Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola shaxsini



Yüklə 435,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix29.09.2023
ölçüsü435,27 Kb.
#124946
1   2   3   4
maktabgacha-tarbiya-yoshidagi-bola-shaxsini-shakllanishida-oila-va-muhitning-ta-siri

ǀ
ISSUE 5 
ǀ
2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 458
qo‘ymaslikka harakat qiladilar, buning o‘rniga ular bolalarga oiladagi tartib qoidalarni 
tushuntirishga intiladilar. Iloji boricha bolalarining savollariga javob berishga, ularning 
qiziquvchanliklarini qondirishga xapakat qiladilar. Oiladagi "avtoritar" muhit bolalarga 
nisbatan haddan tashqari ta’qiqlarning ko‘pligi bilan xarakterlanadi. "Hukmron" ota-
onalar boladan to‘liq bo‘ysunishini talab qiladilar. Bunday oilalarda bolalarga xulq-
atvor qoidalarini tushuntirishga qaratilgan muloqot kamdan-kam o‘tkaziladi. 
Shu narsa aniqlanganki, "avtoritar" va "demokratik" oilalarda tarbiyalanuvchi 
bolalarning shaxsiy xususiyatlarida muayyan farq mavjud bo‘ladi. "Demokratik" 
oilalarning farzandlari ijodkorlikka moyil tashabbuskor, liderlikka intiluvchan, 
konformizmni (guruh; fikriga tobe bo‘lishni) inkor etuvchi ijtimoiy munosabatlarida 
ko‘proq emotsiyalarni his etuvchi bo‘ladilar. Sotsiometrik tajribalardan ma’lum 
bo‘lishicha, oiladagi muhit iliq ota-ona va bola o‘rtasidagi munosabatlar demokratik 
asosga qurilgan bo‘lsa, bola o‘z tengdoshlarining orasida jamoada yuqori mavqega, 
aksincha, nosog‘lom oilada tarbiyalanayotgan bolalar ancha past mavqega ega 
bo‘ladilar.
Oiladagi psixologik iqlim, ya’ni bolalar bilan bo‘lgan muloqot xarakteri, ularga 
mexr-muhabbat bilan, diqqat e’tibor bilan munosabatda bo‘lishi o‘sib kelayotgan shaxs 
axloqiy qiyofasining shakllanishida o‘ta muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham 
barkamol inson tarbiyasi avvalo oiladagi muhitning sog‘lom bo‘lishini taqozo qiladi. 
Oilaning bola shaxsi shakllanishi va rivojlanishidagi o‘rni beqiyos ekan, oila a’zolari 
bolalarining psixik rivojlanishini ta’minlash uchun oilada sog‘lom munosabatlar 
muhitini yaratishlari lozim, tarbiyachilarning eng asosiy yordamchisiga aylanishlari 
kerak. Bolaning psixik rivojlanishida uning boshqa bolalar bilan bo‘ladigan muloqati 
muhim ahamiyatga egadir. Tengdoshlariga bo‘lgan qiziqishlari bolada kattalarga 
bo‘lgan qiziqishidan biroz keyinrok bir yoshning oxirlarida paydo bo‘ladi, biroq u 
borgan sayin, ayniqsa, bog‘cha yoshi davrida mustahkamlanib boradi.
4-5 yoshli bola uchun eng og‘ir jazo - bu uni o‘z tengdoshlari bilan muloqotda 
bo‘lishidan maxrum etishdir. Bolalar guruhiga tushib qolgan davrdan boshlab bolaning 
individual rivojlanishini uning "bolalar jamiyati" a’zolari bilan bo‘lgan munosabatlarini 
hisobga olmay ko‘rib chiqish va o‘rganish mumkin emas. Bolalar o‘z tengdoshlari 
jamoasiga intiladilar.Biroq, har doim ham ular tengdoshlari bilan ijobiy munosabatlar 
o‘rnatishga erishavermaydilar. Ba’zi bolalar guruhda ancha faol bo‘lib, o‘zlarini go‘yo 
"suvdagi baliqday" his etadilar. Ayrimlari anchagina noqulaylikni, o‘zlariga nisbatan 
ishonchsizlikni, boshqalarga tobelikni his etadilar.Nega shunday? Tengdoshlar bilan 
bo‘lgadigan ijobiy munosabatlar bolada birdamlik hissini kuchaytirib, uning guruhga 
qattiq bog‘lanib qolishiga sabab bo‘ladi. Biroq, ijobiy munosabatlarning yo‘qligi bolani 
tushkunlika solib, uni xavotirlanuvchi yoki agressiv qilib qo‘yishi mumkii.Bu esa unda 
bolalarga, umuman, odamlarga nisbatan salbiy munosabatni shaklantirishi, ularni 
yakkalanuvchanlikka moyil qilib qo‘yishi ham mumkin. 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 

Yüklə 435,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə