Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktabining



Yüklə 46,91 Kb.
səhifə1/3
tarix22.03.2024
ölçüsü46,91 Kb.
#183334
  1   2   3
Maktab ish rejasi




________________ maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi
____________ maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi ____-umumiy o‘rta ta’lim maktabining
2023-2024 – o‘quv yili uchun

Tasdiqlayman”


_________________ maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri:
___________ ____________________
_____”_______________ 2023-yil


______________ maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi
______________ maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi ____-umumiy o‘rta ta’lim maktabining
2023-2024-o‘quv yili uchun




2023-2024-o‘quv yilida pedagog xodimlar oldida turgan dolzarb
vazifalar:




  • O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020-yil 30-iyundagi 3271-sonli “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” gi Qarori , “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, hamda Avgust kengashlarida berilgan topshiriqlar asosida yangi o‘quv yilida amalga oshirish ishlarini rejalashtirish;

  • Xalq ta’limi tizimida uzluksiz malaka oshirish jarayonlarini tashkil etish va ilmiy – metodik xizmatni takomillashtirish talablari asosida fanlar kesimida “Metodist o‘qituvchi” bo‘lishga erishish;

  • asosiy ish faoliyatiga uyg‘unlashgan holda ta’lim muassasalarida – individual yondashuvni shakllantirish, haqiqiy holatni o‘rganish, xolisona baho berish, xodimlar o‘rtasida ijodiy raqobatni shakllantirish va kuchaytirish;

  • o‘z lavozim vazifalariga mas’uliyat bilan yondashgan holda ish yuritishni ta’minlash, shaxsiy namuna ko‘rsatib ishlash faoliyatini mustahkamlash;

  • intizom, mas’uliyat, talabchanlik va tashabbuskorlik – har bir rahbar va xodim faoliyatining asosiy mezoni bo‘lishi lozim;

  • rahbarlar va pedagog-xodimlarning moliyaviy va huquqiy savodxonligini oshirish, qo‘shimcha o‘quvlar tashkil etish, o‘z ustida ishlashi uchun imkoniyat yaratish, malakali rahbarlarga biriktirish;

  • o‘qituvchilarni darsga to‘liq tayyorlanib kelishi, maktabning ichki tartib va odob-axloq qoidalariga amal qilishini ta’minlash, nazorat qilish;

  • “Metodist o‘qituvchi maktabi”, “Zamonaviy ta’lim muassasasi”, “Innovatsion tajriba-sinov muassasasi” yo‘nalishlarida ish faoliyatni kuchaytirish;

  • umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida qarovsizlik, nazoratsizlik, huquqbuzarlik, jinoyatchilik, erta tug‘ruq, ma’naviy tahdidlar va giyohvandlik kabi salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni tizimli amalga oshirish;

  • davomatni nazorat qilish, dars mashg‘ulotlariga uzrli va sabablarsiz kelmayotgan, yoxud muntazam ravishda qatnashmayotgan o‘quvchilarni aniqlash va maktabga qaytarish choralarini ko‘rish bo‘yicha “Davomat” profilaktik reydini o‘tkazish;

  • “Ertalabki saflanish”, “Sinf soati”ni qat’iy o‘tkazilishini ta’minlash, nazorat qilish;

  • maktab kutubxonalari va ARMlari faoliyatini zamon talablari asosida tubdan o‘zgartirish va kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, kutubxona fondini badiiy adabiyotlar, o‘quv qo‘llanmalari bilan boyitish;

  • sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni kuchaytirish, targ‘ibot ishlarini tizimli olib borish, fan va qiziqishlari bo‘yicha to‘garaklarda samarali faoliyat olib borilishini nazorat qilish;

  • “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengashi ish faoliyatini kuchaytirish;

  • Kuzatuv kengashi faoliyatini jonlantirish, hamkorlikni kuchaytirish;

  • fuqarolardan tushayotgan murojaat arizalar sonini kamaytirish yuzasidan maktab direktori, o‘rinbosarlar va biriktirilgan mas’ul xodim ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” qabul kunlarini muntazam tashkil etish;

  • maktabda uzluksiz malaka oshirish jarayonlarini tashkil etish va ilmiy–metodik xizmatni takomillashtirish;

  • ta’lim sifat samaradorligini oshirish maqsadida metod birlashmalar ish faoliyatini takomillashtirish, ilg‘or tajribalarni maktab, shahar miqyosida ommalashtirish. Maktabdagi attestatsiyadan o‘tmagan o‘qituvchilar attestatsiyasini tashkil etish;

  • maktabni mutaxassis kadrlar bilan to‘liq ta’minlash;

  • o‘quvchi va o‘qituvchilar o‘rtasida intizomni yo‘lga qo‘yish (davomat);

  • yosh vatanparvar, yoshlar ittifoqi uyushmasi ishini jonlantirish;

  • ustoz shogird maktabi ishini nizom talabi asosida jonlantirish;

  • maktab ruhshunosi faoliyatini jonlantirish;

  • maktab moddiy texnika bazasini mustaxkamlash, sinflardagi jihozlarni saqlanishiga e’tibor qaratish;

  • maktab xududini obodonlashtirishga alohida e’tibor berish;

  • bitiruvchilarni ta’limni keyingi bosqichiga yo‘naltirish va bandligi haqida ma’lumotga ega bo‘lish;

  • maktab binosi, sinf va fan xonalari, yo‘laklarni, maktabning ichki hududini toza saqlash va did bilan jihozlashga erishish;

  • darslarda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanib, multimediali elektron darsliklarni dars jarayonida qo‘llash, o‘qituvchilarning kompyuter savodxonligini takomillashtirish.



Yüklə 46,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə