Maktabgacha va maktab ta‟limi vazirligi huzuridagi maktabgacha ta‟lim agentligi



Yüklə 471,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/61
tarix23.12.2023
ölçüsü471,7 Kb.
#156283
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   61
08 03 Sport musobaqalarini o\'tkazish ish rejasi va sport bayramlari

 
 


OQ TERAKMI KO„K TERAK 
O‗yin tavsifi. Barcha o‗yinchilar baravar ikki komandaga bo‗linadilar. Har 
bir komanda o‗z kapitanini saylaydi. Har bir komandanining o‗yinchilari bir- 
birlari bilan mahkam qo‗l ushlashib turadilar. Bir komanda o‗yinchilari 
baravariga ―oq terakmi ko‗k terak, bizdan sizga kim kerak?‖- deb so‗raydi. 
Ikkinchi komanda ahzolari ―sizdan bizga (qarshi komanda o‗yinchilardan 
birining ismini aytib) kerak!‖ Ismi aytilgan o‗yinchi kelib qarshi komanda 
qatnashchilari hosil qilib turgan ―zanjirni‖ o‗zishga harakat qiladi. Agar zanjirni 
uza olsa, shu komanda o‗yinchilaridan birin o‗z komandasiga olib ketadi, uza 
olmasa, o‗zi shu komandada qoladi. Shundan keyin o‗yin komandalar roli 
almashinib davom etaveradi. 
O‗yin qoidalari: 
1.
Zanjirni faqat chaqirilgan o‗yinchi kelib o‗zishi kerak. 
2.
Zanjirni uza olmasa, ikkinchi marta o‗zishga ruhsat etilmaydi. 
3.
Zanjir hosil qilishda ro‗molcha, arqon va hokazolardan foydalanish 
mumkin emas. 
4.
Chaqirilgan o‗yinchi to‗satdan bir otilib zanjirni o‗zib o‗tib ketishi uchun 
qarshi komanda o‗yinchilarining diqattini chalg‗itadigan harakatlar qilishi 
mumkin 
Pedagogik ahamiyati. O‗yin tez yugurishni, diqatni, sezgirlikni 
rivojlantirishga yordam beradi. O‗yin bolalarni ahil bo‗lib harakat qilishga, tezda 
to‗g‗ri yo‗nalishni olishga o‗rgatadi. O‗yinni o‗ziga hos harakati tez yugurish va 
zanjirni uzish. 
QUYONLAR POLIZDA O„YINI 
O‗yinga tayyorgarlik. Polda yoki Yerga avtomobil pokrishkalaridan doira 
hosil qilinadi. Doirani diametri 4-5 m bo‗ladi. Hamma o‗ynovchilar - 
―quyonlar‖- doirani tashqarisida turadilar, o‗yinboshi -―qorovul‖- polizda doirani 
ichida turadi. 
O‗yin tasnifi. Tarbiyachining signalidan keyin quyonlar pokrishkani ustidan 


sakrab-sakrab polizga to‗shadilar va orqaga qaytib chiqadilar. Qorovul, doira 
ichiga turib, iloji boricha ko‗proq quyonni ushlashga harakat qiladi. Bir necha 
daqiqadan keyin o‗yin to‗htatiladi, qo‗lga tushganlar qo‗llaringizni yuqoriga 
ko‗taringlar deb aytiladi. Tarbiyachi ularni sinab chiqadi va yahshi o‗ynagan 
o‗yinchilardan yangi ona boshi saylanadi. O‗yin qaytadan davom etadi. 
O‗yinning pedagogik ahamiyati. O‗yini diqqat jasoratni, zehn o‗tkirlikni 
tarbiyalashga yordam beradi. O‗yinda tezlik va epchilikni, kuch chidamlikni, 
sikrovchanlikni rivojlantiradi. O‗yindagi asosiy harakat chap berib yugurish 
hisoblanadi. 
DANAK 
O‗yinning tavsifi. Bu o‗yinda o‗ynovchi bola yoki qizlar 2 ta 3, 4 va hakoza 
bo‗ladi. Bu o‗yin kapalak o‗yini kabi o‗ynaladi. Bunda bir o‗ynovchi danak 
yashiradi. Kim topsa danakni, o‗sha o‗yinni boshlaydi. O‗yin o‗ynashda 10-20 ta 
danak hovuch qilib ushlab yuqoriga sekin otamiz va qo‗larimizni teskari tomoni 
bilan bir nechta danak ilinadi. Ilingan danaklardan faqat bir donasi qoldirib, 
qo‗limizni ichki tomoniga o‗tkazamiz. O‗tkazganda tosh ozgina yuqoriga 
irg‗itilib, qo‗lning ichki tomoni bilan ilib olinadi. Bunda ikkinchi ko‗rsatkich va 
o‗rta barmoq bilan ayri qilib uycha qilinadi. 
Qo‗ldagi danak yuqoriga otilib, Yergagi danaklarni bittalab uychaga 
kirgizamiz. O‗yin o‗ynalayotganda irg‗itilgan tosh ushlab qolinmasa, o‗yin 
ikkinchi bolaga o‗tadi. O‗yin shu tarzda davom etiladi. 
O‗yinning pedagogik ahamiyati. Bu o‗yinda bolarda chaqqonlik, sezgirlik, 
tezkorlik malakalarini rivojlantiradi. 

Yüklə 471,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə