashtirish va ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasini boshqarish tartibini belgilaydi. Ixtisoslash­tirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi ta'lim-tarbiya berish, korreksion-pedagogikva davolash-sog'lomlashtirish faoliyatni olib boruvchi muassasa hisoblanadi.
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarni ularning bilish imkoniyatlariga muvofiq tarbiyalash, nuqsonlarni korreksiyalash, imkoniyatiga muvofiq maktab ta'limiga tayyorlash, jamiyatga moslashuviga ko'maklashish maqsadida tashkil etiladi.
Quyidagilar ixtisoslashtirilgan maktabgacha taiim muassasasining vazifalari hisoblanadi:
maktabgacha taiimga qo'yiladigan davlat talablari hamda ular asosida ishlab chiqilgan ixtisoslashtirilgan maktabgacha taiim muassasalarida taiim-tarbiya va sogiomlashtirish ishlariga qo'yiladigan talablarga muvofiq bolalarning taiim- tarbiya olishlarini va korreksion pedagogik ishni ta'minlash;

  • korreksion taiim-tarbiya jarayonini shaxsgayo'naltirilgan, individual tarzda tashkil etish;

  • bolaning ijtimoiy-hissiy rivojlanishi, hayotiy qobiliyatlari shakllanishi uchun zarur korreksion-rivojlantiruvchi taiim- tarbiya muhitini yaratish;

  • bolaning jismoniy yoki psixik rivojlanishidagi nuqsonlarni bartaraf etish uchun zaruriy korreksion pedagogik ishni tashkillashtirish;

  • bolalarni ijtimoiy hayotga va maktab ta’limiga sifatli tayyorlash.

O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g‘risida»gi qonunga muvofiq, ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi akkreditatsiyasi attestatsiya asosida vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
"Maktabgacha taiim muassasasi tarbiyalanuvchilarining sog'lom va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etish to'g'risida NIZOM”da maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuv­chilarining sog'lom va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom talablari mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, barcha turdagi maktabgacha taiim muassasalariga nisbatan tatbiq etiladi.
Tarbiyalanuvchilarning sog'lom va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etish maktabgacha ta'lim muassasalarining oshxonalarida (keyingi o'rinlarda oshxona deb yuritiladi) sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq shart-sharoitlar yaratilgan holda amalga oshiriladi.
Respublikadagi barcha maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning hayoti va sog'lig'ini muhofaza etish masalalariga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda. Jumladan, Maktabgacha ta'lim va Sog'liqni saqlash vazirliklari tomonidan ishlab chiqilgan «Maktabgacha ta’lim muassasalarida bola hayoti va sog'lig'ini muhofaza etish tartibi to'g‘risida»gi Nizomda bolalar hayoti va sog'lig'ini muhofaza etishni tashkil qilish tartibi, bolalarning muassasaga kelib-ketish qoidalari, binoda sog'liqni muhofaza etishga, yong'in xavfsizligiga doir talablar bayon etilgan.
O'zbekistonda maktabgacha ta'lim muassasalarining zamonaviy tizimi:

  • Maktabgacha ta'lim va boshlang'ich ta'lim muassasasi (bolalar bog'chasi - maktab];

  • bir necha ustuvor yo'nalishda faoliyat yurituvchi maktabgacha ta'lim (badiiy-estetik, tillarni o'rganish va sport yo'nalishlari va h.k);

  • Tarbiya jismoniy va ruhiy rivojlanishdagi og'ishlarni kvalifikatsion yaxshilovchi tiklovchi turdagi bolalar bog'chasi;

  • tibbiy-gigiyenik, profilaktik va sog'lomlashtirish tadbirlari orqali jismonan zaif bolalarga qarab tu- rish va ularning sog'lig'ini tiklashga yo'naltirilgan bolalar bog'chasi;

  • birlashtirilgan turdagi bolalar bog'chasi (birlashtirilgan turdagi bolalar bog'chasiga rivojlantiruvchi, tiklovchi va rivojlantiruvchi guruhlar umumlashtirilgan ko'rinishda kiradi]

Ta’kidlash joizki, maktabgacha ta'lim oldida turgan maqsad hamda vazifalarni amalga oshirishda jamoat va xayriya tashkilotlari, mahalla, xalqaro jamg'armalar, shuningdek, tadbirkorlik tuzilmalari faol ishtirok etib kelmoqda.
Bugungi kunga kelib, respublikada maktabgacha taiim muassasalarida taiim-tarbiya ishlari amaldagi qonunchilikka binoan o'zbek, rus, qoraqalpoq, tojik, qirg'iz va qozoq tillarida olib borilmoqda.
O'zbekiston Respublikasining taiim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:

  1. ta’lim-tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterga ega ekani;

  2. taiimning uzluksizligi va izchilligi;

  3. o'rta maxsus, kasb-hunar taiim yo'nalishini akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o'qishni tanlashning ixtiyoriyligi;

  4. ta'lim tizimining dunyoviyligi;

  5. Davlat taiim standartlari doirasida ta'lim olish huquqiga ega ekani;

  6. taiim dasturini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;

  7. har bir shaxsning bilim olishi va iste’dodini rivojlantirish- ning rag'batlantirilishi;

  8. taiim tizimida davlat va ijtimoiy boshqaruvning o'zaro uyg'unligi.

Uzluksiz taiim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat taiim muassasalarini tarkibiy jihatdan o'zgartish va ularni izchil rivojlantirish davlat tomonidan boshqarib boriladi. Barcha bo'g'in ta’lim boshqaruv organlarining huquq va vakolatlari «Ta'lim to'g‘risida»gi qonunga muvofiq belgilanadi. Mazkur qonun taiim muassasalari faoliyatining me’yoriy-huquqiy asoslarini belgilab berish barobarida uning moliya xo'jalik ishlarini to'g'ri va oqilona yuritishni, taiim ja- rayonini tashkil etishda o'quv yurtlarining mustaqil faoliyat ko'rsatishini ta'minlaydi. Ta’lim muassasalari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda attestatsiyadan o'tkaziladi hamda akkreditatsiya qilinadi. Akkreditatsiya yakunlariga ko'ra, ularga ta'lim sohasida faoliyat yuritish huquqi beriladi.
Muassasa tashkilotlar, mahalliy hokimiyat organlari, tadbirkorlar doiralari, jamoat tashkilotlari, turli jamg'armalar va homiylar vakillarini o'z ichiga olgan vasiylik va kuzatuv kengashlarini tuzish orqali ta’lim muassasalarida samarali jamoat boshqaruvi tizimi joriy etiladi.
Shunday qilib, mustaqillik yillarida mamlakatimizda ta'lim tizimi, jumladan, maktabgacha ta’lim tizimini tubdan yangilash va takomillashtirish davlatimiz siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylanadi. Shu yillar mobaynida yurtimizda mazkur sohani rivojlantirishning mustahkam huquqiy-institutsional asoslari yaratildi. jumladan, «Ta’lim to'g'risida»gi Qonunning alohida moddasi maktabgacha ta'limga bag'ishlangani shundan dalolat beradi.
Unga ko'ra, maktabgacha ta’lim tizimining asosiy maqsadi

  • bola shaxsining asoslarini shakllantirish, uning jismoniy va aqliy jihatdan sog'lom va yetuk bo'lib voyaga yetishini ta’minlash, ta'limning keyingi bosqichi - o'rta maktabda o'qishga tayyorlash, bilim olishga qiziqishini uyg'otishdan iborat. Shuningdek, ushbu moddada, «maktabgacha ta’lim olti- yetti yoshgacha oilada, davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarida olib boriladi», deya qayd etilgan.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy maqsadi ham komil inson tarbiyasiga qaratilgan. Mazkur huquqiy negizlar asosida yaratilgan maktabgacha ta’lim konsepsiyasiga tayangan holda maktabgacha ta’limning tarkibi va mazmunini qayta ko'rib chiqish, jismoniy, ma’naviy va intellektual jihatdan barkamol, mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni shakllantirish, uni milliy an’ana va qadriyatlarimiz, buyuk ajdodlarimiz qoldirgan ulkan ma’naviy-ma’rifiy meros, xalq pedagogikasi tajribasi, zamonaviy ilm-fan erishgan yutuqlarga tayangan holda tarbiyalash, tarbiyaviy jarayonda maktabgacha ta'lim muassasalari, oila va ota-onalarning o'zaro munosabatlarini uyg'unlashtirish masalalari uzluksiz va izchil hal etilmoqda.
Shu ma’noda 1993-yilda qabul qilingan hamda farzandla- rimizni yoshligidanoq jismonan, ruhan, ma'naviy jihatdan tarbiyalashni ko'zda tutgan «Sog'lom avlod uchun dasturi» ham beqiyos ahamiyat kasb etadi. Unda, jumladan, quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko'zda tutilgan:

  • maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya mazmunini takomillashtirish va boyitish;

  • maktabgacha ta'lim muassasalarida basseyn, suv havzalari, turli sport inshootlari va to'garaklarini tashkil etish;

  • bu borada mamlakatimizda va xorijda to'plangan ilg'or tajribani o'rganish va ommalashtirish;

  • mashg'ulotlarni qiziqarli o'yin tarzida, xususan, xalq milliy o'yiniari asosida tashkil etish va o'tkazish;

  • bolalarning sog'lig'ini saqlash, muhofaza qilish va mustahkamlash, sog'lomlashtirish va chiniqtirish mashg'ulotlarini uzluksiz olib borish.


  • Yüklə 108,12 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə