Maktabgacha va maktab ta’li


Umumiy o’rta ta’lim maktabida fan



Yüklə 9,01 Mb.
səhifə8/22
tarix23.12.2023
ölçüsü9,01 Mb.
#154825
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
2023-2024 sinf Rahbarlik METOD BIRLASHMA

6. Umumiy o’rta ta’lim maktabida fan metodbirlashma rahbarlari
o’qituvchilarga o’quv yili davomida quyidagi metodik xizmatlarni ko’rsatadi: o’qituvchilarni fan yutuqlari, pedagogik innovatsiyalar, ilmiy ommabop adabiyotlar bilan tanishtirib boradi;
fanni o’qitishga doir me‟yoriy va metodik hujjatlarni o’quv jarayoniga tatbiq etish usullarini ko’rsatib beradi;
variativ o’quv rejalar asosida tanlov sinflarini tashkil etish choralarini ko’radi; dars jarayonida ko’rgazmali vositalar va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo’yicha
tavsiyalar beradi;
har bir chorak yakuniga ko’ra o’quvchilardagi bo’shliqlarni to’ldirish, murakkab mavzularni osonroq tushuntirish bo’yicha metodik tadbirlarni tashkil etadi;
yosh pedagoglarga tajribali ustozlarni biriktirib, kasbiy rivojlantirishga sharoit yaratadi; metodbirlashma a’zolari orasida sog’lom raqobat va ijodiy muhitni shakllantiradi, boshqa
metodbirlashmalar bilan hamkorlikni yo’lga qo’yadi;
fan o’qituvchilarining dars taqsimoti adolat va shaffoflik asosida tegishli tarifikatsiya bo’yicha metodbirlashmada muhokama qilinib, maktab pedagogik kengashiga taklif kiritadi;
o’qituvchilarga sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishga ko’maklashadi;
fan o’qituvchilarining metodik yordamga bo’lgan ehtiyojini aniqlab, tuman (shahar), hududiy xalq ta’limi boshqarmasi va Pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazlaridagi metodistlaridan metodik yordam oladi;
mediasavodxonlik va onlayn axborot xavfsizligi bo’yicha o’qituvchilarning tegishli ko’nikmalariga ega bo’lishlari uchun o’quvlar tashkil qilib boradi;
ilg’or metodikalarga ega o’qituvchilarni xolis aniqlab, ularning tajribasini ommalashtirish, rag’batlantirish bo’yicha maktab pedagogik kengashiga taklif kiritadi.
7. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’quv-tarbiya jarayoni sifatini yanada yaxshilash, pedagog xodimlarga o’z vaqtida metodik yordamni tashkil qilish maqsadida yilning avgust oyida va har chorakda kamida bir marta fan metodbirlashmalari yig’ilishi o’tkaziladi.
Yig’ilishlarda o’qituvchilarga fan metodbirlashma rahbarlari tomonidan ko’rsatilgan metodik xizmatlar natijasida o’quvchilarning o’zlashtirish samaradorligi va sifati, o’qituvchilarning ilg’or tajribasini maktab miqyosida ommalashtirish, ularni moddiy-ma’naviy rag’batlantirish, xalqaro tan olingan ta’limdasturlari hamda xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimida berilgan sertifikatlar, fan o’qituvchilarining dars taqsimotlari, mediasavodxonlik va onlayn axborot bo’yicha masalalar muhokama qilinadi va tegishli tavsiyalar beriladi.
SHuningdek, maktabning fan o’qituvchilari malaka oshirish kurslarida o’rgangan yangiliklarini o’quv jarayonida qo’llashi va natijada o’quvchilarning o’zlashtirish samaradorligining o’sganligi, ta’lim sifatiningoshishigaerishganliklarimetodbirlashma yig’ilishlarida muhokama qilib boriladi.
Umumiy o’rta ta’lim maktabida fan metodbirlashma rahbarlari tomonidan o’qituvchilarga ko’rsatilgan metodik xizmat sifati, uning natijasi maktabning pedagogik kengashida muhokama qilinadi hamda tegishli tavsiyalar beriladi.
8. Tuman (shahar) xalq ta’limi bo’limidagi Pedagog kadrlar salohiyatini oshirish va zamonaviy metodikalarni targ’ib qilishni rivojlantirish sho’basi metodistlari tomonidan quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
fan o’qituvchilarining metodik yordamga bo’lgan ehtiyojini aniqlab, hududiy xalq ta’limi boshqarmalaridagi O’quvchilarda zamonaviy ko’nikmalarni shakllantirishni muvofiqlashtirish sho’basi metodistlari va Pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazlaridagi Metodik xizmat bo’limi metodistlaridantegishli metodik yordamolib,umumta’lim maktabio’qituvchilarigaetkazadi;
hududiy xalq ta’limi boshqarmalaridagi O’quvchilarda zamonaviy ko’nikmalarni shakllantirishni muvofiqlashtirish sho’basi metodistlari va Pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazlaridagi Metodik xizmat bo’limi metodistlari tomonidan o’tkaziladigan har xil seminar va treninglarnitashkiletish choralarini ko’radi;
oliy ta’lim va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda o’qituvchilarning dars o’qitish metodikasiga oid seminarlar, ko’rgazmalar, uchrashuvlar, mobil metodik yordamlar ko’rsatish bo’yicha tashkiliy metodik ishlarda hamkorlik qiladi;
uzoq va olis hududdagi fan o’qituvchilari bilan alohida reja asosida ishlash, ularning metodik ehtiyojlarini aniqlash va qoplash bo’yicha hududiy metodistlar bilan hamkorlik qiladi;
umumiy o’rta ta’lim maktablarining tayanch o’quv reja va o’quv dasturlari bo’yicha tushuntirish ishlarini olib boradi;
Kollaboratsiya (jamoa bo‘lib ishlash qobiliyatini shakllantirish), “Kommunikativlik(o‘qituvchilar bilan muloqot qilish qobiliyatini rivojlantirish), “Kreativ fikrlash (o‘z maqsadlarga erishish yo‘lida yangiliklarga qo‘l urish, noodatiy qarorlar qabul qilish, ixtirochilik ko‘nikmalarini o‘rgatish), “Kritik fikrlash” (oz mustaqil fikriga ega bo‘lish va uni ifoda etish, masalaga tanqidiy yondashish) bo’yicha tegishli metodistlar bilan hamkorlikda tashkiliy ishlarni olib boradi;
9. Metodik xizmat ko’rsatish bo’yicha olib borilayotgan ishlar to’g’risida har chorakda bir marta hududiy xalq ta’limi boshqarmalari va Pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazlaridagi Metodik xizmat ko’rsatish bo’limigahisobot berib boradi.
10. Pedagoglarni yangi metodikalarga orgatish milliy markazlaridagi Metodik xizmat ko’rsatish bo’limining fan metodistlari o’qituvchilarga quyidagi metodik xizmatlarni ko’rsatadi:
o’quvchilarni xalqaro baholash dasturlariga (PISA -15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash, PIRLS -boshlang‘ich 4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushuntirish darajasini baholash, TIMSS 4- va 8-sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan o‘zlashtirish darajasini baholash) tayyorlash uchun o’qituvchilarni qo’shimcha materiallar bilan ta’minlaydi;
o’qituvchilar o’rtasida o’zaro tajriba almashish ishlarini yo’lga qo’yish maqsadida “onlayn metodik yordamlar” tashkil qiladi;
yangi metodik adabiyotlar to’g’risidagi ma’lumotlarni o’qituvchilarga etkazish choralarini ko’radi;
o’qituvchilarni o’quv tarbiya jarayonida ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish bo’yicha metodik tavsiya va qo’llanmalar bilan ta’minlaydi;
o’qituvchilarning ilg’or ish tajribalarini o’rganadi va har xil seminarlarda fano’qituvchilarining ommalashtirilgan ishlarini yo’nalishi bo’yicha o’qituvchilarga etkazib boradi;
Metodik-tur” tartibiga muvofiq, reja asosida ta’lim sifati yuqori bo’lmagan maktablarga manzilli metodik yordam berib borish tizimi yaratiladi;
ta’lim berishning innovatsion usullarini joriy etishga yo’naltirilgan o’quv va o’quv-uslubiy adabiyotlarning yangi avlodini yaratish bo’yicha fundamental, amaliyva ilmiy tadqiqotlar loyihalarini tajriba-sinovdan o’tkazib beradi;
davlat ta’lim standartlari, o’quv reja, dasturlarni, o’quv-metodik materiallarnitizimli tahlil qiladi, Metodik xizmat bo’limlari huzurida O’quv-metodik kengashlarifaoliyatini olib boradi;
umumta’lim maktab o’qituvchilarining darslarini onlayn va offlayn kuzatib boradi hamda tahlil qilish orqali metodik yordam beradi;
Pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazlari bilan kelishilgan holda malaka oshirishga kelgan o’qituvchilar uchun yo’nalishi bo’yichaMetodist soatini o’tishi mumkin;
o’quvchilarning bilimini baholashda xalqaro baholash dasturlarini amaliyotda qo’llashni o’rgatadi;
ta’lim sifati yuqori bo’lmagan umumiy o’rta ta’lim maktablariga borib manzilli metodik yordam ko’rsatadi;
fanlarni integratsiya qilgan holda o’qitish usullarini o’rgatadi; mediasavodxonlik va onlayn axborot xavfsizligi bo’yicha o’qituvchilarning tegishli ko’nikmalariga ega bo’lishlari uchun o’quvlar tashkil qilib boradi;
o’qituvchilar uchun tegishli fanidan tashqi monitoring natijalari asosida o’quvchilar bilimidagi bo’shliqlarni to’ldirish yuzasidan tavsiya ishlab chiqadi, shuningdek, ishlab chiqilgan tavsiyalarning etkazilishini ta’minlaydi, hududlarga chiqqan holda seminarlar tashkil etadi;
har bir fan metodisti yo’nalishi bo’yicha fan o’qituvchilarining xalqaro va milliy sertifikat olishlari uchun tegishli metodik yordamlar ko’rsatib boradi;
o’qitish va o’rganishni sifatli tashkil etishga doir zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ilg’or metodikalarni o’zida jamlagan tavsiya va qo’llanmalar ishlabchiqadi va o’qituvchilarga etkazadi.
o’z fani bo’yicha toifasiz va ikkinchi toifaga ega bo’lgan o’qituvchilarni toifaolishga yo’naltirish (onlayn) uchun o’quvlar tashkil qiladi.
11. Pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazlaridagi Metodik xizmat bo’limi huzuridagi O’quv metodik kengashi har chorakda bir marta o’tkaziladi.
Mazkur O’quv metodik kengashda Metodik xizmat bo’limining fan metodistlari tomonidan
tashkil etilgan metodik xizmat sifati, uning natijasida erishilgan yutuqlar va kuzatilgan kamchiliklar atroflicha muhokama qilinadi hamdategishli tavsiyalar beriladi.
Metodik xizmat ko’rsatish bo’yicha olib borilayotgan ishlar to’g’risida har chorakda bir marta hududiy xalq ta’limi boshqarmalari va Respublika ta’lim markaziga hisobot berib boradi.
12. Qoraqalpog’iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalarining O’quvchilarda zamonaviy ko’nikmalarni shakllantirishni muvofiqlashtirish sho’basi metodistlari quyidagi metodik xizmatlarni tashkil qilib boradi:
SHo’ba mudiri tomonidan tayanch o’quv reja, o’quv dasturlari, metodik ishlarni muvofiqlashtirish;

Yüklə 9,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə